RINOKSILKIDS
RINOKSILKIDS chiqarilish shakllari

RINOKSILKIDS haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riQnoma
Rinoksil® Kids
Rinoxil® Kids
Preparatning savdo nomi: Rinoksil® Kids
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): oksimetazolin
Dori shakli: nazal sprey.
Tarkibi:
0,025% li 100 ml eritma saqlaydi
faol modda: oksimetazolin gidroxloridi – 0,025 g.
yordamchi moddalar: evkalipt moyi, natriy digidrofosfati, natriy edetati, benzalkoniy xlorid eritmasi, propilenglikol, tozalangan suv.
Ta‘rifi: tiniq, o‘ziga xos hidli, rangsiz yoki och sariqroq rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: LOR a‘zolari kasalliklarini davolash uchun vositalar.
ATX kodi: R01AA05
Farmakologik hususiyatlari
Oksimetazolin tomirlarni toraytiruvchi va antikongestiv ta‘sir ko‘rsatadi. Alfa 1–adrenoreseptorlarni rag‘batlantiradi va aplikasiya joyida tomirlarni toraytiradi, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatini shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni yengillashtiradi, venoz sinuslariga qonning oqib kelishini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida oksimetazolin ahamiyatsiz darajada tizimli so‘rilishga uchraydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi konsentrasiyasi kam. Ta‘siri 15 minutdan keyin namoyon bo‘ladi. Ta‘sirining davomiyligi 10-12 soat. Asosan o‘zgarmagan holda buyraklar va ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 5-8 sutka.
Qo‘llanilishi
Burun shilliq qavatini, burun-xalqum va gaymor bo‘shliqlaridagi shishni kamaytirish uchun:
– shamollash kasalliklarida (o‘tkir rinit);
– burun bo‘shliqlarining yallig‘lanishida (o‘tkir sinusit);
– yevstaxiitda;
– allergik rinitda (shu jumladan, pichan isitmasida);
– o‘tkir otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki yevstaxiev nayining teshigini atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi).
Shuningdek burun bo‘shlig‘ining qo‘rishni yengillashtirishi uchun yoki jarrohlik muolajalarida ham qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – har bir burun yo‘liga bir martadan sepiladi, zarurati bo‘lganida muolajani qaytarish mumkin.
Sepish vaqtida boshni tashlash tavsiya etilmaydi.
Davolanishning maksimal mumkin bo‘lgan davomiyligi – 5 kun.
Sepishni to‘g‘ri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yunaltirilgan holda ushlash kerak. So‘ngra tinik himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlik burun yo‘liga kiritish, tez keskin bir marta sepgichni bosish va sepgichni bo‘shatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaqtida burundan biroz havo olish lozim, bu oksimetazolinni optimal yuborilishiga yordam beradi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Oksimetazolin odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Preparatni tez-tez yoki uzoq muddat qo‘llanganida: burun yo‘llarining shilliq qavatining ta‘sirlanishi, achishishi va torayishi, gipersekresiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, havotirlik, qo‘zg‘alish, yurak urishi, taxifilaksiya, ko‘ngil aynishi, arterial bosimni (AB) ni oshishi, burun va tomoqda sanchilish yoki qurishi, aksirish, burun shilliq qavatining giperemiyasi va atrofiyasi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga, shu jumladan boshqa intranazal qo‘llash uchun shishga qarshi vositalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, gipertireoz, burun yo‘llarining sekret ajratib chiqarishisiz bo‘lgan yallig‘lanishi, 1 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalar, homiladorlik, laktasiya.
Ehtiyotkorlik bilan: surunkali buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, prostata bezining giperplaziyasi klinik belgilari bilan, yopiqburchakli glaukoma, yaqqol ateroskleroz, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet, arterial gipertenziya.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat boshqa tomirlarni toraytiruvchi vositalari bilan buyurilganda (yuborish usulidan qat‘iy nazar) nojo‘ya samaralarining o‘zaro kuchayishi mumkin. Oksimetazolin mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalarining so‘rilishini sekinlashtiradi va ularning samarasini uzaytiradi. MAO ingibitorlari (ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davri davomida) va trisiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda buyurilganda – AB ni oshishi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyurilgan dozalarni oshirmaslik kerak. Yurak-tomir tizimining kasalliklari, gipertireoz, arterial gipertoniyasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Odatda oksimetazolin tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida rinit belgilarini yo‘q qilish uchun 3 kun yetarli. Agarda bu davrda belgilar yo‘qolmasa davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak. Bir flakonni bir nechta shaxslarda ishlatish infeksiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Intranazal yuborish uchun mo‘ljallangan preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat ko‘rishga ta‘sir qiladi, reaksiya tezligini pasayishi mumkin. Preparat tavsiya qilinganidan ortiq dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida yurak-tomir tizimiga va markaziy nerv tizimiga (MNT) umumiy ta‘sirini istisno qilib bo‘lmaydi. Bunday hollarda transport vositalari yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatish mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: taxikardiya, arterial gipertenziya, MNT susayishi.
Davolash: simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Burun spreyi 0,025% li 10 ml dan, to‘q shisha flakonlarida, yig‘ib oluvchi trubkadan, dozalovchi nasosdan va sepuvchi uchlikdan tashkil topgan moslama bilan berkitilgan. Sepuvchi – uchlikka shaffof qopqoqcha o‘rnatiladi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga, shu jumladan boshqa intranazal qo'llash uchun shishga qarshi vositalariga o'ta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, gipertireoz, sekresiya ajratmalarisiz burun yo'llaridagi shilliq qobiqning yallig'lanishi, homiladorlik, laktasiya, monoaminooksidaza ingibitorlarni bir vaqtning o'zida qo'llash (ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davri davomida), 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi. Ehtiyotkorlik bilan: preparatni ko'z ichki bosimini oshishi, surunkali buyrak etishmovchiligi, aritmiya, prostata bezi giperplaziyasi klinik belgilari bilan (siydik tutilishi), yopiq burchakli glaukoma, yaqqol ateroskleroz, koronar arteriyalar kasalliklari, feoxromositoma, surunkali yurak etishmovchiligi, qandli diabet, arterial gipertenziyada.
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: oksimetazolin gidroxloridi – 0,025 g; yordamchi moddalar: evkalipt moi, natriy digidrofosfat digidrat, dinatriya edetat (trilon B), benzalkoniya xlorid (50% li eritma ko'rinishida), propilenglikol, 0.1 M xlorid kislotasi eritmasi yoki 0.1 M natriy gidroksid eritmasi, tozalangan suv.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo'llanganida oksimetazolin ahamiyatsiz darajada tizimli so'rilishga uchraydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi kontsentrasiyasi kam. Ta'siri bir necha daqiqadan so'ng namoyon bo'ladi. Ta'sirining davomiyligi 10-12 soat.
Farmakologik ta'siri
Mahalliy qo'llash uchun α-adrenostimulyator vosita, qon tomirlarni toraytiruvchi yuqumli yallig'lanishli va antikongestiv ta'sir ko'rsatadi. Oksimetazolin a1-adrenoreseptorlarni rag'batlantiradi, burun shilliq qavati, burun atrofi bo'shliqlari va Evstaxiy nayi qon tomirlarining torayishini chaqirib, allergik va/yoki infektsion-yallig'lanish rinit (tumov) da ularning shishini pasayishiga va burun bilan nafas olishning engillashishiga olib keladi. Evkalipt moyi bakterisid, viruslarga qarshi va fungisid ta'sirlarga ega.
Bolalar uchun qo'llanilishi
Bolalarda uzoq vaqt qo'llashdan va dozani oshirib yuborilishidan saqlanish lozim. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homilador ayollarda va laktasiya davrida Rinoksil® Kids ning xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun preparatni homilador ayollarda yoki emizish davrida qo'llanilishi tavsiya etilmaydi. Preparatni laktasiya davrida qat'iy ko'rsatmalarga binoan faqat doimiy shifokor nazorati ostida ona va bola uchun xavf va foyda nisbati qat'iy baholangandan so'ng qo'llash mumkin. Tavsiya qilingan dozani oshirishga yo'l qo'yilmaydi.
Buyrak faoliyati buzilganida
Preparatni surunkali buyrak etishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Dozani ahamiyatli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilingandan keyin mioz, ko'ngil aynishi, qusish, tsianoz, gipertermiya, taxikardiya, aritmiya, tomirlar etishmovchiligi, arterial gipertenziya, nafas buzilishlari, o'pka shishi, yurakni to'xtab qolishi kabi belgilar aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari, uyquchanlik, tana haroratining pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni to'xtashi va komani rivojlanishi bilan birga kechuvchi ruhiy buzilishlar, shuningdek, Markaziy asab tizimi funktsiyasini buzilishlari rivojlanishi mumkin. Davolash: qabul qilishni to'xtatish, simptomatik belgilarga qarab davolashni o'tkazish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalari
Uzoq vaqt qo'llashdan va dozani oshirib yuborilishidan saqlanish lozim. Yurak-tomir tizimining kasalliklari, gipertireoz, arterial gipertoniyasi bo'lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Odatda Rinoksil® Kids ni tavsiya qilingan dozalarda qo'llanilganida rinit belgilarini bartaraf qilish uchun 3 kun etarli. Agarda bu davrda belgilar yo'qolmasa davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak. Uzoq muddatli qo'llanilishida (bir haftadan ortiqroq) burun bitishi belgilari qaytalanish ehtimoli bor. Davolanishning maksimal davomiyligi – 5 kun. Preparatni faqat bir necha kundan so'ng qayta qo'llash mumkin. Preparatni ko'zlarga tushishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Bir flakonni bir nechta shaxslarda qo'llash infektsiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Flakondan faqat bitta shaxs (infektsiyani yuqish xavfi tufayli) foydalanishi kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Preparat boshqa qon tomirlarni toraytiruvchi vositalari bilan buyurilganda (yuborish usulidan qat'iy nazar) nojo'ya samaralarining o'zaro kuchayishi kuzatilishi mumkin. Oksimetazolin mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositalarining so'rilishini sekinlashtiradi va ularning samarasini uzaytiradi. Mao ingibitorlari (ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davri davomida) va trisiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda buyurilganda – AB ning oshishi qayd etilishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Har doim Rinoksil® Kids ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang. Nazal sprey. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda – sutkada 2 maxal, har bir burun yo'liga 1 martadan sepiladi. Extiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida. Preparatini sutkada 2 mahaldan ortiq qo'llash mumkin emas. Oxirgi applikasiyani bevosita uxlashdan oldin amalga oshirish tavsiya etiladi. Preparatni bevosita qo'llashdan avval flakonni tana haroratigacha isitib olish uchun qo'l kaftida ushlab turish kerak. Preparatni qo'llashdan oldin burunni yaxshilab tozalash zarur. Nazal spreyni birinchi qo'llashdan oldin purkagich kallagini bir necha marta bosish orqali uning "kalibrovkasini" amalga oshirish kerak. To'g'ri purkash uchun purkagichni vertikal tarzda shunday ushlash kerakki, purkagich nayi yuqoriga qaratilgan bo'lishi lozim. So'ngra shaffof himoya qalpog'ini olib, purkagich nayini burun yo'liga joylashtirib, tez va keskin ravishda purkagichni bir marta bosish va bosilgan purkagichni qo'yib yubormagan holda burun yo'lidan chiqarib olish kerak. Purkash vaqtida burun orqali biroz havo yutish kerak, bu eritmaning optimal tarzda kiritilishiga yordam beradi. Purkash vaqtida boshni orqaga tashlash tavsiya etilmaydi. Davolanish davomiyligi: preparatni 3-5 kundan ortiq qo'llash tavsiya kilinmaydi. Agar 3 kun davomida belgilari kuchaysa yoki yaxshilanish ko'zatilmasa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Davolanishning maksimal ruhsat etilgan davomiyligi – 5 kun. Preparatni qayta qo'llash faqat bir necha kundan so'ng mumkin.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













