Apteka.uz
SavatKirish

PROTEFLAZID tomchilar 30ml

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Ukraina
Kategoriya:Virusga qarshi
Ishlab chiqaruvchi:EkoFarm NPK OOO
ATX kodi:J05AX
Barcha Proteflazid dorilari
124 ta dorixonada bor
Narxi 320 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 124 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

PROTEFLAZID tomchilar 30ml qo'llanmasi

Farmakokinetikasi

Preparatning faol moddalari me'da-ichak yo'lidan qonga tez so'riladi va yuborilgandan so'ng 20 daqiqa o'tgach maksimal konsentratsiyalarga erishadi (in vivo tadqiqotlar). Mavjud dinamikaga ko'ra, qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 2,3 soatni tashkil qiladi. Peroral yuborilganda biokiraolishligi 80 % ni tashkil qiladi. Organizmdan chiqarilishi sekin. Faol moddalarning qon hujayralari tomonidan to'planish darajasi qon plazmasiga nisbatan ancha yuqori. Qondagi faol moddalarning tegishli konsentratsiyalari organizmda preparat ta'sirining uzaytirilishini va ularning qon hujayralaridan ozod bo'lishi natijasida organlar va to'qimalarda to'planishini ta'minlaydi. Faol moddalarning qon hujayralari tomonidan to'planishi va ajralib chiqishining bunday mavjud farmakokinetik dinamikasi samarali konsentratsiyalarga erishish uchun preparatni sutka davomida ikki marta qabul qilish zarurligini keltirib chiqaradi.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: sezuvchanligi yuqori bo‘lgan shaxslarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin. Kam hollarda allergik reaksiyalar, shu jumladan eritematoz toshmalar, qichishish yuzaga kelishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: me'da-ichak buzilishlarining yakka holatlari – epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya kuzatiladi. Surunkali gastroduodeniti bo‘lgan bemorlarda gastroduodenitning kuchayishi, gastroezofageal reflyuks (reflyuks-ezofagit) yuzaga kelishi mumkin.
Umumiy buzilishlar: yakka hollarda bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik, preparat bilan terapiyaning 3-10-kunida tana haroratining 38 °S gacha tranzitor ko‘tarilishi bo‘lishi mumkin.
Mahalliy reaksiyalar: mahalliy qo‘llanilganda achishish, qichishish, quruqlik hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Har qanday noxush reaksiyalar yuzaga kelganda shifokor maslahati uchun murojaat qilish kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Oshqozon-ichak trakti buzilishlari va surunkali gastroduodeniti bo'lgan bemorlarga gastroduodenit zo'rayganda, gastroezofageal reflyuks paydo bo'lganda preparatni ovqatdan 1,5-2 soat keyin qabul qilish kerak.
Tana haroratining 38°S gacha vaqtinchalik ko'tarilishi preparatni bekor qilishni talab etmaydi. Tana harorati ko'tarilgan holda uning paydo bo'lishining boshqa mumkin bo'lgan sabablarini istisno qilish uchun shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Preparat mahalliy qo'llanilganda achishish, qichishish, quruqlik hissi paydo bo'lsa, applikatsiya uchun eritmadagi preparat kontsentratsiyasini kamaytirish kerak.
Urogenital reinfektsiyani oldini olish uchun jinsiy sherikni bir vaqtda davolash tavsiya etiladi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganda alohida diqqat va tezkor reaktsiyani talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga salbiy ta'siri aniqlanmagan.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Me'da yoki o'n ikki barmoqli ichak yarasi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Klinik qo'llash vaqtida Proteflazid® preparatini virusli-bakterial va virusli-zamburug'li kasalliklarni davolash uchun antibiotiklar va zamburug'larga qarshi preparatlar bilan kombinatsiya qilish imkoniyati va maqsadga muvofiqligi aniqlangan. Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sir oqibatida salbiy ko'rinishlar aniqlanmagan.

Dozirovkasi

Ishlatishdan oldin flakonni chayqatish kerak.

Preparat tomchilagich yordamida dozalanadi. Preparatning kerakli miqdorini suvga (hajmi – 1-2 osh qoshiq) tomizish, ovqatdan 10-15 daqiqa oldin qabul qilish kerak.

Proteflazid®, tomchilar preparatini yoshga qarab qabul qilish sxemasi

Yosh (yil)

Doza (tomchi) va sutkada qabul qilish takroriyligi

tug'ilganidan 1 yoshgacha

sutkada 1 tomchi

1-2 yosh

1 tomchi sutkada 2 marta

2-4 yosh

2 tomchi sutkada 2 marta

4-6 yosh

4 tomchi sutkada 2 marta

6-9 yosh

9 tomchi sutkada 2 marta

9-12 yosh

10 tomchi sutkada 2 marta

12 yoshdan katta bolalar va kattalar

12-15 tomchi sutkada 2 marta


Proteflazid® preparatini qo'llash davomiyligi ko'rsatmalar va kasallik kechishiga bog'liq.

Gerpetik gingivostomatit, faringotonzillit, suvchechak qaytalanishini davolash va oldini olish uchun; virusli, bakterial, zamburug'li infeksiyalar va ularning assotsiatsiyalarini kompleks davolash uchun; immun tizimi funksiyasi yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda yuzaga keladigan virusli va bakterial infeksiyalarning oldini olish uchun preparatni 1 oy davomida qabul qilish tavsiya etiladi.

Gerpetik ekzema va gerpetik vezikulyar dermatitni davolash uchun (eritmani mahalliy qo'llash bilan birgalikda); gerpetik meningit va ensefalit; ko'zning gerpetik shikastlanishi; genital gerpes; o'rab oluvchi gerpesni (Herpes zoster) davolash uchun; Epshteyn–Barr virusli infeksiyasining o'tkir va surunkali faol shakli; sitomegalovirus kasalligi; papillomavirus infeksiyasini (eritmani mahalliy qo'llash bilan birgalikda) davolash uchun preparatni 3 oy davomida tanaffussiz qabul qilish tavsiya etiladi.
Infeksiyalar qaytalanuvchi kechishda preparat bilan davolash kurslari shifokor tavsiyasiga ko'ra yiliga 1-2 marta o'tkaziladi.

Pediatriya amaliyotida davolash davomiyligi kattalardagi kabi. Dozalar bemorning yoshiga, kasallik kechishiga qarab belgilanadi. Davolash shifokor nazorati ostida o'tkaziladi.

Gripp va boshqa O'RVI ni davolash uchun preparat kasallik kechishiga qarab 5 kundan 14 kungacha qo'llaniladi. Profilaktika maqsadida preparat davolash dozasining yarmini tashkil etadigan dozada 2-4 hafta davomida qabul qilinadi. Epidemiya vaqtida preparatni qabul qilishni 6 haftagacha uzaytirish mumkin.

Preparatni peroral qabul qilish bilan birgalikda mahalliy qo'llash:

Teri va shilliq qavatlarning oddiy gerpes infeksiyalari, o'rab oluvchi gerpesning o'tkir shakllari, teri papillomatozini davolash uchun preparat eritmasi bilan applikatsiyalarni zararlangan sohaga sutkada 3-5 martagacha qo'yish kerak. Applikatsiyalar ekspozitsiyasi muddati – 10-15 daqiqa. Eritmani tayyorlash uchun 1,5 ml preparatni (36-38 tomchi) 10 ml natriy xlorid fiziologik eritmasida suyultirish kerak.

Mahalliy qo'llashni teri yoki shilliq qavat zararlanishi belgilari yo'qolguncha, lekin kamida 10 kun davom ettirish kerak.

Birlamchi va qaytalanuvchi genital gerpes, ayollar jinsiy a'zolarining papillomavirus va virusli-bakterial infeksiyalarida preparat eritmasi bilan vaginal tamponlar qo'llaniladi. Eritmani tayyorlash uchun 3,0 ml preparatni (72-75 tomchi) 20 ml natriy xlorid fiziologik eritmasida suyultirish kerak. Vaginal tamponlar ekspozitsiyasi muddati – 30-40 daqiqa, muolajalarni sutkada 2 marta o'tkazish kerak.

Genital gerpesda vaginal tamponlarni mahalliy qo'llash davomiyligi 10 kunni, ayollar jinsiy a'zolarining papillomavirus va virusli-bakterial infeksiyalarida – 14 kunni tashkil qiladi.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. PROTEFLAZID tomchilar 30ml preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

PROTEFLAZID tomchilar 30ml o'xshash dorilari

AVIKLUD tabletkalari 0,5mg N30
AVIKLUD tabletkalari 0,5mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
•28 ta dorixonada bor
Narxi
280 000 so'm dan
OKSOLINOVAYA maz 10g 0,25%
Retseptsiz
OKSOLINOVAYA maz 10g 0,25%
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
•14 ta dorixonada bor
Narxi
5 500 so'm dan
AVIKLUD tabletkalari 1mg N30
AVIKLUD tabletkalari 1mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
•5 ta dorixonada bor
Narxi
400 000 so'm dan

Proteflazid boshqa chiqarish shakllari

PROTEFLAZID suppozitorii 3g N10
Retseptli
PROTEFLAZID suppozitorii 3g N10
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «Farmeks Grup»
Narxi
188 000 so'm dan
Analoglar PROTEFLAZID tomchilar 30ml
Analoglari yo'q

PROTEFLAZID tomchilar 30ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
320 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №5
Mirobod tumani, Oltinko'l ko'ch., 10 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
320 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №2
Shayxontoxur tumani, Gulobod dahasi, 54 uy, 47-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
320 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №10
Yunusobod tumani, Yunusobod, 8-mavze, 29-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
320 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №6
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 29/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
320 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №9
Mirobod tumani, Oybek koʻchasi 44-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
320 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
320 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №11
Yunusobod tumani, Yunusota ko'ch., 15 daha, uy 43
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
328 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
328 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №20
Mirzo Ulug'bek tumani, TTZ 2 daha, Gulsanam ko'ch., 12A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
328 700 so'm
Bron qilish

PROTEFLAZID tomchilar 30ml haqida savollar

PROTEFLAZID tomchilar 30ml haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil