Ташкент
logo
SavatKirish

Sink Plus

Sink Plus chiqarish shakllari

SINK PLYUS VITAMIN S kapsulalar  N30
Retseptsiz
SINK PLYUS VITAMIN S kapsulalar N30
Eron
Ishlab chiqaruvchi:
Daana Pharmaceutical Company
SINK PLYUS V-KOMPLEKS DLYA DETEY I PODROSTKOV kapsulalar  N30
Retseptsiz
SINK PLYUS V-KOMPLEKS DLYA DETEY I PODROSTKOV kapsulalar N30
Eron
Ishlab chiqaruvchi:
Daana Pharmaceutical Company
SINK PLYUS V-KOMPLEKS kapsulalar  5mg N60
Retseptsiz
SINK PLYUS V-KOMPLEKS kapsulalar 5mg N60
Eron
Ishlab chiqaruvchi:
Daana Pharmaceutical Company
- Sink Plus qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Sink Plusning tarkibi
- Sink Plus ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Sink Plus narxi Toshkent dorixonalarida

Sink Plus qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

3 yoshgacha bo'lgan bolalarga 

Preparatning komponentlaridan biron biriga yuqori sezuvchanlik.             

Farmakodinamikasi

Tsink antitelalar xosil bo'lishi uchun zarur, ular begona tanachalarni (masalan bakteriyalar va viruslar) tanlaydi va bartaraf qiladi, xamda infektsiya kirishiga immun javobni amalga oshiruvchi T-limfotsitlarni yetilishiga javobgardir. 

V1 vitamini (tiamin) gen darajasida ma'lumotni uzatilishi uchun javob beradi, u xujayralar bo'linish jarayonida amalga oshiriladi, immun tizimini mustaxkamlaydi, stressga qarshi xususiyatga ega, deyarli barcha metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Markaziy nerv tizimida impul'slarni o'tkazuvchanligiga javobgar mediator - atsetilxolin biosintezida ishtirok etadi, kognitiv funktsiyani va eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi, ovqat xazm qilish yo'llari a'zolari va miokardni normal tonusini ta'minlaydi.  

V2 vitamini (riboflavin) – seboreyaga qarshi vitamin, organizmga ozuqa orqali kiradi va yo'g'on ichak mikroflorasi bilan ishlab chiqariladi. Organizmga yangi nerv xujayralarini yaratilishi, qizil qon tanachalarini xosil bo'lishi, temirni o'zlashtirilishi uchun kerak.  Buyrak usti bezi gormonlarini ishlab chiqarilishi xajmini boshqaradi. Riboflavin butun organizm sog'lig'i uchun, ayniqsa – teri, soch va tirnoqlar uchun, xujayralarni erta qarishidan ximoya qiladi va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi. 

V3 vitamini (niatsin) – V guruh vitaminlarining eng chidamli birikmasidir. Markaziy nerv tizimini faolligini ta'minlaydi, eritrotsitlar xosil bo'lishini boshqaradi, lipoproteinlarni qonda yuqori zichligi darajasini oshiradi, shu bilan xolesterin darajasini va yurak-qon tomir kasalliklar xavfini pasaytiradi, gormonlarni (shu jumladan jinsiy va insulin) ishlab chiqarilishi uchun zarur. 

V5 vitamini (pantotenat kal'tsiy) yog' va uglevodlar taqsimlanish jarayonida, to'qimalar regeneratsiyasida ishtirok etadi, teri xolatini yaxshilaydi, keksayish belgilarini kamaytiradi. Lipid va uglevodlar birikmasini taqsimlanishi,  neyromediatorlar va antitelalar biosintezi uchun zarurdir. 

V6 vitamini (piridoksin) eritrotsitlar ishlab chiqarilishida, gemoglobin va antitelalar sintezi nerv tizimi faolligi boshqarilishida  ishtirok etadi. Organizmga "uyqu va stress" – serotonin, melatonin va norepinefrin gormonlarini sintezlashda yordam beradi. 

V7 vitamini (biotin) – go'zallik vitamini. Teri, soch, tirnoq sog'lomligini va go'zalligini qaytaradi, suyak va nerv to'qimalari uchun foydali, ter bezlari faoliyatini boshqaradi. 

B9 vitamini (folat kislotasi) oqsillar almashinuvida ishtirok etadi, xujayralar o'sishi va bo'linishida keraklidir, nasliy ma'lumotni o'tishid uchun, nerv impul'si va qon xujayralari o'tish mediatorlari sintezi uchun keraklidir. 

V12 vitamini (kobalamin) nerv tizimini o'sish va faoliyati jarayonlarida, qizil qon tanachalari va gemoglobin xosil bo'lishida ishtirok etadi. 

C vitamini bu markaziy nerv tizimining xolatiga foydali ta'sir ko'rsatadi. Tanani virusli va bakterial infektsiyalardan ximoya qiladi. Qon tomirlarining elastikligini va kapillyar o'tkazuvchanligini yaxshilaydi. Temirning yaxshi so'rilishi va gemopoezning normallashishiga yordam beradi. 

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homilador va emizikli ayollarga shifokor kuzatuvi ostida va kelishuvi bo'yicha qabul qilish kerak.

Dozirovkasi

Tsink Plyus V kompleks ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin ko'p bo'lmagan suv miqdori bilan qabul qilinadi. 1 kapsuladan kuniga 1 marta 1-2 oy davomida yoki shifokor tavsiyasi bo'yicha buyuriladi. 

Maxsus saqlash sharoitlari

Ozuqaga biologik faol qo'shimcha dori vositasi xisoblanmaydi. 

Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashish tavsiya etiladi. 

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: 

Faol moddalar: tsink oksidi - 5 mg, V1 vitamini - 1,3 mg, V2 vitamini - 1,5 mg, V3 vitamini (nikotinamid) - 9 mg,   V5 vitamini (pantotenat kal'tsiy - 6,0 mg, V6 vitamini - 1,6 mg, V7 vitamini (biotin) – 60 mkg, V12 vitamin – 3 mkg,  V9 vitamini (folat kislotasi)  - 200 mkg.

Yordamchi moddalar: sariq asal ari mumi, gidrogenlangan soe moyi I, gidrogenlangan soe moyi II, rafinatlangan soe moyi, letsitin soe, 

kolloid kremniy dioksidi, suvsiz limon kislotasi, butilgidroksianizol (VNA), butilgidroksitoluol (VNT), EDTA, jelatin, glitserin, sorbitol, qora temir oksidi, qizil temir oksidi, titanumdioksid, tozalangan suv.

Сhiqarilish shakli: yumshoq jelatin kapsulalar.

Qo'llanilishi

Ozuqaga biologik faol qo'shimcha sifatida tavsiya etiladi. 

• 3-12 yoshgacha bulgan bolalarda vitamin va minerallar yetishmasligining oldini olish uchun;

• Mavsumiy shammollashning ko'payish davrida bola  tanasining ximoya kuchini oshirish;

• Bolalar bogchasiga moslashish va maktabdagi yukori psixo-emotsional stress davrida asab tizimining funktsional xolatini saqlab qolish.

Sink Plus barcha rasmlari

Barcha rasmlar
Barcha rasmlar
Barcha rasmlar

Sink Plus savollari

Sink Plus fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil