Apteka.uz
SavatKirish

RINOKSIL FORMULA+ sprey 10ml 0,05%

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Nazal vositalar
Ishlab chiqaruvchi:Nika Pharm
Teglar:Tumovdan
ATX kodi:R01AA05
Barcha Rinoksil dorilari
127 ta dorixonada bor
Narxi 29 600 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 127 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

RINOKSIL FORMULA+ sprey 10ml 0,05% haqida qo'llanma

Tarkibi

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: oksimetazolin gidroxloridi – 0,05 g;
yordamchi moddalar: levomentol, ratsemik kamfora, evkalipt moyi, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy edetati (trilon B), benzalkoniy xloridi (50% li eritma ko'rinishida), propilenglikol, 0,1 M xlorid kislotasi eritmasi yoki 0,1 M gidroksid natriy eritmasi, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

0,05% li nazal sprey, 10 ml, 15, ml dan, dozalab purkaydigan moslamali flakonlarda. Flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton kutiga joylashtiriladi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo'llanilganida oksimetazolin ahamiyatsiz darajada tizimli so'rilishga uchraydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi kontsentrasiyasi kam. Ta'siri bir necha daqiqadan so'ng namoyon bo'ladi. Ta'sirining davomiyligi - 10-12 soat.

Farmakologik ta'siri

Mahalliy qo'llash uchun α-adrenostimulyator vosita, qon-tomirlarni toraytiruvchi va antikongestiv ta'sir ko'rsatadi. Oksimetazolin α1-adrenoreseptorlarni rag'batlantiradi, burun shilliq qavati, burun atrofi bo'shliqlari va Evstaxiy nayi qon-tomirlarining torayishini chaqirib, allergik va/yoki yuqumli-yallig'lanishli rinit (tumov) da ularning shishini pasayishiga va burun bilan nafas olishning engillashishiga olib keladi. Levomentol, evkalipt moyi va kamfora saqlagan preparatni intranazal kiritish shilliq qavat sathidagi uch shoxli nervning sovuqni sezuvchi reseptorlari bilan ta'sirlashishi natijasida burun shilliq qavatining vaqtinchalik sovish hissini chaqiradi.

Nojo'ya samaralari

Har qanday dori preparati kabi, Rinoksil® formula+ ham, har bir iste'molchida kuzatilmasa-da, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Quyida me'yoriy-huquqiy faoliyat bo'yicha tibbiy lug'at tasnifi bilan muvofiq holda tizim-a'zoli sinflar (MedDRA) bo'yicha bo'lingan nojo'ya samaralar keltirilgan. Nojo'ya samaralarning uchrash sonini ko'rsatish uchun JSST tasnifdan foydalanilgan: juda ko'p (≥10%), ko'p (≥1% va <10%), ko'p emas (≥0,1% va <1%), kam hollarda (≥0,01% va <0,1%), juda kam hollarda (<0.01%), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida nojo'ya samaraning uchrash sonini aniqlashning iloji yo'q).
Rinoksil® formula+ odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Preparatni tez-tez va/yoki uzoq muddat qo'llash mumkin:
- umumiy buzilishlar va qo'llanish joyidagi buzilishlar: ehtimoli mavjud – ekzantema; ko'p – burun bo'shlig'i shilliq qavatining achishishi yoki qurishi, aksirish, Rinoksil® formula+, preparatini qo'llashdagi samara o'tib bo'lgandan so'ng kuchli burun bitishi hissi (reaktiv giperemiya), ko'rishning buzilishi (ko'zga tushganda). Qon - tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni uzoq muddat va to'xtovsiz qo'llash taxifilaksiya, burun bo'shlig'i shilliq qavatining atrofiyasi va burun bo'shlig'i shilliq qavatining qaytar shishi (dori vositalari chaqirgan rinit) ga olib kelishi mumkin.
- yurak-qon tomir tizimi tomonidan: ko'p emas – AQB ning ortishi, taxikardiya; ehtimoli mavjud: yurak urishining sezilishi.
- nerv tizimi tomonidan: kam hollarda - bosh og'rig'i, uyqusizlik; ehtimoli mavjud: bosh aylanishi, xavotirlik hissi, ta'sirchanlik, uyquning buzilishi (bolalarda).
- ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ehtimoli mavjud - ko'ngil aynishi kuzatilishi mumkin.
Agar sizda ushbu yo'riqnomada keltirilmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiyalar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz, farmasevtga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Maxsus ko‘rsatmalari

Uzoq vaqt qo'llashdan va dozani oshirib yuborilishidan saqlanish lozim.Yurak qon-tomir tizimining kasalliklari, gipertireoz, arterial gipertoniyasi mavjud pasientlarga dori ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Odatda Rinoksil® formula+ ni tavsiya qilingan dozalarda qo'llaganda rinit belgilarini bartaraf etish uchun 3 kun etarli. Agarda bu davrda belgilar yo'qolmasa, davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.Uzoq muddatli qo'llanilganda (bir haftadan ortiqroq) burun bitishi belgilari qaytalanishi ehtimoli bor.Davolanishning maksimal davomiyligi – 5-7 kun. Preparatni faqat bir necha kundan so'ng qayta qo'llash mumkin.Preparatni ko'zlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Bir flakonni bir nechta shaxslarda ishlatish infektsiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Flakondan faqat bitta shaxs (infektsiyani yuqish xavfi tufayli) foydalanishi kerak.

Qo'llanilishi

Burun shilliq qavatini, burun-xalqum va gaymor bo'shliqlaridagi shishni kamaytirish uchun:
- shamollash kasalliklarida (o'tkir rinit);
- burun bo'shliqlarining yallig'lanishida (o'tkir sinusit);
- evstaxiytda;
- allergik rinitda; (shu jumladan, pichan isitmasida);
- o'rta otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki Evstaxiy nayining teshigi atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi).
Shuningdek, burun bo'shlig'ining qurishni engillashtirishi uchun yoki jarrohlik muolajalarida ham qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga, shu jumladan boshqa intranazal qo'llash uchun shishga qarshi vositalariga o'ta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, gipertireoz, sekresiya ajratmalarisiz burun yo'llaridagi shilliq qobiqning yallig'lanishi, homiladorlik, laktasiya, monoaminooksidaza ingibitorlarini bir vaqtning o'zida qo'llash (ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davr davomida), 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan: preparatni ko'z ichki bosimining oshishi, surunkali buyrak etishmovchiligi, aritmiya, prostata bezining giperplaziyasi klinik belgilari bilan (siydik tutilishi), yopiq burchakli glaukoma, yaqqol ateroskleroz, koronar arteriyalar kasalliklari, feoxromositoma, surunkali yurak etishmovchiligi, qandli diabet, arterial gipertenziyada ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xar qanday boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo'lsangiz, xatto u reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, bu haqida xabar bering. 
Preparat boshqa qon tomirlarni toraytiruvchi vositalari bilan buyurilganda (yuborish usulidan qat'iy nazar) nojo'ya samaralarining o'zaro kuchayishi kuzatilishi mumkin. Oksimetazolin mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositalarining so'rilishini sekinlashtiradi va ularning samarasini uzaytiradi. 
Mao ingibitorlari (ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davr davomida) va trisiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda buyurilganda – AQB ning oshishi qayd etilishi mumkin.

Dozirovkasi

Har doim Rinoksil® formula+ ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtdan so'rang.
Nazal sprey.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun – har bir burun yo'liga 2 martadan sutkada 2 mahal purkaladi. 
6 yoshdan 12 yoshgacha bolalar uchun - har bir burun yo'liga 1 martadan kuniga 2 mahal purkaladi. Preparatni kuniga 2 martadan ortiq qo'llash mumkin emas.
Oxirgi applikasiyani bevosita uxlashdan oldin amalga oshirish tavsiya etiladi.
Preparatni bevosita qo'llashdan avval flakonni tana haroratigacha isitib olish uchun qo'l kaftida ushlab turish kerak. Preparatni qo'llashdan oldin burunni yaxshilab tozalash zarur. 
Nazal spreyni birinchi qo'llashdan oldin purkagich kallagini bir necha marta bosish orqali uning "kalibrovkasini" amalga oshirish kerak. To'g'ri purkash uchun purkagichni vertikal tarzda shunday ushlash kerakki, purkagich nayi yuqoriga qaratilgan bo'lishi lozim. So'ngra shaffof himoya qalpog'ini olib, purkagich nayini burun yo'liga joylashtirib, tez va keskin ravishda purkagichni bir marta bosish va bosilgan purkagichni qo'yib yubormagan holda burun yo'lidan chiqarib olish kerak. Purkash vaqtida burun orqali biroz havo yutish kerak, bu eritmaning optimal tarzda kiritilishiga yordam beradi. Purkalinganda boshni orqaga tashlash tavsiya etilmaydi. 
Davolanish davomiyligi: preparatni 3-5 kundan ortiq qo'llash tavsiya kilinmaydi. Agar 3 kun davomida kasallik belgilari kuchaysa yoki yaxshilanish ko'zatilmasa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. 
Davolanishning maksimal ruhsat etilgan davomiyligi – 5-7 kun. Preparatni qayta qo'llash faqat bir necha kundan so'ng mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Dozani ahamiyatli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilingandan keyin mioz, ko'ngil aynishi, qusish, tsianoz, gipertermiya, taxikardiya, aritmiya, tomirlar etishmovchiligi, arterial gipertenziya, nafas buzilishlari, o'pka shishi, yurakni to'xtab qolishi kabi belgilar aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari, uyquchanlik, tana haroratining pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni to'xtashi va komani rivojlanishi bilan birga kechuvchi ruhiy buzilishlar, shuningdek, Markaziy asab tizimi funktsiyasining buzilishlari rivojlanishi mumkin.
Davolash: qabul qilishni to'xtatish, belgilarga simptomatik terapiya o'tkazish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. RINOKSIL FORMULA+ sprey 10ml 0,05% preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

RINOKSIL FORMULA+ sprey 10ml 0,05% xususiyatlari

Rinoksil boshqa chiqarish shakllari

RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Retseptsiz
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Moldova
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•110 ta dorixonada bor
Narxi
20 400 so'm dan

RINOKSIL FORMULA+ sprey 10ml 0,05% narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
31 300 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 41
Sergeli tumani, 8A mavze, 12 uy
24/7
31 300 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
31 300 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Virusologiya 24
Yunusobod tumani, Yangishaxar, 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
31 300 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Sergeli 42
Sergeli tumani, 7 mavze, Mirzo Tursunzoda ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
31 300 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
31 300 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
31 300 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Universam 20
Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko'ch., 41/3 uy
24/7
31 300 so'm
Bron qilish
D5 №4
Shayxontoxur tumani, Samarqand Darvoza ko'ch., 1 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
33 500 so'm
Bron qilish
D5
Olmazor tumani, Sag'bon ko'ch., 246 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
33 500 so'm
Bron qilish

RINOKSIL FORMULA+ sprey 10ml 0,05% haqida savollar

RINOKSIL FORMULA+ sprey 10ml 0,05% haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Retseptsiz
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Moldova
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•110 ta dorixonada bor
Narxi
20 400 so'm dan
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar  250mg N6
Retseptli
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•13 ta dorixonada bor
Narxi
23 616 so'm dan
Narxi
50 000 so'm dan
Narxi
31 000 so'm dan
YOD ASK tabletkalari 100mkg N100
Retseptsiz
YOD ASK tabletkalari 100mkg N100
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•1 ta dorixonada bor
Narxi
22 500 so'm dan
RINOMAKS INGO sprey 30ml
RINOMAKS INGO sprey 30ml
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
Narxi
55 900 so'm dan
Narxi
200 000 so'm dan
FLUASK kapsulalar  150 mg N 1
FLUASK kapsulalar 150 mg N 1
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•19 ta dorixonada bor
Narxi
16 900 so'm dan
Narxi
35 900 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil