Ташкент
logo
SavatKirish

Jaraflu kukuni 22g N10

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:Avantika Medex PVT.LTD
ATX kodi:N02BE51
6 ta dorixonada bor
Narxi 85 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 6 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

Jaraflu kukuni 22g N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Bir paketcha quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: paratsetamol 325 mg, feniramin maleati 20 mg, fenilefrin gidroxloridi 10 mg, askorbin kislotasi 50 mg.

yordamchi moddalar: Neotam, natriy tsitrati, natriy KMS, natriy benzoati, suvsiz limon kislotasi, saxaroza, suvsiz glyukoza, limon/apelsin aromatizatori, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun dozalangan kukun. 22 g dan kukun kombinasiyalangan materialdan (polietilen, alyumin folga, qog'oz) tayyorlangan paketchalarda. 10 paketchadan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakologik ta'siri

Majmuaviy preparat, isitmani tushiruvchi, yallig'lanishga qarshi, shishga karshi, og'riqni qoldiruvchi, allergiyaga qarshi ta'sirga ega.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaktsiyalar (toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish), yuqori qo'zg'aluvchanlik, psixomotor reaktsiyalar tezligini pasayishi, charchok xissi, og'izni qurishi, siydikni tutilishi, ko'ngil aynishi, qusish, me'dada og'riklar, yurak urishi, arterial bosimni oshishi, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, midriaz, akkomodasiya parezi, ko'z ichki bosimi oshishi mumkin. Paratsetamol borligini hisobga olib: kam xollarda - qon tizimining buzilishi (trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz); uzok vaqt katta dozalar qabul qilinganida gepatotoksik va nefrotik-gemolitik anemiya, metgemoglobinemiya, pantsitopeniya ta'siri bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Jigarning zaharli shikastlanishidan saqlanish uchun, preparatni alkogolli ichimliklar bilan birga qo'llash mumkin emas. 

Shikastlangan paketchalardagi dorini ishlatmaslik kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Preparatning tarkibida fenilefrin borligi uchun homilador va emizikli ayollarga vrach maslahatisiz qabul qilish mumkin emas. Fenilefrin organizmdan ko'krak suti bilan chiqariladi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Preparatning ayrim nojo'ya ta'sirlari (bosh aylanishi, uyquchanlik, ongning chalkashishi, ko'rish va eshitishni buzilishi, xarakat koordinasiyasini buzilishi) psixomotor reaktsiyalar tezligini pasaytirishi va avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatini yoki potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlashni yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

 

Qo'llanilishi

Yuqori harorat, etni uvishishi, tanani zirqillashi, bosh va mushak og'riqlari, tumov, burunni bitishi, aksirish bilan birga kechuvchi infektsion-yallig'lanish kasalliklari gripp, O'RVI ("shamollash") kasalliklarida qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, emizish davri. Portal gipertenziya, alkogolizm, buyrak etishmovchiligi, glyukozo 6 – fosfatdegidrogenaza fermentini tanqisligi, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Quyidagilarda ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi: arterial gipertenziya, qandli diabet, yopiq burchakli glaukoma, jigar va buyraklarning og'ir kasalliklari, o'pka kasalliklari (shu jumladan bronxial astma), prostata bezining adenomasidagi siyishni qiyinlashishlari, qon kasalliklari, tug'ma giperblirubinemiya (Jilber, Dubin - Djonson va roter sindromi).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Monoaminooksidaza ingibitorlarini qabul qilganda preparatni qabul qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi. Paratsetamolning gepatotoksik ta'sirini xavfi barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampisin, zidovudin va jigarning mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari bilan bir vaqtda qo'llanilganida oshadi. Sedativ vositalar etanolning ta'sirini kuchaytiradi. Etanol feniraminning sedativ ta'sirini kuchaytiradi.

Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi va antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydikni tutilishi, og'izning qurishi va qabziyatlarni rivojlanishi xavfini oshiradi.

Ta'rifi

Limon ta'mli: oq rangdan och sariq ranggacha bo'lgan, qumaloklar va begona zarrachalarsiz limon xidli, granulalangan sochiluvchan kukun.

Apelsin ta'mli: oq rangdan och zarg'aldoq ranggacha bo'lgan, qumaloklar va begona zarrachalarsiz apelsin xidli, granulalangan sochiluvchan kukun.

Dozirovkasi

Ichga. Bir paketcha ichidagisi 1 stakan qaynatilgan issiq suvda eritiladi. Issiq xolida iste'mol qilinadi. Ta'mga karab shakar qo'shish mumkin.

Takroriy dozani xar 4 soat o'ttanidan keyin kabul qilish mumkin (24 soat davomida 3 dozadan ko'p emas).

Gripp va shamollashga karshi Jaraflyuni sutkaning xar qanday vaqtida qo'llash mumkin, biroq eng yaxshi samaraga preparatni tunga, uyqudan oldin qabul qilganda erishiladi. Agarda preparatni kabul kilish boshlanganidan keyin 3 kun davomida belgilarining engillashuvi kuzatilmasa, shifokorga murojaat kilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og'rik; gepatotoksik va nefrotoksik ta'siri, og'riq hollarda jigar etishmovchiligi, entsefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi. 

Davolash: me'dani yuvish, birinchi 6 soat faollashtirilgan ko'mir, SH - guruh donatorlarini va doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat o'tgach, gluation sintezining o'tmishdoshlari - metionin va 12 soatdan keyin N-atsetilsistein yuborish.

Jaraflu kukuni 22g N10 savollari

Jaraflu kukuni 22g N10 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

MIGRAFEN-400 tabletkalari N100
Retseptli
MIGRAFEN-400 tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
150 000 so'm dan
TRINAZOL krem 15g
Retseptsiz
TRINAZOL krem 15g
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
46 800 so'm dan
Narxi
17 200 so'm dan
Narxi
17 200 so'm dan
Narxi
17 200 so'm dan
AVIZOL 50 kapsulalar  50 mg N6
AVIZOL 50 kapsulalar 50 mg N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Jaraflu kukuni 22g N10
Jaraflu kukuni 22g N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
85 000 so'm dan
Jaraflu kukuni 22g N10
Jaraflu kukuni 22g N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
85 000 so'm dan
AVIZOL 150 kapsulalar  150 mg N1
AVIZOL 150 kapsulalar 150 mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD
Narxi
17 200 so'm dan
AVIZOL 100 kapsulalar  100 mg N1
AVIZOL 100 kapsulalar 100 mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex PVT.LTD

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil