Apteka.uz
SavatKirish

Disept

Disept chiqarilish shakllari

ДИСЕПТ таблетки 5мг N20
Retseptsiz
ДИСЕПТ таблетки 5мг N20
Узбекистан
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
- Disept qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Diseptning tarkibi
- Disept ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Disept narxi Toshkent dorixonalarida

Disept qo'llanmasi

Ishlab chiqaruvchi
Ishlab chiqarilish joyi
O'zbekiston
Kategoriya
Nimaga qarshi

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DISEPT®

DISEPT®

Preparatning savdo nomi: Disept®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): xlorgeksidin va askorbin kislotasi

Dori shakli: shimiladigan tabletkalar

Tarkibi:

faol moddalar: xlorgeksidin gidroxloridi – 5 mg, askorbin kislotasi – 50 mg;

yordamchi moddalar: sorbitol, laktoza, limon kislotasi, sukraloza, talk, kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati, mentol, apelsin aromatozatori.

Ta‘rifi: oq yoki och sariq tusli, dog‘lar bo‘lishi yo‘l qo‘yilgan, ishlatilgan aromatizatorga xos kuchsiz hidli tabletka.

Farmakoterapevtik gruppasi: Antiseptik vosita.

ATX kodi: A01AV03

 

Farmakologik xususiyatlari

Xlorgeksidin bakteriyalarning hujayralarning membranalarini buzib, grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga (kislotali sharoitda chidamli Pseudomonas tayoqchalariga, sporalar va viruslarga faol bo‘lmagan) bakteriosid ta‘sir ko‘rsatadi. Tish qoldiqlarini samarali yo‘qotadi.

Askorbin kislotasi (S vitamini) mavjudligi to‘qimalarning mahalliy immunitetni oshirib, tish toshi kabi shunday omillarga ta‘sir ko‘rsatadi, masalan, parodontopatiyani oldini oladi; kollagen va hujaralararo moddalarni hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etadi.

 

Farmakokinetika

Xlorgeksidin ovqat hazm qilish yo‘llaridan taxminan 1% so‘riladi. Preparatni qabul qilingandan so‘ng qondagi maksimal konsentrasiyasi 30 minutdan so‘ng erishiladi  va 0,206 mkg/g ni tashkil qiladi. Xlorgeksidin, asosan ichak (90%), 1% buyraklar orqali chiqariladi. Askorbin kislotasi ovqat hazm qilish yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Uning oqsil plazmasi bilan bog‘lanish darajasi taxminan 25% ni tashkil qiladi. Askorbin kislotasi digidroaskorbin va shovul kislotasigacha metabolizm uchraydi. Askorbin kislotasi qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 16 kunni tashkil qiladi. Askorbin kislotasi asosan siydik bilan  chiqariladi.

Qo‘llanilishi

og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, xalqum infeksiyalarida;

-milk kasalliklaring yalig‘lanishida;

– jarrohlik amaliyoti qo‘llanilgandan so‘ng parodontit;

– parodontopatiyada;

– parodontozda;

– aftozli stomatitda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkani sekin shimish kerak. Kattalarlarga 1 tabletkadan kuniga 4 marta buyuriladi. O‘rtacha davolash kursning davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi; preparatni 10 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘ngil aynishi, epigastriyadagi og‘riqlar, allergik reaksiyalar (terida toshmalar), ta‘mning buzilishi, parotit, til va shilliq qavatining og‘riqlari, plomba va tish protezlarining ranggi o‘zgarishi.

 

Qo‘llash mumkin bulmagan holatlar

Xlorgeksedin yoki biron bir yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Organik moddalarning (plazma, fosfolipidlar) samaradorligini kamaytiradi. Yod preparatlari bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Xlorgeksidinni kation gurux saqlovchi preparatlar (benzalkoniya xlorid, setrimon bromid) bilan qo‘llash mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davri

Disept® ni homiladorlik davrida qo‘llanilganda havfsizligi aniqlanmagan. Shuning uchun homiladorlik davri preparatning qo‘llash uchun absolyut qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi. Preparatni faqat agar ona uchun davolashdan taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

 Xlorgeksedinni ona sutiga aniqlanmagan. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llanilishi mutloq qo‘llab bo‘lmasligi aniqlanmagan.

Askorbin kislotasi ona sutiga chiqariladi.

Dori vositasi transport vositasiga yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Tabletkalarni ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Ta‘mni bilish sezgirligi o‘zgarishi mumkin, lekin bu preparatning ta‘siri odatda qabul qilgandan so‘ng 4 soat ichida tiklanadi. Preparatni uzoq muddat qabul qilganda tishlarning va orqa tilning yuzasini rangi o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, bu holat davolanish to‘xtatilgandan so‘ng tiklanadi.

Ehtiyotkorlik bilan: Yosh bolalarda.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat amalda oshqozon ichak traktida so‘rilmaydi, shuning uchun dozani oshirib yuborilishi juda ehtimoldan uzoq. Yuqori dozada ko‘p yuborilishi kasalxonaga yetqazilishi va simptomatik davolanish talab qilinadi.

 

Chiqarilish shakli

Shimish uchun tabletkalar.

10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 3, 4 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

 Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Disept preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

Disept barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Disept haqida savollar

Disept haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil