Ташкент
logo
SavatKirish

SEDONIK kapsulalar N30

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:Nika Pharm
Teglar:Stressdan, Klimaksdan, Asab uchun
ATX kodi:N05CM
Barcha Sedonik dorilari
111 ta dorixonada bor
Narxi 50 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 111 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SEDONIK kapsulalar N30 o'xshash dorilari

KVENTIAKS tabletkalari 25mg N30
Retseptli
KVENTIAKS tabletkalari 25mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
KVENTIAKS tabletkalari 150mg N30
Retseptli
KVENTIAKS tabletkalari 150mg N30
Sloveniya
Vakil:
KRKA
Ishlab chiqaruvchi:
Krka d.d.
STRESSI kapsulalar  N20
STRESSI kapsulalar N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
Narxi
61 600 so'm dan
Uspokoy
Uspokoy
Ishlab chiqaruvchi:
OOO «NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING»

SEDONIK kapsulalar N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

do'lana mevalari – 0,03 g; kashnich mevalari – 0,015 g; dorivor limono't – 0,045 g; qashqarbeda o'ti – 0,015 g; suli mevalari – 0,075 g; arslonquyruq o'ti – 0,06 g; qulmoq to'p mevalari – 0,06 g.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Kapsulalar. O'nta kapsuladan kontur-uyali o'ramda. 1, 2, 3, 4, 5 ta kontur-uyali o'ramlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birgalikda kartondan tayyorlangan qutiga solingan.

Farmakologik ta'siri

O'simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarning hisobiga sedativ ta'sir ko'rsatadi. 
Do'lana mevalarining ta'sir etuvchi moddalari (flavonoidlar, organik kislotalar va boshq.) Markaziy nerv tizimining qo'zg'aluvchanligini kamaytiradi, yurak va bosh miyadagi qon aylanishini yaxshilaydi, yurak ritmini me'yorlashtiradi, bosh aylanishini bartaraf etadi.
Arslonquyruq o'tining biologik faol moddalari (alkaloidlar, glikozidlar va boshq.) ifodalangan tinchlantiruvchi ta'siridan tashqari, gipotenziv ta'sir ko'rsatadi, yurak urishi sonini kamaytiradi.
Qulmoq to'pmevalarida efir moyi, smolalar, flavonoidlar va boshqa moddalar mavjud, ular tinchlantiruvchi ta'sirni ta'minlaydi.
Suli mevalari tarkibidagi avenin indolli alkaloidi, V guruhi vitaminlari va boshqa moddalar nerv tizimiga ijobiy ta'sir etadi va ifodalangan tinchlantiruvchi samarani namoyish qiladi.
Dorivor limono't depressiyaga qarshi, tinchlantiruvchi, tetiklashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi. 
Kashnich mevalari yuqori nerv qo'zg'alishida tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Qashqarbeda o'ti tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Dorivor o'simliklarning biologik faol moddalari asosan tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatib, qo'rquv hissi, ruhiy zo'riqishni bartaraf etadi va nerv tizimining funktsional faolligiga ijobiy ta'sir qiladi.
Preparatning tinchlantiruvchi ta'siri uni birinchi marta qo'llagandayoq namoyon bo'ladi. Dorining maksimal davolovchi samarasi kapsula qabulidan keyin 1-1,5 soat o'tgach boshlanadi va 2-4 soat davom etadi.

Dori shakli

qattiq kapsulalar

Nojo'ya samaralari

Har qanday dori preparati kabi, Sedonik® ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Ba'zi hollarda kuyidagi nojuya ta'sirlar kuzatilishi mumkin:
-allergik reaktsiyalar: preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlikda eshakemi rivojlanishi mumkin, terida mayda nuqtasimon yoki dog'li qizil toshmalar, qichishish paydo bo'lishi mumkin;
-yurak qon-tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda arterial bosimning sezilarli pasayishi, bradikardiya kuzatilishi mumkin;
-Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquchanlik (preparatning yuqori miqdorlari qabul qilinganda), toliqish, bosh og'rig'i, arslonquyruq o'tining ifodalangan tinchlantiruvchi ta'siri sababli aqliy va jismoniy ishlash qobiliyatining pasayishi aniqlanishi mumkin;
-me'da-ichak yo'li tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og'riq, jig'ildon qaynashi paydo bo'lishi mumkin.  
Agar sizda ushbu yo'riqnoma-kiritmada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz, farmasevtingizga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni qo'llash jarayonida nojo'ya ta'sirlarni oldini olish uchun "qo'llash usuli va dozalari"bo'limida keltirilgan tavsiyalarga qat'iy rioya qilish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Agar siz Sedonik®ni qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan o'z shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirishni hal qiladi.
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash taqiqlanadi.
Pediatriyada qo'llash.
12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llanilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Sedonik®sedativ ta'sirga egaligi uchun, davolanish vaqtida avtomobilni boshqarishdan va diqqatni yuqori jamlash hamda tezkor aqliy va harakat reaktsiyalarini talab qiladigan boshqa ishlarni bajarmay turishi lozim.

Qo'llanilishi

Sedativ vosita sifatida turli etiologiyali nevrozlar; ta'sirchanlik, xavotirlik, qo'rquv, yuqori toliqish, parishonxotirlik bilan birga kechuvchi nevrasteniyaning engil shakllari; nerv qo'zg'alishi, uyquning buzilishlari yoki uyqusizlik (engil shakllari); neyrosirkulyar distoniyaning gipertonik va kardial turlari, astenik sindromning giperstenik shaklida qo'llaniladi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Sedonik®ni quyidagi hollarda qo'llamang:preparatning har qanday tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, ifodalangan arterial gipotenziya va bradikardiya, 12 yoshgacha bo'lgan bolalar, homiladorlik va laktasiya davri, qonning ivish xususiyati pastligi va ichki qon ketishi, Markaziy nerv tizimining ezilishi bilan kechuvchi depressiya va boshqa kasalliklar, aritmiyaga qarshi dorilarning uchinchi sinfi vakillari va alkaloidlarning tuzlari bilan birgalikda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering.
Preparat Markaziy nerv tizimiga ezuvchi ta'sir qiluvchi va uxlatuvchi dori vositalarining samarasini kuchaytiradi. 
Preparatning tarkibiy qismlari V g
uruhi vitaminlarini saqlaydi va ular levodopaning ta'sirini susaytirishi mumkin. 
Dorini yurak glikozidlari bilan birgalikda qabul qilinishi yurak glikozidlari ta'sirini kuchaytiradi. 
Aritmiyaga qarshi dorilarning uchinchi sinfi vakillari bilan birga qo'llamaslik kerak. 
Preparat bevosita va bilvosita qon ivishiga qarshilik qiluvchi dorilar ta'sirini biroz kuchaytirishi mumkin. 
Dorini alkaloidlarning tuzlari bilan birgalikda qo'llamaslik kerak, chunki buning natijasida negativ majmualar hosil bo'lishi mumkin. 
Preparat og'riqqa qarshi, gipertenziyaga qarshi dorilarning farmakologik samaralarini, hamda alkogol ta'sirini kuchaytirishi mumkin

Ta'rifi

green rank No. 0 ning jelatin kapsulalari 
kapsula suyuqlik bilan to'ldirilgan quti, sariq-sariqdan yashil ranggacha.

Dozirovkasi

Har doim Sedonik® ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Og'iz orqali kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 ta kapsuladan kuniga 3 marta, ovqatdan keyin 30 daqiqa o'tgach, 100 ml dan kam bo'lmagan suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi. Davolash kursi – 4 hafta. Zarurat bo'lganida uni 10-15 kundan keyin takrorlash mumkin. Yil davomida davolash kursini 2-3 marta takrorlash tavsiya qilinadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Belgilari: dorining tavsiya etilgan miqdorlaridan ortiqrog'i qabul qilinganda uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og'rishi, toliqish, qorinda og'riq, qo'llar titrashi, qorachiqlar kengayishi, ko'krak qafasida siqilish hissi, bradikardiya aniqlanishi mumkin. Ba'zi hollarda arterial bosimning pasayishi, dispeptik belgilar (ko'ngil aynishi, qusish, jig'ildon qaynashi) paydo bo'lishi mumkin.
Davosi: simptomatik (me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mirni qabul qilish).

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Agar siz Sedonik®ni qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan o'z shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirishni hal qiladi.
Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash taqiqlanadi

Xususiyatlar SEDONIK kapsulalar N30

Analoglar SEDONIK kapsulalar N30
Analoglari yo'q

SEDONIK kapsulalar N30 savollari

SEDONIK kapsulalar N30 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil