Ташкент
logo
SavatKirish

Rinoksil Kids tomchilari 10ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Nazal vositalar
ATX kodi:R01AA05
Barcha Rinoksil dorilari
142 ta dorixonada bor
Narxi 23 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 142 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Rinoksil Kids tomchilari 10ml o'xshash dorilari

OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•124 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
SNUP sprey 15ml 0,1%
Retseptsiz
SNUP sprey 15ml 0,1%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Ursafarm Arzneimittel GmbH
•125 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•124 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan

Rinoksil Kids tomchilari 10ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: oksimetazolin gidroxloridi - 0,025 g;

yordamchi moddalar: evkalipt moyi, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy edetati (trilon B), benzalkoniy xloridi (50% li eritma ko'rinishida), propilenglikol, 0.1 M xlorid kislotasi eritmasi yoki 0.1 M gidroksid natriy eritmasi, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

0,025% li nazal tomchilar 10, 15 ml dan flakonlarda. Flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo'llanganida oksimetazolin ahamiyatsiz darajada tizimli so'rilishga uchraydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi kontsentrasiyasi kam. Ta'siri bir necha daqiqadan so'ng namoyon bo'ladi. Ta'sirining davomiyligi 10-12 soat. Asosan o'zgarmagan holda buyraklar va ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 5-8 sutka.

Farmakologik ta'siri

Mahalliy qo'llanilish uchun alfa-adrenostimulyator vosita, qon tomirlarni toraytiruvchi va antikongestiv ta'sir ko'rsatadi. Oksimetazolin a1-adrenoreseptorlarni rag'batlantiradi, burun shilliq qavati, burun atrofi bo'shliqlari va Evstaxiy nayi qon tomirlarining torayishini chaqirib, allergik va/yoki yuqumli-yallig'lanishli rinit (tumov) da ularning shishini pasayishiga va burun bilan nafas olishning engillashishiga olib keladi.

Evkalipt moyi bakterisid, viruslarga qarshi va fungisid ta'sirlarga ega.


Nojo'ya samaralari

Har qanday dori vositasi kabi, Rinoksil® Kids preparati ham nojuya ta'sir ko'rsatishi mumkin,garchi ular har kimda uchramasa ham.

Quyida me'yoriy-huquqiy faoliyat bo'yicha tibbiy lug'at tasnifi bilan muvofiq holda a'zolar-tizimi sinflari (MedDRA) bo'yicha bo'lingan nojo'ya samaralar keltirilgan. Nojo'ya samaralarning uchrash sonini ko'rsatish uchun JSST tasnifdan foydalanilgan: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% va <10%), tez-tez emas (≥0.1% va <1%), kam hollarda (≥0,01% va <0.1%), juda kam hollarda(<0.01%), uchrash soni noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida nojo'ya samaraning uchrash sonini aniqlashning iloji yo'q).

Rinoksil® Kids odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Preparat tez-tez yoki uzoq muddat qo'llanganida:

- umumiy buzilishlar va qo'llash joyidagi buzilishlar: ehtimoli mavjud – ekzantema; ko'p – burun bo'shlig'i shilliq qavatining achishtirishi yoki qurishi, aksirish, Rinoksil® Kids preparatini qo'llashdagi samara o'tib bo'lgandan so'ng kuchli burun bitishi hissi (reaktiv giperemiya), ko'rishning buzilishi (ko'zga tushganda). Qon-tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni uzoq muddat va to'xtovsiz qo'llash taxifilaksiya, burun bo'shlig'i shilliq qavatining atrofiyasi va burun bo'shlig'i shilliq qavatining qaytar shishiga (dori vositalari chaqirgan rinitga) olib kelishi mumkin;

- yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ko'p emas – AQB ning oshishi, taxikardiya; bo'lishi mumkin - yurak urishining sezilishi;

- nerv tizimi tomonidan: kam hollarda: bosh og'rig'i, uyqusizlik; bo'lishi mumkin – bosh aylanishi, xavotirlik hissi, ta'sirchanlik, uyquning buzilishi (bolalarda);

- ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi extimoli mavjud.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada keltirilmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiyalar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz, farmasevtga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Uzoq vaqt qo'llashdan va dozani oshirib yuborilishidan saqlanish lozim. yurak-tomir tizimining kasalliklari, gipertireoz, arterial gipertoniyasi mavjud bemorlar ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Odatda Rinoksil® Kids tavsiya qilingan dozalarda qo'llanilganida rinit simptomlarini bartaraf qilish uchun 3 kun etarli. Agar bu davrda simptomlar yo'qolmasa, davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Uzoq muddatli qo'llanilishida (bir haftadan ortiqroq) burun bitishi simptomlari qaytalanishi ehtimoli bor.

Davolanishning maksimal davomiyligi – 5 kun. Preparatni faqat bir necha kundan so'ng qayta qo'llash mumkin.

Preparatni ko'zlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak.

Bir flakonni bir nechta shaxslarda ishlatish infektsiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Flakondan faqat bitta shaxs (infektsiyani yuqish xavfi tufayli) foydalanishi kerak.

Buyraklar faoliyati buzilganda qo'llanilishi

Preparatni surunkali buyrak etishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Bolalarda qo'llanilishi

Bolalarda uzoq vaqt qo'llashdan va dozani oshirib yuborilishidan saqlanish lozim.

1 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi

Agar Siz Rinoksil® Kids ni qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirishni xal qiladi.

Homilador ayollarda va emizish davrida Rinoksil® Kids preparatining xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni homladorlik va emizish davrida qat'iy ko'rsatmalarga binoan faqat doimiy shifokor nazorati ostida ona va bola uchun xavf va foyda nisbati qat'iy baholangandan so'ng qo'llash mumkin. Tavsiya qilingan dozani oshirishga yo'l qo'yilmaydi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Tavsiya etilganidan yuqori dozalarda qo'llanilganda, yurak-qon tomirlari tizimi va Markaziy nerv tizimiga umumiy ta'sirni inkor etib bo'lmaydi. Bunday hollarda transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarini boshqarish qobiliyatining pasaytirishi mumkin.

Qo'llanilishi

Burun shilliq qavatini, burun-halqum va gaymor bo'shliqlaridagi shishni kamaytirish uchun:

- shamollashli kasalliklarda (o'tkir rinit);

- burun bo'shliqlarining yallig'lanishida (o'tkir sinusit);

- evstaxiitda;

- allergik rinitda (shu jumladan, pichan isitmasida);

- o'rta otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki evstaxiy nayining teshigi atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi) qo'llanadi.

Shuningdek, burun bo'shlig'ini qo'rishni engillashtirishi uchun yoki Jarrohlik muolajalarida ham qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga, shu jumladan boshqa intranazal qo'llash uchun shishga qarshi vositalariga o'ta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, gipertireoz, sekresiya ajratmalarisiz burun yo'llaridagi shilliq qobiqning yallig'lanishi, homiladorlik, laktasiya davri, 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda. qo'llash mumkin emas, monoaminooksidaza ingibitorlarni bir vaqtning o'zida qo'llash (ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davri davomida),

Ehtiyotkorlik bilan: ko'z ichki bosimini oshishi, surunkali buyrak etishmovchiligi, aritmiya, prostata bezi giperplaziyasi klinik simptomlari bilan (siydik tutilishi), yopiq burchakli glaukoma, yaqqol ateroskleroz, koronar arteriyalar kasalliklari, feoxromositoma, surunkali yurak etishmovchiligi, qandli diabet, arterial gipertenziyada ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi .

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar siz boshqa dori vositalarini qo'llayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin qo'llagan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Qon-tomirlarni toraytiruvchi vositalar

Preparatni boshqa qon tomirlarni toraytiruvchi vositalari bilan buyurilganda (yuborish usulidan qat'iy nazar) nojo'ya samaralarining o'zaro kuchayishi mumkin.

Mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositalar

Oksimetazolin mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositalarining so'rilishini sekinlashtiradi va ularning samarasini uzaytiradi.

Mao ingibitorlari (shu jumladan ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davri davomida) va trisiklik antidepressantlar

Bir vaqtda buyurilganda – AQB ni oshishi mumkin.

Ta'rifi

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish tusli, o'ziga xos evkalipt moyi hidli eritma.

Dozirovkasi

Har doim Rinoksil® Kids preparatini davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, shifokoringiz yoki farmasevtdan so'rang.

Intranazal qo'llaniladi.

1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda – sutkada 2 marta, har bir burun katagiga 1-2 tomchidan qo'llaniladi. Qo'llanilishi orasida 10-12 soat intervalga rioya qilish tavsiya etiladi.

Preparatini sutkada 2 martadan ortiq qo'llash mumkin emas.

Oxirgi applikasiyani bevosita uxlashdan oldin amalga oshirish tavsiya etiladi.

Davolanish davomiyligi: preparatni 3-5 kundan ortiq qo'llash tavsiya kilinmaydi. Agar 3 kun davomida simptomlari kuchaysa yoki yaxshilanish ko'zatilmasa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Davolanishning maksimal ruhsat etilgan davomiyligi – 5 kun. Preparatni qayta qo'llash faqat bir necha kundan so'ng mumkin.

Preparatni bevosita qo'llashdan avval flakonni tana haroratigacha isitib olish uchun qo'l kaftida ushlab turish kerak. Preparatni qo'llashdan oldin burunni yaxshilab tozalash zarur.

Ishlatishdan oldin shishani teskari burish kerak. Preparatni bolaning boshini orqaga tashlagan holda tomizish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!

Simptomlari: dozani ahamiyatli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilingandan keyin mioz, ko'ngil aynishi, qusish, tsianoz, gipertermiya, taxikardiya, aritmiya, tomirlar etishmovchiligi, arterial gipertenziya, nafas buzilishlari, o'pka shishi, yurakni to'xtab qolishi kabi simptomlar aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari, uyquchanlik, tana haroratining pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasning to'xtashi va komani rivojlanishi bilan birga kechuvchi, ruhiy buzilishlar, shuningdek Markaziy nerv tizimi funktsiyasini buzilishlari rivojlanishi mumkin.

Davolash: qabul qilishni to'xtatish, simtomatik davolashni o'tkazish kerak.

 

Rinoksil Kids tomchilari 10ml boshqa chiqarish shakllari

Rinoksil Kids tomchilari 10ml analoglari

Narxi
29 000 so'm dan

Rinoksil Kids tomchilari 10ml savollari

Rinoksil Kids tomchilari 10ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil