Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Vitaminlar  / SINK PLYUS V-KOMPLEKS kapsulalar 5mg N60

SINK PLYUS V-KOMPLEKS kapsulalar 5mg N60

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Eron
Kategoriya:Vitaminlar
Ishlab chiqaruvchi:Daana Pharmaceutical Company
Barcha Sink Plus dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

SINK PLYUS V-KOMPLEKS kapsulalar 5mg N60 haqida qo'llanma

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 

Faol moddalar: tsink oksidi - 5 mg, V1 vitamini - 1,3 mg, V2 vitamini - 1,5 mg, V3 vitamini (nikotinamid) - 9 mg,   V5 vitamini (pantotenat kal'tsiy - 6,0 mg, V6 vitamini - 1,6 mg, V7 vitamini (biotin) – 60 mkg, V12 vitamin – 3 mkg,  V9 vitamini (folat kislotasi)  - 200 mkg.

Yordamchi moddalar: sariq asal ari mumi, gidrogenlangan soe moyi I, gidrogenlangan soe moyi II, rafinatlangan soe moyi, letsitin soe, 

kolloid kremniy dioksidi, suvsiz limon kislotasi, butilgidroksianizol (VNA), butilgidroksitoluol (VNT), EDTA, jelatin, glitserin, sorbitol, qora temir oksidi, qizil temir oksidi, titanumdioksid, tozalangan suv.

Сhiqarilish shakli: yumshoq jelatin kapsulalar.

Farmakodinamikasi

Tsink antitelalar xosil bo'lishi uchun zarur, ular begona tanachalarni (masalan bakteriyalar va viruslar) tanlaydi va bartaraf qiladi, xamda infektsiya kirishiga immun javobni amalga oshiruvchi T-limfotsitlarni yetilishiga javobgardir. 

V1 vitamini (tiamin) gen darajasida ma'lumotni uzatilishi uchun javob beradi, u xujayralar bo'linish jarayonida amalga oshiriladi, immun tizimini mustaxkamlaydi, stressga qarshi xususiyatga ega, deyarli barcha metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Markaziy nerv tizimida impul'slarni o'tkazuvchanligiga javobgar mediator - atsetilxolin biosintezida ishtirok etadi, kognitiv funktsiyani va eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi, ovqat xazm qilish yo'llari a'zolari va miokardni normal tonusini ta'minlaydi.  

V2 vitamini (riboflavin) – seboreyaga qarshi vitamin, organizmga ozuqa orqali kiradi va yo'g'on ichak mikroflorasi bilan ishlab chiqariladi. Organizmga yangi nerv xujayralarini yaratilishi, qizil qon tanachalarini xosil bo'lishi, temirni o'zlashtirilishi uchun kerak.  Buyrak usti bezi gormonlarini ishlab chiqarilishi xajmini boshqaradi. Riboflavin butun organizm sog'lig'i uchun, ayniqsa – teri, soch va tirnoqlar uchun, xujayralarni erta qarishidan ximoya qiladi va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi. 

V3 vitamini (niatsin) – V guruh vitaminlarining eng chidamli birikmasidir. Markaziy nerv tizimini faolligini ta'minlaydi, eritrotsitlar xosil bo'lishini boshqaradi, lipoproteinlarni qonda yuqori zichligi darajasini oshiradi, shu bilan xolesterin darajasini va yurak-qon tomir kasalliklar xavfini pasaytiradi, gormonlarni (shu jumladan jinsiy va insulin) ishlab chiqarilishi uchun zarur. 

V5 vitamini (pantotenat kal'tsiy) yog' va uglevodlar taqsimlanish jarayonida, to'qimalar regeneratsiyasida ishtirok etadi, teri xolatini yaxshilaydi, keksayish belgilarini kamaytiradi. Lipid va uglevodlar birikmasini taqsimlanishi,  neyromediatorlar va antitelalar biosintezi uchun zarurdir. 

V6 vitamini (piridoksin) eritrotsitlar ishlab chiqarilishida, gemoglobin va antitelalar sintezi nerv tizimi faolligi boshqarilishida  ishtirok etadi. Organizmga "uyqu va stress" – serotonin, melatonin va norepinefrin gormonlarini sintezlashda yordam beradi. 
V7 vitamini (biotin) – go'zallik vitamini. Teri, soch, tirnoq sog'lomligini va go'zalligini qaytaradi, suyak va nerv to'qimalari uchun foydali, ter bezlari faoliyatini boshqaradi. 

B9 vitamini (folat kislotasi) oqsillar almashinuvida ishtirok etadi, xujayralar o'sishi va bo'linishida keraklidir, nasliy ma'lumotni o'tishid uchun, nerv impul'si va qon xujayralari o'tish mediatorlari sintezi uchun keraklidir. 

V12 vitamini (kobalamin) nerv tizimini o'sish va faoliyati jarayonlarida, qizil qon tanachalari va gemoglobin xosil bo'lishida ishtirok etadi. 

Maxsus saqlash sharoitlari

Ozuqaga biologik faol qo'shimcha dori vositasi xisoblanmaydi. 

Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashish tavsiya etiladi. 

Qo'llanilishi

Ozuqaga biologik faol qo'shimcha sifatida tavsiya etiladi. 

Immunitetni mustaxkamlashga yordam beradi, nerv tizimi ish faoliyatini normallashtiradi, teri, soch va tirnoqlar xolatiga foydali ta'sir ko'rsatadi. 

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

12 yoshgacha bo'lgan bolalarga 

Preparatning komponentlaridan biron biriga yuqori sezuvchanlik.  


   

Dozirovkasi

Tsink Plyus V kompleks ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin ko'p bo'lmagan suv miqdori bilan qabul qilinadi. 

1 kapsuladan kuniga 1 marta 1-2 oy davomida yoki shifokor tavsiyasi bo'yicha buyuriladi. 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homilador va emizikli ayollarga shifokor kuzatuvi ostida va kelishuvi bo'yicha qabul qilish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SINK PLYUS V-KOMPLEKS kapsulalar 5mg N60 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SINK PLYUS V-KOMPLEKS kapsulalar 5mg N60 o'xshash dorilari

SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
115 000 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
Narxi
69 000 so'm dan
MAGNE B6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE B6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•96 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
Analoglar SINK PLYUS V-KOMPLEKS kapsulalar 5mg N60
Analoglari yo'q

SINK PLYUS V-KOMPLEKS kapsulalar 5mg N60 haqida savollar

SINK PLYUS V-KOMPLEKS kapsulalar 5mg N60 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil