Tsianokobalamin (vitamin B12) eritma 0,05ml
Tsianokobalamin (vitamin B12) eritma 0,05ml o'xshash dorilari




Tsianokobalamin (vitamin B12) eritma 0,05ml qo'llanmasi
retsept bo'yicha
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,20 mg, 0,50 mg sianokobalamin (100% moddaga qayta hisoblaganda),
yordamchi moddalar: natriy xloridi, 0.1 M xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
1 ml preparatdan shpritsga to‘ldiriladigan neytral shishali sinish nuqtali yoki halqali ampulalarga solinadi.
Har bir ampulaga qog‘oz yorliq yopishtiriladi.
5 yoki 10 ampuladan polivinilxlorid plenka va alyuminiy folga kontur uyali o‘ramga qadoqlanadi.
Kontur uyali o‘ramlar davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Yo‘riqnomalar soni o‘ramlar soniga teng qilib joylanadi
Kobalamin me'da-ichak yo‘llaridan so‘riladi, lekin yuqori terapevtik dozalarda buyurilganda noadekvat so‘rilishi mumkin. So‘rilish ichki omilga ega bo‘lmagan patsiyentlarda, malьabsorbtsiyada, ichak kasalligi yoki anomaliyasida, gastrektomiyadan so‘ng buziladi.
Sianokobalamin in'ektsiya qilingandan so‘ng ahamiyatli qismi 24 soat ichida siydik bilan chiqariladi; 100 mkg doza qo‘llanilganda organizmda faqat 55% va 1000 mkg da esa 15% saqlanib qoladi. V12 vitamini plazma oqsillari bilan keng ko‘lamda bog‘liq bo‘lib, shartli ravishda transkobalaminlar (Transcobalamin II) deb ataluvchilar, taxmin qilinishicha, to‘qimalarda kobalaminlarni tezkor tashishda ishtirok etadi. V12 vitamini jigarda to‘planib, o‘t suyuqligi bilan chiqariladi va keng enterogepatik qayta ishlanishga duchor bo‘ladi; kiritilgan dozasini bir qismi siydik bilan, uning katta qismi - ilk 8 soat ichida chiqariladi. Ammo siydik ekskretsiyasi organizmdagi suyuqlik umumiy hajmining pasayishida ahamiyatsiz ulushni tashkil qiladi. V12 vitamini yo‘ldosh to‘siqdan o‘tadi va ko‘krak sutida aniqlanadi
o‘ta yukori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan teri reaktsiyalari (toshma, qichishish), anafilaktik shok.
- isitma, qaltirash, isitma hissi, bosh aylanish, o‘zini umumiy yomon xis qilish
- ko‘ngil aynishi,
- husnbuzarli toshma va bullyoz toshmalar,
- tremor va in'ektsiya qilingan sohada maxalliy reaktsiyalar, jumladan in'ektsiya joyidagi og‘riq, zichlashish va nekroz.
- megaloblast anemiyani davolashning ilk haftalarida reaktiv trombotsitoz
«Qo‘llash usuli va dozalar» bo‘limida ko‘rsatilgan dozalar qo‘llanilganda qonni muntazam nazorat qilib turish tavsiya qilinadi. Agar megaloblast anemiya Sianokobalamin bilan davolashdan so‘ng yo‘qotilmasa, folat metabolizmini aniqlash kerak. Kundalik 10 mkg dan ortiq dozalar folat tanqisligiga ega patsiyentlarda noto‘liq gematologik javobga olib kelishi mumkin.
Noadekvat sxemadagi davolash asl tashxisni yashirishi mumkin. Samarali muolajani ta'minlash uchun patsiyentning gematologik va nevrologik holatini muntazam nazorat qilib turish zarur. Davolashning boshlang‘ich bosqichida ikkilamchi tabiatga ega yurak aritmiyasi haqida xabarlar mavjud, shuning uchun ushbu davr mobaynida qonda kaliy miqdorini nazorat qilib turish lozim. Megaloblast anemiyada davolashning ilk haftalarida reaktiv trombotsitoz paydo bo‘lish ehtimoli tufayli trombotsitlar miqdorini nazorat qilib turish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Sianokobalamin homiladorlarda megaloblast anemiyani davolashda faqat V12 vitamini tanqisligini tasdiqlovchi ma'lumotlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llanishi mumkin.
Sianokobalamin bolaga ziyon yetkazmaydigan, ammo ona va bolada V12 vitamini tanqisligini davolashda foyda keltiruvchi dozalarda ko‘krak sutiga kiradi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Yo‘q.
sianokobalamin yoki preparatning istalgan komponentlariga gipersezuvchanlik.
- homiladorlardagi megaloblast anemiya (V12 vitamini tanqisligi bo‘lmaganida)
Xloramfenikol (levomitsetin) qabul qilayotgan patsiyentlar Sianokobalaminga yomon javob reaktsiya qaytarishi mumkin. Oral kontratseptivlar qon zardobida sianokobalamin kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin, lekin ushbu o‘zaro ta'sirlashuv ahamiyatli klinik ahamiyatga ega emas.
Antimetabolitlar va ko‘pchilik antibiotiklar V12 vitaminining qondagi miqdorini noto‘g‘ri ko‘rsatishi mumkin
Mushak ichiga yuboriladi.
Kattalar va bolalar
Addison-Birmer kasalligi (V12-tanqis anemiya) va nevrologik buzilishlarsiz boshqa makrotsitar anemiyalar:
Birlamchi: 250 dan 1000 mkg gacha mushak ichiga bir haftadan ikki haftagacha istalgan kun, so‘ngra haftasiga 250 mkg dan qon miqdori normal ko‘rsatkichlarga erishmaguncha davom ettiriladi.
Tutib turuvchi doza: oyiga 1000 mkg.
Addison-Birmer kasalligi (V12-tanqis anemiya) va nevrologik buzilishlarga ega boshqa makrotsitar anemiyalar:
Birlamchi: 1000 mkg mushak ichiga ahvol yaxshilangunga qadar istalgan kun.
Tutib turuvchi doza: oyiga 1000 mkg.
Gastrektomiya, ayrim malьabsorbtsion sindromlar va qat'iy vegetarian diyeta natijasida V12 vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan makrotsitar anemiyaning oldini olish: oyiga 250 mkg- 1000 mkg.
Shilling sinamasi (insonning V12 vitaminining ichakdan o‘zlashtira olish qobiliyatini aniqlash imkonini beruvchi sinama).
Sianokobalaminning mushak ichiga 1000 mkg in'ektsiyasi ushbu sinamaning muhim qismi hisoblanadi
vitamini tanqisligini tasdiqlovchi ma'lumotlar mavjud bo‘lgandagina qo‘llanishi mumkin.
Sianokobalamin bolaga ziyon yetkazmaydigan, ammo ona va bolada V12 vitamini tanqisligini davolashda foyda keltiruvchi dozalarda ko‘krak sutiga kiradi.
Xususiyatlar Tsianokobalamin (vitamin B12) eritma 0,05ml
Tsianokobalamin (vitamin B12) eritma 0,05ml boshqa chiqarish shakllari




Tsianokobalamin (vitamin B12) eritma 0,05ml analoglari





