STRESSI kapsulalar N20

STRESSI kapsulalar N20 qo'llanmasi
Har bir kapsula quyidagilardan olingan ekstraktlarni saqlaydi:
Faol moddalar:
Hindiston valerianasi (Valeriana walliach) 200 mg;
Ashvaganda (Withania somnifera) 150 mg;
Yanchilgan pichan (Convolvulus pluricaulis) 50 mg;
Bakopa Mone (Bacopa monnieri) 50 mg;
Osiyo tsentelli (Centella asiatica) 50 mg;
Yordamchi moddalar: natriy metilparaben, natriya propilparaben, aerosil.
Qattiq jelatin kapsulalar. 10 kapsuladan PVX plyonka va alyumin folgali blisterda, 2 blister qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Hindiston valerianasi ekstrakti (Valeriana walliach) trankvilizasiyalovchi vosita hisoblanadi va sedativ ta'sirga ega. Bir vaqtning o'zida ham kontsentrasiya, ham unumdorlikni oshishi kuzatiladi. U el haydovchi va spazmolitik vosita hisoblanadi va uyqusizlik, isteriya, qo'zg'aluvchanlik va yurakni tez urib ketishida ishlatiladi.
Ashvaganda ekstrakti (Withania somnifera) uxlatuvchi ta'sirga ega va uyqusizlikda sedativ vosita sifatida yaxshi samara ko'rsatadi. U adaptogen ta'sirga ega. Antistress faollikka ega.
Yanchilgan pichan ekstrakti (Convolvulus pluricaulis) arterial bosim yuqori bo'lganida va trankvilizator sifatida ishlatiladi. Bosh miyaning tonusini oshiruvchi ta'sir ko'rsatadi va xotirani yaxshilash va mustahkamlash uchun qo'llanadi. Aqli zaiflik va tutqanoq kabi ruhiy buzilishlarda ham ishlatiladi, shuningdek uyquni mustahkamlaydi.
Bakopa Mone ekstrakti (Becopa moniery) sedativ va trankvilizasiyalovchi ta'sirlarga ega. U depressiyalarda, isteriyada, tutqanoqda va aql zaiflikda, shuningdek asab tolalarining tonusini oshiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Osiyo tsenteli ekstrakti (Centella asiatica) trankvilizasiyalovchi, sedativ, spazmolitik va amyobaga qarshi hususiyatlarga ega, tinchlantiruvchi va antistress ta'sir ko'rsatadi. Bosh miyaning tonusini oshiruvchi vosita sifatida yaxshi samaradorlik ko'rsatadi.
Allergik reaktsiyalar, kuchli toliqish, me'da-ichak buzilishlari kuzatilishi mumkin.
Dori vositasini qabul qilish psixomotor rivojlanishni kechikishini chaqirishi mumkin, bu transport vositalari va boshqa mashinalarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir etishi mumkin. avtomobilni boshqarish yoki mashinalar bilan ishlashdan oldin dori vositasini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
-psixologik va jismoniy stresslarda;
-antistress, depressiv holatda;
-nerv tizimining tonusini oshirish uchun;
-ruhiy buzilishlar va tutqanoqda;
-isteriya, nerv qo'zg'aluvchanlik, yurakni tez urib ketishida;
-uyquni buzilishi, uyqusizlikda;
-vegeto-tomir distoniyasi, zo'riqish, toliqish, ta'sirchanlik, bezovtalikda;
-aqliy va psixologik zo'riqishda;
-yoqimsiz va shilqim g'oyalarda;
-xotirani yaxshilash va mustahkamlashda;
-diqqatni jamlash va xotira pasayganida;
-organizm o'zini his qilishi va umumiy holsizligi yomonlashganida;
-immunitet pasayganida, tez-tez shamollashda qo'llanadi.
Dori vositasining komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ushbu dori vositasini 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.
Dori vositasi trankvilizasiyalovchi va sedativ ta'sirga ega, shuning uchun ushbu preparat bilan qo'llanadigan shunday ta'sirga ega bo'lgan har qanday boshqa dori vositalarning dozalarini nazorat qilish kerak. antigipertenziv dori vositalar yoki anestetiklarning dozasini ham nazorat qilish kerak.
korpusi oq, qopqoqchasi yashil rangli, "0" o'lchamli qattiq jelatin kapsulalar; kapsulaning ichidagisi: och jigarrangdan to'q jigarranggacha, kukundan qattiq massagacha bo'lgan hushbo'y hidli, biroz achchiq va taxir ta'mli massa.
Sutkada 1-2 kapsuladan qabul qilinadi.
Uyqusizlikda yoki uyquni buzilishida 1-2 kapsuladan uxlashdan 1 soat oldin qabul qilinadi.
Ushbu dori vositasi bilan aniq belgilangan davolash kursi yo'q. Preparatni qabul qilish to'xtatilganidan so'ng bekor qilish sindromi kuzatilmaydi.
Yaxshi natijaga erishish uchun dori vositasini qabul qilgandan so'ng televizor ko'rish va radioprogrammalar va kassetalar eshitish mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi me'da-ichak buzilishlari, spazmlar, toliqish, qo'llarni titrashi kabi havfsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu samaralar 24 soat davomida yo'qolishi mumkin. Agar shunday simptomlar paydo bo'lsa, preparat qabul qilishni to'xtating. Simptomlar susayganidan so'ng dori vositasini qabul qilishni kichik dozalari bilan yoki shifokoringizni tavsiyalariga muvofiq boshlash kerak.
Homiladorlik va emizish vaqtida dori vositasini qo'llash o'rganilmagan. Bunday hollarda preparatni qo'llash yoki bekor qilish xaqidagi masalani shifokoringiz hal qilishi kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llash mumkin emas.
STRESSI kapsulalar N20 savollari
STRESSI kapsulalar N20 fikr-mulohazalari
Ishlab chiqaruvchining dorilar












