FLUKONAZOL NIKA kapsulalar 100mg N7

FLUKONAZOL NIKA kapsulalar 100mg N7 qo'llanmasi
Flukonazol farmakokinetikasi vena ichiga yuborilganda va ichga qabul qilinganda o'xshash. Ichga qabul qilingandan so'ng flukonazol yaxshi so'riladi, uning qon plazmasidagi kontsentratsiyalari (va umumiy biokiraolishligi) vena ichiga yuborilgandagi shunday ko'rsatkichlarning 90% idan oshadi. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish flukonazolning so'rilishiga ta'sir qilmaydi. Qon plazmasidagi kontsentratsiya dozaga mutanosib va flukonazol och qoringa qabul qilingandan 0,5-1,5 soat o'tgach maksimumga (С...) yetadi, yarim chiqarilish davri esa taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Taqsimlanishi 90% muvozanatli kontsentratsiyaga terapiya boshlangandan 4-5-kunga kelib erishiladi (preparat sutkada bir marta ko'p marta qabul qilinganda). Kapsula qabul qilinganda so'lakda flukonazolning maksimal kontsentratsiyasi 4 soatdan keyin erishiladi. Odatdagi sutkalik dozadan ikki baravar yuqori bo'lgan zarba dozasini yuborish (1-kuni), ikkinchi kunga kelib 90% muvozanatli kontsentratsiyaga erishish imkonini beradi. Taqsimlanish hajmi organizmdagi suvning umumiy miqdoriga yaqinlashadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi - past (11-12%) Flukonazol organizmning barcha suyuqliklariga yaxshi kirib boradi. So'lak va balg'amdagi flukonazol kontsentratsiyalari uning qon plazmasidagi kontsentratsiyalariga o'xshash. Zamburug'li meningit bilan kasallangan bemorlarda orqa miya suyuqligidagi flukonazol kontsentratsiyalari uning qon plazmasidagi kontsentratsiyalarining taxminan 80% ini tashkil qiladi. Shox qavat, epidermis, derma va ter suyuqligida zardobdagidan yuqori bo'lgan yuqori kontsentratsiyalar erishiladi. Flukonazol shox qavatda to'planadi. Sutkada bir marta 50 mg dozada qabul qilinganda flukonazol kontsentratsiyasi 12 kundan keyin 73 mkg/; davolash to'xtatilgandan 7 kun o'tgach esa - atigi 5,8 mkig. Haftada bir marta 150 mg dozada qo'llanilganda shox qavatdagi flukonazol kontsentratsiyasi 7-kuni 23,4 mk, ikkinchi doza qabul qilingandan 7 kun o'tgach esa -7,1 mk ni tashkil qiladi. Haftada bir marta 150 mg dozada 4 oy qo'llanilgandan so'ng tirnoqlardagi flukonazol kontsentratsiyasi sog'lom tirnoqlarda 4,05 mkg va shikastlanganlarida 1,8 mkg/g ni tashkil qiladi; terapiya tugagandan 6 oy o'tgach flukonazol hamon tirnoqlarda aniqlanadi. Metabolizmi va chiqarilishi Preparat asosan buyraklar orqali chiqariladi; kiritilgan dozaning taxminan 80% i siydikda o'zgarmagan holda aniqlanadi. Flukonazol klirensi kreatinin klirensiga mutanosibdir. Aylanib yuruvchi metabolitlar aniqlanmagan. Qon plazmasidan uzoq yarim chiqarilish davri vaginal kandidozda flukonazolni bir marta qabul qilish imkonini beradi
Zamburug'larga qarshi preparat, triazol hosilasi. Ta'sir mexanizmi zamburug' hujayrasining sitoxrom P450-ga bog'liq fermenti 14α-demetilazaning yaqqol ingibirlanishi va buning oqibatida zamburug' hujayra devorining asosiy komponenti – ergosterol sintezining bostirilishi bilan bog'liq. Candida spp., Miсrosporum spp., Trichoptyton spp., Cryptococcus neoformans, Blastomyces dermatitidis, Coccidioides ga nisbatan yuqori faol
Candida albicans dan farq qiluvchi, flukonazolga tabiiy rezistentlikka ega bo‘lgan Candida shtammlari (masalan, Candida Krusei) chaqirgan superinfeksiya holatlari haqida xabar berilgan. Bunday hollarda muqobil zamburug‘ga qarshi terapiya talab etilishi mumkin. Kamdan-kam hollarda flukonazolni qo‘llash jigarning toksik o‘zgarishlari, shu jumladan o‘lim holati bilan kechgan, asosan jiddiy yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda. Flukonazol bilan bog‘liq gepatotoksik samaralar holatida ularning preparatning umumiy sutkalik dozasi, terapiya davomiyligi, bemorning jinsi va yoshiga aniq bog‘liqligi qayd etilmagan. Preparatning gepatotoksik ta'siri odatda qaytuvchan bo‘lgan; uning belgilari terapiya to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qolgan. Preparat bilan davolash vaqtida jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari buzilgan bemorlarni jigar jiddiyroq shikastlanishi belgilarini aniqlash maqsadida kuzatish zarur. Flukonazolni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan jigar shikastlanishining klinik belgilari yoki simptomlari paydo bo‘lganda, preparatni bekor qilish kerak. Boshqa azollarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, flukonazol kamdan-kam hollarda anafilaktik reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Flukonazol bilan davolash vaqtida bemorlarda kamdan-kam hollarda Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi terining eksfoliativ shikastlanishlari rivojlangan. OITS bilan og‘rigan bemorlar ko‘pchilik preparatlarni qo‘llashda og‘ir teri reaksiyalari rivojlanishiga ko‘proq moyil bo‘ladilar. Yuzaki zamburug‘li infeksiya bo‘yicha davolash vaqtida bemorda flukonazolni qo‘llash bilan bog‘lash mumkin bo‘lgan toshma paydo bo‘lganda, preparatni bekor qilish kerak. Invaziv yoki tizimli zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan bemorlarda toshma paydo bo‘lganda ularni sinchkovlik bilan kuzatish va bullyoz shikastlanishlar yoki ko‘p shaklli ekssudativ eritema paydo bo‘lganda preparatni bekor qilish kerak. Flukonazolni sutkasiga 400 mg dan kam dozalarda va terfenadinni bir vaqtda qo‘llashni sinchkov nazorat ostida o‘tkazish kerak («Dori vositalarining o‘zaro ta'siri» bo‘limiga qarang). Boshqa azollar kabi, flukonazol EKGda QT intervalining uzayishini chaqirishi mumkin. Flukonazol qo‘llanilganda QT intervali uzayishi va qorinchalar hilpillashi yoki titrashi ko‘p sonli xavf omillari, masalan organik yurak kasalliklari, elektrolit muvozanati buzilishlari va bunday buzilishlar rivojlanishiga yordam beruvchi yo‘ldosh terapiya kabi omillari bo‘lgan og‘ir kasalliklari bor bemorlarda juda kam qayd etilgan. Shuning uchun potensial proaritmik holatlari bo‘lgan bunday bemorlarga flukonazolni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigar, yurak va buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarga preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Vaginal kandidoz bo‘yicha flukonazolni 150 mg dozada qo‘llashda bemorlar simptomlarning yaxshilanishi odatda 24 soatdan keyin kuzatilishi, ammo ularning to‘liq yo‘qolishi uchun ba'zan bir necha kun talab qilinishi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Simptomlar bir necha kun davomida saqlanib qolganda, shifokorga murojaat qilish kerak.
Flukonazol boshqa chiqarish shakllari

FLUKONAZOL NIKA kapsulalar 100mg N7 haqida savollar
FLUKONAZOL NIKA kapsulalar 100mg N7 haqida fikr-mulohazalar
Ishlab chiqaruvchining dorilari





















