REKSETIN tabletkalari 20mg N30

REKSETIN tabletkalari 20mg N30 qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
So'rilishi
Ichga qabul qilingandan so'ng paroksetin MITYdan yaxshi so'riladi. Bir vaqtning o'zida ovqat qabul qilish paroksetinning so'rilishi va farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi
Paroksetin qon plazmasi oqsillari bilan 93-95% ga bog'lanadi. Muvozanatli holatga terapiya boshlangandan 7-14 kun o'tgach erishiladi, keyinchalik uzoq muddatli terapiyada farmakokinetika o'zgarmaydi.
Metabolizmi
Asosan jigarda asosan nofaol metabolitlar hosil bo'lishi bilan metabollanadi.
Chiqarilishi
Paroksetinning T 6 dan 71 soatgacha oraliqda, lekin o'rtacha 24 soatni tashkil qiladi. Paroksetinning taxminan 64% buyraklar orqali (2% - o'zgarmagan holda, 62% - metabolitlar ko'rinishida); taxminan 36% ichak orqali, asosan metabolitlar ko'rinishida, 1% dan kamrog'i - o'zgarmagan holda chiqariladi.
Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi
Jigar va buyraklar funktsiyasi buzilganda, shuningdek keksa yoshdagi shaxslarda paroksetinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi ortadi.
Farmakologik ta'siri
Antidepressant. MNT da serotoninning qayta neyronal qamrab olinishini ingibirlaydi. Noradrenalin va dofaminning neyronal qamrab olinishiga kam ta'sir qiladi. Shuningdek anksiolitik va psixostimulyatsiya qiluvchi ta'sirga ega.
Nojo'ya samaralari
Terapiya jarayonida nojo'ya ta'sirlarning namoyon bo'lish chastotasi va intensivligi kamayadi, shuning uchun ular rivojlanganda ko'p hollarda preparatni qabul qilishni davom ettirish mumkin.
Nojo'ya reaksiyalar ushbu davolashni olgan bemorlarning umumiy soniga nisbatan aniqlangan foizlar bilan keltirilgan.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi (12%); ba'zida - qabziyat, diareya, ishtahaning pasayishi; kamdan-kam hollarda - jigar funktsional sinamalari ko'rsatkichlarining oshishi; ayrim hollarda - jigar faoliyatining og'ir buzilishi. Paroksetin qabul qilish va jigar fermentlari faolligining o'zgarishi o'rtasida sabab-oqibat bog'liqligi isbotlanmagan, ammo jigar faoliyati buzilganda paroksetinni qo'llashni to'xtatish tavsiya etiladi.
MNT tomonidan: uyquchanlik (9%); tremor (8%); umumiy holsizlik va charchoqning kuchayishi (7%), uyqusizlik (6%); ayrim hollarda - bosh og'rig'i, ta'sirchanlikning kuchayishi, xavotirlik, paresteziyalar, bosh aylanishi, somnambulizm, diqqatni jamlashning pasayishi; kamdan-kam hollarda - ekstrapiramidal buzilishlar, orofatsial distoniya. Ekstrapiramidal buzilishlar asosan oldin neyroleptiklarni intensiv qo'llashda qayd etiladi. Kamdan-kam hollarda epileptiform tutqanoqlar kuzatilgan (bu boshqa antidepressantlar bilan terapiyaga ham xosdir); kalla suyagi ichki bosimining oshishi.
Vegetativ asab tizimi tomonidan: ko'p terlash (9%), og'iz qurishi (7%).
Ko'rish organi tomonidan: ayrim hollarda - ko'rishning buzilishi, midriaz; kamdan-kam hollarda - o'tkir glaukoma xuruji.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ayrim hollarda - taxikardiya, EKG o'zgarishlari, AB labilligi, hushdan ketish holatlari.
Jinsiy tizim tomonidan: eyakulyatsiya buzilishi (13%), ayrim hollarda - libidoning o'zgarishi.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - siyishning qiyinlashishi.
Suv-elektrolit muvozanati tomonidan: ayrim hollarda - periferik shishlar, ongning buzilishi yoki epileptiform simptomatika rivojlanishi bilan kechuvchi giponatriemiya. Preparat bekor qilingandan so'ng qondagi natriy darajasi normallashadi. Ba'zi hollarda bu holat antidiuretik gormonning giperproduktsiyasi oqibatida rivojlangan. Bunday holatlarning aksariyati paroksetindan tashqari siydik haydovchi va boshqa dori preparatlarini qabul qilgan keksa yoshdagi shaxslarda kuzatilgan.
Allergik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - teri giperemiyasi, teri osti qon quyilishlari, yuz va oyoq-qo'llar sohasida shishlar, anafilaktik reaksiyalar (eshakemi, bronxospazm, angionevrotik shish), teri qichishishi.
Boshqalar: yakka hollarda - miopatiyalar, mialgiyalar, miasteniya, miokloniya, giperglikemiya; kamdan-kam hollarda - giperprolaktinemiya, galaktoreya, gipoglikemiya, tana haroratining ko'tarilishi va grippsimon holat rivojlanishi, ta'm bilishning o'zgarishi. Kamdan-kam hollarda trombotsitopeniya rivojlangan (preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat bog'liqligi isbotlanmagan). Paroksetin qabul qilish tana vaznining oshishi yoki kamayishi bilan kechishi mumkin. Qon ketishining kuchayishi rivojlanishining bir necha holatlari tasvirlangan.
Paroksetin, tritsiklik antidepressantlarga nisbatan, og'iz qurishi, qabziyat va uyquchanlikni kamroq chaqiradi. Preparatning to'satdan bekor qilinishi bosh aylanishi, sezuvchanlikning buzilishi (masalan, paresteziyalar), qo'rquv hissi, uyqu buzilishi, ajitatsiya, tremor, ko'ngil aynishi, ko'p terlash va ongning chalkashishini chaqirishi mumkin, shuning uchun preparat bilan terapiyani to'xtatishni asta-sekin amalga oshirish kerak (dozani har ikkinchi kunda kamaytirish maqsadga muvofiq).
Maxsus saqlash sharoitlari
Paroksetinni MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda va ular bekor qilingandan keyin 14 kun davomida qabul qilish qarshi ko'rsatilgan. Keyinchalik paroksetinni alohida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, davolash kursini kichik dozalardan boshlab va dozalarni istalgan terapevtik samaraga erishilguncha asta-sekin oshirib borish kerak. Paroksetin bilan terapiya tugagandan keyin 14 kun davomida MAO ingibitorlari bilan davolash kursini boshlash mumkin emas.
Agar bemor avval maniakal holatda bo'lgan bo'lsa, paroksetin qabul qilish vaqtida retsidiv boshlanishi ehtimolini hisobga olish kerak (boshqa antidepressantlar qabul qilinganda bo'lgani kabi).
Elektrotirishish terapiyasi va paroksetinni bir vaqtda qo'llashning yetarli tajribasi yo'q.
Depressiyasi bo'lgan bemorlarda va narkomaniyasi bo'lgan bemorlarda abstinentsiya davrida suitsidal urinishlarga moyillik borligi sababli, davolash jarayonida ushbu toifadagi bemorlar ustidan sinchkovlik bilan kuzatuv zarur.
Ko'p hollarda giponatriemiya qayd etilgan, ayniqsa diuretiklarni olayotgan keksa bemorlarda. Paroksetin bekor qilingandan keyin qonda natriy darajasi normallashadi.
Ba'zi hollarda paroksetin bilan davolash fonida yuqori qon oqishi (asosan ekximoz va purpura) paydo bo'lgan.
Paroksetin qo'llanilishi fonida kamdan-kam hollarda giperglikemik holatlar qayd etilgan.
Suitsid/Suitsidal fikrlash
Depressiya suitsidal fikrlar, autoagressiya va o'z joniga qasd qilish xavfi ortishi bilan bog'liq. Bu xavf remissiya boshlangunga qadar saqlanib qoladi. Yaxshilanish davolash boshlangandan keyin birinchi bir necha hafta yoki undan ko'proq vaqt davomida boshlanmasligi mumkinligi sababli, bunday yaxshilanish sodir bo'lguncha bemorlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Mavjud klinik tajriba shuni ko'rsatadiki, antidepressantlar bilan davolashda o'z joniga qasd qilish xavfi tuzalishning dastlabki bosqichlarida ortishi mumkin.
Reksetin® tayinlanadigan boshqa psixiatrik holatlar ham suitsidal xulq-atvor xavfi ortishi bilan birga kelishi mumkin. Bundan tashqari, bu holatlar katta depressiv buzilishda yo'ldosh bo'lishi mumkin. Katta depressiv buzilishi bo'lgan bemorlarni davolashda bo'lgani kabi ehtiyotkorlik choralari boshqa psixiatrik buzilishlari bo'lgan bemorlarni davolashda ham rioya qilinishi kerak. Anamnezida suitsidal xulq-atvor yoki fikrlar bo'lgan yoki davolash boshlanishidan oldin suitsidal fikrlashning sezilarli darajasini namoyish etgan bemorlar suitsidal fikrlar yoki o'z joniga qasd qilish urinishlarining katta xavfiga moyil va davolash davomida sinchkovlik bilan kuzatilishi kerak. Bunday 18-29 yoshdagi bemorlarda o'z joniga qasd qilish xavfi yuqori, shuning uchun preparat bilan davolash sinchkovlik bilan nazorat qilinishi kerak.
Bemorlar (va bemorlarga yordam ko'rsatuvchilar) shoshilinch vaziyatlarda nazorat qilish zarurligiga - suitsidal niyatlar/xulq-atvor yoki autoagressiya haqidagi fikrlar paydo bo'lishiga tayyor bo'lishlari kerak, agar bu simptomlar mavjud bo'lsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish uchun.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Nazorat qilingan tadqiqotlar paroksetinning psixomotor yoki kognitiv funksiyaga salbiy ta'sirini aniqlamadi. Shunga qaramay, terapiya kursi boshida, individual belgilangan muddat davomida avtomobil boshqarish yoki reaksiya tezligini talab qiluvchi yuqori xavfli sharoitlarda ishlash mumkin emas. Cheklov darajasi individual ravishda belgilanadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish va ular bekor qilinganidan keyin 14 kunlik davr;
- homiladorlik;
- laktatsiya (emizish davri);
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (klinik tajriba yo‘qligi sababli).
Reksetin® tioridazin bilan kombinatsiyada ishlatilmasligi kerak, chunki CYP2D6 izofermentini ingibirlaydigan boshqa preparatlar singari, paroksetin plazmada tioridazin konsentratsiyasini oshirishi mumkin. Tioridazinning o‘zini tayinlash EKG da QT intervalining uzayishiga, unga hamrohlik qiluvchi jiddiy qorinchalar aritmiyalari, masalan "piruet" turidagi qorinchalar taxikardiyasi bilan va to‘satdan o‘limni keltirib chiqarishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimi funksiyalari buzilishlarida, jigar yetishmovchiligida, surunkali buyrak yetishmovchiligida, prostata bezi giperplaziyasida, shuningdek keksa yoshdagi bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Anamnezda epilepsiya mavjudligida paroksetinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Klinik kuzatuvlar ma'lumotlariga ko‘ra, paroksetin 0,1% bemorlarda epileptiform xurujlarni keltirib chiqaradi. Bunday buzilishlar namoyon bo‘lgan bemorlarni davolash kursini to‘xtatish zarur.
Boshqa serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlar (SQQOSI) singari, paroksetin midriaz chaqiradi, shuning uchun glaukoma mavjudligida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Paroksetinni benzodiazepinlar (oksazepam), barbituratlar, neyroleptiklar bilan birgalikda qo‘llaganda ularga xos bo‘lgan sedativ samarani (uyquchanlikni) kuchayishi to‘g‘risida ma'lumotlar qayd etilmagan. Paroksetinni neyroleptiklar bilan birgalikda qo‘llash tajribasi kam, shuning uchun bu hollarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Litiyni paroksetin yoki boshqa serotoninni qayta qamrab oluvchi ingibitorlar bilan birgalikda qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba hali to‘planmagan, shuning uchun ushbu kombinatsiyani ehtiyotkorlik bilan, qondagi litiy darajasini muntazam nazorat qilgan holda qo‘llash kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ovqat va antatsid preparatlar paroksetinning so'rilishi va farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Boshqa serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitorlari kabi, hayvonlarda o'tkazilgan tajribalarda MAO ingibitorlari va paroksetin o'rtasida istalmagan o'zaro ta'sir qayd etilgan.
Paroksetinni triptofan bilan bir vaqtda qo'llash bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, ko'p terlash va bosh aylanishi paydo bo'lishiga olib keladi, shuning uchun ushbu kombinatsiyani qo'llashdan qochish kerak.
Paroksetin va varfarin o'rtasida farmakodinamik o'zaro ta'sir taxmin qilinadi (o'zgarmagan protrombin vaqtida qonashning kuchayishi qayd etilgan); bunday kombinatsiyani qo'llash ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Paroksetinni sumatriptan bilan qo'llashning kam sonli hollarida umumiy holsizlik, giperrefleksiya, koordinatsiya buzilishlari qayd etiladi. Ularni bir vaqtda qo'llash zarurati tug'ilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (tibbiy nazorat talab etiladi).
Bir vaqtda qo'llanilganda paroksetin tritsiklik antidepressantlar metabolizmini ingibitsiya qilishi mumkin (CYP2D6 izofermentini ingibitsiya qilish hisobiga), shuning uchun bunday kombinatsiyani qo'llash ehtiyotkorlikni va tritsiklik antidepressantlar dozasini kamaytirishni talab qiladi.
Jigar ferment tizimlari faolligini induktsiya qiluvchi yoki ingibitsiya qiluvchi preparatlar paroksetin metabolizmi va farmakokinetikasiga ta'sir qilishi mumkin. Jigar metabolik fermentlari ingibitorlari bilan birga qo'llanilganda paroksetinning eng kichik samarali dozasini ishlatish kerak. Jigar fermentlari induktorlari bilan birga qo'llash paroksetinning boshlang'ich dozasini to'g'irlashni talab qilmaydi; dozani keyingi o'zgartirish klinik samaraga (samaradorlik va o'zlashtirilishiga) bog'liq.
Metabolizmi CYP2D6 izofermenti ishtirokida amalga oshiriladigan preparatlar. Paroksetin ushbu izoferment faolligini ishonchli tormozlaydi. Shuning uchun paroksetinni metabolizmi ushbu izoferment ishtirokida sodir bo'ladigan preparatlar, shu jumladan ba'zi antidepressantlar (masalan, nortriptilin, amitriptilin, imipramin, dezipramin va fluoksetin), fenotiazinlar (masalan, tioridazin), 1 C sinf antiaritmik preparatlari (masalan, propafenon, flekainid va enkainid) yoki uning ta'sirini bloklovchi preparatlar (masalan, xinidin, simetidin, kodein) bilan bir vaqtda qo'llash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Paroksetin tomonidan CYP3A4 izofermenti ingibitsiya qilinishi to'g'risida ishonchli klinik ma'lumotlar yo'q, shuning uchun ushbu fermentni ingibitsiya qiluvchi preparatlar (masalan, terfenadin) bilan qo'llash mumkin.
Simetidin P450 sitoxromining ba'zi izofermentlarini ingibitsiya qiladi. Buning oqibatida, paroksetin simetidin bilan birga qo'llanilganda muvozanat holati bosqichida qon plazmasida paroksetin darajasi oshadi.
Fenobarbital P450 sitoxromining ba'zi izofermentlari faolligini oshiradi. Paroksetin fenobarbital bilan birga qo'llanilganda qon plazmasida paroksetin kontsentratsiyasi pasayadi, shuningdek uning T qisqaradi.
Paroksetin va fenitoin birga qo'llanilganda qon plazmasida paroksetin kontsentratsiyasi pasayadi va fenitoinning nojo'ya ta'sirlari chastotasi oshishi mumkin. Boshqa tirishishga qarshi preparatlar qo'llanilganda ham ularning nojo'ya ta'sirlari chastotasi oshishi mumkin. Uzoq vaqt davomida karbamazepin, fenitoin yoki natriy valproat bilan davolangan epilepsiyasi bo'lgan bemorlarda paroksetinni qo'shimcha tayinlash tirishishga qarshi preparatlarning farmakokinetik va farmakodinamik xususiyatlarida o'zgarishlarni keltirib chiqarmagan; paroksizmal tirishishga tayyorgarlikning oshishi qayd etilmagan.
Paroksetin qon plazmasi oqsillari bilan sezilarli darajada bog'lanadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanadigan preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon plazmasida paroksetin kontsentratsiyasi oshishi fonida nojo'ya ta'sirlar kuchayishi mumkin.
Digoksinni paroksetin bilan birga qo'llash bo'yicha etarli klinik tajriba yo'qligi sababli bunday kombinatsiyani tayinlash ehtiyotkorlikni talab qiladi.
Diazepam kursli qo'llanilganda paroksetin farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Paroksetin qon plazmasida protsiklidin kontsentratsiyasini ishonchli oshiradi, shuning uchun antixolinergik nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganda protsiklidin dozasini kamaytirish kerak.
Klinik tadqiqotlarda paroksetin qonda propranolol kontsentratsiyasiga ta'sir qilmagan.
Ba'zi hollarda qonda teofillin kontsentratsiyasining oshishi qayd etilgan. Klinik tadqiqotlar davomida paroksetin va teofillin o'rtasidagi o'zaro ta'sir isbotlanmaganligiga qaramay, qonda teofillin darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.
Alkogol ta'sirining kuchayishi paroksetin bilan bir vaqtda qo'llanilganda aniqlanmagan. Biroq paroksetinning jigar ferment tizimiga ta'siri tufayli paroksetin bilan davolash vaqtida spirtli ichimliklarni iste'mol qilishni istisno qilish kerak.
Dozirovkasi
Reksetin® sutkasiga 1 marta, yaxshisi ertalab, ovqat vaqtida qabul qilinishi kerak, tabletkalar chaynalmaydi.
Boshqa antidepressantlar bilan terapiyada bo‘lgani kabi, bemorning klinik holatiga qarab terapiyaning 2-3 haftasidan keyin preparat dozasini o‘zgartirish mumkin.
Depressiyada tavsiya etilgan sutkalik doza 20 mg ni tashkil qiladi. Samara ko‘pchilik hollarda asta-sekin rivojlanadi. Ba’zi bemorlarda preparat dozasini oshirish mumkin. Sutkalik doza terapevtik samaraga erishilguncha haftasiga 10 mg ga oshirilishi mumkin; maksimal sutkalik doza 50 mg/sut ni tashkil qiladi.
Obsessiv-kompulsiv buzilishlarda (yopishqoq holatlar sindromi) boshlang‘ich doza 20 mg/sut ni tashkil qiladi. Doza terapevtik javobga erishilguncha haftasiga 10 mg ga oshirilishi mumkin. Maksimal sutkalik doza, qoida tariqasida, 40 mg ni tashkil qiladi, lekin 60 mg dan oshmasligi kerak.
Vahima buzilishlarida tavsiya etilgan terapevtik doza 40 mg/sut ni tashkil qiladi. Terapiyani kichik (10 mg/sut) dozadan, kerakli samaraga erishilguncha haftasiga 10 mg ga haftalik oshirish bilan boshlash kerak. Maksimal sutkalik doza 60 mg dan oshmasligi kerak. Tavsiya etilgan past boshlang‘ich doza terapiya boshida kasallik simptomlari intensivligining vaqtinchalik kuchayishi ehtimoli bilan bog‘liq.
Sotsiofobiyalarda terapiyani 20 mg/sut dozadan boshlash mumkin. Agar ikki haftalik davolash kursidan keyin bemorning holatida sezilarli yaxshilanish kuzatilmasa, preparat dozasini kerakli samaraga erishilguncha har hafta 10 mg ga oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza 50 mg dan oshmasligi kerak. Tutib turuvchi terapiya uchun preparat 20 mg/sut dozada qo‘llaniladi.
Generallashgan xavotirli buzilishda tavsiya etilgan terapevtik doza 20 mg/sut ni tashkil qiladi. Bemorning terapiyaga reaksiyasiga qarab sutkalik doza asta-sekin haftasiga 10 mg ga oshirilishi mumkin; maksimal sutkalik doza - 50 mg.
Travmadan keyingi stressor buzilishlarda tavsiya etilgan terapevtik doza 20 mg/sut ni tashkil qiladi. Bemorning terapiyaga reaksiyasiga qarab, sutkalik doza 10 mg ga oshirilishi mumkin, maksimal sutkalik doza 50 mg ni tashkil qiladi.
Bemorning klinik holatiga qarab qaytalanishlar ehtimolini oldini olish uchun tutib turuvchi terapiyani o‘tkazish zarur. Depressiya simptomlari yo‘qolganidan keyin tutib turuvchi terapiya kursi 4-6 oyni, obsessiv va vahima buzilishlarida esa ko‘proqni tashkil qilishi mumkin. Boshqa psixotrop preparatlarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, preparatni keskin bekor qilishdan saqlanish kerak.
Holsizlangan bemorlar va keksa yoshdagi shaxslarda qon zardobidagi paroksetin konsentratsiyasi odatdagidan tezroq oshishi mumkin, shuning uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 10 mg/sut ni tashkil qiladi. Bu dozani bemorning holatiga qarab haftasiga 10 mg ga oshirish mumkin.
Maksimal doza 40 mg/sut dan oshmasligi kerak.
Bolalarga klinik tajriba yo‘qligi sababli preparat ko‘rsatilmagan.
Buyrak (KK<30 ml/daq) yoki jigar yetishmovchiligida qon plazmasidagi paroksetin konsentratsiyasi ortadi, shuning uchun bu hollarda tavsiya etilgan sutkalik preparat dozasi 20 mg ni tashkil qiladi. Bu dozani bemorning holatiga qarab oshirish mumkin, lekin dozani minimal mumkin bo‘lgan darajada ushlab turishga harakat qilish kerak.
Hajm/og'irlik
REKSETIN tabletkalari 20mg N30 o'xshash dorilari


Reksetin boshqa chiqarish shakllari
REKSETIN tabletkalari 20mg N30 analoglari



REKSETIN tabletkalari 20mg N30 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 56642,
"stores_apteka_id": 340694,
"slug": "reksetin-tabletki",
"stores_apteka_slug": "reksetin-tab-20mg-n30",
"name": "REKSETIN tabletkalari 20mg N30",
"brand_name": "REKSETIN",
"image": "uploads/iblock/ade/mmruiyufcz351mnw3p9x7zhwnl3vldt5.webp",
"atx_code": "N06AB05",
"drug_form_id": 1,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": true,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Gedeon Rixter, OAO",
"representative": {
"id": 14366,
"slug": "gedeon-richter",
"name": "Gedeon Richter"
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 490,
"slug": "nervnaya-sistema",
"name": "Asab tizimi",
"external_link_title": "Nevropatolog maslahati",
"external_link": "https://med24.uz/uz/doctors/nevropatolog"
},
"drug_group": {
"id": 5881,
"slug": "reksetin",
"name": "Reksetin"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 10,
"slug": "vengriya",
"name": "Vengriya"
},
"active_ingredients": [
{
"id": 8396,
"slug": "paroksetin",
"name": "Paroksetin"
}
],
"tags": []
}
}






