Apteka.uz
SavatKirish

Penzital

Penzital chiqarilish shakllari

PENZITAL tabletkalari N100
PENZITAL tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
•23 ta dorixonada bor
Narxi
76 428 so'm dan
PENZITAL tabletkalari N30
PENZITAL tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Shreya Life Sciences PVT. LTD.
•10 ta dorixonada bor
Narxi
25 000 so'm dan
- Penzital qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Penzitalning tarkibi
- Penzital ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Penzital narxi Toshkent dorixonalarida

Penzital haqida qo'llanma

Qo‘llash ko‘rsatmalari

  • — oshqozon osti bezi tashqi sekretor yetishmovchiligida o'rinbosar terapiya (surunkali pankreatit, pankreatektomiyadan keyingi holatlar, nurlanishdan keyin, dispepsiya, Remxeld sindromi /gastrokardial sindrom/, mukovistsidoz, meteorizm, noinfektsion genezli diareya); — ovqat o'zlashtirilishining buzilishi (oshqozon yoki ingichka ichak rezektsiyasidan keyingi holatlar); — MTY funktsiyasi normal bo'lgan shaxslarda ovqatlanishdagi xatoliklarda (yog'li ovqat, nomuntazam ovqatlanish, ko'p miqdorda ovqat qabul qilish) va chaynash funktsiyasi buzilishlarida, kam harakatli turmush tarzida, uzoq muddatli immobilizatsiyada ovqat hazm bo'lishini yaxshilash uchun; — qorin bo'shlig'i a'zolarini rentgenologik va UTT tekshiruviga tayyorlash.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

  • Yuqori sezuvchanlik, o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi.

Tarkibi

  • 1 tab. pankreatin 212.5 мг fermentativ faollikka ega: amilaza 4500 TB FIP lipaza 6000 TB FIP proteaza 300 TB FIP Yordamchi moddalar: laktoza, mikrokristall tsellyuloza, natriy kraxmal glikolati, povidon, talk, kolloid kremniy dioksidi, metakril kislotasi kopolimeri, dietilftalat, titan dioksidi. 1 tab. pankreatin 212.5 mg ?fermentativ faollikka ega: ?amilaza 4500 TB FIP ?lipaza 6000 TB FIP ?proteaza 300 TB FIP Yordamchi moddalar: laktoza, mikrokristall tsellyuloza, natriy kraxmal glikolati, povidon, talk, kolloid kremniy dioksidi, metakril kislotasi kopolimeri, dietilftalat, titan dioksidi. pankreatin 212.5 mg fermentativ faollikka ega: amilaza 4500 TB FIP lipaza 6000 TB FIP proteaza 300 TB FIP Yordamchi moddalar: laktoza, mikrokristall tsellyuloza, natriy kraxmal glikolati, povidon, talk, kolloid kremniy dioksidi, metakril kislotasi kopolimeri, dietilftalat, titan dioksidi.

Farmakokinetikasi

Pankreatik fermentlar dori shaklidan ingichka ichakning ishqoriy muhitida ajralib chiqadi, chunki ular parda qobig‘i bilan oshqozon shirasi ta'siridan himoyalangan. Maksimal fermentativ faollik peroral qabul qilingandan so‘ng 30–45 daqiqadan keyin qayd etiladi.

Farmakologik ta'siri

Ferment preparati. Oshqozon osti bezi tashqi sekretor funktsiyasi etishmovchiligini qoplaydi. Pankreatin tarkibiga kiruvchi fermentlar (lipaza, alfa-amilaza, proteazalar /tripsin, ximotripsin/) oqsillarning aminokislotalargacha, yog'larning glitserin va yog' kislotalarigacha, kraxmalning dekstrinlar va monosaxaridlargacha parchalanishiga yordam beradi. Preparat OIT funktsional holatini yaxshilaydi, ovqat hazm qilish jarayonlarini normallashtiradi. Tripsin oshqozon osti bezining stimullangan sekretsiyasini ingibitsiya qiladi, og'riq qoldiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Pankreatik fermentlar dori shaklidan ingichka ichakning ishqoriy muhitida ajralib chiqadi (chunki tabletka preparat komponentlarini oshqozon shirasi ta'siridan himoya qiluvchi ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan). Maksimal fermentativ faollik preparat ichga qabul qilingandan 30-45 daqiqa o'tgach qayd etiladi.

Nojo'ya ta'sirlar

  • Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, qabziyat, oshqozon sohasida noqulaylik hissi, ko'ngil aynishi (ammo ushbu nojo'ya ta'sirlarning preparat qabul qilish bilan sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan, chunki ko'rsatilgan reaktsiyalar oshqozon osti bezi tashqi sekretsiyasi yetishmovchiligi simptomlariga kiradi). Boshqalar: allergik reaktsiyalar. Shuni hisobga olish kerakki, preparat yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda giperurikozuriya, giperurikemiya rivojlanishi mumkin. Mukovitsidozda tavsiya etilgan doza oshirilganda ileotsekal bo'limda va ko'tariluvchi chambar ichakda strikturalar (fibroz kolonopatiya) rivojlanishi mumkin. Bolalarda pankreatin yuqori dozalarda qo'llanilganda perianal ta'sirlanish va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining ta'sirlanishi yuzaga kelishi mumkin.

Dori shaklining ta'rifi

  • Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar Oq rangli ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar, dumaloq, ikki tomonlama qavariq; siniqda - oq yoki deyarli oq rangli. Oq rangli ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar, parda; dumaloq, ikki tomonlama qavariq.

Maxsus ko‘rsatmalari

Ҳомиладорликда панкреатин қўллашни хавфсизлиги етарлича ўрганилмаган. Қўллаш она учун кутилган фойда ҳомила учун потенциал хавфдан устун бўлган ҳолларда мумкин. Муковисцидозда стриктуралар (фиброз колонопатия) ривожланиши хавфи ошиши оқибатида, панкреатинни юқори дозаларда қўллаш тавсия қилинмайди. Доза истеъмол қилинаётган овқат сифати ва миқдорини ҳисобга олиб, ёғлар сўрилиши учун зарур бўлган ферментлар миқдорига мос бўлиши керак.
Узоқ муддат қўлланганида бир вақтда темир препеаратлари буюрилади.
Препарат болалар олаолмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати ўтгач қўлланилмасин.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Pankreatin temir preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda oxirgilarning so‘rilishi pasayishi mumkin. Kalsiy karbonat va/yoki magniy gidroksid saqlovchi antatsid preparatlarni bir vaqtda qo‘llash pankreatin samaradorligini pasaytiradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Ичга. Препарат овқатланиш вақтида ёки овқатдан кейин, чайнамасдан, ишқорий бўлмаган суюқлик (сув, мева шарбатлари) билан қўшиб қабул қилинади. Овқат ҳазм бўлишини бузилиши даражасига қараб доза шахсий белгиланади. Катталарга одатда – 1-2 таблеткадан суткада 3 марта. Болаларда препарат шифокор буюриши бўйича қўлланади. Даволаш муддати бир неча кундан (парҳездаги хатолик оқибатидаги овқат ҳазм бўлишини бузилишида) то бир неча ой ёки йил (доимий ўринбосар терапия зарурлигида) орасида бўлиши мумкин.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Penzital preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Penzital narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Target Farm №7
Mirzo Ulug'bek tumani, Buyuk ipak yo'li ko'ch., 299 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
85 000 so'm
Bron qilish
OxyMed
Mirobod tumani, Mehrjon ko'ch., 45 uy
24/7
76 428 so'm
Buyurtma berish
GoPharm
Olmazor tumani, Адрес
24/7
77 700 so'm
Buyurtma berish
Top-Pharm №3
Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko'ch, 35
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:00
79 700 so'm

Penzital haqida savollar

Penzital haqida fikr-mulohazalar

Reyting 4.7, 3 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil