Paradik
Paradik chiqarish shakllari

Paradik qo'llanmasi
· препаратнинг компонентларига юқори сезувчанлик;
· анамнездаги аспирин ёки бошқа ностероид яллиғланишга қарши воситаларига ангионевротик шиш ва бронхоспастик реакциялар («аспирин астмаси»), бронхиал астма хуружлари;
· зўрайиш босқичидаги меъда-ичак йўлларининг эрозив-ярали шикастланишлари (шу жумладан пептик яра, Крон касаллиги, носпецифик ярали колит);
· ҳомиладорлик, лактация;
· 12 ёшгача бўлган болалар;
· қон яратиш фаолиятининг бузилиши;
· кўрув нервининг касалликлари, нафас йўлларининг сурункали обструктив касалликлари, бурун полиплари, пичан иситмаси;
· буйраклар ва жигар фаолиятининг яққол бузилишлари, рангли кўришни бузилиши, туғма глюкоза-6-фосфатдегидрогеназа танқислиги.
1 tabletka saqlaydi:
Faol moddalar: paratsetamol - 500 mg, diklofenak natriy 50 mg;
Yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmal i, natriy kraxmal glikolyat, aerosil, povidon K-30, iki assoli kaltsiy fosfati, natriya benzoati, tozalangan talk, magniy stearati, natriy krosskarmeloza, mikrokristallik tsellyuloza.
Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so'riladi. Plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyasiga 30-90 minut o'tgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha to'qimalariga kiradi, yo'ldoshga oson o'tadi va ko'krak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to'planganida jigarni nekrozga uchratishi mumkin. Asosan metabolitlari ko'rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarimchiqarilish davri 1,5-3 soat oralig'ida. Jigar faoliyati buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to'planishiga yordam beradi.
Diklofenak natriy - bir marta ichga qabul qilinganidan so'ng, ichakdan tez va to'liq so'riladi, faol moddaning taxminan 50% jigardan birinchi o'tishda metabolizmga uchraydi. 50 mg dozada preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi 1-2 soatdan so'ng kuzatiladi va 1,5 mkg/ml (5 mkmol/l) ni tashkil qiladi. Ovqat preparatni so'rilishini sekinlashtiradi, ammo so'rilayotgan faol moddaning miqdori o'zgarmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi 99,7% ni tashkil qiladi; bunda preparatning ko'p qismi (99,4%) albuminlar bilan bog'lanadi. Sinovial suyuqligiga bo'g'im bo'shlig'iga yaxshi kiradi, u erda faol moddaning maksimal kontsentrasiyasiga plazmadagiga qaraganda 2-4 soat kech erishiladi. Sinovial suyuqligidan yarimchiqarilish davri 3-6 soatni tashkil qiladi. Preparatning 60% metabolitlari ko'rinishda buyraklar orqali, qolgan qismi o't-safro orqali chiqariladi. Buyraklar faoliyati yaqqol buzilgan (kreatinin klirensi 10ml/min dan kam) bemorlarda, o't-safro bilan chiqariladigan metabolitlarining solishtirma og'irligi oshadi, shuning uchun ularning qondagi kontsentrasiyasining oshishi kuzatilmaydi.
Tabletkalarni chaynamasdan, butunligicha, etarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Preparatni ovqat qabul qilinganidan keyin qabul qilish kerak.
Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
12 yoshdan oshgan tana vazni 30 kg dan ortiq bo'lgan bolalarga ½ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.
Navbatdagi har bir qabullar oralig'i kamida - 4 soat.
Simptomlari: allergik reaktsiyalar, bosh og'rig'i, psixomotor qo'zg'alishlar, bosh aylanishi.
Davolash: me'dani yuvish, simptomatik davolash.
Anamnezida me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari bo'lgan bemorlarga, shuningdek jigar, buyraklar, qon hosil qilish a'zolari faoliyatining yaqqol buzilishlari bo'lgan pasientlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Yuqori dozalarda preparat trombositlar agregasiyasini susaytirishi mumkin, shuning uchun gemostazining buzilishi bo'lgan pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak. Preparatni keksalarda, surunkali yurak etishmovchiligi, arterial gipertoniyasi, porfiriyasi bo'lgan bemorlarda, shuningdek bevosita jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan keyin ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.
Preparat bilan davolash davrida jigar, buyraklar faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo'llash vaqtida preparat gepatotoksik ta'sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste'mol qilish mumkin emas.
Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Bemorlar preparatni qabul qilish vaqtida yuqori diqqat va tezkor ruhiy va harakat reaktsiyalarini talab qiluvchi ishlarni bajarishdan (masalan, avtomobilni haydash) saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanganida, qonda kaliy miqdori oshishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishi rivojlanishi mumkin. Preparat litiy, digoksin va tsiklosporinning qondagi kontsentrasiyasini oshirishi mumkin, shuning uchun ular bilan birga qo'llanganida, oxirgilarning dozasini korrektsiyalash kerak. Metotreksat bilan davolashni boshlashdan 24 soat oldin yoki davolash to'xtatilganidan keyin preparat buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bunda uning zaharli ta'sirining rivojlanish xavfi oshadi.
Jigar mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi dorilar (barbituratlar va ayrim tutqanoqqa qarshi vositalar, jumladan, fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), spirt saqlovchi dori vositalari, rifampisin bilan birga qabul qilinganida preparatning gepatotoksik ta'siri kuchayadi. Fenotiazinlar bilan birga qo'llanganida haddan ziyod gipotermiya, azidotimidin bilan – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat Xloramfenikolning zaharliligini oshiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin, "halqali" va tiazidi diuretiklarning diuretik va natriyuretik ta'sirini susaytiradi. Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qo'llanganida nojo'ya ta'sirlari tezlashadi va kuchayadi.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, diskomfort hissi (epigastriya sohasida og'riqlar va spazmlar), meteroizm, ishtahaning pasayishi. Kam: qon ketishi, perforasiya bilan asoratlangan me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, aftozli stomatit, ezofagit. Alohida hollarda nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi;
Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, yuqori charchoqlik. Kam hollarda: his qilish yoki ko'rishni buzilishi (yoyilgan ko'rish, diplopiya), quloqlarda shovqin, ta'sirchanlik, tirishishlar, uyquni buzilishi, depressiya, xavotirlik hissi, ruhiy buzilishlar;
Dermatologik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi. Bullez toshmalar, ekzema, eritrodermiya, sochlarni to'kilishi, fotosensibilizasiya bo'lishi mumkin;
Jigar faoliyati tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, shu jumladan gepatit (sariqlik yoki sariqliksiz);
Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda: trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya;
Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, ko'krak qafasi sohasida og'riqlar, arterial gipertenziyaning paydo bo'lishini yakka hollari, yurak etishmovchiligi aniqlangan;
Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: kam: bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaktsiyalar.
Revmatoid artrid, osteoartrit, bel og'rig'i va tendinit, tendosinovit, bursit, paylarni cho'zilishi va suyaklarni chiqishi kabi, boshqa o'tkir skelet – mushak buzilishlari; ankilozlovchi spondilit; ortopedik, stomatologik va boshqa kichik xirurgik operasiyalaridagi og'riq va yallig'lanishni susaytirish; yuvenil surunkali artrit; operasiyadan keyingi og'riq; bosh og'rig'i; tanadagi og'riqlar; isitmani pasaytirish.
oq yoki oqish rangli, oval (kapsula shaklidagi), ikki tomonlama qavariq, bir tomonida riskasi bo'lgan, qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.
Paradik narxlari
Paradik barcha rasmlari













