RUFERON RN suppozitorii 250000me N10

RUFERON RN suppozitorii 250000me N10 haqida qo'llanma
Nojo'ya samaralari
Kamdan-kam hollarda - allergik reaksiyalar, ya'ni - teri toshmalari va qichishish. Ushbu holatlar qaytuvchan va preparat qabul qilish to'xtatilgandan keyin 72 soat ichida yo'qoladi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Ruferon-Rn suppozitoriylari uzoq muddat qo'llanilganda periferik qon ko'rsatkichlari, jigar, buyrak, qalqonsimon bez funksiyasining biokimyoviy markerlari nazorati o'tkaziladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
-interferon alfa-2b ga yoki preparatning boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik; -zo'rayish bosqichidagi allergik va autoimmun kasalliklar; glyukokortikosteroidlarni kursli qo'llashni talab qiluvchi og'ir bronxoobstruktiv sindrom; -dekompensatsiya bosqichidagi surunkali kasalliklar, shuningdek tug'ma rivojlanish nuqsonlari, moddalar almashinuvi kasalliklari, irsiy kasalliklar; -qalqonsimon bez kasalliklari; -buyrak, jigar faoliyatining og'ir buzilishlari; -og'ir yurak-qon tomir kasalliklari; -epilepsiya va MNT ning boshqa kasalliklari; -OIV infektsiyasi, tug'ma immunitet tanqisligi; -qon yaratish miyeloid o'zagining susayishi: neytropeniya, trombotsitopeniya.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ruferon-Rn, rektal suppozitoriylari, preparatni qo'llash bo'yicha ko'rsatmalarda keltirilgan kasalliklarni davolashda ishlatiladigan ko'pchilik dori vositalari (antibiotiklar, glyukokortikosteroidlar, immunosupressorlar va b.) bilan mos keladi va yaxshi birikadi. Interferon alfa-2b R-450 sitoxromlari faolligini pasaytirishga va shu orqali simetidin, fenitoin, kurantil, teofillin, diazepam, propranolol, varfarin, ba'zi tsitostatiklar metabolizmiga ta'sir qilishga qodir. Natijada ko'rsatilgan dori vositalarining neyrotoksik, mielotoksik yoki kardiotoksik ta'siri kuchayishi mumkin. Narkotik, uxlatuvchi va sedativ vositalar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Interferonlar oksidlanish metabolik jarayonlariga ta'sir qilishi mumkin. Buni oksidlanish yo'li bilan metabolizmga uchraydigan preparatlar (shu jumladan ksantin hosilalari - aminofillin va teofillin) bilan bir vaqtda qo'llanilganda hisobga olish lozim. Teofillin bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon zardobida oxirgisining konsentratsiyasini nazorat qilish va zarurat bo'lganda dozalash tartibini to'g'irlash zarur.
Dozirovkasi
Ruferon-Rn suppozitoriylari rektal qo'llaniladi. Go'dak bolalarda infektsion-yallig'lanish kasalliklarining kompleks terapiyasida: 5 kun davomida sutkasiga 2 marta 150000 ME dan. Virusli va bakterial infektsiyalarning kompleks terapiyasida: 1-7 yoshli bolalarga - 5 kun davomida sutkasiga 2 marta 250 000 ME dan. 6 oylikkacha bo'lgan bolalarda tadqiqotlar o'tkazilmagan. Zarurat bo'lganda kurslar 5 kunlik tanaffusga rioya qilgan holda takrorlanishi mumkin.
RUFERON RN suppozitorii 250000me N10 o'xshash dorilari



RUFERON RN suppozitorii 250000me N10 xususiyatlari
RUFERON boshqa chiqarish shakllari

RUFERON RN suppozitorii 250000me N10 analoglari


