VALIDOL 0,06 tabletkalari N8

VALIDOL 0,06 tabletkalari N8 haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Til ostiga qabul qilinganda terapevtik ta'sir o'rtacha 5 daqiqadan so'ng boshlanadi, bunda preparatning 70 % gachasi 3 daqiqa ichida ajralib chiqadi.
Nojo'ya samaralari
Validol uzoq vaqt qabul qilinganda yengil ko'ngil aynishi, ko'z yoshi oqishi, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Bu hodisalar odatda mustaqil ravishda o'tib ketadi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri:
Preparat uzoq muddat qo'llanilganda nojo'ya ta'sir namoyon bo'lishi ehtimoli munosabati bilan transport vositasini yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Saxaroza/izomaltoza yetishmovchiligi, fruktozaga toqat qilolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi (chunki preparat tarkibida saxaroza mavjud).
Ehtiyotkorlik bilan:
Qandli diabet bilan og'rigan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (preparat saxaroza saqlaydi). 1 tabletkada non birligi - 0,096-0,116 NB (0,106 NB) ni tashkil qiladi.
Homiladorlik va laktatsiya:
Homiladorlik va emizish davrida Validol faqat ona uchun kutilayotgan terapevtik ta'sir preparatning homila va emizikli bolaga mumkin bo'lgan salbiy ta'siridan yuqori bo'lgan hollardagina buyuruladi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Markaziy asab tizimini susaytiruvchi boshqa dori vositalari bilan birga qo'llanilganda oxirgilarining ta'sirini kuchaytiradi. Preparatni nitratlar bilan bir vaqtda qo'llash ular qo'llanilganda yuzaga keladigan bosh og'rig'ini kamaytiradi.
Dozirovkasi
VALIDOL 0,06 tabletkalari N8 o'xshash dorilari


VALIDOL 0,06 tabletkalari N8 xususiyatlari
Validol boshqa chiqarish shakllari

VALIDOL 0,06 tabletkalari N8 analoglari






