Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Dori vositalari  / RINOKSIL BEBI burun uchun tomchilar 0,01% 100ml

RINOKSIL BEBI burun uchun tomchilar 0,01% 100ml

Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Dori vositalari
Ishlab chiqaruvchi:Nika Pharm
Barcha Rinoksil dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

RINOKSIL BEBI burun uchun tomchilar 0,01% 100ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: oksimetazolin gidroxloridi - 0,01 g;

yordamchi moddalar: natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy edetati (trilon B), benzalkoniy xloridi, propilenglikol, 0.1 M xlorid kislotasi eritmasi yoki 0.1 M gidroksid natriy eritmasi, tozalangan suv.

Ta'rifi: rangsiz yoki biroz sarg'ish tusli, hidsiz tiniq eritma.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

0,01% li nazal tomchilar 10, 15 ml dan flakonlarda. To'q shishali flakonlar, plastmassa qalpoqcha-pipetkali yoki buraladigan plastmassa qopqoqli flakon-tomchilagich bilan bilan jihozlangan tibbiyotda qo'llanilishi bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramlarga joylangan.

Farmakodinamikasi

Mahalliy qo'llash uchun adrenomimetik vosita. Preparat qon tomirlarni toraytiruvchi va antikongestiv ta'sir ko'rsatadi. Alfa 1–adrenoreseptorlarni rag'batlantiradi va aplikasiya joyida qon tomirlarni toraytiradi, yuqori nafas yo'llarining shilliq qavatini shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni engillashtiradi, venoz sinuslariga qonning oqib kelishini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo'llanganida oksimetazolin ahamiyatsiz darajada tizimli so'rilishga uchraydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi kontsentrasiyasi kam. Ta'siri 15 minutdan keyin namoyon bo'ladi. Ta'sirining davomiyligi 10-12 soat. Asosan o'zgarmagan holda buyraklar va ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 5-8 sutka.

Nojo'ya samaralari

Har qanday dori vositasi kabi, Rinoksil® Bebi ham, har bir iste'molchida kuzatilmasa-da, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.

Odatda Rinoksil® Bebi yaxshi o'zlashtira olinadi. Preparatni tez-tez va uzoq muddat qo'llashda quyidagilar kuzatilishi mumkin:

Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez – burun bo'shlig'i shilliq qavatining achishtirishi yoki qurishi, aksirish, Rinoksil® Bebi preparatini qo'llashdagi samara o'tib bo'lgandan so'ng kuchli burun bitishi xissi (reaktiv giperemiya), ko'rishning buzilishi (ko'zga tushganda). Qon-tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni uzoq muddat va to'xtovsiz ishlatish taxifilaksiya, burun bo'shlig'i shilliq qavatining atrofiyasi va burun bo'shlig'i shilliq qavatining qaytar shishiga (dori vositalari chaqirgan rinit) olib kelishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – AQB ning ortishi, taxikardiya; ehtimoli mavjud: yurak urishining sezilishi.

Asab tizimi tomonidan: kam hollarda: bosh og'rig'i, uyqusizlik; ehtimoli mavjud – bosh aylanishi, xavotir xissi, ta'sirchanlik, uyquning buzilishi (bolalarda).

Boshqalar: ko'ngil aynishi, ekzantema kuzatilishi mumkin.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada keltirilmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiyalar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz, farmasevtga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Qo'llanilishi

Burun shilliq qavatini, burun-xalqum va gaymor bo'shliqlaridagi shishni kamaytirish uchun:

- shamollash kasalliklarida (o'tkir rinit);

- burun bo'shliqlarining yallig'lanishida (o'tkir sinusit);

- evstaxiitda;

- allergik rinitda (shu jumladan, pichan isitmasida);

- o'rtacha otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki evstaxiev nayining teshigini atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi).

Shuningdek burun bo'shlig'ining qo'rishni engillashtirish uchun yoki Jarrohlik muolajalarida ham qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatga, shu jumladan boshqa intranazal qo'llash uchun shishga qarshi vositalariga o'ta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, gipertireoz, burun yo'llarining sekret ajratib chiqarishisiz bo'lgan yalliglanishi, homiladorlik, laktasiyada qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: ko'z ichki bosimi bo'lgan holatda qo'llash, surunkali buyrak etishmovchiligi, aritmiyalar, prostata bezining giperplaziyasi, klinik belgilari (siydikning to'tilishi) bilan, yopiqburchakli glaukoma, yaqqol ateroskleroz, feoxromosit, surunkali yurak etishmovchiligi, qandli diabet, arterial gipertenziyada qo'llash mumkin emas.



Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringizga yoki farmasevtingizga xabar bering.

Qon-tomirlarini toraytiruvchi vositalar

Preparat boshqa qon tomirlarni toraytiruvchi vositalari bilan buyurilganda (yuborish usulidan qat'iy nazar) nojo'ya samaralarining o'zaro kuchayishi mumkin.

Mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositalar

Oksimetazolin mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositalarining so'rilishini sekinlashtiradi va ularning samarasini uzaytiradi.

Mao ingibitorlari (shu jumladan, ularni bekor qilingandan keyin 14 kunlik davri davomida) va trisiklik antidepressantlar

Bir vaqtda buyurilganda – AB ni oshishi.

Dozirovkasi

Har doim Rinoksil® Bebi ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.

Intranazal qo'llaniladi.

Rinoksil® Bebi 0,01% nazal tomchilari 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga burun ichiga qo'llash uchun mo'ljallangan.

Hayotining 4 haftaligigacha bo'lgan bolalarga Rinoksil® Bebini har bir burun katagiga 1 tomchidan sutkada 2 marta buyuriladi.

Hayotining 5 haftaligigacha va 1 yoshgacha har bir burun katagiga 1-2 tomchidan sutkada 2 marta buyuriladi.

Preparatni sutkada 2 martadan ortiq qo'llash mumkin emas.

Qo'llashdan avval flakonni to'ntarib olish lozim. Preparatni go'dak boshini orqaga tashlab, tomizish kerak.

Preparatni bevosita qo'llashdan oldin flakonni tana haroratigacha isitib olish uchun kaftda ushlab turish lozim. Preparatni yuborishdan avval burunni yaxshilab tozalash kerak.

Quyidagi chora-tadbirlarning ham samaradorligi isbotlangan: yoshga bog'liq holda 1-2 tomchi Rinoksil® Bebi tibbiyot paxtasiga tomiziladi va har bir burun teshigi artiladi.

Tavsiya qilingan dozada preparatni shifokor maslahatisiz 3-5 kundan ortiq qo'llash mumkin emas. Agar simptomlar kuchayib borsa yoki 3 kun ichida yaxshilanish sodir bo'lmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni takroran faqat bir necha kundan so'ng qo'llash mumkin.

Preparatni tavsiya qilinganidan yuqori dozalarda faqat shifokor kuzatuvi ostida qo'llash mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!

Dozani ahamiyatli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilingandan keyin mioz, ko'ngil aynishi, qusish, tsianoz, gipertermiya, taxikardiya, aritmiya, qon tomir etishmovchiligi, arterial gipertenziya, nafas buzilishlari, o'pka shishi, yurakni to'xtab qolishi kabi simptomlar aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari, ruhiy buzilishlar, shuningdek Markaziy asab tizimi faoliyatini buzilishlari rivojlanishi mumkin bo'lib, ular uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni to'xtashi va komani rivojlanishi bilan birga kechadi.

Davolash: qo'llashni to'xtatish, simptomatik muolaja.

RINOKSIL BEBI burun uchun tomchilar 0,01% 100ml boshqa chiqarish shakllari

RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Retseptsiz
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Moldova
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•125 ta dorixonada bor
Narxi
20 400 so'm dan

RINOKSIL BEBI burun uchun tomchilar 0,01% 100ml savollari

RINOKSIL BEBI burun uchun tomchilar 0,01% 100ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil