logo
SavatKirish

SALUVIR kapsulalar 100 mg N10

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Kategoriya:Virusga qarshi
Farmakoterapevtik guruh:

Viruslarga qarshi vosita

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories, SP OOO
ATX kodi:J05АХ13
Barcha Saluvir dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SALUVIR kapsulalar 100 mg N10 o'xshash dorilari

FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N10
Retseptli
FAVIPIRAVIR tabletkalari 200mg N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Optimus Pharma Private Limited
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N10
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
AVIKLUD tabletkalari 1mg N30
AVIKLUD tabletkalari 1mg N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
•3 ta dorixonada bor
Narxi
400 000 so'm dan

SALUVIR kapsulalar 100 mg N10 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: 

faol modda: umifenovir gidroxloridi, suvsiz moddaga qayta hisoblaganda - 100.0 mg;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, magniy stearati.

Сhiqarilish shakli

Kontur uyali o'ramda 10 kapsuladan. 1 yoki 2 kontur uyali o'ramlar qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.


Farmakodinamikasi

Virusga qarshi preparat. In vitro sharoitida A va V gripp virusini (Influenza virus A, V), , shuningdek A(H1N1) pdm09 va A(H5N1) yuqori patogen turkumlarini, hamda boshqa viruslarni – O'RVI qo'zg'atuvchilari (og'ir o'tkir respirator sindrom bilan bog'langan koronavirus (Coronavirus), rinovirus ( Rhinovirus), adenovirus (Adenovirus), respiator-sintsitial virus (Pneumovirus) va paragripp virusi (Paramyxovirus)) spetsifik bostiradi. Virusga qarshi ta'sir mexanizmiga ko'ra, birikish ingibitorlariga (fuziyalarga) tegishli bo'lib, virusning gemagglyutinini bilan o'zaro ta'sirlanadi va virusning lipid qobig'iga va hujayra membranalarga birlashishiga to'sqinlik qiladi. O'rtacha immunomodulyator ta'sir ko'rsatadi, organizmni virusli infektsiyalarga chidamliligini oshiradi. Interferon-indutsiya qiluvchi faollikka ega - sichqonlarda o'tkazilgan tadqiqotda interferonlar induktsiyasi 16 soatdan keyin qayd qilingan va interferonlarning yuqori titri yuborilgandan so'ng qonda 48 soatgacha saqlanib qolgan. Immunitetning hujayra va gumoral reaktsiyalarini rag'batlantiradi: qondagi limfotsitlar sonini oshiradi, ayniqsa, T-hujayralarni (CD3), T-supressorlar (CD8)  darajasiga ta'sir qilmagan holda, T-xelperlar (CD4) sonini oshiradi, immunoregulyator indeksni normallashtiradi, makrofaglarning fagotsitar funktsiyasini rag'batlantiradi va tabiiy killerlar sonini oshiradi (NK-hujayralar).

Virusli infektsiyalarda davolash samaradorlik kasallikning davomiyligi va og'irligini va uning asosiy belgilarini, shuningdek, virusli infektsiya va surunkali bakterial kasalliklarning kuchayishi bilan bog'liq asoratlar tez-tezligini kamaytiradi.

Kam zaharli preparatlar (LD50>4 g/kg) ga kiradi. Tavsiya etilgan dozalarda og'iz orqali ishlatilganda inson organizmiga hech qanday salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi va taqsimlanishi

Me'da-ichak yo'llarida tez so'riladi. Qon plazmasida Smax 1.5 soatdan keyin erishiladi.

Umifenovir organizm to'qimalariga va a'zolar bo'ylab tez taqsimlanadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Jigarda metabolizmga uchraydi. T1/2  17-21 soatni tashkil qiladi.

Taxminan 40% o'zgarmagan holda, asosan safro (38.9%) va oz miqdorda - buyraklar (0,12%) bilan chiqariladi. Birinchi sutkalar davomida qabul qilingan dozaning 90% chiqariladi.

Farmakoterapevtik guruh

Viruslarga qarshi vosita

Dori shakli

Kapsulalar

Nojo'ya samaralari

Kam hollarda: allergik reaktsiyalar.

Agar ko'rsatilgan nojo'ya samaralar og'irlashsa, yoki har qanday boshqa nojo'ya samaralar paydo bo'lsa, bemor bu haqida shifokorga xabar berishi kerak.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni qo'llash davomiyligiga va tavsiya etilgan rejimga rioya qilish kerak. Preparatning  bitta dozasi o'tkazib yuborilganda, o'tkazib yuborilgan dozani iloji boricha ertaroq ichish va preparatni boshlangan sxemasiga muvofiq davom ettirish kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Hayvonlarni o'rganishda homiladorlik, embrion va homilaning rivojlanishi, tug'ruq faoliyati va tug'ruqdan keyingi rivojlanishga zararli ta'sirlari aniqlanmadi.

Saluvir preparatini homiladorlikning I uch oylikda qo'llash mumkin emas.

Homiladorlikning II va III uch oyliklarida Saluvir, agar onaga mo'ljallangan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgandagina grippni davolash va oldini olish uchun ishlatilishi mumkin. Foyda/xavf nisbati shifokor tomonidan belgilanadi.

Emizish davridagi ayollarda Saluvirning ko'krak suti bilan ajralishi noma'lum. Saluvir preparatini qo'llash zarur bo'lganda, emizishni to'xtatish kerak.

Bolalarda foydalanish

Preparatni 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Transport vositalarni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Markaziy neyrotrop faollikni namoyon etmaydi va psixomotor reaktsiyalar tezligini va yuqori diqqat e'tiborni talab qiluvchi turli kasblardagi odamlarda tibbiyot amaliyotida qo'llash mumkin (shu jumladan, transport haydovchilari, operatorlar).

Qo'llanilishi

• kattalar va bolalarda oldini olish va davolash: A va V grippi, boshqa O'RVI;

  • • 6 yoshdan katta bolalarda rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini kompleks davolash;
  • • surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalangan gerpetik infektsiyani kompleks davolash;
  • • operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish uchun qo'llaniladi.
  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
  • umifenovir yoki preparatning har qanday tarkibiy qismiga yuqori sezuvchanlik;
  • 6 yoshgacha bo'lgan bolalar;
  • Homiladorlikning I ui oyligida qo'llash mumkin emas.
  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Boshqa dorilar bilan birga buyurilganda hech qanday nojo'ya ta'sirlar aniqlanmagan.

    Ta'rifi

    Oqdan yashil-sarg'ishgacha yoki och sariq tusli oq rangacha kukun bilan to'ldirilgan oq rangli qattiq jelatin kapsulalar.

    Dozirovkasi

    Preparat ovqatdan oldin ichga qabul qilinadi.

    Bir martalik doza: 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 100 mg (1 kapsula), 12 yoshdan katta bolalar va kattalar uchun-200 mg (2 kapsula 100 mg dan)

    Bolalar va kattalarda gripp va boshqa O'RVI ni nospetsifik oldini olish va davolash uchun

    Nospetsifik oldini olish

    Gripp va boshqa O'RVI epidemiyasi paytida: 6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga -100 mg, 12 yoshdan katta bolalar va kattalarga -200 mg haftasiga 2 marta 3 hafta davomida.

    Gripp va boshqa O'RVI bo'lgan bemorlar bilan bevosita aloqada - 6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar -100 mg, 12 yoshdan katta bolalar va kattalar-200 mg 1 marta/kun  10-14 kun davomida.

    Gripp va boshqa O'RVI ni davolash

    6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar -100 mg, 12 yoshdan katta bolalar va kattalar -200 mg 4 marta/kun (har 6 soatda) 5 kun davomida.

    6 yoshdan katta bolalarda rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini kompleks davolash

    6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar - 100 mg, 12 yoshdan katta bolalar -200 mg 4 marta/kun (har 6 soatda) 5 kun davomida.

    Surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalangan gerpetik infektsiyani kompleks davolashda

    6 dan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar - 100 mg, 12 yoshdan katta bolalar va kattalar - 200 mg 4 marta/kun (har 6 soatda) 5-7 kun davomida, keyin bir martalik dozani haftasiga 2 marta 4 hafta davomida.

    Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish

    6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar - 100 mg, 12 yoshdan katta bolalar va kattalar -200 mg operatsiyadan 2 kun oldin, keyin operatsiyadan keyingi 2 va 5-kunlarda.

    Dozani oshirib yuborilishi

    Preparatning dozani oshirib yuborish holatlari qayd etilmagan.

    Saluvir boshqa chiqarish shakllari

    SALUVIR kapsulalar  100 mg N20
    Retseptli
    SALUVIR kapsulalar 100 mg N20
    O'zbekiston
    Ishlab chiqaruvchi:
    Jurabek Laboratories, SP OOO
    Analoglar SALUVIR kapsulalar 100 mg N10
    Analoglari yo'q

    SALUVIR kapsulalar 100 mg N10 haqida savollar

    SALUVIR kapsulalar 100 mg N10 haqida fikr-mulohazalar

    Reyting 0, 0 ta sharh asosida

    Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

    scroll-top

    Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil