STABENA kapsulalar N60

STABENA kapsulalar N60 haqida qo'llanma
Saqlash shartlari
25°C dan yuqori bo'Imagan haroratda quruq, yorug'Iikdan himoyalangan joyda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Sotish shartlari
Retseptsiz
Tarkibi
1 ta kapsulada faol moddalar miqdori:
Piridoksin gidroxlorid 5 mg Magniy sitrat 30 mg
Zanjabil ildizi ekstrakti 50 mg (gingerollar 15%)
Nojo'ya samaralari
Allergik reaksiyalar, ayrim hollarda holsizlantirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalari
Dori vositasi hisoblanmaydi.
Qo'llanilishi
- homiladorlarda toksikozda ko'ngiI aynishi va qusish simptomlarida;
- shishlarga qarshi kimyo- yoki nur terapiyasida yoki jarrohlik amaliyotidan so'ng ko'ngiI aynishi va qusish profilaktikasi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Komponentlarga individual ta'sirchanIik. Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Dozirovkasi
Kattalarga bir kunda 1 ta kapsuladan ovqat paytida. Qabul qilish davomiyligi 1-2 hafta. Mutaxassis bilan maslahatdan so'ng takroran qabul qilish mumkin.
Xususiyatlari
STABENAning asosiy ta'sir qiluvchi komponentlari zanjabilning yuqori faol biologik birikmalari — ko'ngil aynishi va qusishga qarshi kuchli ta'sir qiluvchi gingerollar va uning birikmalari.
Zanjabil ekstrakti toksikozda qo'llab-quvvatlashning 1-Iiniyasi xalqaro tavsiyasiga kiritilgan.
Toksikoz sabablari homiladorlik davrining gormonal o'zgarishIari, qon plazmasida gormon darajasi, shuningdek, estrogenlar oshishi bilan bog'Iiq. Estrogenlar ta'sirida serotonin ishlab chiqariladi. Toksikoz rivojlanishi serotonin retseptorlari stimulyatsiyasi bilan bog'Iiq bo'Iishi mumkin. In vitro tadqiqotlarida 5-HT3 serotoninergik retseptorlarga va M-xolinoretseptorlarga gingerol (zanjabil komponentlaridan biri) antagonizmi aniqlangan. Gingerollar 5-HT3 serotoninergik va M-xolinoretseptorlarga ta'sir qilib ko'ngiI aynish va qusish simptomini kamaytiradi, shuningdek, toksikoz ustidan nazorat qilishga yordamlashadi.
B6 vitamini magniyni o'zIashtirish va uning hujayradagi metabolizmiga yordam beradi, organizmdagi ko'p jarayonlarda ishtirok etadi va bosh miya, asab va qon tomir tizimlari faoliyati uchun zarur hisoblanadi. 2014-yiIda o'tkaziIgan meta-tahlil B6 vitaminini qabul qilish homiladorlarda ko'ngiI aynishini samarali yengillatishini ko'rsatdi.
Magniy hayotiy muhim mikro element hisoblanib, organizmdagi ko'pIab biologik jarayonlarda ishtirok etadi, energetik jarayonlarni ta'minIash, asab impulsini uzatish uchun zarur.
STABENAning maxsus patentlangan formulasi uning komponentlari sinergetik samarasini ta'minIaydi. Preparat tarkibiga kiruvchi Magniy va piridoksin qusish paytida bu elementlarning tabiiy yo'qotiIishi kompensatsiyasini ta'minIaydi, bunda bir vaqtda vitamin komplekslarini qabul qilishga halaqid bermaydi.
Yaroqlilik muddati (oy)
3 yil. Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qabul qilinmasin.
STABENA kapsulalar N60 o'xshash dorilari







