VIFERON maz 12g 40000ME

VIFERON maz 12g 40000ME haqida qo'llanma
Farmakokinetikasi
Tashqi va mahalliy qo'llanilganda interferonning tizimli absorbsiyasi past.
Farmakologik ta'siri
Immunomodulyatsiya qiluvchi va viruslarga qarshi preparat. Odam rekombinant alfa-2 interferoni yaqqol viruslarga qarshi, antiproliferativ va immunomodulyatsiya qiluvchi xususiyatlarga ega. Preparat tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalar (antioksidant tokoferol asetat) ishtirokida odam rekombinant alfa-2 interferonining spetsifik viruslarga qarshi faolligi oshadi, uning immunomodulyatsiya qiluvchi ta’siri (shikastlanish o‘choqlarida neytrofillarning fagotsitar faoliyatini rag‘batlantirish) kuchayadi.
Nojo'ya samaralari
Ko'p hollarda Viferon®, sirtqi va mahalliy qo'llash uchun malham preparati yaxshi o'zlashtiriladi. Burun shilliq qavatiga surtilganda nojo'ya ta'sirlar (rinoreya, aksirish, burun shilliq qavatining achishishi) kuchsiz va o'tkinchi xarakterga ega va preparat bekor qilingandan so'ng mustaqil ravishda yo'qoladi.
Maxsus ko‘rsatmalari
Ko'pchilik hollarda Viferon®, sirtqi va mahalliy qo'llash uchun maz, yaxshi o'zlashtiriladi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- 1 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
ViferonВ® preparati, sirtga va mahalliy qo'llash uchun surtma, O'RVI, shu jumladan gripp, teri va shilliq qavatlarning virusli (gerpetik) shikastlanishlarini davolashda qo'llaniladigan barcha dori preparatlari bilan mutanosib va yaxshi kombinatsiyalanadi.
Dozirovkasi
Gerkpes infeksiyasida maz zararlanish o'choqlariga yupqa qatlam qilib sutkasiga 3-4 marta surtiladi, davolash davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi.
Teri va shilliq pardalarning zararlanishining birinchi belgilari (qichishish, achishish, qizarish) paydo bo'lishi bilanoq davolashni boshlash tavsiya etiladi. Qaytalanuvchi gerpesni davolashda prodromal davrda yoki qaytalanish belgilarining eng boshida davolashni boshlash afzalroqdir.
Gripp va boshqa O'RVI ni davolash uchun maz burun yo'llarining shilliq qavatiga yupqa qatlam qilib surtiladi: 1 yoshdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 2500 XB (diametri 0,5 sm bo'lgan 1 dona no'xatdek) sutkasiga 3 marta, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 2500 XB (diametri 0,5 sm bo'lgan 1 dona no'xatdek) sutkasiga 4 marta, 12 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarga - 5000 XB (diametri 1 sm bo'lgan 1 dona no'xatdek) sutkasiga 4 marta. Davolash davomiyligi 5 kunni tashkil qiladi.
VIFERON maz 12g 40000ME o'xshash dorilari



Viferon boshqa chiqarish shakllari




VIFERON maz 12g 40000ME analoglari







