Penzital analoglari
To‘g‘ridan-to‘g‘ri analoglar







Guruh analoglari
Penzital
- — oshqozon osti bezi tashqi sekretor yetishmovchiligida o'rinbosar terapiya (surunkali pankreatit, pankreatektomiyadan keyingi holatlar, nurlanishdan keyin, dispepsiya, Remxeld sindromi /gastrokardial sindrom/, mukovistsidoz, meteorizm, noinfektsion genezli diareya); — ovqat o'zlashtirilishining buzilishi (oshqozon yoki ingichka ichak rezektsiyasidan keyingi holatlar); — MTY funktsiyasi normal bo'lgan shaxslarda ovqatlanishdagi xatoliklarda (yog'li ovqat, nomuntazam ovqatlanish, ko'p miqdorda ovqat qabul qilish) va chaynash funktsiyasi buzilishlarida, kam harakatli turmush tarzida, uzoq muddatli immobilizatsiyada ovqat hazm bo'lishini yaxshilash uchun; — qorin bo'shlig'i a'zolarini rentgenologik va UTT tekshiruviga tayyorlash.
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, qabziyat, oshqozon sohasida noqulaylik hissi, ko'ngil aynishi (ammo ushbu nojo'ya ta'sirlarning preparat qabul qilish bilan sabab-oqibat bog'liqligi aniqlanmagan, chunki ko'rsatilgan reaktsiyalar oshqozon osti bezi tashqi sekretsiyasi yetishmovchiligi simptomlariga kiradi). Boshqalar: allergik reaktsiyalar. Shuni hisobga olish kerakki, preparat yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda giperurikozuriya, giperurikemiya rivojlanishi mumkin. Mukovitsidozda tavsiya etilgan doza oshirilganda ileotsekal bo'limda va ko'tariluvchi chambar ichakda strikturalar (fibroz kolonopatiya) rivojlanishi mumkin. Bolalarda pankreatin yuqori dozalarda qo'llanilganda perianal ta'sirlanish va og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining ta'sirlanishi yuzaga kelishi mumkin.
Retseptli
- Tabletkalar
Grestal
Retseptli
- Tabletkalar
Trizim
Bolalar va kattalarda me'da osti bezi fermentativ faolligining pankreatik fermentlar ishlab chiqarilishi, ajralishining boshqaruvi, etkazilishining buzilishlari yoki ularning ichaklar bo'shlig'idagi parchalanishining oshib ketishi bilan asoslangan va me'da-ichak yo'lining turli xil kasalliklari bilan chaqirilgan, hamda quyidagi holatlarda eng ko'p uchrovchi ekzokrin (fermentli) etishmovchiligining o'rinbosar davo:
- mukovissidoz;
- surunkali pankreatit;
- pankreatektomiya;
- gastrektomiya;
- me'da osti bezi raki;
- me'dani to'liq yoki qisman rezektsiyasi (masalan, Bilrot II bo'yicha gastroenterotomiya)dan keyingi holat;
- pankreatik yoki umumiy o't yo'lining obstruktsiyasi (masalan, o'sma bilan);
- Shvaxman-Daymond sindromi;
- bemor enteral oziqlanishga o'tkazilgan vaqtdan boshlab, o'tkir pankreatit zo'rayishidan keyingi holatda.
Trizim® ni noto'g'ri ovqatlanishdan kelib chiqadigan holatlarda (yog'li ovqatni iste'mol qilish, keragidan ko'p eyish, muntazam bo'lmagan ovqatlanishda va boshq.) Miy faoliyati normada bo'lgan pasientlar ovqat hazm bo'lishini yaxshilash uchun qabul qilishi mumkin.
Retseptli
- Tabletkalar
- Kapsulalar

























