Apteka.uz
SavatKirish

Trizim

Trizim chiqarilish shakllari

TRIZIM tabletkalari N20
Retseptsiz
TRIZIM tabletkalari N20
O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
Nika Pharm
•123 ta dorixonada bor
Narxi
17 900 so'm dan
- Trizim qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Trizimning tarkibi
- Trizim ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Trizim narxi Toshkent dorixonalarida

Trizim haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Trizim Mikrokaps® ni quyidagi hollarda qo'llamang:

- preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;

- o'tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo'rayishi; 

Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik davrida

Tarkibi

  bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: 

Trizim Mikrokaps® 10 000:

faol modda: 0,150 g pankreatin quyidagilardan kam bo'lmagan faolliklarga muvofiq:    

- 10000 lipolitik TB

- 8000 amilolitik TB

- 600 proteolitik TB 

Trizim Mikrokaps® 25 000:

faol modda: 0,375 g pankreatin quyidagilardan kam bo'lmagan faolliklarga muvofiq:    

-25000 lipolitik TB

-20000 amilolitik TB

-1500 proteolitik TB

Farmakodinamikasi

Trizim Mikrokaps® jelatinli kapsulalardagi ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan (kislotali muhitga chidamli) mikrosferalar shaklidagi hayvonlardan olingan (oshqozon osti bezi fermentlarining kukuni) pankreatinni saqlaydi.

Kapsulalar me'da ichida tez eriydi, multidoza qoidasi bo'yicha ko'p sonli mikrosferalarni ajratib chiqaradi, bu ularni me'da ichidagi bilan yaxshi aralashishini ta'minlaydi, undan keyin ularni me'da ichidagisi bilan birga harakatlanishiga va fermentlarni ichak ichidagisida yaxshi taqsimlanishiga olib keladi

Mikrosfera o'n ikki barmoq ichakka tushganidan so'ng uning qobig'i (rn>5,5 da) tez parchalanadi va lipolitik, amilolitik, proteolitik faollikka ega bo'lgan fermentlarni ajratib chiqaradi, bu yog'lar, uglevodlar va oqsillarni parchalanishini ta'minlaydi.

Pankreatik ovqat hazm bo'lishi natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar darhol yoki keyinroq ichak fermentlari tomonidan gidrolizga uchraganidan so'ng so'riladi.

Farmakokinetikasi

 Me'da osti bezi fermentlarini kiritmasi o'zining samarasiga erishishi uchun so'rilishni talab qilmaydi. Aksincha, ularning to'liq terapevtik ta'siri me'da-ichak yo'llarining ichida namoyon bo'ladi. Ular oqsillar sifatida, peptidlar va aminokislotalar ko'rinishida so'rilishdan oldin me'da-ichak yo'llari orqali o'tishda proteolitik ovqat hazm bo'lishiga uchraydilar.

Farmakologik ta'siri

Ovqat hazm bo'lishini yaxshilovchi ferment preparat. Pankreatin yirik qoramolning me'da osti bezidan olingan kukun ko'rinishida namoyon bo'lgan modda. Preparatning tarkibiga kiruvchi pankreatik fermentlar (lipaza, amilaza va proteaza) yog'lar, uglevodlar va oqsillarni hazm bo'lishini engillashtiradi, bu ularning ingichka ichakda yanada to'liq so'rilishiga yordam beradi. Me'da osti bezi kasalliklarida preparat uning tashqi sekretor faoliyati etishmovchiligini o'rnini bosadi va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. 

Farmakokinetikasi

Trizim® tabletkalari me'da kislotasi ta'siri ostida erimaydigan, unga chidamli bo'lgan qobiq bilan qoplangan bo'lib, u preparatdagi enzimlarni faolsizlantirishdan saqlaydi. Qobiqning erishi va fermentlarni ajralishi pH neytral yoki kuchsiz ishqoriy darajada bo'lganda yuz beradi.

Me'da osti bezi fermentlarini tarkibida mavjudligi o'zining samarasiga erishishi uchun so'rilishni talab qilmaydi. Aksincha, ularning to'liq terapevtik ta'siri me'da-ichak yo'lining bo'shlig'ida namoyon bo'ladi. Bundan tashqari, ular oqsillar sifatida, peptidlar va aminokislotalar ko'rinishida so'rilishdan oldin me'da-ichak yo'li orqali o'tishda proteolitik ovqat hazm bo'lishiga uchraydilar.

Bolalar uchun qo'llanilishi

 Trizim Mikrokaps® ni bolalarga qo'llash mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Agar siz Trizim Mikrokaps® qabuli vaqtida homilador ekanligizni aniqlagan bo'lsangiz, zudlik bilan bu haqida o'zingizning shifokoringizga xabar bering, chunki faqat u davolashni davom ettirish zaruratiga oid masalani hal qilishi mumkin. 

Me'da osti bezi fermentlari homiladorlikning kechishiga ta'siri bo'yicha klinik tekshiruvlarning ma'lumotlari yo'q, shuning uchun homilador ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, agar onaga mo'ljallangan foyda homila uchun potentsial xavfdan oshsa.

Emizish davrida me'da osti bezining fermentlarini qabul qilish mumkin.

Zarurat bo'lganida homiladorlar yoki emizuvchi ayollar, Trizim Mikrokaps® ni ovqatlanishning tegishli holatini ta'minlash uchun etarli dozalarda qabul qilishlari mumkin. 

Dozani oshirib yuborilishi

Sizga tayinlangan dozadan ko'proq dozani qabul qilganingizda zudlik bilan shifokoringizga yordam so'rab murojaat qiling.

Belgilari: giperurikemiya va giperurikozuriya

Davolash: preparatni qabul qilishni to'xtatish, simptomatik davolash o'tkaziladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Pankreatinning yuqori dozalarini qabul qilgan, mukovissidozi mavjud bemorlarda ichakning ileosekal bo'limi va yo'g'on ichakning torayishi aniqlangan (fibroz kolonopatiya). G'ayrioddiy abdominal belgilar paydo bo'lgan hollarda yoki asosiy kasallik belgilarining xususiyati o'zgarganida, oldini olish chorasi sifatida, yo'g'on ichakning shikastlanishi mumkinligini, ayniqsa agarda bemor sutkada 10000 TB dagi lipaza/kg dan ko'proq qabul qilayotgan bo'lsa, istisno qilish kerak. 

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos , o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering.

O'zaro ta'sirining tekshirishlari o'tkazilmagan. 

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Har doim Trizim Mikrokaps® ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.

Ichga qabul qilish uchun kapsulalar

Kapsulalarni butunligicha, sindirmasdan va chaynamasdan etarli miqdordagi suyuqlik bilan birga yutish yoki engil nonushta bilan iste'mol qilish kerak. Preparatni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilish tavsiya etiladi.

Agar kapsulani butunligicha yutish mumkin bo'lmasa (bolalar va keksa yoshli shaxslar), uni ochish va mikrosferik granulalarni chaynashni talab qilmaydigan va nordon ta'mga (rn<5,5) ega yumshoq ovqatga qo'shish, yoki shuningdek nordon ta'mga (rn<5,5) ega bo'lgan suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Masalan mikrosferalarni rn 5,5 dan kam bo'lgan olma bo'tqasiga, yogurtga yoki meva (olma, apelsin yoki ananas) sharbatiga qo'shish mumkin. Bunday aralashmani darhol qabul qilish kerak, saqlash mumkin emas.

Mikrosferalarni maydalash yoki chaynash, shuningdek ularni rn 5,5 dan yuqori bo'lgan ovqat yoki suyuqlik bilan aralashtirish, ularning ichakda eruvchi himoya qobiqlarini parchalashi mumkin. Bu fermentlarni og'iz bo'shlig'ida erta ajralib chiqishiga, samaradorligini pasayishiga va shilliq qavatlarni ta'sirlanishiga olib kelishi mumkin. Mikrosferalarni og'izda qolmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.

Trizim Mikrokaps® 10000, Trizim Mikrokaps® 25000 preparatlari bilan davolanish vaqtida etarli miqdordagi suyuqlikni, ayniqsa suyuqlik yo'qotilish davrida suvni kup mikdorda iste'mol qilish juda muhimdir. Suyuqlikning tanqisligi qabziyat chaqirishi mumkin.

Mukovissidozda kattalar va bolalar uchun dozalash

Kattalar va bolalar uchun doza tana vazniga bog'liq va davolanishning boshida 4 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun har bir ovqat qabul qilish vaqtida tana vaznining har kg ga boshlang'ich doza 1000 TB dagi lipazani tashkil qiladi, 4 yoshdan boshlab bolalar uchun har bir ovqat qabul qilish vaqtida tana vaznining har kg ga - 500 TB lipaza tashkil qiladi;

Dozani kasallikning og'irlik darajasi, steatoreyaning nazorati va tegishli nutritiv holatni ushlab turilishidan kelib chiqqan holda tanlash kerak.

Ko'pchilik bemorlar uchun tutib turuvchi doza tana vaznining har kg ga sutkada 10 000 TB dagi lipazadan yoki 1 gramm iste'mol qilingan yog'ga 4000 TB dagi lipazadan oshmasligi kerak.

Me'da osti bezining ekzokrin etishmovchiligini boshqa turlarida dozalash

Ovqat hazm bo'lishining buzilish darajasi va ovqatning yog'li tarkibiga qarab, dozani individual ravishda tanlash kerak.

Asosiy ovqat qabul qilishlar vaqtida doza 25 000 dan 80 000 TB gacha lipaza bo'lishi mumkin, engil egulik qabul qilish vaqtida esa, individual dozaning yarmini tashkil qilishi kerak.

 Ovqat hazm qilish tizimi normal bo'lgan bemorlarda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun ovqatlanishdagi xatolik holatlarida tana vazniga va oziq-ovqat tarkibidagi yog miqdoriga bog'liq bo'lib, har bir dozada 10 000 dan 20 000 TB lipazgacha o'zgaradi.

Bolalarda preparatni shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha qo'llash kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Trizim preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Trizim narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
22 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №7
Bektemir tumani, Suvsoz 2 mavzesi, 77 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
30 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №8
Shayxontoxur tumani, Beruniy ko'ch., 3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
30 000 so'm
Bron qilish
Eco Pharm №1
Shayxontoxur tumani, Uyg'ur ko'ch., 7 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
30 000 so'm
Bron qilish

Trizim haqida savollar

Trizim haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil