Sedonik
Sedonik chiqarilish shakllari
Sedonik haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘llash BO‘YICHA yO‘riQnoma
SEDONIK®
SEDONIC®
Preparatning savdo nomi: Sedonik®
Ta‘sir etuvchi moddalar: do‘lana mevalari, kashnich mevalari, dorivor limono‘t, qulmoq oldmevasi, so‘li mevasi, arslonquyruq o‘ti, qashqarbeda o‘ti
Dori shakli: kapsulalar.
Tarkibi:
Xar bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
do‘lana mevalari – 0,03 g; kashnich mevalari – 0,015 g; dorivor limono‘t – 0,045 g; qashqarbeda o‘ti – 0,015 g; so‘li mevasi – 0,075 g; arslonquyruq o‘ti – 0,06 g; qulmoq oldmevasi – 0,06 g.
Ta‘rifi: yashil rangli jelatin kapsulalari.
Kapsulani ichidagi: och-qo‘ngir bilan sariq-jigarrang tusli o‘simlikdan kelib chiqgan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: sedativ vosita.
ATX kodi: N05CM
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Preparatning ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarini hususiyatlari bilan bog‘liq. Dorivor o‘simliklarning biologik faol moddalarining ekstraktlari asosan sedativ ta‘sir ko‘rsatadi va qo‘rquv hissi, ruhiy zo‘riqishni bartaraf qilib nerv tizimining funksional faolligiga yaxshi ta‘sir qiladi.
Preparatning sedativ samarasi uni birinchi marta qo‘llashdayoq yuz beradi. Maksimal terapevtik samara 1-1,5 soatdan keyin boshlanadi va 2-4 soat davom etadi.
Qo‘llanilishi
- turli etiologiyali nevrozlar: ta‘sirchanlik, xavotirlik, qo‘rquv, yuqori toliqish, parishonxotirlik bilan birga kechuvchi nevrasteniyaning yengil shakllari;
- nerv qo‘zg‘alishi;
- uyqusizlik;
- gipertonik va kardial turili neyrosirkulyar distoniya;
- astenik sindromda (giperstenik shakli) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Og‘iz orqali kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan kuniga 3 marta, ovqatdan 30 minutdan keyin, kamida 100 ml suyuqlik bilan birga buyuriladi. Davolash kursi – 4 hafta. Zarurati bo‘lganida uni 10-15 kundan keyin takrorlash mumkin. Yil davomida davolash kursini 2-3 marta takrorlash tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda uyquchanlik, arterial bosimni pasayishi, dispeptik holatlar (ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi) paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, homiladorlik va laktasiya davrida, hamda qonning ivishi pasaygan, ichki qon ketishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalarining ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat komponentlari V guruhi vitaminlarini saqlaydi va ular levodopaning ta‘sirini susaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat haydovchilar va diqqatni yuqori jamlash va tezkor harakat reaksiyalarini talab qiladigan mexanizmlar bilan ishlaydigan pasientlarga buyurilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: arterial bosimni pasayishi, bosh aylanishi, jig‘ildonni qaynashi, ko‘ngil aynishi bo‘lishi mumkin.
Davolash: simptomatik (me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish).
Chiqarilish shakli
Kapsulalar. 10 kapsuladan PVX/alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
1, 2 yoki 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 30ºC dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Sedonik®ni quyidagi hollarda qo'llamang:preparatning har qanday tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, ifodalangan arterial gipotenziya va bradikardiya, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, homiladorlik va laktasiya davri, qonning ivish xususiyati pastligi va ichki qon ketishi, Markaziy nerv tizimining ezilishi bilan kechuvchi depressiya va boshqa kasalliklar, aritmiyaga qarshi dorilarning uchinchi sinfi vakillari va alkaloidlarning tuzlari bilan birgalikda qo'llash mumkin emas.
Tarkibi
bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
do'lana mevalari – 0,03 g; kashnich mevalari – 0,015 g; dorivor limono't – 0,045 g; qashqarbeda o'ti – 0,015 g; suli mevalari – 0,075 g; arslonquyruq o'ti – 0,06 g; qulmoq to'p mevalari – 0,06 g.
Farmakologik ta'siri
O'simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarning hisobiga sedativ ta'sir ko'rsatadi.
Do'lana mevalarining ta'sir etuvchi moddalari (flavonoidlar, organik kislotalar va boshq.) Markaziy nerv tizimining qo'zg'aluvchanligini kamaytiradi, yurak va bosh miyadagi qon aylanishini yaxshilaydi, yurak ritmini me'yorlashtiradi, bosh aylanishini bartaraf etadi.
Arslonquyruq o'tining biologik faol moddalari (alkaloidlar, glikozidlar va boshq.) ifodalangan tinchlantiruvchi ta'siridan tashqari, gipotenziv ta'sir ko'rsatadi, yurak urishi sonini kamaytiradi.
Qulmoq to'pmevalarida efir moyi, smolalar, flavonoidlar va boshqa moddalar mavjud, ular tinchlantiruvchi ta'sirni ta'minlaydi.
Suli mevalari tarkibidagi avenin indolli alkaloidi, V guruhi vitaminlari va boshqa moddalar nerv tizimiga ijobiy ta'sir etadi va ifodalangan tinchlantiruvchi samarani namoyish qiladi.
Dorivor limono't depressiyaga qarshi, tinchlantiruvchi, tetiklashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Kashnich mevalari yuqori nerv qo'zg'alishida tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Qashqarbeda o'ti tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Dorivor o'simliklarning biologik faol moddalari asosan tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatib, qo'rquv hissi, ruhiy zo'riqishni bartaraf etadi va nerv tizimining funktsional faolligiga ijobiy ta'sir qiladi.
Preparatning tinchlantiruvchi ta'siri uni birinchi marta qo'llagandayoq namoyon bo'ladi. Dorining maksimal davolovchi samarasi kapsula qabulidan keyin 1-1,5 soat o'tgach boshlanadi va 2-4 soat davom etadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Agar siz Sedonik®ni qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan o'z shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirishni hal qiladi.
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash taqiqlanadi
Dozani oshirib yuborilishi
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Belgilari: dorining tavsiya etilgan miqdorlaridan ortiqrog'i qabul qilinganda uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og'rishi, toliqish, qorinda og'riq, qo'llar titrashi, qorachiqlar kengayishi, ko'krak qafasida siqilish hissi, bradikardiya aniqlanishi mumkin. Ba'zi hollarda arterial bosimning pasayishi, dispeptik belgilar (ko'ngil aynishi, qusish, jig'ildon qaynashi) paydo bo'lishi mumkin.
Davosi: simptomatik (me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mirni qabul qilish).
Maxsus ko‘rsatmalari
Preparatni qo'llash jarayonida nojo'ya ta'sirlarni oldini olish uchun "qo'llash usuli va dozalari"bo'limida keltirilgan tavsiyalarga qat'iy rioya qilish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Agar siz Sedonik®ni qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan o'z shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirishni hal qiladi.
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash taqiqlanadi.
Pediatriyada qo'llash.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Sedonik®sedativ ta'sirga egaligi uchun, davolanish vaqtida avtomobilni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlash hamda tezkor aqliy va harakat reaktsiyalarini talab qiladigan boshqa ishlarni bajarmay turishi lozim.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering.
Preparat Markaziy nerv tizimiga ezuvchi ta'sir qiluvchi va uxlatuvchi dori vositalarining samarasini kuchaytiradi.
Preparatning tarkibiy qismlari V g
uruhi vitaminlarini saqlaydi va ular levodopaning ta'sirini susaytirishi mumkin.
Dorini yurak glikozidlari bilan birgalikda qabul qilinishi yurak glikozidlari ta'sirini kuchaytiradi.
Aritmiyaga qarshi dorilarning uchinchi sinfi vakillari bilan birga qo'llamaslik kerak.
Preparat bevosita va bilvosita qon ivishiga qarshilik qiluvchi dorilar ta'sirini biroz kuchaytirishi mumkin.
Dorini alkaloidlarning tuzlari bilan birgalikda qo'llamaslik kerak, chunki buning natijasida negativ majmualar hosil bo'lishi mumkin.
Preparat og'riqqa qarshi, gipertenziyaga qarshi dorilarning farmakologik samaralarini, hamda alkogol ta'sirini kuchaytirishi mumkin
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Har doim Sedonik® ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Og'iz orqali kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 ta kapsuladan kuniga 3 marta, ovqatdan keyin 30 daqiqa o'tgach, 100 ml dan kam bo'lmagan suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi. Davolash kursi – 4 hafta. Zarurat bo'lganida uni 10-15 kundan keyin takrorlash mumkin. Yil davomida davolash kursini 2-3 marta takrorlash tavsiya qilinadi.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)













