FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7

FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7 o'xshash dorilari



FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7 qo'llanmasi
Flukonazolning farmakokinetikasi v/i yuborilganda va ichga qabul qilinganda o'xshash.
Ichga qabul qilingandan so'ng flukonazol yaxshi so'riladi, uning qon plazmasidagi darajalari (va umumiy biokiraolishligi) v/i yuborilganda flukonazolning qon plazmasidagi darajalarining 90% dan ortig'ini tashkil qiladi. Bir vaqtning o'zida ovqat qabul qilish ichga qabul qilinganda absorbsiyaga ta'sir qilmaydi. Cmax ga flukonazol och qoringa qabul qilingandan 0,5-1,5 soat o'tgach erishiladi. Qon plazmasidagi kontsentratsiya dozaga proportsionaldir.
ss ga terapiya boshlangandan 4-5-kuni erishiladi (kuniga 1 marta ko'p martalik qabul qilinganda).
O'rtacha sutkalik dozadan 2 baravar yuqori zarb dozasini (1-kuni) kiritish, 2-kuniyoq Css>90% ga erishish imkonini beradi. Ko'rinadigan Vd organizmdagi suvning umumiy miqdoriga yaqinlashadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi past (11-12%).
Flukonazol organizmning barcha suyuqliklariga yaxshi kiradi. So'lak va balg'amdagi flukonazol darajalari uning qon plazmasidagi kontsentratsiyalari bilan o'xshash. Zamburug'li meningit bilan og'rigan bemorlarda orqa miya suyuqligidagi flukonazol darajalari uning qon plazmasidagi darajalarining taxminan 80% ni tashkil qiladi.
Shox parda, epidermis-derma va ter suyuqligida zardobdagidan oshadigan yuqori kontsentratsiyalar erishiladi. Flukonazol shox pardada to'planadi. 50 mg dozada kuniga 1 marta qabul qilinganda flukonazol kontsentratsiyasi 12 kundan keyin 73 mkg/g ni tashkil etdi, davolash to'xtatilgandan 7 kun o'tgach esa - atigi 5,8 mkg/g ni. 150 mg dozada haftada 1 marta qo'llanilganda shox pardadagi flukonazol kontsentratsiyasi 7-kuni 23,4 mkg/g ni, ikkinchi doza qabul qilingandan 7 kun o'tgach esa – 7,1 mkg/g ni tashkil etdi.
150 mg dozada haftada 1 marta 4 oy davomida qo'llanilgandan keyin tirnoqlardagi flukonazol kontsentratsiyasi sog'lom tirnoqlarda 4,05 mkg/g va shikastlangan tirnoqlarda 1,8 mkg/g ni tashkil etdi; terapiya tugagandan 6 oy o'tgach flukonazol tirnoqlarda hanuzgacha aniqlangan.
Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; kiritilgan dozaning taxminan 80% siydikda o'zgarmagan holda aniqlanadi. Flukonazol klirensi KK ga proportsionaldir. Aylanib yuruvchi metabolitlar aniqlanmagan.
Qon plazmasidan uzoq T flukonazolni vaginal kandidozda bir marta va boshqa ko'rsatmalarda kuniga 1 marta yoki haftada 1 marta qabul qilish imkonini beradi.
Zamburug‘larga qarshi vosita, triazol hosilasi. Zamburug‘lar hujayrasida sterollar sintezining selektiv ingibitori hisoblanadi. Flukonazol sitoxrom P450 ga bog‘liq zamburug‘ fermentlariga nisbatan yuqori o‘ziga xoslikka ega.
Ichga qabul qilinganda va vena ichiga yuborilganda flukonazol hayvonlarda zamburug‘li infeksiyalarning turli modellarida faollik namoyon qilgan.
Flukonazol opportunistik mikozlarda, shu jumladan Candida spp. chaqirgan, immuniteti pasaygan hayvonlarda generalizatsiyalangan kandidozda; Cryptococcus neoformans, shu jumladan kalla suyagi ichi infeksiyalarida; Microsporum spp. va Trychoptyton spp. da faol. Hayvonlarda endemik mikozlar modellarida, shu jumladan immuniteti normal va pasaygan hayvonlarda Blastomyces dermatitidis, Coccidioides immitis, shu jumladan kalla suyagi ichi infeksiyalari va Histoplasma capsulatum chaqirgan infeksiyalarda faol.
Asab tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, talvasalar, ta'mning o'zgarishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og'riq, diareya, meteorizm, ko'ngil aynishi, dispepsiya, qusish, gepatotoksiklik (shu jumladan o'lim bilan yakunlanuvchi kamdan-kam hollar), ishqoriy fosfataza, bilirubin, zardob aminotransferazalari (ALT va AST) darajasining oshishi, jigar funksiyasining buzilishi, gepatit, gepatotsellyulyar nekroz, sariqlik.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: EKG da QT intervalining oshishi, qorinchalar lipillashi/titrashi.
Dermatologik reaksiyalar: toshma, alopesiya, eksfoliativ teri kasalliklari, shu jumladan Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.
Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, shu jumladan neytropeniya va agranulotsitoz, trombotsitopeniya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: plazmada xolesterin va triglitseridlar darajasining oshishi, gipokaliyemiya.
Allergik reaksiyalar: anafilaktik reaksiyalar (shu jumladan angionevrotik shish, yuz shishi, eshakemi, qichishish).
Flukonazol qo'llash fonida jigar funksiyasi ko'rsatkichlari buzilishida, yuzaki zamburug'li infektsiyasi va invaziv/tizimli zamburug'li infektsiyalari bo'lgan bemorlarda flukonazol qo'llash fonida toshma paydo bo'lganda, terfenadin va flukonazolni sutkada 400 mg dan kam dozada bir vaqtda qo'llanilganda, ko'plab xavf omillari (yurakning organik kasalliklari, elektrolit balansi buzilishlari va shunday buzilishlar rivojlanishiga yordam beruvchi yo'ldosh terapiya) bo'lgan bemorlarda potentsial proaritmik holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Flukonazolning gepatotoksik ta'siri odatda qaytuvchan bo'lgan; uning belgilari terapiya to'xtatilgandan so'ng yo'qolgan. Jigarning jiddiyroq shikastlanishi belgilarini aniqlash maqsadida flukonazol bilan davolash vaqtida jigar funksiyasi ko'rsatkichlari buziladigan bemorlarning holatini nazorat qilish zarur. Jigar shikastlanishining klinik belgilari yoki simptomlari paydo bo'lganda, agar ular flukonazol bilan bog'liq bo'lsa, uni bekor qilish kerak.
OITS bilan og'rigan bemorlar ko'plab preparatlar qo'llanilganda og'ir teri reaksiyalari rivojlanishiga ko'proq moyil bo'ladilar. Yuzaki zamburug'li infektsiya yuzasidan davolash olayotgan bemorda flukonazol qo'llash bilan bog'lash mumkin bo'lgan toshma paydo bo'lganda, uni bekor qilish kerak. Invaziv/tizimli zamburug'li infektsiyalari bo'lgan bemorlarda toshma paydo bo'lganda ularni sinchkovlik bilan kuzatish va bullyoz shikastlanishlar yoki ko'p shaklli eritema paydo bo'lganda flukonazolni bekor qilish kerak.
Flukonazolni sutkada 400 mg dan kam dozalarda va terfenadinni bir vaqtda qo'llashni sinchkov nazorat ostida o'tkazish kerak.
Flukonazol qo'llanilganda ko'plab xavf omillari, masalan, yurakning organik kasalliklari, elektrolit balansi buzilishlari va shunday buzilishlar rivojlanishiga yordam beruvchi yo'ldosh terapiyasi bo'lgan bemorlarda QT intervalining uzayishi va qorinchalar hilpillashi/titrashi juda kamdan-kam hollarda kuzatilgan.
Terapiyani ekma va boshqa laboratoriya tekshiruvlari natijalari olinmasdan oldin boshlash mumkin. Biroq, infektsiyaga qarshi terapiyani ushbu tekshiruvlar natijalari ma'lum bo'lganda tegishli ravishda tuzatish kerak.
Candida albicans dan boshqa, ko'pincha flukonazolga sezuvchanlik namoyon qilmaydigan (masalan, Candida krusei) Candida shtammlari chaqirgan superinfektsiya holatlari haqida xabarlar mavjud. Bunday hollarda muqobil zamburug'ga qarshi terapiya talab etilishi mumkin.
Flukonazolni sutkada 400 mg va undan ortiq dozada ko'p marta qo'llash vaqtida terfenadinni bir vaqtda qo'llash; sizapridni bir vaqtda qo'llash; flukonazolga yuqori sezuvchanlik; strukturasi flukonazolga o'xshash azol hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
Varfarin bilan bir vaqtda qo'llanilganda flukonazol protrombin vaqtini oshiradi (12% ga), shu sababli qon ketishlar rivojlanishi mumkin (gematomalar, burun va OIT dan qon ketishi, gematuriya, melena). Kumarinli antikoagulyantlarni qabul qilayotgan bemorlarda doimiy ravishda protrombin vaqtini nazorat qilish zarur.
Midazolam ichga qabul qilingandan so'ng flukonazol midazolam konsentratsiyasini va psixomotor samaralarni sezilarli darajada oshiradi, bu ta'sir flukonazol v/i yuborilgandan ko'ra ichga qabul qilinganda yaqqolroq namoyon bo'ladi. Flukonazol qabul qilayotgan bemorlarda benzodiazepinlar bilan yondosh terapiya zarur bo'lganda, benzodiazepin dozasini tegishli ravishda pasaytirish maqsadida bemorlarni kuzatish lozim.
Flukonazol va sizaprid bir vaqtda qo'llanilganda yurak tomonidan nomaqbul reaksiyalar, shu jumladan qorinchalar hilpillashi/titrashi ("piruet" turidagi aritmiya) kuzatilishi mumkin. Flukonazolni sutkada 1 marta 200 mg dozada va sizapridni sutkada 4 marta 20 mg dozada qo'llash sizapridning plazmadagi konsentratsiyasining yaqqol oshishiga va EKG da QT intervalining uzayishiga olib keladi. Sizaprid va flukonazolni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Buyrak transplantatsiyasidan keyingi bemorlarda flukonazolni sutkada 200 mg dozada qo'llash siklosporin konsentratsiyasining sekin oshishiga olib keladi. Biroq suyak ko'migi retsipiyentlarida flukonazol sutkada 100 mg dozada ko'p marta qabul qilinganda siklosporin konsentratsiyasining o'zgarishi kuzatilmagan. Flukonazol va siklosporin bir vaqtda qo'llanilganda qonda siklosporin konsentratsiyasini monitoring qilish tavsiya etiladi.
Gidroxlorotiazidni flukonazol bilan bir vaqtda ko'p marta qo'llash plazmada flukonazol konsentratsiyasining 40% ga oshishiga olib keladi. Bunday darajadagi samarasi bir vaqtda diuretiklarni olayotgan bemorlarda flukonazol dozalash tartibini o'zgartirishni talab qilmaydi, biroq buni hisobga olish lozim.
Kombinatsiyalangan peroral kontraseptiv flukonazol bilan 50 mg dozada bir vaqtda qo'llanilganda gormonlar darajasiga sezilarli ta'siri aniqlanmagan, har kuni 200 mg flukonazol qabul qilinganda esa etinilestradiol va levonorgestrelning AUC mos ravishda 40% va 24% ga oshadi, haftada 1 marta 300 mg flukonazol qabul qilinganda esa - etinilestradiol va noretindronning AUC mos ravishda 24% va 13% ga oshadi. Shunday qilib, flukonazolning ko'rsatilgan dozalarda ko'p marta qo'llanilishi kombinatsiyalangan peroral kontraseptiv samaradorligiga ta'sir qilishi ehtimoldan yiroq.
Flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qo'llash fenitoin konsentratsiyasining klinik ahamiyatli darajada oshishi bilan kechishi mumkin. Ushbu kombinatsiyada fenitoin konsentratsiyasini nazorat qilish va qon zardobida terapevtik konsentratsiyani ta'minlash maqsadida uning dozasini tegishli ravishda to'g'irlash lozim.
Flukonazol va rifabutinni bir vaqtda qo'llash oxirgisining zardobdagi konsentratsiyalari oshishiga olib kelishi mumkin. Flukonazol va rifabutin bir vaqtda qo'llanilganda uveit holatlari ta'riflangan. Rifabutin va flukonazolni bir vaqtda olayotgan bemorlarni sinchkovlik bilan kuzatish zarur.
Flukonazol va rifampitsinni bir vaqtda qo'llash AUC ning 25% ga va flukonazol T davomiyligining 20% ga kamayishiga olib keladi. Rifampitsinni bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda flukonazol dozasini oshirish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur.
Flukonazol bir vaqtda qabul qilinganda sulfonil-mochevinaning peroral preparatlari (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid va tolbutamid) T oshishiga olib keladi. Qandli diabeti bo'lgan bemorlarga flukonazol va sulfonil-mochevinaning peroral preparatlarini birgalikda buyurish mumkin, ammo bunda gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligini hisobga olish lozim.
Flukonazol va takrolimusni bir vaqtda qo'llash oxirgisining plazmadagi konsentratsiyalari oshishiga olib keladi. Nefrotoksiklik holatlari ta'riflangan. Ushbu kombinatsiyada bemorlar holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim.
Azolli zamburug'ga qarshi vositalar va terfenadin bir vaqtda qo'llanilganda QT intervali uzayishi natijasida jiddiy aritmiyalar yuzaga kelishi mumkin. Flukonazol sutkada 200 mg dozada qabul qilinganda QT intervalining uzayishi aniqlanmagan, biroq flukonazol sutkada 400 mg va undan yuqori dozalarda qo'llanilganda plazmada terfenadin konsentratsiyasining sezilarli oshishini keltirib chiqaradi. Flukonazolni sutkada 400 mg va undan ortiq dozalarda terfenadin bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Flukonazol bilan sutkada 400 mg dan kam dozalarda davolashni terfenadin bilan birgalikda sinchkov nazorat ostida o'tkazish lozim.
Flukonazol bilan 200 mg dozada 14 kun davomida bir vaqtda qo'llanilganda teofillinning o'rtacha plazma klirensi tezligi 18% ga pasayadi. Yuqori dozalarda teofillin qabul qilayotgan bemorlarga yoki teofillinning toksik ta'siri rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarga flukonazol buyurilganda teofillinning dozasini oshirib yuborish simptomlari paydo bo'lishini kuzatish va zarurat bo'lganda terapiyani tegishli ravishda to'g'irlash lozim.
Flukonazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda zidovudin konsentratsiyalarining oshishi qayd etiladi, bu ehtimol, oxirgisining o'zining asosiy metabolitigacha bo'lgan metabolizmining pasayishi bilan bog'liq. OITS va ARC (OITS bilan bog'liq kompleks) bo'lgan bemorlarga flukonazol bilan sutkada 200 mg dozada 15 kun davomida terapiya o'tkazilishidan oldin va keyin zidovudinning AUC sezilarli oshishi (20%) aniqlangan.
OIV-infeksiyalangan bemorlarda zidovudin 200 mg dozada har 8 soatda 7 kun davomida flukonazol bilan 400 mg/sut dozada yoki usiz ikki sxema o'rtasida 21 kunlik interval bilan qo'llanilganda, flukonazol bilan bir vaqtda qo'llanilganda zidovudinning AUC sezilarli oshishi (74%) aniqlangan. Bunday kombinatsiyani olayotgan bemorlarni zidovudinning nojo'ya samaralarini aniqlash maqsadida kuzatish lozim.
Flukonazolni astemizol yoki metabolizmi R450 sitoxrom tizimi izofermentlari orqali amalga oshiriladigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash ushbu vositalarning zardobdagi konsentratsiyalari oshishi bilan kechishi mumkin. Bunday kombinatsiyalarda bemorlar holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish lozim.
Muayyan preparatni qo'llash usuli va dozalash rejimi uning chiqarilish shakli va boshqa omillarga bog'liq. Optimal dozalash rejimini shifokor belgilaydi. Qo'llanilayotgan preparatning dori shakli foydalanish ko'rsatmalariga va dozalash rejimiga qat'iy mos kelishiga rioya qilish kerak.
Flukonazol boshqa chiqarish shakllari

FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7 analoglari



















