SINK PLYUS VITAMIN S kapsulalar N30

SINK PLYUS VITAMIN S kapsulalar N30 qo'llanmasi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Faol modda: askorbin kislotasi -60 mg,
Tsink (asosiy tsink sifatida glyukonat tsink) - 10mg;
yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksidi, sariq asalari mumi, gidrogenlangan o'simlik moyi II, soya letsitini, rafinatlangan soya moyi, jelatin, glitserin, sorbit, titan dioksidi, temir II oksidi, tozalangan suv, sariq bo'yovchi №:10
Сhiqarilish shakli: yumshoq jelatin kapsulalar.
Farmakodinamikasi
Ozuqaga biologik faol qo'shimcha – tsink qo'shimcha manbai sifatida va S vitamini.
Tsink almashtirib bo'lmaydigan mikroelement xisoblanadi. Tsink yot tanachalarni (masalan bakteriya va virus) tanib va neytrallaydigan antitelalar xosil bo'lishi uchun zarur, xamda infektsiya bostirib kirganda immun javobni amalga oshiradigan T-limfotsitlarni yetilishi uchun javobgar xisoblanadi.
S vitamini — tan olingan immunostimulyatordir. Yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega, erkin radikallarni neytralizatsiya qilishga va o'pka xujayralarini agressiv ta'sirlardan ximoya qilishga yordam beradi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Ozuqaga biologik faol qo'shimcha dori vositasi xisoblanmaydi.
Dori vositalari qabul qilganda shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Qo'llanilishi
Ozuqaga biologik faol qo'shimcha sifatida tavsiya etiladi. Antioksidant sifatida qo'llaniladi, immunitetni mustaxkamlashga yordam beradi, teri va sochlar sog'lomligi tutib turadi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Biologik faol qo'shimcha komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik.
Dozirovkasi
S vitamini + Tsinkni ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin ko'p bo'lmagan suyuqlik bilan qabul qilinadi. Kuniga 1 kapsuladan yoki shifokor buyurtmasiga bo'yicha qo'llaniladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi
Homilador va emizikli ayollarga shifokor maslaxati va kuzatuvi ostida qabul qilish kerak.
SINK PLYUS VITAMIN S kapsulalar N30 o'xshash dorilari



SINK PLYUS VITAMIN S kapsulalar N30 analoglari


