Asekard
Asekard chiqarish shakllari


Asekard qo'llanmasi
Atsekard® quyidagi hollarda:
-
atsetilsalisil kislotasi, preparat tarkibidagi yordamchi moddalar yoki nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ga yuqori sezuvchanlik;
-
salisilatlar va boshqa NYAQV qabul qilish orqali indusirlangan bronxial astma; bronxial astma, qaytalanayotgan burun va burun atrofidagi chuqurchalar polipozi hamda ASKni o'zlashtira olmaslikning birgalikdagi majmuasi;
-
me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishi (zo'rayish bosqichida);
-
me'da-ichakdan qon ketishi;
-
gemorragik diatez;
-
haftada 15 mg va undan katta dozadagi metotreksat bilan majmuaviy qo'llash;
-
homiladorlik (I va III uch oylik) va emizish davri;
-
18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar (samaradorlik va xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlarning yo'qligi sababli);
-
laktozani o'zlashtiraolmaslik;
-
buyraklar funktsiyasining og'ir buzilishi;
-
jigar funktsiyasiining og'ir buzilishi;
-
NYHA tasnifi bo'yicha III-IV funktsional sinf surunkali yurak etishmovchiligida qo'llash mumkin emas.
Quyidagi holatlarda:
Analgetiklar, yallig'lanishga qarshi preparatlar, revmatizmga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlik, shuningdek boshqa moddalarga allergik reaktsiyalar.
Anamnezida me'da-ichak yo'llarining yarali shikastlanishlari mavjudligi, jumladan me'da-ichak yo'llarining surunkali va qaytalanuvchi shikastlanishlari yoki anamnezida me'da-ichakdan qon ketishlar.
Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo'llash ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
Podagra, giperurikemiyada.
Jigar funktsiyasining buzilishida.
Buyraklar funktsiyasining buzilishida.
Buyrak arteriyalari aterosklerozi, dimlangan yurak etishmovchiligi, gipovolemiya, keng ko'lamdagi jarrohlik aralashuvi, sepsis, massiv qon ketish holatlari oqibatida yuzaga keluvchi qon aylanishining buzilishlarida.
Бронхиал астма, нафас аъзоларининг сурункали касалликлари, тошмали иситма, бурун полипози, нафас тизимининг сурункали касалликларида, шунингдек бошқа препаратларга аллергик реакцияларда (масалан, тери реакциялари, қичишиш, эшакеми).
Глюкозо-6-фосфат-дегидрогеназа танқислигининг оғир кўринишларида.
Omomiladorlikning II uch oyligida.
Mo'ljallangan jarrohlik aralashuvida (jumladan, ahamiyatsiz, masalan, tishni sug'irish).
Quyidagi dori vositalari bilan majmuaviy qo'llanganda ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang): haftasiga 15 mg dan kam dozada metotreksat; antikoagulyantlar, trombolitik yoki boshqa antiagregant vositalar; NYAQV (jumladan ibuprofen, naproksen); digoksin; ichga ichish uchun gipoglikemik vositalar (sulfonilmochevina hosilalari) va insulin; valproat kislotasi; alkogol (xususan, alkogol ichimliklar); serotonin qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari bilanehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Asekard narxlari
Asekard o'xshash dorilari
Asekard barcha rasmlari















