Apteka.uz
SavatKirish

STRESSI

STRESSI chiqarilish shakllari

STRESSI kapsulalar  N20
STRESSI kapsulalar N20
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Avantika Medex Pvt. Ltd.
•28 ta dorixonada bor
Narxi
61 600 so'm dan
- STRESSI qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- STRESSIning tarkibi
- STRESSI ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- STRESSI narxi Toshkent dorixonalarida

STRESSI haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Dori vositasining komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 

Ushbu dori vositasini 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.

Tarkibi

Har bir kapsula quyidagilardan olingan ekstraktlarni saqlaydi:

Faol moddalar: 

Hindiston valerianasi (Valeriana walliach) 200 mg;

Ashvaganda (Withania somnifera) 150 mg; 

Yanchilgan pichan (Convolvulus pluricaulis) 50 mg; 

Bakopa Mone (Bacopa monnieri) 50 mg; 

Osiyo tsentelli (Centella asiatica) 50 mg; 

Yordamchi moddalar: natriy metilparaben, natriya propilparaben, aerosil.

Farmakologik ta'siri

Hindiston valerianasi ekstrakti (Valeriana walliach) trankvilizasiyalovchi vosita hisoblanadi va sedativ ta'sirga ega. Bir vaqtning o'zida ham kontsentrasiya, ham unumdorlikni oshishi kuzatiladi. U el haydovchi va spazmolitik vosita hisoblanadi va uyqusizlik, isteriya, qo'zg'aluvchanlik va yurakni tez urib ketishida ishlatiladi. 

Ashvaganda ekstrakti (Withania somnifera) uxlatuvchi ta'sirga ega va uyqusizlikda sedativ vosita sifatida yaxshi samara ko'rsatadi. U adaptogen ta'sirga ega. Antistress faollikka ega. 

Yanchilgan pichan ekstrakti (Convolvulus pluricaulis) arterial bosim yuqori bo'lganida va trankvilizator sifatida ishlatiladi. Bosh miyaning tonusini oshiruvchi ta'sir ko'rsatadi va xotirani yaxshilash va mustahkamlash uchun qo'llanadi. Aqli zaiflik va tutqanoq kabi ruhiy buzilishlarda ham ishlatiladi, shuningdek uyquni mustahkamlaydi. 

Bakopa Mone ekstrakti (Becopa moniery) sedativ va trankvilizasiyalovchi ta'sirlarga ega. U depressiyalarda, isteriyada, tutqanoqda va aql zaiflikda, shuningdek asab tolalarining tonusini oshiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. 

Osiyo tsenteli ekstrakti (Centella asiatica) trankvilizasiyalovchi, sedativ, spazmolitik va amyobaga qarshi hususiyatlarga ega, tinchlantiruvchi va antistress ta'sir ko'rsatadi. Bosh miyaning tonusini oshiruvchi vosita sifatida yaxshi samaradorlik ko'rsatadi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va emizish vaqtida dori vositasini qo'llash o'rganilmagan. Bunday hollarda preparatni qo'llash yoki bekor qilish xaqidagi masalani shifokoringiz hal qilishi kerak. 


Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi me'da-ichak buzilishlari, spazmlar, toliqish, qo'llarni titrashi kabi havfsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu samaralar 24 soat davomida yo'qolishi mumkin. Agar shunday simptomlar paydo bo'lsa, preparat qabul qilishni to'xtating. Simptomlar susayganidan so'ng dori vositasini qabul qilishni kichik dozalari bilan yoki shifokoringizni tavsiyalariga muvofiq boshlash kerak.

Maxsus ko‘rsatmalari

Dori vositasini qabul qilish psixomotor rivojlanishni kechikishini chaqirishi mumkin, bu transport vositalari va boshqa mashinalarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir etishi mumkin. avtomobilni boshqarish yoki mashinalar bilan ishlashdan oldin dori vositasini qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Dori vositasi trankvilizasiyalovchi va sedativ ta'sirga ega, shuning uchun ushbu preparat bilan qo'llanadigan shunday ta'sirga ega bo'lgan har qanday boshqa dori vositalarning dozalarini nazorat qilish kerak. antigipertenziv dori vositalar yoki anestetiklarning dozasini ham nazorat qilish kerak.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

Sutkada 1-2 kapsuladan qabul qilinadi. 

Uyqusizlikda yoki uyquni buzilishida 1-2 kapsuladan uxlashdan 1 soat oldin qabul qilinadi. 

Ushbu dori vositasi bilan aniq belgilangan davolash kursi yo'q. Preparatni qabul qilish to'xtatilganidan so'ng bekor qilish sindromi kuzatilmaydi. 

Yaxshi natijaga erishish uchun dori vositasini qabul qilgandan so'ng televizor ko'rish va radioprogrammalar va kassetalar eshitish mumkin emas.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Qattiq jelatin kapsulalar. 10 kapsuladan PVX plyonka va alyumin folgali blisterda, 2 blister qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaktsiyalar, kuchli toliqish, me'da-ichak buzilishlari kuzatilishi mumkin.

Ta'rifi

korpusi oq, qopqoqchasi yashil rangli, "0" o'lchamli qattiq jelatin kapsulalar; kapsulaning ichidagisi: och jigarrangdan to'q jigarranggacha, kukundan qattiq massagacha bo'lgan hushbo'y hidli, biroz achchiq va taxir ta'mli massa.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. STRESSI preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

STRESSI narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
CITY PHARM Bunyodkor 08
Chilonzor tumani, 6 mavze, 63 uy
24/7
71 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kardiologiya 27
Mirzo Ulug'bek tumani, Osiyo ko'ch., 17 uy
24/7
71 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM Kadisheva bozor 37
Yashnobod tumani, 3 mavze, 45/3 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-00:00
71 000 so'm
Bron qilish
CITY PHARM G'uncha 11
Shayxontoxur tumani, massiv Bog'ko'cha, 2 uy
24/7
71 000 so'm
Bron qilish

STRESSI haqida savollar

STRESSI haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil