Ташкент
logo
SavatKirish

RINOKSIL sprey 10ml 0,1%

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Moldova
Kategoriya:Nazal vositalar
Faol modda:Ksilometazolin
Ishlab chiqaruvchi:Nika Pharm
Teglar:Tumovdan, Allergiyadan
ATX kodi:R01АA07
Barcha Rinoksil dorilari
125 ta dorixonada bor
Narxi 20 400 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 125 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

RINOKSIL sprey 10ml 0,1% o'xshash dorilari

SNUP sprey 15ml 0,1%
Retseptsiz
SNUP sprey 15ml 0,1%
Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Ursafarm Arzneimittel GmbH
•127 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•122 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
OTRIVIN sprey 10ml 0,1%
Shveytsariya
Ishlab chiqaruvchi:
GSK Konsyumer Xelsker S.A.
•122 ta dorixonada bor
Narxi
35 000 so'm dan
AKVA MARIS KLASSIK sprey 30ml N1
AKVA MARIS KLASSIK sprey 30ml N1
Xorvatiya
Ishlab chiqaruvchi:
YADRAN-GALENSKI LABORATORIY a.o.
•102 ta dorixonada bor
Narxi
39 000 so'm dan

RINOKSIL sprey 10ml 0,1% qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

100 ml eritma qo'yidagilarni saqlaydi:

faol modda: ksilometazolin gidroxloridi – 0,10 g;

yordamchi moddalar: evkalipt moyi, benzalkoniy xloridi (50% eritma ko'rinishida), natriy gidrofosfat dodekagidrati, natriy digidrofosfat digidrati, sorbitol (70% suvli eritma ko'rinishida), natriy xloridi, dinatriy edetati (trilon B), 96% etil spirti, tozalangan suv.

Farmakodinamikasi

Ksilometazolin - α–adrenomimetik ta'sirga ega qon-tomirlarni mahalliy toraytiruvchi vositalar (dekongestantlar) guruhiga mansub bo'lib, burun shilliq qavati qon-tomirlarining torayishini chaqiradi, burun - halqum shilliq qavatining shishi va giperemiyasini bartaraf etadi.

Ksilometazolin birgalikda kechuvchi shilliq gipersekresiyasini ham kamaytiradi va ajratmalar bilan berkilib qolgan burun yo'llari drenajini engillashtiradi. Shu yo'l bilan u burun bitishida burun orqali nafas olishni yaxshilaydi.

Evkalipt moyi bakterisid, viruslarga qarshi va fungisid ta'sirlarga ega.

Terapevtik kontsentrasiyalarda preparat shilliq qavatni ta'sirlamaydi, giperemiyani chaqirmaydi. Ta'siri qo'llangandan keyin 2 daqiqa o'tib boshlanadi va 8 soat davom etadi.

Farmakokinetikasi

Ksilometazolin evkalipt moyi bilan tavsiya qilingan dozada mahalliy qo'llanilganda deyarli so'rilmaydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi kontsentrasiyasi juda kam (zamonaviy analitik usullar bilan aniqlanmaydi).

Dori shakli

Nazal sprey 0,1% 10, 15, 20 ml dan, dozalab purkaydigan moslamali flakonlarda tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga

Nojo'ya samaralari

Har qanday dori preparati kabi, Rinoksil® ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin.

Quyida me'yoriy-huquqiy faoliyat bo'yicha tibbiy lug'at tasnifi bilan muvofiq holda tizim-a'zoli sinflar (MedDRA) bo'yicha bo'lingan nojo'ya samaralar keltirilgan. Nojo'ya samaralarning uchrash tez-tezligini ko'rsatish uchun BJSST tasnifdan foydalanilgan: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% va <10%), tez-tez emas (≥0.1% va <1%), kam hollarda (≥0.01% va <0.1%), juda kam hollarda (<0.01%), uchrash tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida nojo'ya samaraning uchrash tez-tezligini aniqlashning iloji yo'q).

Preparat tez-tez va/yoki uzoq qo'llanganda quyidagilar kuzatilishi mumkin:

- immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – gipersezuvchanlik reaktsiyalari (angionevrotik shish, toshma, qichishish);

- nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og'rig'i; kam hollarda - uyqusizlik, depressiya (yuqori dozalarda uzoq qo'llanganda);

- ko'rish a'zolari tomonidan: juda kam hollarda – ko'rish aniqligining buzilishi;

- yurak qon-tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – yurak urishini his qilish, arterial qon bosimning ortishi; juda kam hollarda - taxikardiya, aritmiya;

- nafas tizimi, ko'krak qafasi, to'sh oralig'i a'zolari tomonidan: tez-tez – burun shilliq qavatining ta'sirlanishi va/yoki qurishi, achishish, sanchilish, aksirish, burun - halqum shilliq qavatining gipersekresiyasi;

- ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko'ngil aynishi; kam hollarda– qusish;

- umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez – qo'llanilish joyida achishish, burun shilliq qavatining si (yuqori dozalarda uzoq qo'llanganda) kuzatilishi mumkin.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada keltirilmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiya farmasevtga

Maxsus saqlash sharoitlari

Uzluksiz tartibda 10 kundan ortiq qo'llash tavsiya etilmaydi. Tavsiya qilingan dozalarni, ayniqsa bolalar va keksa insonlarda oshirish mumkin emas. Preparatni uzoq muddat (10 kundan ortiq) yoki haddan ziyod ko'p qo'llash "rikoshet" samarasini (dori riniti) va/yoki burun shilliq qavati atrofiyasini chaqirishi mumkin. Agar kasallik belgilari yomonlashsa yoki bemorning ahvoli Rinoksil® qo'llanilayotgan 3 kun ichida yaxshilanmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Pediatriyada qo'llanishi

6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Rinoksil® preparatini 6 dan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarda faqat qat'iy ko'rsatmalarga binoan, doimiy shifokor nazorati ostida qo'llash mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Agar Siz Rinoksil® preparatini qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirish zaruriyati haqidagi masalani hal etishi mumkin.

Preparatni homiladorlik davrida qo'llash mumkin emas.

Laktasiya davrida emizishni to'xtatish tavsiya etiladi.

Preparatni laktasiya davrida qat'iy ko'rsatmalarga binoan faqat doimiy shifokor nazorati ostida ona va bola uchun xavf va foyda nisbati qat'iy baholangandan so'ng qo'llash mumkin. Tavsiya qilingan dozani oshirishga yo'l qo'yilmaydi.

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Ksilometazolin transport vositalari yoki uskunlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

Qo'llanilishi

Rinit (tumov) ko'rinishlari bilan kechuvchi o'tkir respirator kasalliklari; o'tkir allergik rinit, pollinoz, sinusit, evstaxiit, o'rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun); bemorni burun yo'llaridagi tashxislovchi muolajalarga tayyorlashda qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Rinoksil® preparati quyidagi holatlarda:

- ksilometazolin va preparat tarkibidagi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik;

- arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz;

- yopiq burchakli glaukoma;

- quruq rinit yoki atrofik rinit;

- gipertireoz;

- transsfenoidal gipofizektomiya, miya qobiqlaridagi jarrohlik aralashuvlardan keyingi holatlar (anamnezida);

- homiladorlik va laktasiya davri;

- 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas

Ehtiyotkorlik bilan: qandli diabet; feoxromositoma; yurak qon-tomir tizimi kasalliklari, III – IV funktsional sinfiga mansub zo'riqish stenokardiyasi; prostata bezining giperplaziyasi; Mao ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar bilan davolanish vaqtida va ularni qo'llash yakunlangandan keyingi 14 kunlik davrda; uyqusizlik, bosh aylanishi, aritmiya, tremor, arterial qon bosimning oshishi bilan birga kechuvchi adrenergik preparatlarga yuqori sezuvchanlikda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar siz boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin qabul qilgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Ksilometazolinni Mao ingibitorlarini ayni damda qabul qilayotgan yoki ularni o'tgan 2 hafta mobaynida qabul qilgan bemorlarda qo'llash mumkin emas.

Bir vaqtda tri - yoki tetrasiklik antidepressantlar va simpatomimetik preparatlarni qo'llash ksilometazolinning simpatomimetik samarasining oshishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bunday majmuani qo'llashning oldini olish tavsiya etiladi.

Dozirovkasi

Har doim Rinoksil® ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtdan so'rang.

Nazal sprey.

Kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga - har bir burun yo'liga bir martadan sutkada 3 martagacha purkaladi. Rinoksil® preparatini sutkada 3 martadan ortiq qo'llash mumkin emas.

Oxirgi applikasiyani bevosita uxlashdan oldin amalga oshirish tavsiya etiladi.

Preparatni bevosita qo'llashdan avval flakonni tana haroratigacha isitib olish uchun qo'l kaftida ushlab turish kerak. Preparatni yuborishdan oldin burunni yaxshilab tozalash zarur.

Nazal spreyni birinchi qo'llashdan oldin purkagich boshini bir necha marta bosish orqali uning "kalibrovkasini" amalga oshirish kerak. To'g'ri purkash uchun purkagichni vertikal tarzda shunday ushlash kerakki, purkagich nayi yuqoriga qaratilgan bo'lishi lozim. So'ngra shaffof himoya qalpog'ini olib, purkagich nayini burun yo'liga joylashtirib, tez va keskin ravishda purkagichni bir marta bosish va bosilgan purkagichni qo'yib yubormagan holda burun yo'lidan chiqarib olish kerak. Purkash vaqtida burun orqali biroz havo yutish kerak, bu eritmaning optimal tarzda kiritilishiga yordam beradi. Purkayotganda boshni orqaga tashlash tavsiya etilmaydi.

Agar simptomlar kuchayib borsa yoki 3 kun ichida ahvol yaxshilanmasa, shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Muolajaning maksimal davomiyligi – 10 kun.

Dozani oshirib yuborilishi

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!

Ksilometazolin haddan ziyod yuqori dozada mahalliy qo'llanganda yoki bexosdan ichga qabul qilinganda kuchli bosh aylanishi, ko'p terlash, tana haroratining keskin pasayishi, bosh og'rig'i, bradikardiya, arterial qon bosimning oshishi, nafas olishning susayishi, koma va tirishishlarni chaqirishi mumkin. Arterial bosimning ko'tarilishi ortidan uning keskin pasayishi kuzatilishi mumkin.

Davolash: dozaning oshirib yuborilishiga har qanday gumon bo'lganda, muvofiq tutib turuvchi choralar ko'rilishi shart, ayrim holatlarda shifokor nazorati ostida shoshilinch belgilarga qarab davolash buyuriladi. Ushbu choralar pasientni bir necha soat davomida kuzatishni o'z ichiga olishi zarur. Yurak to'xtab qolishi bilan kechuvchi og'ir zaharlanish holatida reanimasion harakatlar kamida 1 soat davom ettirilishi kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Agar Siz Rinoksil® preparatini qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirish zaruriyati haqidagi masalani hal etishi mumkin.

Preparatni homiladorlik davrida qo'llash mumkin emas.

Laktasiya davrida emizishni to'xtatish tavsiya etiladi.

Preparatni laktasiya davrida qat'iy ko'rsatmalarga binoan faqat doimiy shifokor nazorati ostida ona va bola uchun xavf va foyda nisbati qat'iy baholangandan so'ng qo'llash mumkin. Tavsiya qilingan dozani oshirishga yo'l qo'yilmaydi.

Xususiyatlar RINOKSIL sprey 10ml 0,1%

RINOKSIL sprey 10ml 0,1% analoglari

SNUP sprey 15ml 0,1%
Retseptsiz
SNUP sprey 15ml 0,1%
Chernogoriya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Hemomont d.o.o.
•127 ta dorixonada bor
Narxi
40 000 so'm dan
SNUP sprey 15ml 0,05%
Retseptsiz
SNUP sprey 15ml 0,05%
Chernogoriya
Ishlab chiqaruvchi:
Stada Arzneimittel AG, Germaniya proizvedeno: Hemomont d.o.o.
•129 ta dorixonada bor
Narxi
47 000 so'm dan
KSILOMETAZOLIN sprey nazalniy 10ml 0,05%
Retseptli
KSILOMETAZOLIN sprey nazalniy 10ml 0,05%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
VIPS-MED FIRMA OOO
GALAZOLIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
GALAZOLIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
Polsha
Ishlab chiqaruvchi:
Polfa, Varshavskiy farmasevticheskiy zavod AO
•1 ta dorixonada bor
Narxi
117 000 so'm dan
KSILOMETAZOLIN sprey nazalniy 10ml 0,1%
Retseptli
KSILOMETAZOLIN sprey nazalniy 10ml 0,1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
VIPS-MED FIRMA OOO
RINOSTOP sprey nazalniy 15ml 0,05%
RINOSTOP sprey nazalniy 15ml 0,05%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Farmstandart-Leksredstva, OAO
KSILOMETAZOLIN SOLOFARM burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
Retseptli
KSILOMETAZOLIN SOLOFARM burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
SOLOKSILOMETAZOLIN sprey nazalniy 10ml 35MKG
SOLOKSILOMETAZOLIN sprey nazalniy 10ml 35MKG
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Groteks, OOO
KSILOMETAZOLIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
Retseptli
KSILOMETAZOLIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
ARMAVIRSKAYA BIOFABRIKA, FKP

RINOKSIL sprey 10ml 0,1% savollari

RINOKSIL sprey 10ml 0,1% fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil