SELEMIN 5S infuziya uchun eritma 100ml

SELEMIN 5S infuziya uchun eritma 100ml qo'llanmasi
Farmakokinetikasi
Preparat tarkibiga kiruvchi kristall aminokislotalar darhol organizmning metabolik jarayonlariga kirishadi. Almashinadigan va barcha almashinmaydigan aminokislotalarning optimal nisbati yallig'lanish jarayonlarini bartaraf etish, hayot faoliyatini ta'minlash, shuningdek azotemiya va uremiya profilaktikasi uchun yaxshi sharoitlarni ta'minlaydi. Oqsil yetishmovchiligi va katabolizm bilan kechadigan holatlarda aminokislotalar eritmasini parenteral qo'llash qonning normal oqsil tarkibini tez va ishonchli tiklaydi. Preparat gomeostazni qo'llab-quvvatlaydi va hatto metabolik yuklama bo'lganda ham organizmning aminokislota balansini buzmaydi. Preparat klinik jihatdan yaxshi o'zlashtiriladi.
Nojo'ya samaralari
Preparat qo'llash bo'yicha yo'riqnomaga muvofiq tayinlanganda nojo'ya reaksiyalar kamdan-kam qayd etiladi. Bo'lishi mumkin: allergik reaksiyalar (toshma), OIT tomonidan (ko'ngil aynishi, qusish), yurak-qon tomir tizimi tomonidan (taxikardiya, ko'krak qafasi sohasida noxush hislar). Kamdan-kam hollarda shuningdek titroq, isitma, issiqlik hissi, bosh og'rig'i bo'lishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Aminokislotalar, sorbitol metabolizmining buzilishi, preterminal va terminal bosqichlardagi o'tkir buyrak yetishmovchiligi, jigarning og'ir rivojlanib boruvchi shikastlanishlari, gipergidratatsiya.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Parenteral oziqlantirish preparatini antibiotiklar, gormonal preparatlar, gipertenziv vositalar bilan aralashtirmaslik, ularni alohida-alohida - turli tomirlarga yoki Y shaklidagi konnektor yordamida yuborish lozim. Preparat va qon preparatlari infuziyasini bitta quyish tizimi orqali o'tkazmaslik kerak, chunki psevdoagglyutinatsiya rivojlanishi ehtimoli mavjud. Insulinni aminokislotalar eritmasi bilan aralashtirish insulin faolligini pasaytirmaydi, 20-50 TB insulin 1000 ml preparat bilan aralashtirilganda eritma 24 soat davomida barqaror bo'lib qoladi. Ushbu vaqt o'tgandan so'ng eritma yuzasida insulin kristallari hosil bo'ladi. Insulinning kichikroq dozasini ishlatish eritma barqarorligiga ta'sir qilmaydi.
Dozirovkasi
Preparatning dozasi har bir bemor uchun individual ravishda, bemorning yoshi, holati va vazniga muvofiq tanlanadi. Preparatni venaga tomchilab yuborish kerak va quyidagi hisobda tayinlanadi: Kattalar: Bemor tana vazniga 1,0-1,5 g aminokislota/kg Preparatning sutkalik hajmi 200-800 ml dan oshmasligi kerak. Yuborish tezligi: daqiqasiga 60 tomchi = 180 ml/soat. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va bolalar: sutkasiga tana vazniga 1,5-2,5 g/kg. Yuborish tezligi: infuziya boshida daqiqasiga 15-20 tomchi, keyin daqiqasiga 30-40 tomchi.
Hajm/og'irlik
SELEMIN 5S infuziya uchun eritma 100ml o'xshash dorilari




SELEMIN boshqa chiqarish shakllari

SELEMIN 5S infuziya uchun eritma 100ml narxlari va Toshkentdagi dorixonalardagi mavjudligi
{
"data": {
"id": 64642,
"stores_apteka_id": 337751,
"slug": "selemin",
"stores_apteka_slug": "selemin-5-s-r-r-d-inf-100ml",
"name": "SELEMIN 5S infuziya uchun eritma 100ml",
"brand_name": "SELEMIN 5S",
"image": "uploads/iblock/598/5981b2da8a9f11fda496628971739d74.webp",
"atx_code": "B05BA01",
"drug_form_id": 2,
"over_the_counter": false,
"prescription_type": "prescription",
"availability": "available",
"reviews_count": 0,
"reviews_rating": 0,
"has_pickup": true,
"has_delivery": false,
"manufacturer": null,
"manufacturer_plain": "Otsuka Pharmaceutical India Private Limited",
"representative": {
"id": 13888,
"slug": "claris-lifesciences-limited",
"name": "Claris Lifesciences Limited"
},
"representative_plain": null,
"distributor": null,
"distributor_plain": null,
"is_manufacturer_advertiser": false,
"is_representative_advertiser": false,
"is_dietary_supplement": false,
"is_medical_device": false,
"category": {
"id": 485,
"slug": "krov-i-krovoobrashchenie",
"name": "Qon va qon aylanishi",
"external_link_title": "",
"external_link": ""
},
"drug_group": {
"id": 66013,
"slug": "selemin",
"name": "SELEMIN"
},
"is_purchasable": true,
"country": {
"id": 3,
"slug": "indiya",
"name": "Hindiston"
},
"active_ingredients": [],
"tags": []
}
}


