Ташкент
logo
SavatKirish

TRINAZOL krem 15g

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Avantika Medex PVT.LTD
ATX kodi:J02AB02
Barcha Trinazol dorilari
121 ta dorixonada bor
Narxi 46 800 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 121 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TRINAZOL krem 15g qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

1 g krem kuyidagilarni saklaydi:

faol moddalar: ketokonazol 10 mg, klobetazol propionati 0,25 mg, neomisin sulfati

5000 XB;

yordamchi moddalar: oq yumshok parafin, och suyuk parafin, tsetostearil spirti,

xlorokrezol. propilenglikol, suvsiz dinatriy gidrogen fosfat, suvsiz natriy

digidrogen fosfat.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

15 g dan sirtga qo'llash uchun krem plastmassali tubalarda, tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton kutida.

Farmakodinamikasi

Ketokonazolning ta'sir mexanizmi zamburug'membranasida ergosterol biosintezini ingibitsiya qilish va lipid tarkibini o'zgarishidan iborat. Dermatofitlar: Trichophyton, Microsporum, Epidermophyton floccosum: achitqi va achitkisimon zamburug'lari Candida va Pityrosporum ga nisbatan faol.

Preparat qazg'ok, seboreyali ekzema va kepaklanuvchi temiratki bilan bog'lik terini kepaklanishi va qichishishini tez kamaytiradi,

Klobetazol propionati - sirtga vo'llash uchun kortikosteroid. Teri kasalliklarida kortikosteroidlarning terapevtik ta'sir mexanizmi aniq emas. Kortikosteroidlar membranalarning fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajratib chikaruvchi fosfolipaza A2 ni ingibitsiya qiluvchi lipokortin sintezini induktsiya kiladi. 

Shunday qilib, lipokortinlar araxidon kislotasining metabolitlari bo'lgan prostaglandinlar va leykotrienlar kabi yallig'lanish va allergiyaning kuchli mediatorlari biosintezini boshqaradi.

Neomisin sulfati – aminoglikozid antibiotigi, uning ta'sir mexanizmi bakteriyalar proteinlarini sintezini susaytirish bilan bog'liq.

Farmakokinetikasi

Ketokonazol sirtga qo'llanilganda ahamiyatsiz darajada tizimli so'rilishga uchraydi. 

Hatto ketokonazolni uzoq vaqt qo'llaganda ham qonda aniqlanmaydi.

Klobetazol propionati gidrokortizonga nisbatan plazmadagi oqsillar bilan bog'lanish qobiliyati pastrok. lekin T1/2 uzunrok. Asosan jigarda, qolgan qismi – buyrakda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.

Neomisin sulfati shikastlanmagan teri va shilliq qavatlar orqali deyarli so'rilmaydi.

Farmakologik ta'siri

Trinazol kremi zamburug'larga qarshi, yallig'lanishga karshi, qichishishga qarshi, allergiyaga qarshi va antibakterial ta'sirga ega. Kremning samaradorligi uning tarkibiga kiruvchi komponentlarga bog'liq.

Ketokonazol keng ta'sir doirasiga ega zamburug'larga qarshi vosita bo'lib xisoblanadi. Uning o'tkazuvchanligini o'zgartirish orqali zamburug'xujayra membranasiga ta'sir ko'rsatadi.

Farmakologik tadqiqotlar ketokonazol dermatofitlar (Trichophyton sp., Microsporum sp.. Epidermophyton sp. kabi). saxaromisitlar va Candida albicans ga nisbatan kuchli antimikoz ta'sirga ekanligini namoyish etgan. Zamburug'shtammlari Ketokonazolning ta'siriga tabiiy chidamlilikka ega emas.

Klobetazol propionati minimal nojo'ya samaralarga ega yuqori samarali yallig'lanishga qarshi va allergiyaga qarshi vosita sifatida ta'sir ko'rsatadi.

Neomisin sulfati grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga qarshi samarali vosita bo'lib hisoblanadi.

Trinazol kremi tarkibidagi uchta vositaning majmuasi uni zamburug'li va bakterial infektsiyalarda, yallig'lanish jarayonlari va qichishishda yuqori samarali preparat ekanligini namoyon qiladi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Kremni ko'zlarga tushishiga yo'l qo'yilmasin! Yuz terisi yoki tananing katta sohalariga uzoq vaqt davomida preparatni qo'llash zarurati bo'lganida, shifokorning doimiy kuzatuvi talab qilinadi.

Homiladorlik va emizikli ayollar, shuningdek emizikli bolalarga preparat ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Dori vositasini avtotransport va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi 

Aniqlanmagan.

 

Qo'llanilishi

Trinazol kremi qo'l mikozlarida, tovon epidermofitiyasida (mikozida), teri trixofitiyasida, rang-barang temiratkilarda, ekzemada va terini qichishishi kabi terining zamburug'li infektsiyalarini davolashda qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga va/yoki uning ingredientlaridan biriga o'ta yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Ta'rifi

OK rangli yot zarrachalar saklamaydigan yumshok krem

Dozirovkasi

Sirtga qo'llash uchun. Kuniga 2 marta terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib surtiladi. Silliq terining oddiy trixofitiyasi va oraliq trixofitiyasini davolashda, davolash kursi 2 haftani tashkil qiladi, tovonlar va kaftlar epidermofitiyasini davolashda esa 4 haftani tashkil qiladi.

TRINAZOL krem 15g haqida savollar

TRINAZOL krem 15g haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

MIGRAFEN-400 tabletkalari N100
Retseptli
MIGRAFEN-400 tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
150 000 so'm dan
Jaraflu kukuni 22g N10
Jaraflu kukuni 22g N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
85 000 so'm dan
TRINAZOL krem 15g
Retseptsiz
TRINAZOL krem 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
46 800 so'm dan
AVIZOL 100 kapsulalar  100 mg N1
AVIZOL 100 kapsulalar 100 mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Jaraflu kukuni 22g N10
Jaraflu kukuni 22g N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
85 000 so'm dan
AVIZOL 50 kapsulalar  50 mg N6
AVIZOL 50 kapsulalar 50 mg N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
17 200 so'm dan
PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Retseptli
PARADIK tabletkalari 500mg/50mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
77 900 so'm dan
Narxi
17 200 so'm dan
Narxi
17 200 so'm dan
Narxi
17 200 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil