Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Asab tizimi  / SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 20ml N5

SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 20ml N5

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Avstriya
Kategoriya:Asab tizimi
Ishlab chiqaruvchi:Ever Neuro Pharma GmbH
ATX kodi:N06BX
Barcha Serebrolizin dorilari
111 ta dorixonada bor
Narxi 277 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 111 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 20ml N5 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi:

preparatning 1 ml suvli eritmasi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 215,2 mg tserebrolizin kontsentrati (cho'chqaning bosh miyasidan olingan peptidlarning majmuasi). Tserebrolizinning faol fraktsiyasi peptidlardan iborat bo'lib, ularning molekulyar vazni 10 000 dal'tondan oshmaydi.

yordamchi moddalar: natriy gidroksidi va in'ektsiya uchun suv.

Сhiqarilish shakli

In'ektsiya uchun eritma 1 ml, 2 ml ampulalarda

1 ml, 2 ml dan shisha ampulalarda. 10 ampuladan, mumlangan qog'oz bilan berkitilgan PVX kontur uyali o'ramga joylangan. Bir kontur uyali o'ram qtibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

In'ektsiya uchun eritma 5 ml, 10 ml va 20 ml ampulalarda

5 ml, 10 ml, 20 ml dan shisha ampulalarda. 5 ampuladan, mumlangan qog'oz bilan berkitilgan PVX kontur uyali o'ramga joylangan. Bir kontur uyali o'ram tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakodinamikasi

Tserebrolizin gematoentsefalik to'siqdan o'tib, to'g'ridan-to'g'ri nerv hujayralariga kiradigan pastmolekulyar biologik faol neyropeptidlar saqlaydi. Preparat bosh miyaga organospetsifik mul'timodal ta'sirga ega, ya'ni metabolik boshqaruv, neyroprotektsiya, funktsional neyromodulyatsiya va neyrotrofik faollikni ta'minlaydi.

a) metabolik regulyatsiya: tserebrolizin bosh miyaning aerob energetik metabolizmining samaradorligini oshiradi, rivojlanayotgan va qariyotgan bosh miyada hujayra ichki oqsil sintezini yaxshilaydi.

b) neyroprotektsiya: tserebrolizin neyronlarni laktatsidozning shikastlovchi ta'siridan himoya qiladi, erkin radikallarni hosil bo'lishini oldini oladi, gipoksiya va ishemik sharoitlarda neyronlarning yashab qolish darajasini oshiradi va nobud bo'lishini oldini oladi, qo'zg'atuvchi aminokislotalarning (glutamat) shikastlovchi neyrotoksik ta'sirini kamaytiradi.

v) neyrotrofik faollik: tserebrolizin – neyrotrofik faolligi isbotlangan, neyronal o'sishning (NGF) tabiiy omillari ta'siriga o'xshash ta'sirli yagona nootrop peptidergik preparat bo'lib, samarasi periferik sharoitda yuborilganda namoyon bo'ladi.

g) funktsional neyromodulyatsiya: tserebrolizin kognitiv funktsiyalar buzilganida, ma'lumotlarni eslab qolish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Farmakokinetikasi

Faol fraktsiyasi umumiy polifunktsional ta'sirga ega bo'lgan, biologik faol oligopeptidlarning muvozanatlangan va barqaror aralashmasidan iborat bo'lgan tserebrolizinning murakkab tarkibi alohida komponentlarni odatdagi farmakokinetik tahlilini o'tkazishga yo'l qo'ymaydi.

Dori shakli

In'ektsiya uchun eritma 

Nojo'ya samaralari

Tez-tez uchraydigan nojo'ya samaralari - 1/100 dan ortiq - 1/10 dan kam; kam uchraydigan nojo'ya samaralari - 1/1000 dan ko'p - 1/100 dan kam; juda kam uchraydigan nojo'ya samaralari - 1/10000 dan ko'p - 1/1000 dan kam; kamdan-kam uchraydigan nojo'ya samaralari
- 1/10000 dan kam.

Haddan tashqari tez yuborilganida kam hollarda quzish hissi, terlash, bosh aylanishi va (yakka hollarda) yurakni tez urishi va aritmiyalar bo'lishi mumkin.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: kam hollarda ishtahani yo'qolishi, dispepsiya, diareya, qabziyatlar, ko'ngil aynishi va qusish kuzatilgan.

MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: kam hollarda taxmin qilinayotgan faollashuv samarasi qo'zg'alish (agressiv xulq, ongni chalkashishi, uyqusizlik bilan namoyon bo'ladigan) bilan kechgan. Tserebrolizin bilan davolanish davrida yakka hollarda (<0,01%) katta tutqanoq xurujlari va tirishishlar paydo bo'lganligi haqida xabarlar bor.

Immun tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda bosh og'rig'i; bo'yinda va qo'l-oyoqlarda, orqaning pastki qismida og'riq hislari; hansirash, et uvishishi va kollaptoid holat bilan namoyon bo'luvchi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yoki allergik reaktsiyalar aniqlangan.

Mahalliy reaktsiyalar: kam hollarda terini qizarishi, in'ektsiya joyida qichishish va achishish aniqlanadi.
Boshqalar: tekshirish natijalari bo'yicha giperventilyatsiya, arterial gipertoniya, arterial gipotoniya, charchoqlik, tremor, depressiya, apatiya, bosh aylanishi va grippga o'xshash simptomlarning (yo'tal, tumov, nafas yo'llarining infektsiyalari) kamdan-kam hollari to'g'risida xabar berilgan.

Ayrim noxush samaralari (qo'zg'alish, arterial gipertoniya, arterial gipotoniya, lanjlik, tremor, depressiya, apatiya, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, hansirash, diareya, ko'ngil aynishi) klinik sinovlar vaqtida aniqlangan va Tserebrolizin olgan patsientlarda ham, platsebo guruhidagi patsientlarda ham bir xil darajada ro'y bergan.

Maxsus saqlash sharoitlari

Homiladorlik va laktatsiya

Preparat homiladorlikning I uch oyligida va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Homiladorlik davrida va emizish vaqtida Tserebrolizin faqat, davolashning ijobiy samarasi va uni o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan xavf orasidagi o'zaro nisbat sinchiklab tahlil qilinganidan keyingina qo'llanishi kerak. Eksperimental tadqiqotlarning natijalari, Tserebrolizinni qandaydir teratogen ta'sirga egaligi yoki homilaga zaharli ta'sir ko'rsatishini taxmin qilishga asos bo'lmaydi. Biroq, xuddi shunday klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Klinik sinovlar Tserebrolizinni transport vositalarni boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta'sir etmasligini ko'rsatdi.

Qo'llanilishi

Al'tsgeymer kasalligi, turli genezli dementsiya sindromi, surunkali tserebrovaskulyar yetishmovchilik, ishemik insul't, bosh va orqa miyaning travmatik shikastlanishlari, bolalardagi aqliy rivojlanishning kechikishi, bolalardagi diqqatning kamayib ketishi bilan bog'liq bo'lgan parishonxotirlik; antidepressantlarga rezistent bo'lgan endogen depressiyani majmuaviy davolashda qo'llanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

- preparatni shaxsiy o'zlashtiraolmaslik

- o'tkir buyrak yetishmovchiligi

- epileptik statusda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Tserebrolizinning farmakologik profilini hisobga olib, antidepressantlar yoki MAO ingibitorlari bilan birga buyurilganida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan additiv samaralarga maxsus e'tibor qaratish kerak. Bunday hollarda antidepressantning dozasini pasaytirish tavsiya etiladi.

Tserebrolizinni va aminokislotalarning muvozanatlangan eritmalarini infuziya uchun bir eritmada aralashtirish mumkin emas, Tserebrolizin tarkibiga lipidlar kirgan eritmalar va rN muhitni o'zgartiradigan eritmalar bilan to'g'ri kelmaydi.

Ta'rifi

Mexanik qo'shimchalardan holi bo'lgan qahrabo rangli tiniq eritma.

Dozirovkasi

Parenteral qo'llanadi. Dozalari va davolash davomiyligi, kasallikning og'irligi va xarakteri, shuningdek, bemorning yoshiga bog'liq. Miqdori 50 ml ga yetishi mumkin bo'lgan bir martalik dozalarni buyurish mumkin, biroq davolash kursini o'tkazish ma'qulroqdir.

Tavsiya etilgan optimal davolash kursi 10-20 kun davomidagi kundalik in'ektsiyalardan iborat.

·   O'tkir hollarda (ishemik insul't, bosh-miya jarohati, neyroxirurgik operatsiyalarning asoratlari):

10 ml dan 50 ml gacha

·   Bosh va orqa miya jarohati va miya insul'tining rezidual davrda:

5 ml dan 50 ml gacha

·   Psixoorganik sindromi va depressiyada:

5 ml dan 30 ml gacha

·   Al'tsgeymer kasalligida, tomir va qo'shilgan al'tsgeymer-tomir genezili dementsiyada:

5 ml dan 30 ml gacha

·   Neyropediatrik amaliyotida:

0,1-0,2 ml/kg vaznga


Davolash samaradorligini oshirish uchun, davolash natijasida patsientning holatini yaxshilanishi kuzatilgunicha takroriy kurslar o'tkazilishi mumkin. Birinchi kurs o'tkazilganidan keyin dozalarni buyurish davriyligi haftasiga 2 yoki 3 martagacha kamaytirilishi mumkin.

Tserebrolizin in'ektsiyalar ko'rinishida: mushak ichiga (5 ml gacha) va vena ichiga (20 ml gacha) qo'llanadi. 10 ml dan 50 ml gacha dozalarni infuziya uchun taklif qilingan standart eritmalar bilan suyultirilgandan keyin, faqat asta-sekin vena ichiga infuziyalar yordamida yuborish tavsiya qilinadi. Infuziyaning davomiyligi 15 dan 60 minutgachani tashkil qiladi.

Ehtiyotkorlik va tibbiy personal uchun ma'lumot

In'ektsiya haddan tashqari tez bajarilganida qizish hissi, terlash, bosh aylanishi bo'lishi mumkin. Shuning uchun preparani asta-sekin yuborish kerak.

Preparatni (24 soat davomida xona haroratida va yorug'likda) infuziya uchun quyidagi standart eritmalar bilan mutanosibligi tekshirilgan va isbotlangan:

• Natriy xloridining 0,9% li eritmasi (9 mg NaCl/ml).

• Ringer eritmasi (Na+ - 153,98 mmol'/l; Sa2+ - 2,74 mmol'/l; K+ - 4,02 mmol'/l; Cl- - 163,48 mmol'/l).

• 5% li glyukoza eritmasi.

Tserebrolizinni vitaminlar va yurakda qon aylanishini yaxshilovchi preparatlar bilan bir vaqtda buyurishga yo'l qo'yiladi, biroq bu preparatlarni Tserebrolizin bilan bir shpritsda aralashtirish mumkin emas.

Faqat tiniq eritmani va faqat bir marta ishlatish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi

Serebrolizinning dozasini oshirib yuborish holatlari qayd etilmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Preparat homiladorlikning I uch oyligida va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Homiladorlik davrida va emizish vaqtida Tserebrolizin faqat, davolashning ijobiy samarasi va uni o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan xavf orasidagi o'zaro nisbat sinchiklab tahlil qilinganidan keyingina qo'llanishi kerak. Eksperimental tadqiqotlarning natijalari, Tserebrolizinni qandaydir teratogen ta'sirga egaligi yoki homilaga zaharli ta'sir ko'rsatishini taxmin qilishga asos bo'lmaydi. Biroq, xuddi shunday klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Buyrak faoliyati buzilganida

Jiddiy buyrak etishmovchiligida mumkin emas.

SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 20ml N5 boshqa chiqarish shakllari

SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Retseptli
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
Narxi
200 000 so'm dan
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 10ml N5
Retseptli
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 10ml N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
Narxi
264 999 so'm dan
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Retseptli
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
Narxi
194 000 so'm dan

SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 20ml N5 savollari

SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 20ml N5 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Retseptli
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 2ml N10
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
Narxi
200 000 so'm dan
TACHYBEN eritma 50mg 5mg/1ml N5
Retseptli
TACHYBEN eritma 50mg 5mg/1ml N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 10ml N5
Retseptli
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 10ml N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
Narxi
264 999 so'm dan
TACHYBEN eritma 25mg 5mg/1ml N5
Retseptli
TACHYBEN eritma 25mg 5mg/1ml N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Retseptli
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 5ml N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
Narxi
194 000 so'm dan
TACHYBEN eritma 100mg 5mg/1ml N5
Retseptli
TACHYBEN eritma 100mg 5mg/1ml N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
MEMOPROVE tabletkalari N30
MEMOPROVE tabletkalari N30
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
•1 ta dorixonada bor
Narxi
399 000 so'm dan
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 20ml N5
Retseptli
SEREBROLIZIN inyeksiya uchun eritma 20ml N5
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Ever Neuro Pharma GmbH
Narxi
277 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil