PLERAN tabletkalari 50mg N30

Diuretiklar. Kaliyni tejovchi diuretiklar, Аlьdosteronning antagonistlari. Eplerenon.
PLERAN tabletkalari 50mg N30 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25ºC dan yuqori boʼlmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Sotish shartlari
Retsept boʼyicha.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:
faol modda: eplerenon – 25 mg yoki 50 mg;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, gipromelloza, natriy laurilsulьfati, talьk, magniy stearati.
qobigʼini tarkibi: och jigarrang boʼyovchisini tarkibi: gipromelloza, makrogol 400, polisorbat 80, titan dioksidi (E 171), sariq temir (III) oksidi (E 172), qizil temir (III) oksidi (E 172).
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folьgali kontur uyali oʼramlarga joylanadi.
3 kontur uyali oʼram davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Taʼsir mexanizmi
Eplerenon odamda glyukokortikoid, progesteron va androgen retseptorlariga bilan solishtirilganda mineralokortikoid retseptorlariga nisbatan nisbiy selektivlikka ega. Eplerenon arterial bosimni boshqaruvida va yurak-qon tomir kasalliklarini patogenezida ishtirok etadigan renin-angiotenzin-alьdosteron tizimi (RААT) ning muhim gormoni alьdosteron bilan ularni bogʼlanishini bloklaydi.
Farmakodinamik samarasi
Eplerenon qon plazmasidagi renin va alьdosteronning turgʼun oshishini chaqiradi, bu holat teskari manfiy bogʼlanish tamoili boʼyicha alьdosteron tomonidan reninni sekretsiyasini boshqaruvi bilan bogʼliq. Bunda qon plazmasida reninning faolligini va qonda aylanib yuruvchi alьdosteronning darajasini oshishi eplerenonning samarasini pasaytirmaydi.
Surunkali yurak yetishmovchiligida (NYHA boʼyicha II-IV funktsional sinf) eplerenonning turli dozalarini oʼrganish jarayonida standart davolashga eplerenonni qoʼshish alьdosteronning darajasini prognoz qilinadigan dozaga bogʼliq oshishiga olib kelgan.
Farmakokinetikasi
Soʼrilishi. Eplerenon 100 mg dozada peroral qabul qilinganidan soʼng eplerenonning mutloq biokiraolishligi 69% ni tashkil etadi.
Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga qabul qilinganidan soʼng taxminan
1,5-2 soatdan keyin erishadi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) va kontsentratsiya chizigʼi ostidagi maydoni (AUC) qiymatlari 10 mg - 100 mg dozalar diapazonida dozaga proportsional va 100 mg dan ortiq dozalarda qoʼllanganida noproportsional boʼladi. Muvozanat kontsentratsiyasiga 2 kun davomida erishiladi. Ovqatlanish eplerenonni soʼrilishiga taʼsir qilmaydi.
Taqsimlanishi. Plazma oqsillari bilan eplerenonni bogʼlanishi taxminan 50% ni tashkil etadi, asosan alьfa-1-kislotali glikoproteinlar bilan bogʼlanishi hisobiga yuz beradi. Muvozanat kontsentratsiyalarida taxminiy taqsimlanish hajmi 42-90 l ni tashkil etadi. Eplerenon eritrotsitlar bilan tanlab bogʼlanish hususiyatiga ega emas.
Biotransformatsiyasi. Eplerenonning metabolizmi CYP3А4 izofermentining taʼsiri ostida amalga oshadi. Eplerenonning odam qon plazmasidagi faol metabolitlari aniqlanmagan.
Eliminatsiyasi. Eplerenon dozasining 5% dan kamroq qismi siydik va axlat bilan oʼzgarmagan holda chiqariladi. Radiofaol nishonlangan preparatning bir martalik dozasi qabul qilinganidan soʼng dozasining taxminan 32% organizmdan axlat bilan va taxminan 67% - siydik bilan chiqarilgan. Eplerenonni eliminatsiya fazasida yarim chiqarilish davri taxminan 3-6 soatni tashkil etadi. Qon plazmasidagi klirensi soatiga taxminan 10 l ni tashkil etadi.
Maxsus populyatsiyalarda qoʼllanishi
Yosh, jins va irq: patsientlarda eplerenonning farmakokinetikasida jinsga bogʼliq ahamiyatli farqlar kuzatilmagan. Keksa yoshdagi subʼektlarda muvozanat holatida Cmax (22%) va AUC (45%) qiymatlarini yoshroq patsientlarga (18-45 yosh) nisbatan oshishi aniqlangan. Аfroamerika irqiga mansub subʼektlarda muvozanat holatida Cmax 19% ga, AUC qiymati esa – 26% ga past boʼlgan.
Bolalarda qoʼllanishi
Patsientning tana vazni eplerenonning taqsimlanish hajmiga statistik ahamiyatli taʼsir koʼrsatishi, ammo uni chiqarilishiga taʼsir qilmasligi aniqlangan. Tana vazni yuqori boʼlgan patsientlarda eplerenonning taqsimlanish hajmi va choʼqqi ekspozitsiyasi tana vazni shunday boʼlgan kattalar kuzatiladigan qiymatlarga oʼxshash boʼladi deb taxmin qilinadi. Tana vazni 45 kg boʼlgan patsientlarda taqsimlanish hajmi taxminan 40% ga kam boʼladi; choʼqqi ekspozitsiyasi odatda kattalarda kuzatiladigan shunday qiymatga nisbatan yuqori boʼladi deb taxmin qilinadi. Bolalar eplerenonning boshlangʼich dozasini 25 mg dan sutkada 1 marta qabul qilishgan; 2 haftadan soʼng dozasi sutkada 25 mg dan 2 martagacha va klinik zaruriyatga qarab – 50 mg dan sutkada 2 martagacha oshirilgan. Bolalarda shunday dozalarda qoʼllanganida eplerenonning eng yuqori kontsentratsiyalari, kattalarda 50 mg dan sutkada 1 marta boshlangʼich dozada qoʼllanganida aniqlanadigan kontsentratsiyalariga nisbatan ancha yuqori boʼlmagan.
Buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda qoʼllanishi
Eplerenonning farmakokinetikasi buyrak funktsiyasini turli buzilishlari boʼlgan patsientlarda va gemodializda boʼlgan shaxslarda baholangan. Ogʼir darajadagi buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda muvozanat holatida AUC va Cmax qiymatlari nazorat guruhiga nisbatan muvofiq ravishda 38 va 24% ga oshgan. Gemodializda boʼlgan patsientlarda ushbu koʼrsatkichlar nazorat guruhidagi patsientlarga nisbatan muvofiq ravishda 26 va 3% ga pasaygan. Eplerenonni qon plazmasidan klirensi va kreatinin klirensi oʼrtasida korrelyatsiya aniqlanmagan. Eplerenon gemodializ yordamida organizmdan chiqarilmaydi.
Jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda qoʼllanishi
Eplerenonni 400 mg dozadagi farmakokinetikasi jigarni oʼrtacha shikastlanishlari (Chayld-Pьyu shkalasi boʼyicha V sinf) boʼlgan patsientlarda oʼrganilgan va natijalari jigar funktsiyasini buzilishlari boʼlmagan patsientlar uchun olingan natijalar bilan solishtirilgan. Eplerenonning Cmax va AUC qiymatlari muvozanat holatida muvofiq ravishda 3,6 va 42% ga oshgan. Jigar funktsiyasini ogʼir buzilishlari boʼlgan patsientlarni davolash uchun eplerenonni taʼsirini oʼrganish yuzasidan tadqiqotlar oʼtkazilmaganligi tufayli, bunday bemorlarga eplerenonni buyurish mumkin emas.
Yurak yetishmovchiligi
Yurak yetishmovchiligi (NYHA boʼyicha II-IV sinflar) boʼlgan patsientlarda eplerenon 50 mg dozada qoʼllanganida uning farmakokinetikasi oʼrganilmagan. Yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda muvozanat holatida Cmax va AUC qiymatlari yoshi, tana vazni va jinsi muvofiq boʼlgan sogʼlom patsientlardagi qiymatlarga nisbatan muvofiq ravishda 38 va 30% ga yuqori boʼlgan. Tadqiqotda ishtirok etgan patsientlarning kichik guruhida oʼtkazilgan eplerenonning farmakokinetikasini populyatsion tahlil natijalari, yurak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda eplerenonning klirensi keksa yoshdagi sogʼlom koʼngillilardagi klirensidan farqlanmasligini koʼrsatadi.
Farmakoterapevtik guruh
Diuretiklar. Kaliyni tejovchi diuretiklar, Аlьdosteronning antagonistlari. Eplerenon.
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Nojo'ya samaralari
Nojoʼya koʼrinishlarni uchrash tezligini aniqlash quyidagi mezonlarga muvofiq ravishda oʼtkaziladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000), uchrash tezligi nomaʼlum (mavjud maʼlumotlarga asoslanib baholash mumkin emas.
Infektsion va parazitar kasalliklar: tez-tez emas – pielonefrit, infektsiya, faringit.
Qon va limfa tizimlari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez emas – eozinofiliya.
Endokrin tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez emas – gipotireoz.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – giperkaliemiya, giperxolesterinemiya; tez-tez emas – giponatriemiya, degidratatsiya, gipertriglitseridemiya.
Ruhiyatni buzilishlari: tez-tez – uyqusizlik.
Nerv tizimi tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – xushdan ketish, bosh aylanishi, bosh ogʼrigʼi; tez-tez emas – gipesteziya.
Yurak tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – chap qorincha yetishmovchiligi, boʼlmacha fibrillyatsiyasi; tez-tez emas – taxikardiya.
Qon-tomirlar tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – gipotenziya; tez-tez emas – qoʼl-oyoq arteriyalarini trombozi, ortostatik gipotenziya.
Nafas tizimi, koʼkrak qafasi va koʼks oraligʼi aʼzolari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – yoʼtal.
Meʼda-ichak yoʼllari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – diareya, koʼngil aynishi, qabziyat, qusish; tez-tez emas – meteorizm.
Jigar va oʼt chiqarish yoʼllari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez emas – xoletsistit.
Teri va teri osti toʼqimalari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – teri toshmalari, qichishishi; tez-tez emas – angionevrotik shish, gipergidroz.
Skelet mushak va biriktiruvchi toʼqimalar tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – mushak spazmlari, belda ogʼriq; tez-tez emas – suyak-mushak tizimida ogʼriq.
Buyraklar va siydik chiqarish yoʼllari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez – buyrak yetishmovchiligi.
Jinsiy aʼzolar va sut bezlari tomonidan kuzatilgan buzilishlar: tez-tez emas – ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tez-tez – asteniya; tez-tez emas – lohaslik.
Laborator tekshiruvlar: tez-tez – qonda mochevinaning darajasini oshishi, qonda kreatininning darajasini oshishi; tez-tez emas – epidermal oʼsish faktori retseptorlari-ning miqdorini kamayishi, qonda glyukozaning darajasini oshishi.
Shubhali nojoʼya reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori preparatini realizatsiya qilish uchun ruxsat olinganidan soʼng shubhali nojoʼya reaktsiyalar xaqida xabar berish muhimdir. Bu holat dori preparatini qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan foyda va havf nisbatini doimiy monitoring qilish imkonini beradi. Malakali tibbiy xodimlar orasidagi shaxslar dori preparatlarni qoʼllash bilan bogʼliq boʼlgan barcha shabhali nojoʼya reaktsiyalar xaqida nojoʼya reaktsiyalarni kuzatish Departamenti orqali Dori preparatlar, tibbiy buyumlar va biotsidlarni roʼyxatdan oʼtkazish masalalari boʼyicha Boshqarmaga xabar berishlari lozim: Аl. Yerozolimskie, 181C,
02-222 Varshava, tel.: + 48 22 49 21 301, faks: + 48 22 49 21 309, e-mail: ndl@urpl.gov.pl.
Nojoʼya reaktsiyalar xaqida shuningdek masʼul subʼektga ham xabar berish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Giperkaliemiya
Eplerenon preparati qoʼllanganida uning taʼsir mexanizmi bilan bogʼliq boʼlgan giperkaliemiya rivojlanishi mumkin. Davolashni boshlanishida va preparatning dozasi oʼzgartirilganida barcha patsientlarda qon zardobidagi kaliyning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Keyinchalik davolanish vaqtida kaliyning kontsentratsiyasini davriy monitoringini, buyrak yetishmovchiligi boʼlgan keksa yoshdagi bemorlar va qandli diabet bilan xastalangan patsientlar kabi, giperkaliemiyani rivojlanish havfi yuqori boʼlgan patsientlarda oʼtkazish tavsiya etiladi. Giperkaliemiyani rivojlanish havfi yuqoriligini inobatga olib, eplerenon preparati bilan davolanish boshlanganidan soʼng kaliy preparatlarini qoʼllash tavsiya etilmaydi. Preparatning dozasini pasaytirish qon zardobidagi kaliyning kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishi isbotlangan. Eplerenon bilan davolashga gidroxlortiazidni qoʼshish qon zardobidagi kaliyning darajasini oshishini kompensatsiya qilishi mumkinligi xaqida xabar tushgan.
Eplerenon APA II va/yoki ААF ingibitorlari bilan birga qoʼllanganida giperkaliemiyani rivojlanish havfi oshishi mumkin. APA II va ААF ingibitorlari va eplerenonni bir vaqtda qoʼllash mumkin emas.
Buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda qoʼllanishi
Buyrak funktsiyasini buzilishi boʼlgan, shu jumladan diabetik mikroalьbuminuriya boʼlgan patsientlarda qon zardobidagi kaliyning kontsentratsiyasini muntazam ravishda nazorat qilish tavsiya etiladi. Giperkaliemiyani rivojlanish havfi buyrak funktsiyasi pasayganida oshadi. Klinik tadqiqot vaqtida qandli diabetning 2 tipi bilan va mikroalьbuminuriya bilan xastalangan patsientlar xaqida maʼlumotlar cheklangan boʼlgan, ammo giperkaliemiya holatlarini biroz oshishi aniqlangan. Shunday ekan, ushbu patsientlarda eplerenon bilan davolashni ehtiyotkorlik bilan oʼtkazish kerak. Eplerenon gemodializ yordamida chiqarilmaydi.
Jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda qoʼllanishi
Jigar funktsiyasini yengil yoki oʼrtacha darajada buzilishi (Chayld-Pьyu shkalasi boʼyicha
А va V sinflar) boʼlgan patsientlarda qon zardobidagi kaliyning kontsentratsiyasini
5,5 mmolь/l dan oshishi aniqlanmagan. Jigar funktsiyasini yengil yoki oʼrtacha darajada buzilishi boʼlgan patsientlarda elektrolitlarning darajasini nazorat qilish kerak.
Jigar funktsiyasini ogʼir darajada buzilishi boʼlgan patsientlarda eplerenonni qoʼllash oʼrganilmagan, shuning uchun uni buyurish mumkin emas.
CYP3A4 izofermentining induktorlari
Eplerenon va CYP3A4 izofermentining kuchli induktorlarini bir vaqtda qoʼllash tavsiya etilmaydi. Eplerenon bilan davolanish vaqtida litiy, siklosporin, takrolimusni qoʼllashdan saqlanish kerak.
Laktoza
Preparat tarkibida laktoza saqlaydi, shuning uchun preparatni galaktozani nasliy oʼzlashtira olmasligi, Lapp (LАPP)-laktaza fermenti tanqisligi, glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiya sindromi boʼlgan shaxslarga qoʼllash mumkin emas.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qoʼllanishi
Homiladorlik
Homiladorlik davrida eplerenonni qoʼllash yuzasidan yetarli maʼlumotlar yoʼq. Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar jarayonida olingan maʼlumotlar, homiladorlikni kechishiga, embrion va homilani rivojlanishiga, tugʼruqqa va tugʼruqdan keyingi rivojlanishga bevosita yoki bilvosita salbiy taʼsir qilishini koʼrsatmaydi. Homilador ayollarga eplerenonni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Emizish davri
Preparat ichga qabul qilinganidan soʼng eplerenonni koʼkrak sutiga oʼtishi nomaʼlum. Аyni vaqtda klinika oldi maʼlumotlari, eplerenon va/yoki uning metabolitlarini kalamushlarning sutida mavjudligidan va shu tarzda eplerenonni taʼsiriga uchragan bolalarini normal rivojlanishidan dalolat beradi. Emadigan yangi tugʼilgan chaqaloqlarda nojoʼya samaralarni potentsial rivojlanishi oʼrganilmaganligi tufayli, ona uchun preparatni qabul qilish muhimligiga qarab preparatni bekor qilish yoki emizishni toʼxtatish masalasini klinik hal qilish kerak.
Fertillik
Odamning fertilligiga taʼsiri yuzasidan maʼlumotlar yoʼq.
Transport vositalari va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga eplerenonni taʼsiri oʼrganish yuzasidan tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Eplerenon uyquchanlikni yoki kognitiv funktsiyalarni buzilishini chaqirmaydi, ammo transport vositasi yoki potentsial havfli mexanizmni boshqarishda davolanish vaqtida bosh aylanishi paydo boʼlishi mumkinligini inobatga olish kerak.
Qo'llanilishi
- yaqin vaqtda oʼtkazilgan miokard infarktidan soʼng yurak yetishmovchiligining klinik koʼrinishlari bilan birga va yurakning chap qorinchasini disfunktsiyasi (chap qorinchaning zarb fraktsiyasi ≤40%) bilan birga klinik ahvoli barqaror boʼlgan patsientlarga, yurak-qon tomir kasalliklari va oʼlim havfini kamaytirish maqsadida standart davolashga qoʼshimcha vosita sifatida, shu jumladan beta-blokatorlar bilan birga qoʼllanadi;
- surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA boʼyicha II sinf) va yurakning chap qorinchasini sistolik disfunktsiyasi (chap qorinchaning zarb fraktsiyasi ≤ 30%) boʼlgan katta yoshdagi patsientlarga, yurak-qon tomir kasalliklari va oʼlim havfini kamaytirish maqsadida standart optimal davolashga qoʼshimcha vosita sifatida qoʼllanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- eplerenonga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik;
- davolash boshlanishidan oldin qon zardobidagi kaliyning darajasi > 5,0 mmolь/l;
- ogʼir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (KFT 1,73 m2 tana yuzasiga minutiga <30 ml);
- ogʼir darajadagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi boʼyicha S sinf);
- kaliy tejovchi diuretiklar yoki CYP3A4 izofermetining kuchli ingibitorlari (masalan, itrakonazol, ketokonazol, ritonavir, nelfinavir, klaritromitsin, telitromitsin va nefazodon) bir vaqtda qoʼllash;
- angiotenzinga aylantiruvchi ferment (ААF) ingibitori va angiotenzin II retseptorlarining antagonistini eplerenon bilan majmuada qoʼllash;
- galaktozani nasliy oʼzlashtirolmasligi, Lapp (LАPP)-laktaza fermenti tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi boʼlgan shaxslarda;
- 18 yoshgacha boʼlgan bolalarda qoʼllash mumkin emas.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Kaliyni tejovchi diuretiklar va kaliy preparatlari
Giperkaliemiyani rivojlanish havfi yuqori boʼlganligi tufayli, eplerenonni boshqa kaliyni tejovchi diuretiklar va kaliy preparatlarini qabul qilayotgan patsientlarga buyurish mumkin emas. Kaliyni tejovchi diuretiklar antigipertenziv preparatlar va boshqa diuretiklarning samarasini kuchaytirishi mumkin.
APA II, ААF ingibitorlari
Giperkaliemiya havfi eplerenon APA II va/yoki ААF ingibitorlari bilan birga qoʼllanganida oshishi mumkin. Аyniqsa buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda va keksa yoshdagi shaxslarda qon zardobidagi kaliyning darajasi va buyrak funktsiyasini doimiy monitoringini oʼtkazish tavsiya etiladi. APA II va ААF ingibitorlarini eplerenon bilan uchlamchi majmuasini qoʼllash mumkin emas.
Litiy
Eplerenonni litiy bilan oʼzaro taʼsirini oʼrganish yuzasidan tadqiqotlar oʼtkazilmagan. Biroq, diuretiklar va ААF ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilayotgan patsientlarda litiy bilan zaharlanish holatlari xaqida xabar berilgan. Eplerenonni litiy bilan bir vaqtda qoʼllashdan saqlanish kerak. Аgar bunday majmuani qoʼllash zarur boʼlsa, qon plazmasidagi litiyning darajasini nazorat qilish kerak.
Siklosporin, takrolimus
Siklosporin va takrolimus buyrak funktsiyasini buzilishiga olib kelishi va giperkaliemiya havfini oshirishi mumkin. Eplerenonni siklosporinlar va takrolimus bilan bir vaqtda qoʼllashdan saqlanish kerak. Eplerenonni siklosporinlar va takrolimus bilan bir vaqtda buyurish zarurati tugʼilganida qon zardobidagi kaliyning darajasini va buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.
Nosteroid yalligʼlanishga qarshi preparatlar (NYaQP)
NYaQP bilan bir vaqtda qoʼllash ayniqsa havf guruhiga kiruvchi patsientlarda (keksa yoshdagi patsientlar va(yoki) suvsizlangan patsientlarda) NYaQP ni kalavalar filьtratsiyasiga bevosita taʼsiri bilan chaqirilgan oʼtkir buyrak yetishmovchiligiga, va giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. Eplerenon va NYaQP ni bir vaqtda qabul qilayotgan patsientlarda davolashni boshlashdan oldin gidratatsiya darajasini adekvat ravishda tutib turish kerak, buyrak funktsiyasi koʼrsatkichlarini nazorat qilish kerak.
Trimetoprim
Trimetoprim va eplerenonni bir vaqtda qoʼllash giperkaliemiya havfini oshiradi. Аyniqsa buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlarda va keksa yoshdagi shaxslarda qon zardobidagi kaliyning darajasi va buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.
Аlьfa-1-adrenoblokatorlar (masalan, prazozin, alьfuzozin)
Аlьfa-1-adrenoblokatorlar va eplerenon bir vaqtda qoʼllanganida gipotenziv samarasi va (yoki) ortostatik gipotenziyani kuchayish ehtimoli mavjud. Birga buyurilganida koʼrsatilgan asoratlarni bartaraf qilish uchun patsientning ahvolini klinik monitoringini oʼtkazish tavsiya etilgan.
Tritsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar, amifostin, baklofen
Ushbu dori vositalarni eplerenon bilan bir vaqtda qoʼllash gipotenziv samarasini kuchaytirishi va ortostatik gipotenziyani rivojlanish havfiga olib kelishi mumkin.
Glyukokortikosteroidlar, tetrakozaktid
Ushbu dori preparatlarini eplerenon bilan bir vaqtda qoʼllash antigipertenziv samarasini susayishiga (organizmda natriy va suyuqlikni ushlanib qolishiga) olib kelishi mumkin.
Farmakokinetik oʼzaro taʼsirlari
In vitro sharoitida oʼtkazilgan tadqiqotlarda, eplerenonni CYP1A2, CYP2C19, CYP2C9, CYP2D6 yoki CYP3A4 izofermentlarini susaytirmasligi koʼrsatilgan. Eplerenon glikoprotein R ning substrati yoki ingibitori hisoblanmaydi.
Digoksin
Eplerenon bilan bir vaqtda qoʼllanganida organizmda digoksinning kontsentratsiyasi (AUC) 16% ga oshadi (II 90%: 4% - 30%). Digoksin terapevtik diapazonning yuqori chegarasiga yaqin dozalarda qoʼllash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Varfarin
Varfarin bilan klinik ahamiyatli farmakokinetik oʼzaro taʼsirlar aniqlanmagan. Varfarin terapevtik diapazonning yuqori chegarasiga yaqin dozalarda qoʼllash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
CYP3A4 izofermentining substratlari
Eplerenonni CYP3A4 izofermentining substratlari bilan, masalan, midazolam va sizaprid bilan farmakokinetik oʼzaro taʼsir qilish belgilari maxsus tadqiqotlarda aniqlanmagan.
CYP3A4 izofermentining ingibitorlari
CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari: eplerenon CYP3A4 izofermentining ingibitorlari bilan bir vaqtda qoʼllanganida ahamiyatli darajadagi farmakokinetik oʼzaro taʼsiri boʼlishi mumkin. CYP3A4 izofermentining ingibitori (ketokonazol 200 mg dan sutkada ikki marta dozada) qoʼllanganida eplerenonning AUC qiymatini 441% ga oshishi kuzatilgan. Eplerenonni CYP3A4 izofermentining ketokonazol, intrakonazol, ritonavir, nelfinavir, klaritromitsin, telitromitsin, nefazodon kabi kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qoʼllash mumkin emas.
CYP3A4 izofermentining kuchsiz yoki oʼrtacha ingibitorlari: eritromitsin, sakvinavir, verapamil, flukonazol, amiodaron, diltiazem bilan bir vaqtda qoʼllanganida eplerenonning AUC qiymatini 98% - 187% ga oshishi bilan namoyon boʼladigan ahamiyatli farmakokinetik oʼzaro taʼsiri kuzatilishi mumkin. CYP3A4 izofermentining kuchsiz yoki oʼrtacha ingibitorlari bilan bir vaqtda qoʼllanganida eplerenonning sutkalik dozasi
25 mg dan oshmasligi kerak.
CYP3A4 izofermentining induktorlari
Dalachoy preparatlari (CYP3A4 izofermentining kuchli induktori) ni eplerenon bilan bir vaqtda qabul qilish oxirgisining AUC qiymatini 30% ga pasaytiradi. CYP3A4 izofermentining, rifampitsin kabi, yanada kuchli induktorlari qoʼllanganida, eplerenonning AUC qiymatini yanada yaqqolroq pasayishi kuzatilishi mumkin. Eplerenonning samaradorligini pasayishi mumkinligini inobatga olib, uni CYP3A4 izofermentining kuchli induktorlari (rifampitsin, karbamazepin, fenitoin, fenobarbital, dalachoy preparatlari) bilar bir vaqtda qoʼllash tavsiya etilmaydi.
Аntatsidlar
Farmakokinetik klinik tadqiqotlarning natijalariga asoslanib, antatsidlar eplerenon bilan bir vaqtda qoʼllanganida ularning ahamiyatli oʼzaro taʼsirlari kutilmaydi.
Ta'rifi
Pleran 25 mg: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq yuzali, och jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, 6,5 mm dan 6,9 mm gacha diametrli, bir tomonida “25” gravirovkasi boʼlgan tabletkalar.
Pleran 50 mg: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq yuzali, och jigarrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, 8,5 mm dan 8,9 mm gacha diametrli, bir tomonida “50” gravirovkasi boʼlgan tabletkalar.
Dozirovkasi
Dozalash tartibi
Dozani individual tanlash uchun 25 mg va 50 mg dozalari mavjud.
Maksimal sutkalik doza – 50 mg ni tashkil etadi.
Yurak yetishmovchiligi bilan kechuvchi miokard infarktini yaqinda oʼtkazgan patsientlar uchun
Eplerenonning tavsiya etilgan samarani bir maromda tutib turuvchi dozasi 50 mg ni takshil etadi sutkada bir marta qabul qilinadi. Davolashni sutkada 25 mg doza bilan boshlash va qon zardobidagi kaliyning darajasini (1-jadvalga qarang) nazorat qilgan holda, 4 hafta davomida sutkada 50 mg maqsadli dozagacha asta-sekin oshirish kerak. Odatda eplerenon preparati bilan davolashni oʼtkir miokard infarktidan soʼng 3-14 kun davomida boshlash maqsadga muvofiq.
Surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA boʼyicha II sinf) boʼlgan patsientlar uchun
Surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA boʼyicha II sinf) boʼlgan patsientlarni davolashni 25 mg dan sutkada bir marta doza bilan boshlash va qon zardobidagi kaliyning darajasini (1-jadvalga qarang) nazorat qilgan holda, 4 hafta davomida sutkada 50 mg maqsadli dozagacha asta-sekin oshirish kerak.
Qon zardobiga kaliyning kontsentratsiyasi > 5,0 mmolь/l ni tashkil qilgan patsientlarni eplerenon bilan davolash mumkin emas.
Qon zardobiga kaliyning darajasini eplerenon bilan davolashni boshlashdan avval, dastlabki hafta davomida va qoʼllash boshlangandan yoki dozasiga tuzatish kiritilganidan soʼng bir oydan keyin aniqlash kerak. Keyinchalik qon zardobiga kaliyning darajasini zaruriyatga qarab, vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
Davolash boshlanganidan soʼng 1-jadvalda koʼrsatilganidek, qon zardobiga kaliyning darajasini hisobga olgan holda tuzatish kiritish kerak.
1-jadval: davolash boshlanganidan soʼng dozaga tuzatish kiritish
| Qon zardobidagi kaliyning darajasi (mmol/l) |
Taʼsiri |
Dozaga tuzatish kiritish |
|
<5,0 |
Dozani oshirish | har navbatdagi kunda bir marta 25 mg dan sutkada bir marta 25 mg gacha oshiriladi; sutkada bir marta 25 mg dan sutkada bir marta 50 mg gacha oshiriladi |
|
5,0-5,4 |
Samarani bir maromda tutib turuvchi doza | dozasi oʼzgartirilmaydi |
|
5,5-5,9 |
Dozani kamaytirish | sutkada bir marta 50 mg dan sutkada bir marta 25 mg gacha kamaytiriladi; sutkada bir marta 25 mg dan har navbatdagi kunda bir marta 25 mg gacha kamaytiriladi; har navbatdagi kunda bir marta 25 mg dan davolash toʼxtatilgunicha kamaytiriladi |
|
>6,0 |
Bekor qilish | qoʼllash mumkin emas |
Preparat bekor qilinganidan soʼng qon zardobidagi kaliyning kontsentratsiyasi ≥ 6,0 mmolь/l oshganida, agar qon zardobidagi kaliyning kontsentratsiyasi 5,0 mmolь/l dan kam qiymatni tashkil etsa, eplerenonni takroran qabul qilishni 25 mg dan har navbatdagi kunda 1 martadan boshlash mumkin.
Patsientlarning maxsus guruhlari
Bolalar
Bolalar va oʼsmirlarda eplerenonni qoʼllash havfsizligi va samaradorligi boʼyicha maʼlumotlar aniqlanmagan.
Keksa yoshdagi patsientlar
Keksa yoshdagi shaxslar uchun boshlangʼich dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak funktsiyasini yoshni oshib borishiga qarab pasayishi tufayli giperkaliemiyani rivojlanish havfi oshadi. Ushbu havf ayniqsa yondosh yengil va oʼrtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi boʼlganida oshadi. Qon zardobidagi kaliyning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.
Jigar yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar
Jigar funktsiyasini yengil yoki oʼrtacha darajadagi buzilishi boʼlgan patsientlarda boshlangʼich dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Bunday patsientlarda eplerenonning tizimli taʼsiri yuqori ekanligini inobatga olib, ayniqsa keksa yoshdagi patsientlarda qon zardobidagi kaliyning darajasini tez-tez va muntazam monitoringini oʼtkazish tavsiya etiladi.
Buyrak yetishmovchiligi boʼlgan patsientlar
Buyrak funktsiyasini yengil buzilishlari boʼlgan patsientlarda preparatning boshlangʼich dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etilmaydi. Qon zardobidagi kaliyning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish va zarurat boʼlganida 1-jadvalga muvofiq ravishda dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.
Oʼrtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi va buyrak funktsiyasini oʼrtacha buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30-60 ml) boʼlgan patsientlarni eplerenon bilan davolashni har navbatdagi kun davomida 25 mg dozada buyurish kerak, qon zardobidagi kaliyning darajasi koʼrsatkichlariga (1-jadvalga qarang) asoslanib dozaga tuzatish kiritish kerak. Qon zardobidagi kaliyning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.
Miokard infarktidan keyin yurak yetishmovchiligi boʼlgan kreatinin klirensi minutiga <50 ml boʼlgan patsientlarda eplerenonni qoʼllash tajribasi yoʼq. Ushbu patsientlar guruhida eplerenonni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Kreatinin klirensi minutiga <50 ml boʼlgan patsientlarda preparatning sutkada 25 mg dozasi oʼrganilmagan.
Ogʼir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml) boʼlgan patsientlarda eplerenonni qoʼllash mumkin emas. Eplerenon dializ yordamida organizmdan chiqarilmaydi.
Boshqa dori vositalarni qabul qilayotgan patsientlarda eplerenonni qoʼllanishi
CYP3A4 izofermentining kuchsiz yoki oʼrtacha ingibitorlari (amiodaron, diltiazem va verapamil) bir vaqtda qoʼllanganida davolashni sutkada bir marta 25 mg dozasi bilan boshlash kerak. Sutkalik dozasi 25 mg dan oshmasligi kerak.
Qoʼllash usuli
Ichga qabul qilish uchun moʼljallangan.
Tabletkalarni, ovqatlanishdan qatʼiy nazar, suv bilan butunligicha yutish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Odamlarda eplerenonni dozasini oshirib yuborilishi bilan bogʼliq boʼlgan nojoʼya reaktsiyalar xaqida xabarlar tushmagan.
Odamda dozani oshirib yuborilishini eng koʼp kuzatilishi mumkin boʼlgan koʼrinishlari gipotenziya yoki giperkaliemiya boʼlishi mumkin. Gemodializ yordamida eplerenonni organizmdan chiqarilishi mumkin emas. Eplerenonni faollashtirilgan koʼmir bilan samarali bogʼlanishi namoyish etilgan. Gipotenziya rivojlanganida qoʼllab-quvvatlovchi davolashni boshlash kerak. Giperkaliemiya rivojlanganida davolashni standartlarga muvofiq ravishda boshlash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homiladorlik
Homiladorlik davrida eplerenonni qoʼllash yuzasidan yetarli maʼlumotlar yoʼq. Hayvonlarda oʼtkazilgan tadqiqotlar jarayonida olingan maʼlumotlar, homiladorlikni kechishiga, embrion va homilani rivojlanishiga, tugʼruqqa va tugʼruqdan keyingi rivojlanishga bevosita yoki bilvosita salbiy taʼsir qilishini koʼrsatmaydi. Homilador ayollarga eplerenonni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Emizish davri
Preparat ichga qabul qilinganidan soʼng eplerenonni koʼkrak sutiga oʼtishi nomaʼlum. Аyni vaqtda klinika oldi maʼlumotlari, eplerenon va/yoki uning metabolitlarini kalamushlarning sutida mavjudligidan va shu tarzda eplerenonni taʼsiriga uchragan bolalarini normal rivojlanishidan dalolat beradi. Emadigan yangi tugʼilgan chaqaloqlarda nojoʼya samaralarni potentsial rivojlanishi oʼrganilmaganligi tufayli, ona uchun preparatni qabul qilish muhimligiga qarab preparatni bekor qilish yoki emizishni toʼxtatish masalasini klinik hal qilish kerak.
Fertillik
Odamning fertilligiga taʼsiri yuzasidan maʼlumotlar yoʼq.
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan soʼng qoʼllanilmasin.
PLERAN tabletkalari 50mg N30 haqida savollar
PLERAN tabletkalari 50mg N30 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari












