Apteka.uz
SavatKirish

TRIZIM tabletkalari N20

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Faol modda:Pankreatin
Ishlab chiqaruvchi:Nika Pharm
ATX kodi:A09AA02
Barcha Trizim dorilari
123 ta dorixonada bor
Narxi 17 900 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 123 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

TRIZIM tabletkalari N20 qo'llanmasi

Tarkibi

- pankreatin -240 mg, bu:

- 5040 amilolitik TB F.I.P.;

- 7200 lipolitik TB F.I.P.; 

- 330 proteolitik TB F.I.P. dan kam bo'lmagan faolligiga mos keladi.

yordamchi moddalar: natriy xloridi, aerosil, mikrokristall tsellyuloza, CL kollidoni, magniy stearati.

qobiq tarkibi: 30% li poliakrilat dispersiyasi, talk, propilenglikol, titan dioksidi, karmuazin E 122.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 yoki 20 ta tabletka kontur uyali o'ramlarga joylangan. 1, 2, 3 , 5 yoki 6 kontur uyali o'ram tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakokinetikasi

Trizim® tabletkalari kislotaga chidamli qobiq bilan qoplangan, u me'da xlorid kislotasi ta'sirida erimaydi va shu bilan preparat tarkibidagi fermentlarni inaktivatsiyadan himoya qiladi. Qobiqning erishi va fermentlarning ajralib chiqishi pH neytral yoki kuchsiz ishqoriyga yaqin bo'lganda sodir bo'ladi.
Me'da osti bezi fermentlari qo'shimchalari o'z samarasiga erishish uchun so'rilishni talab etmaydi. Aksincha, ularning to'liq terapevtik ta'siri me'da-ichak yo'llari bo'shlig'ida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, oqsillar sifatida ular peptidlar va aminokislotalar ko'rinishida so'rilishdan oldin me'da-ichak yo'llari orqali o'tib, proteolitik hazm qilishga uchraydi.

Farmakologik ta'siri

Ovqat hazm bo'lishini yaxshilovchi ferment preparat. Pankreatin yirik qoramolning me'da osti bezidan olingan kukun ko'rinishida namoyon bo'lgan modda. Preparatning tarkibiga kiruvchi pankreatik fermentlar (lipaza, amilaza va proteaza) yog'lar, uglevodlar va oqsillarni hazm bo'lishini engillashtiradi, bu ularning ingichka ichakda yanada to'liq so'rilishiga yordam beradi. Me'da osti bezi kasalliklarida preparat uning tashqi sekretor faoliyati etishmovchiligini o'rnini bosadi va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. 

Farmakokinetikasi

Trizim® tabletkalari me'da kislotasi ta'siri ostida erimaydigan, unga chidamli bo'lgan qobiq bilan qoplangan bo'lib, u preparatdagi enzimlarni faolsizlantirishdan saqlaydi. Qobiqning erishi va fermentlarni ajralishi pH neytral yoki kuchsiz ishqoriy darajada bo'lganda yuz beradi.

Me'da osti bezi fermentlarini tarkibida mavjudligi o'zining samarasiga erishishi uchun so'rilishni talab qilmaydi. Aksincha, ularning to'liq terapevtik ta'siri me'da-ichak yo'lining bo'shlig'ida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, ular oqsillar sifatida, peptidlar va aminokislotalar ko'rinishida so'rilishdan oldin me'da-ichak yo'li orqali o'tishda proteolitik ovqat hazm bo'lishiga uchraydilar.

Nojo'ya samaralari

Har qanday dori preparati kabi, Trizim® ham, har kishida ham kuzatilmasada, nojo'ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Nojo'ya ta'sirlarni uchrash tezligini tasniflash uchun quyidagi mezonlardan foydalanilgan:
juda tez - tez (≥10%), tez - tez (≥1% - <10%), tez - tez emas (≥0,1% - <1%) va uchrash tezligi noma'lum. 
Trizim® preparatini qabul qilganda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar uchrashi mumkin:
- me'da-ichak yo'li tomonidan buzilishlar: juda tez - tez - qorin og'riq*, tez - tez - ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorinni dam bo'lishi, diareya*, uchrash tezligi noma'lum - chanbar, ko'r va yo'g'on ichakning strikturasi (fibrozli kolonopatiya);
- teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: tez - tez emas – toshma, uchrash tezligi noma'lum - qichishish, eshakemi;
- immun tizimi tomonidan buzilishlar: uchrash soni noma'lum - o'ta yuqori sezuvchanlik (anafilaktik reaktsiyalar).
Bolalar 
Bolalarda o'ziga hos salbiy reaktsiyalar aniqlanmagan. Mukovissidozli bolalarda salbiy reaktsiyalarning uchrash tezligi, turi va jiddiyligi katta yoshlilarniki kabi o'xshash bo'lgan. 
Agar sizda ushbu ilova – varaqada keltirilmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiyalar qayd etilsa, iltimos, shifokoringiz ishlab chiqaruvchiga yoki farmasevtingizga xabar bering.

Maxsus saqlash sharoitlari

Mukovissidozli bemorlarda, ayniqsa pankreatinning yuqori dozalari qabul qilinganda, giperurikozuriya kuzatilishi mumkin, shuning uchun ushbu guruh pasientlarida peshobda siydik kislotasi kontsentrasiyasini nazorat qilish kerak.

Mukovissidozda preparatning dozasi iste'mol qilinayotgan ovqatning sifati va miqdorini hisobga olib, yog'larning so'rilishi uchun zarur bo'lgan fermentlar miqdoriga mos kelishi lozim.

Noodatiy kuzatilmaydigan abdominal belgilar paydo bo'lganda yoki asosiy simptomlari belgilar xususiyati o'zgarganida, ehtiyotkorlik chorasi sifatida, agarda bemor sutkada 10000 TB lipaza/kg dan ko'proq qabul qilayotgan bo'lsa, yo'g'on ichakning shikastlanishi ehtimolini, istisno qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Agar siz Trizim®ni qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirishni hal qiladi.

Homiladorlikni davriga me'da osti bezi fermentlarining ta'siri haqida klinik tadqiqot ma'lumotlari yo'q, shuning uchun homilador ayollarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfda yuqori bo'lganida buyuriladi.

Emizish davrida me'da osti bezining fermentlarini qabul qilish mumkin.

Zarurat bo'lganida homiladorlar yoki emizuvchi ayollar Trizim® ovqatlanishning maqbul holatini ta'minlash uchun etarli dozalarda qabul qilishlari mumkin.

Qo'llanilishi

Bolalar va kattalarda me'da osti bezi fermentativ faolligining pankreatik fermentlar ishlab chiqarilishi, ajralishining boshqaruvi, etkazilishining buzilishlari yoki ularning ichaklar bo'shlig'idagi parchalanishining oshib ketishi bilan asoslangan va me'da-ichak yo'lining turli xil kasalliklari bilan chaqirilgan, hamda quyidagi holatlarda eng ko'p uchrovchi ekzokrin (fermentli) etishmovchiligining o'rinbosar davo:

- mukovissidoz;

- surunkali pankreatit;

- pankreatektomiya;

- gastrektomiya;

- me'da osti bezi raki;

- me'dani to'liq yoki qisman rezektsiyasi (masalan, Bilrot II bo'yicha gastroenterotomiya)dan keyingi holat;

- pankreatik yoki umumiy o't yo'lining obstruktsiyasi (masalan, o'sma bilan);

- Shvaxman-Daymond sindromi;

- bemor enteral oziqlanishga o'tkazilgan vaqtdan boshlab, o'tkir pankreatit zo'rayishidan keyingi holatda.

Trizim® ni noto'g'ri ovqatlanishdan kelib chiqadigan holatlarda (yog'li ovqatni iste'mol qilish, keragidan ko'p eyish, muntazam bo'lmagan ovqatlanishda va boshq.) Miy faoliyati normada bo'lgan pasientlar ovqat hazm bo'lishini yaxshilash uchun qabul qilishi mumkin.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Trizim® ni quyidagi hollarda qo'llamang:

- preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;

- o'tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo'rayishi; 

- 3 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun)da qo'llash mumin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin qabul qilgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringizga yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering.

O'zaro ta'sirga oid tadqiqot o'tkazilmagan. 

Pankreatin saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanganda folat kislotasining so'rilishi kamayishi mumkin. Gipoglikemik preparatlar (akarboza, miglitol) ni ichga qabul qilganda ovqat hazm qiluvchi pankreatik fermentlarni saqlovchi, uglevodlarni parchalovchi (masalan, amilaza) fermentlar bilan bir vaqtda qo'llaganda samarasi kamayishi mumkin.

Pankreatinni temir preparatlari bilan bir vaqtda qo'llaganda temir so'rilishi pasayishi mumkin. Kaltsiy karbonati va/yoki magniy gidroksidini saqlovchi antasid preparatlar bilan bir vaqtda qo'llaganda pankreatin samarasining pasayishi qayd etilishi mumkin.

Ta'rifi

пушти рангли,  икки томони қавариқ, ўзига хос бироз кучсиз ҳидли, ичакда эрувчи қобиқ билан қопланган таблеткалар. Кўндаланг кесилганда иккита қават кўринади.

Dozirovkasi

Har doim Trizim® ni davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Trizim® preparatini dozasi ovqat hazm bo'lishi buzilishi darajasiga qarab individual aniqlanadi.
Kattalar: 1-2 ta tabletkadan ovqatdan oldin, chaynalmasdan, suv bilan ichiladi (Trizim® preparatining samaradorligi chaynalganda pasayishi mumkin va pankreatik fermentlar ajralganda og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini shikastlashi mumkin).
Zarurat bo'lganda ovqatlanish vaqtida yana 2-4 ta tabletka qo'shimcha qabul qilinishi mumkin. 
Fermentning sutkalik dozasi lipaza hisobidan 15000-20000 TB tana vazni/kg dan oshmasligi kerak.
Pankreatinni yuqori dozalari kerak bo'lgan holatlarda, simptomatikasiga qarab (masalan, steatoreya ifodalanishining kamayishi, qorinda og'riqlar), yuqori dozada boshqa ferment preparatlarni qo'llash uchun shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Davolash davri bir necha kundan (parhezdagi nuqsonlar tufayli ovqat hazm bo'lishining buzilishida) bir necha oygacha va yilgacha (o'rnini bosuvchi doimiy davolash zarurati bo'lganda) o'zgarishi mumkin.
Bolalarga preparat shifokor ko'rsatmasi bo'yicha qo'llanadi.

Dozani oshirib yuborilishi

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Simptomlari: yuqori dozalarda ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinning pastki qismida qichishish, ichak tutilishi, giperurikemiya, urikozuriya, perianal sohada terining ta'sirlanishi; juda kam hollarda mukovissidozi bo'lgan pasientlarda fibrozlovli kolonopatiya rivojlanishi mumkin.
Davolash: preparatni qabul qilishni to'xtatish, etarlicha gidratasiya va simptomatik davolash o'tkaziladi.

Bolalar uchun qo'llanilishi

Trizim®ni 3 yoshdan oshgan bolalarda qo'llash mumkin (ushbu dori shakli uchun). Trizim® ni yuqori dozada bolalarda qo'llaganda perianal soha terisining ta'sirlanishi paydo bo'lishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Agar siz Trizim®ni qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirishni hal qiladi.

Homiladorlikni davriga me'da osti bezi fermentlarining ta'siri haqida klinik tadqiqot ma'lumotlari yo'q, shuning uchun homilador ayollarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfda yuqori bo'lganida buyuriladi.

Emizish davrida me'da osti bezining fermentlarini qabul qilish mumkin.

Zarurat bo'lganida homiladorlar yoki emizuvchi ayollar Trizim® ovqatlanishning maqbul holatini ta'minlash uchun etarli dozalarda qabul qilishlari mumkin

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. TRIZIM tabletkalari N20 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

TRIZIM tabletkalari N20 narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi

Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
9 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №5
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 53 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
9 700 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №31
Shayxontoxur tumani, Ko'kcha Darboza ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
22 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
22 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №22
Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo'li ko'ch., 41uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
22 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №28
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 51 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
22 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №24
Yakkasaroy tumani, Qushbegi massiv, 3 uy, 72 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
22 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №25
Chilonzor tumani, Qizil Sharq ko'ch., 24 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
22 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №11
Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi, 30B-uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
30 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Parket bozori 30
Mirzo Ulug'bek tumani, Parket ko'ch., 9 uy, 2 xonadon
24/7
30 000 so'm
Bron qilish

TRIZIM tabletkalari N20 haqida savollar

TRIZIM tabletkalari N20 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Retseptsiz
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Moldova
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•116 ta dorixonada bor
Narxi
20 400 so'm dan
ALSETRO tabletkalari 5mg N20
ALSETRO tabletkalari 5mg N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•93 ta dorixonada bor
Narxi
41 600 so'm dan
Narxi
180 000 so'm dan
ASEKARD tabletkalari 75mg N30
Retseptsiz
ASEKARD tabletkalari 75mg N30
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
Narxi
9 000 so'm dan
Narxi
34 800 so'm dan
Narxi
50 000 so'm dan
Narxi
29 000 so'm dan
YOD ASK tabletkalari 100mkg N100
Retseptsiz
YOD ASK tabletkalari 100mkg N100
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•1 ta dorixonada bor
Narxi
22 500 so'm dan
EREGRA tabletkalari 100mg N4
EREGRA tabletkalari 100mg N4
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•26 ta dorixonada bor
Narxi
30 000 so'm dan
Talaris tabletkalari 20mg N4
Retseptli
Talaris tabletkalari 20mg N4
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•46 ta dorixonada bor
Narxi
64 500 so'm dan
TRIZIM tabletkalari N20
Retseptsiz
TRIZIM tabletkalari N20
O'zbekiston
Vakil:
Nika Pharm
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•123 ta dorixonada bor
Narxi
17 900 so'm dan

Ko‘rilgan mahsulotlar

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil