Apteka.uz
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Vitaminlar  / SINK PLYUS V-KOMPLEKS DLYA DETEY I PODROSTKOV kapsulalar N30

SINK PLYUS V-KOMPLEKS DLYA DETEY I PODROSTKOV kapsulalar N30

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Eron
Kategoriya:Vitaminlar
Ishlab chiqaruvchi:Daana Pharmaceutical Company
Barcha Sink Plus dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas

SINK PLYUS V-KOMPLEKS DLYA DETEY I PODROSTKOV kapsulalar N30 qo'llanmasi

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Tarkibi: 

Faol moddalar: tsink oksidi - 5 mg, V1 vitamini - 1,3 mg, V2 vitamini - 1,5 mg, V3 vitamini (nikotinamid) - 9 mg,   V5 vitamini (pantotenat kal'tsiy - 6,0 mg, V6 vitamini - 1,6 mg, V7 vitamini (biotin) – 60 mkg, V12 vitamin – 3 mkg,  V9 vitamini (folat kislotasi)  - 200 mkg.

Yordamchi moddalar: sariq asal ari mumi, gidrogenlangan soe moyi I, gidrogenlangan soe moyi II, rafinatlangan soe moyi, letsitin soe, 

kolloid kremniy dioksidi, suvsiz limon kislotasi, butilgidroksianizol (VNA), butilgidroksitoluol (VNT), EDTA, jelatin, glitserin, sorbitol, qora temir oksidi, qizil temir oksidi, titanumdioksid, tozalangan suv.

Сhiqarilish shakli: yumshoq jelatin kapsulalar.

Farmakodinamikasi

Tsink antitelalar xosil bo'lishi uchun zarur, ular begona tanachalarni (masalan bakteriyalar va viruslar) tanlaydi va bartaraf qiladi, xamda infektsiya kirishiga immun javobni amalga oshiruvchi T-limfotsitlarni yetilishiga javobgardir. 

V1 vitamini (tiamin) gen darajasida ma'lumotni uzatilishi uchun javob beradi, u xujayralar bo'linish jarayonida amalga oshiriladi, immun tizimini mustaxkamlaydi, stressga qarshi xususiyatga ega, deyarli barcha metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Markaziy nerv tizimida impul'slarni o'tkazuvchanligiga javobgar mediator - atsetilxolin biosintezida ishtirok etadi, kognitiv funktsiyani va eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi, ovqat xazm qilish yo'llari a'zolari va miokardni normal tonusini ta'minlaydi.  

V2 vitamini (riboflavin) – seboreyaga qarshi vitamin, organizmga ozuqa orqali kiradi va yo'g'on ichak mikroflorasi bilan ishlab chiqariladi. Organizmga yangi nerv xujayralarini yaratilishi, qizil qon tanachalarini xosil bo'lishi, temirni o'zlashtirilishi uchun kerak.  Buyrak usti bezi gormonlarini ishlab chiqarilishi xajmini boshqaradi. Riboflavin butun organizm sog'lig'i uchun, ayniqsa – teri, soch va tirnoqlar uchun, xujayralarni erta qarishidan ximoya qiladi va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi. 

V3 vitamini (niatsin) – V guruh vitaminlarining eng chidamli birikmasidir. Markaziy nerv tizimini faolligini ta'minlaydi, eritrotsitlar xosil bo'lishini boshqaradi, lipoproteinlarni qonda yuqori zichligi darajasini oshiradi, shu bilan xolesterin darajasini va yurak-qon tomir kasalliklar xavfini pasaytiradi, gormonlarni (shu jumladan jinsiy va insulin) ishlab chiqarilishi uchun zarur. 

V5 vitamini (pantotenat kal'tsiy) yog' va uglevodlar taqsimlanish jarayonida, to'qimalar regeneratsiyasida ishtirok etadi, teri xolatini yaxshilaydi, keksayish belgilarini kamaytiradi. Lipid va uglevodlar birikmasini taqsimlanishi,  neyromediatorlar va antitelalar biosintezi uchun zarurdir. 

V6 vitamini (piridoksin) eritrotsitlar ishlab chiqarilishida, gemoglobin va antitelalar sintezi nerv tizimi faolligi boshqarilishida  ishtirok etadi. Organizmga "uyqu va stress" – serotonin, melatonin va norepinefrin gormonlarini sintezlashda yordam beradi. 

V7 vitamini (biotin) – go'zallik vitamini. Teri, soch, tirnoq sog'lomligini va go'zalligini qaytaradi, suyak va nerv to'qimalari uchun foydali, ter bezlari faoliyatini boshqaradi. 

B9 vitamini (folat kislotasi) oqsillar almashinuvida ishtirok etadi, xujayralar o'sishi va bo'linishida keraklidir, nasliy ma'lumotni o'tishid uchun, nerv impul'si va qon xujayralari o'tish mediatorlari sintezi uchun keraklidir. 

V12 vitamini (kobalamin) nerv tizimini o'sish va faoliyati jarayonlarida, qizil qon tanachalari va gemoglobin xosil bo'lishida ishtirok etadi. 

C vitamini bu markaziy nerv tizimining xolatiga foydali ta'sir ko'rsatadi. Tanani virusli va bakterial infektsiyalardan ximoya qiladi. Qon tomirlarining elastikligini va kapillyar o'tkazuvchanligini yaxshilaydi. Temirning yaxshi so'rilishi va gemopoezning normallashishiga yordam beradi. 

Maxsus saqlash sharoitlari

Ozuqaga biologik faol qo'shimcha dori vositasi xisoblanmaydi. 

Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashish tavsiya etiladi. 

Qo'llanilishi

Ozuqaga biologik faol qo'shimcha sifatida tavsiya etiladi. 

• 3-12 yoshgacha bulgan bolalarda vitamin va minerallar yetishmasligining oldini olish uchun;

• Mavsumiy shammollashning ko'payish davrida bola  tanasining ximoya kuchini oshirish;

• Bolalar bogchasiga moslashish va maktabdagi yukori psixo-emotsional stress davrida asab tizimining funktsional xolatini saqlab qolish.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

3 yoshgacha bo'lgan bolalarga 

Preparatning komponentlaridan biron biriga yuqori sezuvchanlik.             

Dozirovkasi

Tsink Plyus V kompleks ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin ko'p bo'lmagan suv miqdori bilan qabul qilinadi. 1 kapsuladan kuniga 1 marta 1-2 oy davomida yoki shifokor tavsiyasi bo'yicha buyuriladi. 

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. SINK PLYUS V-KOMPLEKS DLYA DETEY I PODROSTKOV kapsulalar N30 preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

SINK PLYUS V-KOMPLEKS DLYA DETEY I PODROSTKOV kapsulalar N30 o'xshash dorilari

Narxi
67 000 so'm dan
MAGNE B6 tabletkalari 5mg N60
Retseptsiz
MAGNE B6 tabletkalari 5mg N60
Vengriya
Ishlab chiqaruvchi:
Opella Healthcare Hungary Ltd, 2112 Veresegyhaz, Levai u. 5., Hungary.
•96 ta dorixonada bor
Narxi
72 000 so'm dan
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
SUPRADIN IMMUNO TROYNOE DEYSTVIE tabletkalari N15
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
Narxi
115 000 so'm dan
KALSEMIN tabletkalari N30
Retseptsiz
KALSEMIN tabletkalari N30
Germaniya
Vakil:
Bayer
Ishlab chiqaruvchi:
Bayer Consumer Care AG
•1 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
Analoglar SINK PLYUS V-KOMPLEKS DLYA DETEY I PODROSTKOV kapsulalar N30
Analoglari yo'q

SINK PLYUS V-KOMPLEKS DLYA DETEY I PODROSTKOV kapsulalar N30 haqida savollar

SINK PLYUS V-KOMPLEKS DLYA DETEY I PODROSTKOV kapsulalar N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil