AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6

AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6 o'xshash dorilari


AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6 qo'llanmasi
Keng ta'sir doirasiga ega antibiotik bo'lib, bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Makrolid antibiotiklarning yangi kichik guruhi – azalidlarning birinchi vakili hisoblanadi. Yallig'lanish o'chog'ida yuqori kontsentrasiyasi hosil bo'lganida bakterisid ta'sir ko'rsatadi.
Azitromisinning ta'sir mexanizmi mikrob hujayralarining oqsil sintezini bostirishi bilan bog'liq. Ribosomani 50S-subbirligi bilan bog'lanib peptidtranslokazani translyasiya bosqichida susaytiradi va bakteriyalarni o'sishi va ko'payishini sekinlashtirib, oqsil sintezini bostiradi. Yuqori kontsentrasiyalarda bakteriosid ta'sir ko'rsatadi.
Qator grammusbat, grammanfiy, anaeroblar, hujayraichi va boshqa mikroorganizmlarga nisbatan faollikka ega.
Mikroorganizmlar boshidanoq antibiotikning ta'siriga chidamli bo'lishi yoki unga chidamlilikni orttirishi mumkin.
Azitromisinga mikroorganizmlarning sezgirligining shkalasi (MIK, mg/l)
|
Mikroorganizmlar
|
MIK (mg/l) |
|
|
Sezgir |
Chidamli |
|
|
Staphylococcus |
≤1 |
>2 |
|
Staphylococcus A, V, S, G |
≤0,25 |
>0,5 |
|
Streptococcus pneumonia |
≤0,25 |
>0,5 |
|
Haemophilus influenzae |
≤0,12 |
>4 |
|
Moraxella catarrhalis |
≤0,5 |
>0,5 |
|
Neisseria gonorrhoeae |
≤0,25 |
>0,5 |
Ko'pchilik holatlarda azitromisin preparati grammusbat aerob bakteriyalarga nisbatan faol: Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir shtammlari), Streptococcus pneumoniae (penisillinga sezgir shtammlari), Streptococcus pyogenes; grammanfiy anaerob bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Legionella pneumophila, Moraxella catarrhalis, Pasteurella multocida, Neisseria gonorrhoeae; anaerob bakteriyalar: Clostridium perfrigens, Fusobacterium spp., Prevotella spp., Porphyromonas spp.; boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia trachomatis, Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Mycoplasma genitalium, Borrelia burgadorferi.
Azitromisinga chidamlilik rivojlantirishi mumkin bo'lgan mikroorganizmlar: grammusbat anaeroblar – Sterptococcus pneumoniae (penisillinga chidamli shtammlar).
Boshidanoq chidamli mikroorganizmlarga: grammusbat aeroblar – Enterococcus faecalis, Staphylococci (metisillinga chidamli stafilokokk shtammlari makrolidlarga juda yuqori chidamlilik namoyon qiladi); eritromisinga chidamli grammusbat bakteriyalar; anaeroblar – Bacteroides fragilis.
So'rilishi
Preparat me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi, bu uning kislotali muhitga chidamliligi va lipofilligi bilan bog'liq. Ichga 500 mg qabul qilinganidan keyin azitromisinning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga (SMax) 2,5-2,9 soatda erishiladi va u 0,4 mg/l ni tashkil qiladi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Azitromisin nafas yo'llariga, urogenital yo'llarining a'zolari va to'qimalariga (xususan, prostata beziga), teri va yumshoq to'qimalarga yaxshi kiradi. Oqsillar bilan qayta bog'lanishi qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga teskari proportsional va 7-50% ni tashkil etadi. Gistogematik to'siqlar orqali engil o'tadi va to'qimalarga yaxshi kiradi. To'qimalardagi yuqori kontsentrasiyalari (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) va yarim chiqarilish davrining (T1/2) uzoqligi, azitromisinning qon plazmasi oqsillari bilan past darajada bog'lanishi, hamda uning eukariotik hujayralarga kiraolish qobiliyati va rn past bo'lgan lizosomalar atrofidagi muhitda ko'proq to'planishi bilan bog'liq. Bu, o'z navbatida, katta taxminiy taqsimlanish hajmini (Vd - 31,1 l/kg) va yuqori plazma klirensini belgilaydi. Hujayra membranalari orqali o'tadi (hujayraichi qo'zg'atuvchilari chaqirgan infektsiyalarda samarali). Azitromisinning ko'proq lizosomalarda to'planish qobiliyati, ayniqsa hujayralni qo'zg'atuvchilarining chiqarilishi uchun muhimdir. Infektsiya joyiga fagositlar tomonidan etkazib beriladi, u erda bakteriyalar ishtirokida ajralib chiqadi. Fagositlarning azitromisinni infektsiya joylashgan joyga etkazib berishi isbotlangan, u erda fagositoz jarayonida ajralib chiqadi. Azitromisinning kontsentrasiyasi infektsiya o'choqlarida sog'lom to'qimalardagiga nisbatan ishonchli (o'rtacha 24-34% ga) yuqori va yallig'lanish shishi darajasi bilan mos keladi. Fagositlardagi yuqori kontsentrasiyasiga qaramasdan, azitromisin ularning faoliyatiga amalda ta'sir qilmaydi. Azitromisin deyarli uning faoliyatiga ta'sir etmaydi. Azitromisin yallig'lanish o'chog'ida bakterisid kontsentrasiyalarda, oxirgi qabul qilingan dozadan keyin 5-7 kun davomida saqlanadi, bu qisqa (3 kunlik va 5 kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Metabolizmi
Preparat jigarda demetillanish yo'li bilan faol bo'lmagan metabolitlar hosil qilib metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Azitromisinning qon plazmasidan chiqarilishi 2 bosqichda sodir bo'ladi: yarim chiqarilish davri preparat qabul qilingandan keyin 8 soatdan 24 soat oralig'ida
14-20 soatni va 24 soatdan 72 soat oralig'ida – 41 soatni tashkil qiladi, bu esa preparatni sutkada 1 marta qo'llash imkoniyatini beradi. Azitromisinning terapevtik kontsentrasiyasi oxirgi doza qabul qilinganidan so'ng 5-7 kungacha saqlanib qoladi. Asosiy chiqarilish yo'li – o't suyuqligi bilan, asosan, o'zgarmagan holda, 50% - ichak orqali, 6% buyrak orqali chiqariladi.
Har qanday dori vositasi kabi, azitromisin-Nika ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Nojo'ya samaralarining tez-tezligi JSST tavsiyalariga muvofiq tasniflangan: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% - <10%), tez-tez emas (≥0,1% - <1%), kam hollarda (≥0,1% - 0,1%), juda kam hollarda (<0,01%), tez-tezligi noma'lum (bor ma'lumotlar asosida baxolash mumkin emas).
Ba'zi hollarda quyidagi nojo'ya ta'sirlar kuzatilishi mumkin:
- infektsion kasalliklar: tez-tez emas – kandidoz (shu jumladan og'iz bo'shlig'ining shilliq qavati va genitaliyni), pnevmoniya, faringit, gastroenterit, respirator kasalliklar, rinit; tez-tezligi noma'lum – soxtamembranoz kolit.
- qon va limfatik tizimi tomonidan: tez-tez emas – leykopeniya, neytropeniya, eozinofiliya; juda kam xollarda – trombositopeniya, gemolitik anemiya.
- moddalar almashinuvi tomonidan: tez-tez emas – anoreksiya.
- nerv tizimi tomonidan: tez-tez - bosh og'rig'i; tez-tez emas - bosh aylanishi, ta'm sezishni buzilishi, paresteziya, uyquchanlik, uyqusizlik, asabiylik; kam xollarda – ajitasiya; tez-tezligi noma'lum – gipesteziya, xavotirlik, tajovuskorlik, hushdan ketish, tirishishlar, psixomotor giperfaollik, hid sezishni yo'qolishi, hid bilishni buzilishi, ta'm bilishni yo'qolishi, miasteniya, alahsirash, gallyusinasiyalar.
- ko'rish a'zolari tomonidan: tez-tez emas – ko'rishni buzilishi.
- eshitish a'zosi tomonidan va labirintli buzilishlar: tez-tez emas – eshitishni buzilishi, vertigo; tez-tezligi noma'lum – hatto karlikkacha eshitishni buzilishi va/yoki quloqlarda shovqin.
- yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas - yurak urishini sezish, yuzga qonni oqib kelishi; tez-tezligi noma'lum – AB pasayishi, EKG da QT intervalini oshishi, "piruet" turi aritmiya, qorincha taxikardiyasi.
- nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – hansirash, burundan qon ketishi.
- me'da-ichak yo'llari tomonidan: juda tez-tez – diareya; tez-tez – ko'ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og'riq; tez-tez emas – meteorizm, dispepsiya, qabziyat, gastrit, disfagiya, qorinni dam bo'lishi, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini qurishi, kekirish, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini yarasi, so'lak bezlari sekresiyasini oshishi; juda kam xollarda – tilning rangini o'zgarishi, pankreatit.
- jigar va o't-safro chiqarish yo'llari tomonidan: tez-tez emas – gepatit; kam xollarda – jigar funktsiyasini buzilishi, xolestatik sariqlik; tez-tezligi noma'lum – jigar etishmovchiligi (kam hollarda ko'rinishida o'lim bilan yakunlanuvchi og'ir jigar funktsiyasini buzilishi), jigar nekrozi, fulminant gepatit.
- tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – osteoartrit, mialgiya, belda og'riq, bo'yinda og'riq; tez-tezligi noma'lum – artralgiya.
- buyrak va siydik-chiqarish yo'llari tomonidan: tez-tez emas – dizuriya, buyrak sohasida og'riq; tez-tezligi noma'lum – interstisial nefrit, o'tkir buyrak etishmovchiligi.
- jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan: tez-tez emas – metrorragiya, tuxumdonlar funktsiyasini buzilishi.
- teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez emas – teri toshmasi, qichishish, eshak Emi, dermatit, terini quruqligi, ko'p terlash; kam xollarda – fotosensibilizasiya reaktsiyasi, o'tkir yoyilgan ekzantematoz pustulezi (AGEP); tez-tezligi noma'lum – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko'p shaklli eritema.
- allergik reaktsiyalar: tez-tez emas - angionevrotik shish, o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi; tez-tezligi noma'lum – anafilaktik reaktsiyalar.
- boshqa holatlarda: tez-tez emas – asteniya, lohaslik, charchoqlik hissi, yuz shishi, ko'krakda og'riq, isitma, periferik shish.
- laboratoriya ma'lumotlari: limfositlar miqdorini pasayishi, eozinofiliyalar miqdorini oshishi, bazofillar miqdorini oshishi, monositlar miqdorini oshishi, neytrofillar miqdorini oshishi, qon plazmasida bikarbonatlar kontsentrasiyasini pasayishi; tez-tez emas – ast, Alt faolligini oshishi, qon plazmasida bilirubin kontsentrasiyasini oshishi, qon plazmasida mochevina kontsentrasiyasini oshishi, qon plazmasida kreatinin kontsentrasiyasini oshishi, qon plazmasida kaliy miqdorini o'zgarishi, qon plazmasida IF faolligini oshishi, qon plazmasida xlor miqdorini o'zgarishi, qon plazmasida glyukoza kontsentrasiyasini oshishi, trombositlarni miqdorini oshishi, gematokritni oshishi, qon plazmasida bikarbonat kontsentrasiyasini oshishi, qon plazmasida natriy miqdorini o'zgarishi kuzatilishi mumkin.
Agar sizda ushbu yo'riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringizga, farmasevtingizga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.
Preparatni bir dozasini qabulini o'tkazib yuborilgan hollarda, dozani mumkin qadar ertaroq, keyingisini – 24 soat tanaffuslar bilan qabul qilish kerak.
Preparat antasid preparatlarni qabul qilishdan, hech bo'lmaganda, 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilinishi kerak.
Boshqa antibakterial preparatlarni qabul qilishdagi kabi, azitromisin bilan davolashda chidamli mikroorganizmlar va superinfektsiya rivojlanishini belgilari, shu jumladan zamburug'lar mavjudligiga pasientlarni muntazam tekshirish kerak.
Azitromisinni yo'riqnomada ko'rsatilgandan davomliyroq kurslar bilan qo'llash mumkin emas, chunki azitromisinning farmakokinetik xususiyatlari qisqa va oddiy dozalash tartibini tavsiya qilish imkoniyatini beradi.
Azitromisin va ergotamin hamda digidroergotamin hosilalari orasida ehtimoliy o'zaro ta'sirlashuv haqida ma'lumotlar yo'q, lekin makrolidlarni ergotamin va digidroergotamin hosilalari bilan bir vaqtda qo'llashda ergotizmning rivojlanishi tufayli, ushbu majmua tavsiya qilinmaydi.
Azitromisinni uzoq vaqt qabul qilishda, engil diareya ko'rinishida ham og'ir kolit ko'rinishida ham Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan soxtamembranoz kolit rivojlanishi mumkin.
Azitromisinni qabul qilish fonida, shuningdek davolash tugagandan keyin 2 oy o'tgach antibiotik – assosiasiyalangan (diareya rivojlanganda) soxta membranoz kolitni istisno qilish kerak.
Ichak peristaltikasini tormozlovchi preparatlarni qo'llash mumkin emas.
Makrolidlar, shu jumladan azitromisin bilan davolashda, yurak aritmiyalari xavfini, shu jumladan "piruet" turini aritmiyani oshiruvchi yurak repolyarizasiyasini va QT intervalini uzayishi kuzatilgan.
Proaritmogen omillari (ayniqsa keksa yoshdagi blar), shu jumladan QT intervali tug'ma yoki orttirilgan uzayishi bo'lgan pasientlarda; ІA (xinidin, prokainamid), III (dofetilid, amiodaron va sotalol) tsizaprid, terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (tsitalopram), ftorxinolonlarni (moksifloksasin va levofloksasin) qabul qilayotgan pasientlarda, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi bo'lgan pasientlarda, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiya hollarida, klinik ahamiyatli bradikardiyada, yurak aritmiyasi yoki og'ir yurak etishmovchiligida azitromisinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Azitromisinni qo'llash miastenik sindromi rivojlanishini chaqirishi yoki miasteniyani kuchayishini chaqirishi mumkin.
Jigar funktsiyasini buzilishida qo'llanishi
Jigar funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajali buzilishi bo'lgan fulminant gepatit pasientlarda va og'ir darajali jigar etishmovchiligida rivojlanishi mumkin bo'lganligi uchun azitromisinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Tez oshib boruvchi asteniya, sariqlik, siydikni to'qlashishi, qon ketishiga moyillik, jigar entsefalopatiyasi kabi jigar funktsiyasini buzilishini, simptomlari jigarning funktsional holatida bo'lganda azitromisin bilan davolashni to'xtatish va tekshirishni o'tkazish kerak.
Jigar funktsiyasini og'ir darajali buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha S sinfi) qo'llash mumkin emas.
Buyraklar funktsiyasini buzilishida qo'llanilishi
Buyrak funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajali (kk>40 ml/min) buzilishida, buyrak funktsiyasini holatini nazorati ostida azitromisin bilan davolashni ehtiyotkorlik bilan olib borish kerak.
Buyraklar faoliyatini og'ir darajali (kk <40 ml/min) buzilishida qo'llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Agar siz azitromisin-Nika bilan davolanish vaqtida homilador ekanligingiz ma'lum bo'lsa darhol shifokoringizga murojat qiling, chunki fakat u davolanishni davom ettirish yoki to'xtatish to'g'risida qaror qabul qiladi.
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo'llash faqat shifokor tavsiyasiga ko'ra va faqat qat'iy tibbiy nazorat ostida, onaga uchun mo'ljallangan foyda homila uchun mumkin bo'lgan potentsial xavfdan ustun tursagina qo'llash mumkin.
Preparatni laktasiya davrida qo'llashning zarurati bo'lganda emizishni to'xtatish kerak.
JSST azitromisinni homiladorlarda xlamidiy infektsiyasini davolashda tanlov preparat sifatida tavsiya etadi.
Pediatriyada qo'llanilishi
Tana vazni <45 kg bo'lgan (250 mg va 500 mg kapsulalari uchun) 12yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan ayrim nojo'ya ta'sirlarni (uyquchanlik, konvulsiyalar, gallyusinasiyalar, deliryum, bosh aylanishi, hushidan ketish) rivojlanish ehtimolini hisobga olish kerak.
Противопоказан в детском возрасте до 12 лет с массой тела <45 кг (для капсул 250 мг и 500 мг).
Влияние на способность управлять автомобилем и сложными механизмами
Следует принимать во внимание возможность развития некоторых побочных эффектов (сонливость, судороги, галлюцинации, бред, головокружения, обмороки), которые могут повлиять на способность управлять транспортными средствами и механизмами.Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklar:
- yuqori nafas yo'llarining va LOR-a'zolarining infektsiyalari (angina, sinusit, tonzillit, faringit, o'rta otit);
- quyi nafas yo'llarining infektsiyalari (bakterial va atipik pnevmoniyalar, surunkali pnevmoniyani zo'rayishi, bronxit);
- teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar);
- Chlamydia trachomatis chaqirgan siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari (gonoreyali va gonoreyali bo'lmagan uretrit, tservisit);
- Layma kasalligining (borrelioz) boshlang'ich bosqichi, ko'chib yuruvchi eritema (erythema migrans);
- Helicobacter pylori bilan assosiyasiyalangan me'da va o'n ikki barmoqli ichakning kasalliklarida (majmuaviy davolash tarkibida) qo'llanadi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
AZITROMISIN-NIKA ni quyidagi hollarda qo'llamang:
- azitromisinga, eritromisinga, boshqa makrolidlarga yoki ketolidlarga, yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- jigar funktsiyasini og'ir darajali buzilishi;
- buyrak funktsiyasini og'ir darajali (kk<40 ml/min) buzilishi;
- fenilketonuriya;
- ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilish;
- tana vazni <45 kg bo'lgan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (250 mg va 500 mg kapsulalari uchun);
Ehtiyotkorlik bilan: miasteniya; jigar funktsiyasini og'ir va o'rtacha darajali buzilishi; buyrak funktsiyasini (kk<40 ml/min) og'ir va o'rtacha darajali buzilishi; proaritmogen omillari mavjud bo'lgan pasientrlar (ayniqsa keksa pasientlarda) – QT oralig'ini tug'ma yoki orttirilgan uzayishi, IA (xinidin, prokainamid) va III sinfi (dofetilid, amiodaron va sotalol) aritmiyaga qarshi preparatlar tsizaprid, terfenadin, antipsixotik preparatlar (pimozid), antidepressantlar (tsitalopramid), ftorxinolonlar (moksifloksasin va levofloksasin) bilan davolanayotgan, suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari, ayniqsa gipokaliemiya yoki gipomagniemiyasi, klinik ahamiyatli bradikardiyasi, aritmiyasi yoki og'ir yurak etishmovchiligi bo'lgan pasientlar; digoksin, varfarin, Tsiklosporin bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas.
Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringizga yoki farmasevtingizga xabar bering.
Antasid preparatlar
Antasid vositalar azitromisinning biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi, lekin qonda Smax ni 30% ga pasaytiradi, shuning uchun azitromisinni bu preparatlarini qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Tsetirizin
Sog'lom odamlarda azitromisinni 5 kun davomida tsetirizin (20 mg) bilan birgalikda qo'llash farmakokinetik o'zaro ta'sirlashuv va QT oralig'ining ahamiyatli o'zgarishiga olib kelmagan.
Digoksin (R-glikoprotein substratlari)
Makrolid antibiotiklarini, shu jumladan digoksin kabi azitromisinni R-glikoprotein substratlari bilan bir vaqtda qabul qilish, qon zardobida R-glikoproetin substrat kontsentrasiyasini oshishiga olib keladi. Shunday qilib, azitromisin va digoksin bir vaqtda qo'llanilganda, qon zardobida digoksinning kontsentrasiyasini oshishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Zidovudin
Azitromisinni (bir marta 1000 mg qabul va ko'p marta 1200 mg yoki 600 mg qabul) bir vaqtda qabul qilish farmakokinetikaga ahamiyatsiz, shu jumladan zidovudinni yoki uning glyukuronid metabolitini buyrak orqali chiqarilishiga ta'sir qiladi. Biroq azitromisinni qo'llash periferik qondagi mononuklearlarda klinik faol metaboliti, fosforlangan zidovudinning kontsentrasiyasini oshishini chaqirgan.
Azitromisin tsitoxrom R450 tizimi izofermentlari bilan kuchsiz o'zaro ta'sir qiladi. Azitromisinni eritromisin va boshqa makrolidlarning o'zaro farmakokinetik ta'sirilarida ishtirok etishi aniqlanmagan. Azitromisin va tsitoxrom R450 tizimining ingibitorlari va izofermentlarini ingibitorlari induktori ham hisoblanmaydi.
Shoxkuya alkaloidlari
Nazariy ergotizm paydo bo'lishi mumkinligini hisobga olib, azitromisinni shoxkuya alkaloidlari hosilalari bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi. Bir vaqtda azitromisin va metabolizmi tsitoxrom R450 tizimi izofermentlari ishtirokida yuz beradigan preparatlari qo'llanganda farmakokinetik tadqiqotlar o'tkazilgan.
Atovastatin
Atorvastatin (har kuni 10 mg dan) va azitromisinni (har kuni 500 mg dan) bir vaqtda qo'llash qon plazmasida atorvostatinning kontsentrasiyasini o'zgarishini chaqirmagan (GMK-KoA-reduktazani ingibirlanishini taxlili asosida). Biroq ro'yxatga olishdan keyingi davrda azitromisin va statinlarini bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda rabdomioliz hollari haqida alohida xabarlar olingan.
Tsimetidin
Tsimetidin azitromisindan 2 soat oldin qabul qilingan sharoitda, bir martalik dozada qabul qilinganda tsimetidinning azitromisin farmakokinetikasiga ta'siri bo'yicha farmakokinetik tadqiqotlarda azitromisin farmakokinetikasining o'zgarishi aniqlanmagan.
Bilvosita ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar (kumarin hosilalari)
Farmakokinetik tadqiqotlarda azitromisin sog'lom ko'ngillilarda varfarinning bir martalik 15 mg dozasini antikoagulyantlar samarasiga ta'sir qilmagan. Azitromisin va bilvosita ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar (kumarin xosilalari) bir vaqtda qo'llangandan keyin antikoagulyant samarani potentsiyalanishi haqida xabar berilgan. Sabab aloqasi aniqlanmaganiga qaramasdan, bilvosita ta'sirga ega peroral antikoagulyantlarni (kumarin hosilalarini) qabul qilayotgan pasientlarda azitromisin qo'llanganda protrombin vaqtini tez-tez monitoringini o'tkazish zarurligini hisobga olish lozim.
Tsiklosporin
Azitromisinni ichga 3 kun davomida qabul kilib (bir marta sutkada 500 mg), so'ng tsiklosporinni qabul qilgan (bir marta sutkada 10 mg/kg), sog'lom ko'ngillilar qatnashgan farmakokinetik tadqiqotlarda, qon plazmasida tsiklosporinning Smax va AUC0-5 ni ishonchli oshishi aniqlangan. Bu preparatlar bir vaqtda qo'llanganda extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu preparatlarni bir vaqtda qo'llashni zarurati bo'lganida, qon plazmasida tsiklosporinni kontsentrasiyasini monitoringini o'tkazish va dozani mos ravishda tuzatish kerak.
Flukonazol
Azitromisin (1200 mg) flukonazol (800 mg bir marotaba) bilan bir vaqtda qo'llanganda farmakokinetikasini o'zgartirmagan. Flukonazol bilan bir vaqtda qo'llanganda, azitromisinning umumiy ekspoziyasiyasi va T1/2 o'zgarmagan, lekin bunda azitromisinning Cmax pasaygan (18%ga), bu esa klinik ahamiyat kasb etmagan.
Nelfinavir
Azitromisin (1200 mg) va nelfinavir (750 mg dan 3 mahal/sutka) ni bir vaqtda qo'llash qon plazmasida azitromisin Css oshishini chaqiradi. Klinik ahamiyatga ega bo'lgan nojo'ya samaralar kuzatilmagan va azitromisin dozasiga tuzatish kiritish, u nelfinavir bilan bir vaqtda qo'llanganda, talab etilmaydi.
Rifabutin
Azitromisin va rifabutinni bir vaqtda qo'llash har bir preparatning qon plazmasidagi kontsentrasiyasiga ta'sir qilmaydi. Azitromisin va rifabutinni bir vaqtda qo'llashda gohida neytropeniya kuzatilgan. Neytropeniyaning rifabutinni qo'llash bilan assosiirlanganligiga qaramay, azitromisin va rifabutin majmuasini qo'llash va neytropeniya o'rtasidagi sabab-oqibat bog'liqlik aniqlanmagan.
Terfenadin
Farmakokinetik tadqiqotlarda azitromisin va terfenadinni o'zaro ta'sirini dalillari aniqlanmagan. Bunday o'zaro ta'sir mumkinligini to'liq istisno qilish mumkin bo'lmagan, yakka hollar haqida xabar qilingan, ammo bunday o'zaro ta'sir bo'lganligi haqida bironta ham aniq dalillar bo'lmagan.
Terfenadin va makrolidlarni bir vaqtda qo'llash aritmiya va QT intervalini uzayishini chaqirishi mumkinligi aniqlangan.
Har doim azitromisin-Nika ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, o'z shifokoringiz yoki farmasevtdan so'rang.
Ichga qabul qilish uchun kapsulalar.
Chaynamasdan, ovqatlanishdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin, sutkada 1 marta qabul qilish tavsiya etiladi.
Kattalarga va 12 yoshdan oshgan tana vazni 45 kg dan yuqori bo'lgan bolalarga.
LOR-organlari, yuqori va quyi nafas yo'llarining infektsiyalarida –sutkada 500 mg (250 mg li 2 ta kapsuldan yoki 1 ta 500 mg li kapsula) dan 3 kun davomida (kurs dozasi – 1,5 g).
Teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalarida – sutkada 1000 mg (250 mg li 4 ta kapsuldan yoki 2 ta 500 mg li kapsula) dan birinchi kuni 1 qabulda, keyin sutkada 500 mg dan (250 mg li 2 ta kapsuldan yoki 1 ta 500 mg li kapsula) 2-5 kunlari xar kuni (kurs dozasi – 3,0 g) buyuriladi.
Chlamydia trachomatis chaqirgan siydik chiqarish yo'llarining o'tkir infektsiyalarida (asoratlanmagan uretrit yoki tservisit) - bir marta 1000 mg (250 mg li 4 ta kapsuldan yoki 1 ta 500 mg li kapsula). buyuriladi.
Layma kasalligida (borrelioz) I bosqichini davolash uchun ko'chib yuruvchi eritemada (erythema migrans) – 1000 mg (250 mg li 4 ta kapsuldan yoki 1 ta 500 mg li kapsula) birinchi kuni va 500 mg (250 mg li 2 ta kapsuldan yoki 1 ta 500 mg li kapsula) dan 2-kundan 5 kungacha har kuni buyuriladi (kurs dozasi – 3,0 g).
Me'da va o'n ikki barmoqli ichakning Helicobacter pylori bilan assosiyasiyalangan bo'lgan yara kasalligida - sutkada 1000 mg (250 mg li 4 ta kapsuldan yoki 2 ta 500 mg li kapsula) dan 3 kun davomida antixelikobakteriyasini majmuaviy davolash tarkibida buyuriladi.
Preparatning bitta dozasini qabul qilish o'tkazib yuborilgan holatda, o'tkazib yuborilgan dozani imkon qadar vaqtliroq, keyingilarini esa – 24 soatlik tanaffus bilan qabul qilish kerak.
Buyrak funktsiyasini buzilgan pasientlarda: buyrak funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajali buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanganda (kk 40 ml/min ko'p) dozani tuzatish talab etilmaydi.
Jigar funktsiyasini buzilgan pasientlarda: jigar funktsiyasini o'rtacha va og'ir darajali buzilishi bo'lgan pasientlarda qo'llanganda dozani tuzatish talab etilmaydi.
Keksa yoshli pasientrlarda: dozani to'g'rilash talab etilmaydi. Doimiy proaritmogen omillari bo'lgan keksa yoshli pasientlarda aritmiyani, shu jumladan "piruet" turi aritmiyasini rivojlanishini yuqori xavfi tufayli, extiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Simptomlari: ko'ngil aynishi, eshitishning vaqtincha yo'qolishi, qusish, diareya.
Davolash: simptomatik davolash, me'dani yuvish o'tkazish kerak.
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6 boshqa chiqarish shakllari



AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6 analoglari



















