×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VIFERON suppozitorii 150000me N10

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Интерферон альфа-2b
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Ферон, ООО
Vakil:
- Ферон ООО
ATX kodi:
- L03AB05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 242 ta dorixonasida topildi

ico 58 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 68 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 64 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

UROSTIM tabletkalari 50mg N10 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
136 600 s`om dan
PIROGENAL inyeksiya uchun eritma 1 ml 25 mkg/ml N10 ФГБУ ФНИЦЭМ им.Н.Ф.Гамалеи Минздрава России Rossiya
290 000 s`om dan
IMUNORIKS eritma dlya priema vnutr 400mg/7ml N10 Polichem S.A., Люксембург произведено: Doppel Pharmaceutical S.r. Italiya
ANAFERON tabletkalari N20 ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya Federatsiyasi
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Rektal suppozitoriyler 150000 XB, 500000 XP, 1000000 XP, 3000000 XP. 5 iki 10 suppozitoriy dan PVX/PVX kontur Ueli o'ramda. 10 suppozitoriydan 1 kontur uyali o'ram yoki 5 suppozitoriydan 2 kontur uyali o'ram davlatva rus tillaridagi qo'llashga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.
Rekombinant odam alfa-2b interferoni viruslarga qarshi, immunitetnirag'batlantiruvchi, antiproliferativ xususiyatlarga ega, RNK- va DNK saqlovchi viruslar replikasiyasini bostiradi. Makrofaglarning fagositar faolligini kuchayishi, limfositlarning nishon-xujayralarga spesifik tsitotoksikligini oshishi kabi alfa-2b interferoni immunitetni rag'batlantiruvchi xususiyatlari uning bilvosita antibakterial faolligini belgilaydi. Askorbin kislotasi va alfa-tokoferol atsetati mavjudligida alfa-2b interferoni spesifik viruslarga qarshi faolligini oshadi, uning immunitetni rag'batlantiruvchi ta'siri kuchayadi, bu patogen mikroorganizmlarga organizmning xususiy immun javobi samaradorligini oshishi imkoniyatini beradi. Preparatni qo'llaganda A sinf sekretor immunoglobulinlar darajasi oshadi, immunoglobulin E darajasi normallashadi, alfa-2b interferoni endogen tizimi faoliyatini tiklanishi kuzatiladi. Askorbin kislotasi va alfa-tokoferol atsetat yuqori faollikka ega antioksidantlar bo'lib, yallig'lanishga qarshi, membranani barqarorlashtiruvchi, shuningdek regenerasiya qiluvchi xususiyatlarga ega. Viferon preparatini qo'llaganda alfa-2b interferoni preparatlarini parenteral yuborilganda yuzaga keluvchi nojo'ya samaralar kuzatilmasligi aniqlangan, alfa-2b interferoni viruslarga qargi faolligini neytralizasiya qiluvchi antitelalar hosil bo'lmaydi. VIFERON5 preparatini majmuaviy davolash tarkibida qo'llash antibakterial va gormonal dori vositalarining terapevtik dozalarini pasaytirish, shuningdek ko'rsatilgan davolashning toksik samaralarini kamaytirish imkonini beradi. Kakao moyi ishlab chiqarishda sintetik toksik emulgatorlarni ko'llamaslimkonini beruvchi fosfolipidlar saqlaydi, ko'p to'yinmagan yog' kislotalari esa preparatni yuborish va eritishni engillashtiradi.
VIFERON" 150000 XB 1 suppozitoriysi quyidagi faol modda saqlaydi: rekombinant

odam alfa-2b interferoni 150000 XB, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0054 g,

natriy askorbat 0,0108 g, alfa-tokoferol atsetat 0,055 g, dinatriya edeta digidrat

0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1958 g, qandolat yog'i yoki kakao moyi o'rnini

bosuvchi 1 gacha.

VIFERON 500000 XB 1 suppozitoriysi quyidagi faol modda saqlaydi: rekombinant

odam alfa-2b interferoni 500000 XB, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g,

natriy askorbat 0,0162 g, alfa-tokoferol atsetat 0,055 g, dinatriya edetat digidrat

0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog'i yoki kakao moyi o'rnini

bosuvchi 1 gacha.

VIFERON 1000000 XB 1 suppozitoriysi kuyidagi faol modda saqlaydi: rekombinant

odam alfa-2b interferoni 1000000 XB, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g,

natriy askorbat 0,0162 g, alfa-tokoferol atsetat 0,055 g, dinatriya edetat digidrat

0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog'i yoki kakao moyi o'rnini

bosuvchi 1 gacha.

VIFERON 3000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagi faol modda saqlaydi: rekombinant

odam alfa-2b interferoni 3000000 XB, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g,

natriy askorbat 0,0162 g, alfa-tokoferol atsetat 0,055 g, dinatriya edetat digidrat

0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog'i yoki kakao moyi o'rnini

bosuvchi 1 gacha.

Kam xollarda allergik reaktsiyalar (teri toshmalari, qichishish) rivojlanishi mumkin. Ushbu ko'rinishlar qaytuvchan va preparatni qabul qilish to'xtatilgandan keyin 72 soat o'tgach utib ketadi. Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri Viferon*, rektal Suppozitoriylar yuqorida ko'rsatilgan kasalliklarni davolashda qo'llanadigan barcha dori preparatlari (antibiotiklar, ximiopreparatlar, glyukokortikosteroidlar) bilan mutanosib va birga yaxshi qo'llanadi. Transport vositalarini boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'siri Aniqlanmagan.

bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida o'tkir respirator virusli infektsiyalar, shu jumladan gripp, jumladan bakterial infektsiya bilan asoratlangan, pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali); majmuaviy davolash tarkibida yangi tug'ilgan, shu jumladan chala tug'ilgan bolalarning infektsion-yallig'lanish kasalliklari: meningit (bakterial, virusli), sepsis, ona qorni ichidagi infektsiya (xlamidioz, gerpes, tsitomegalovirus infektsiya, enterovirus infektsiya, kandidoz, shu jumladan visseral, mikoplazmoz); bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida, shu jumladan jigar tsirrozi bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va gemosorbtsiya bilan birga V, S, D surunkali virusli gepatitlari; kattalarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo'llarining infektsion- yallig'lanish kasalliklari (xlamidioz, tsitomegalovirus infektsiya, ureaplazmoz, trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infektsiya, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi qin kandidozi, mikoplazmoz); kattalarda teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik infektsiyalari, chegaralangan shakli, engil va o'rtacha og'irlikda kechishi, shu jumladan urogenital shaklini davolashda qo'llanadi.

Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Homiladorlikning 14 xaftasidan boshlab preparatni qo'llash mumkin. Emizish davrida

qo'llashga cheklovlar mavjud emas.

Yaroqlilik muddati-2 yil. Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin. Saqlash sharoiti 2 dan 8 °С gacha haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Preparat rektal qo'llanadi. 1 suppozitoriy faol modda sifatida ko'rsatilgan dozalarda (150000 XB, 500000 XB, 1000000 XB, 3000000 XB) rekombinant odam alfa-2b interferoni saqlaydi. Bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida o'tkir respirator virusli infektsiyalar, shu jumladan gripp, jumladan bakterial infektsiya bilan asoratlangan, pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali). Kattalar, shu jumladan homiladorlar va 7 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etilgan doza sutka davomida har kuni sutkada 2 marta har 12 soatda VIFERON" 500000 XB suppozitoriyni tashkil qiladi. Klinik ko'rsatmalarga qarab davolash davom ettirilishi mumkin. 7 yoshgacha bo'lgan bolalar, shu jumladan yangi tug'ilgan va gestasion yoshi 34 xaftadan oshgan chala tug'ilgan chaqaloqlarda VIFERON* 150000 XB preparatini 5 sutka davomida har kuni sutkada 2 marta har 12 soatda 1 suppozitoriydan qo'llash tavsiya etiladi. Klinik ko'rsatmalarga qarab davolashni davom ettirish mumkin. Kurslar orasidagi tanaffus 5 sutkani tashkil qiladi. Gestasion yoshi 34 xaftadan kam bo'lgan chala tug'ilgan chaqaloqlarda Viferon 150000 XB preparatini 5 sutka davomida har kuni har 8 soatda utkada 3 marta suppozitoriydan qo'llash tavsiya etilgan. Klinik ko'rsatmalarga qarab davolashni davom ettirish mumkin. Kurslar orasidagi tanaffus 5 sutkani tashkil qiladi. Majmuaviy davolash tarkibida yangi tug'ilgan, shu jumladan chala tug'ilgan bolalarning infektsion-yallig'lanish kasalliklari: meningit (bakterial, virusli), sepsis, ona qorni ichidagi infektsiya (xlamidioz, gerpes, tsitomegalovirus infektsiya, enterovirus infektsiya, kandidoz, shu jumladan visseral, mikoplazmoz). Yangi tug'ilgan bolalar, shu jumladan gestasion yoshi 34 xaftadan oshgan chala tug'ilgan chaqaloqlar uchun tavsiya etilgan doza har har kuni 12 soatda sutkada 2 marta viferon" 150000 XB 1 suppozitoriyni tashkil etadi. Davolash kursi - 5 sutka. Gestasion yoshi 34 xaftadan kam bo'lgan chala tug'ilgan chaqaloqlarda Viferon 150000 XB preparatini har kuni har 8 soatda sutkada 3 marta 1 suppozitoriydan qo'llash tavsiya etilgan. Davolash kursi - 5 sutka. Turli infektsion-yallig'lanish kasalliklarida kurslarning tavsiya etilgan miqdori: sepsis - 2-3 kurs, meningit - 1-2 kurs, gerpetik infektsiya - 2 kurs, enterovirus infektsiya - 1-2 kurs, tsitomegalovirus infektsiya - 2-3 kurs, mikoplazmoz, kandidoz, shu jumladan visseral - 2-3 kurs. Kurslar orasida tanaffus 5 sutkani tashkil qiladi. Klinik ko'rsatmalarga qarab davolash davom ettirilishi mumkin. Bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida, shu jumladan jigar tsirrozi bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va gemosorbtsiya bilan birga V, S, D surunkali virusli gepatitlari. Kattalar uchun tavsiya etilgan doza - 10 sutka davomida har kuni har 12 soatda sutkada 2 marta viferon* 3000000 XB 1 suppozitoriydan, keyinchalik 6-12 oy davomida kunora xaftada 3 marta. Davolash davomiyligi klinik samaradorlik va laborator ko'rsatkichlarga qarab aniqlanadi. 6 oylikkacha bo'lgan bolalarga sutkada 300000-500000 XB; 6 oylikdan 12 oylikkacha - sutkada 500000 XB tavsiya etilgan. 1 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarga sutkada tana yuzasi maydonining har 1 m2 ga 3000000 XB tavsiya etilgan. 7 yoshdan oshgan bolalarga sutkada tana yuzasi maydonining har 1 m2 ga 5000000 XB tavsiya etilgan.Preparat birinchi 10 sutka davomida har kuni har 12 soatda sutkada 2 marta, keyinchalik 6-12 oy davomida kunora xaftada uch marta qo'llanadi. Davolash davomiyligi klinik samaradorlik va laborator ko'rsatkichlarga qarab aniqlanadi. Har bir pasient uchun preparatning sutkalik dozasini hisoblash Garford, Terri va Rurk bo'yicha balandlik va massa bo'yicha tana yuzasi maydonini hisoblash uchun nomogramma bo'yicha hisoblangan tana yuzasi maydonini ushbu yosh uchun tavsiya etilgan dozaga ko'paytirish yo'li orqali hisoblanadi. Bir martalik dozani hisoblash, hisoblangan sutkalik dozani 2 marta yuborish uchun bo'lish orqali amalga oshiriladi, hosil bo'lgan ko'rsatkichni suppozitoriy dozasini olinguncha yuqori tomonga yaxlitlanadi. Yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitda va jigar tsirrozida plazmaferez va/yoki gemosorbtsiya o'tkazishdan oldin 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda VIFERON 150000 XB, 7yoshdan oshgan bolalarda VIFERON* 500000 XB 1 suppozitoriydan 14 sutkada davomida har kuni har 12 soatda sutkada 2 marta qo'llash tavsiya etiladi. Kattalarda, shu jumladan homiladorlarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo'llarining infektsion-yallig'lanish kasalliklari (xlamidioz, tsitomegalovirus infektsiya, ureaplazmoz, trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infektsiya, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi qin kandidozi,mikoplazmoz).Kattalar uchun tavsiya etilgan doza - 5-10 sutka davomida har kuni har 12 soatda sutkada 2 marta VIFERON3 500000 XB 1 suppozitoriyni tashkil qiladi. Klinik ko'rsatmalarga qarab davolash davom ettirilishi mumkin. Homiladorlarga homiladorlikning II uch oyligidan boshlab (gestasiyaning 14 xaftasidan boshlab) VIFERON 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan 10 sutka davomida har kuni har 12 soatda sutkada 2 marta 1 suppozitoriydan, keyinchalik 9 kun davomida 3 kun interval bilan (to'rtinchi kuni) 3 marta 1 suppozitoriydan har 12 soatda sutkada 2 marta qo'llash tavsiya etiladi. Keyinchalik tug'ruqqacha har 4 xaftada VIFERON* 150000 XB 1 suppozitoriydan 5 sutka davomida har kuni har 12 soatda sutkada 2 marta buyuriladi. Zarurati bo'lganda tug'ruqdan oldin (gestasiyaning 38 xaftasidan boshlab) Viferon 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan har kuni har 12 soatda sutkada 2 marta 10 sutka davomida qo'llash ko'rsatilgan. Kattalarda, shu jumladan homiladorlarda teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik infektsiyalari, chegaralangan shakli, engil va o'rtacha og'irlikda kechishi, shu jumladan urogenital shakli. Kattalarda tavsiya etilgan doza - viferon" 1000000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutkada davomida va qaytalanuvchi infektsiyada ko'proqni tashkil qiladi. Klinik ko'rsatmalarga qarab davolash davom ettirilishi mumkin. Davolashni teri va shilliq qavatlarni shikastlanishining birinchi belgilari (qichishish, achishish, qizarish) paydo bo'lishi bilan darhol boshlash tavsiya etiladi. Qaytalanuvchi gerpesni davolaganda davolashni prodromal davrda boshlash yoki qaytalanish belgilarini paydo bo'lishini boshida boshlagan afzal. Homiladorlarga homiladorlikning II uch oyligidan (gestasiyaning 14 xaftasidan boshlab) VIFERON3 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutkada davomida, keyinchalik 9 kun davomida 3 kun interval bilan (to'rtinchi kuni) 3 marta 1 suppozitoriydan har 12 soatda sutkada 2 marta qo'llash tavsiya etiladi. Keyinchalik tug'ruqqacha har 4 xaftada VIFERON 150000 XB 1 suppozitoriydan 5 sutka davomida har kuni har 12 soatda sutkada 2 marta buyuriladi. Zarurati bo'lganda tug'ruqdan oldin (gestasiyaning 38 xaftasidan boshlab) VIFERON 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan har kuni har 12 soatda sutkada 2 marta 10 sutka davomida qo'llash ko'rsatilgan.

VIFERON suppozitorii 150000me N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VIFERON®

VIFERON®

 

Preparatning savdo nomi: Viferon®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): interferon alfa-2b

Dori shakli: rektal suppozitoriylar

Tarkibi:

VIFERON® 150000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 150000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0054 g, natriy askorbati 0,0108 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1958 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha

VIFERON® 500000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha.

VIFERON® 1000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1000000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha.

VIFERON® 3000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1000000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b,

yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol asetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gachasaqlaydi.

Ta‘rifi: Pulyasimon shaklli, oq-sariqdan sariq rangligacha bo‘lgan suppozitoriylar. Dog‘lar yoki marmarlik ko‘rinishida rangini bir xil bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi. Bo‘ylama kesimida voronkasimon chuqurlik mavjud. Suppozitoriyning diametri 10 mm gacha.

Farmakoterapevtik guruhi: sitokin.

ATX kodi: L03AB05

Farmakologik xususiyatlari

Odam rekombinant alfa-2b interferonb viruslarga qarshi, immunitetni rag‘batlantiruvchi, antiproliferativ xususiyatlarga ega, RNK- va DNK-saqlovchi viruslarning replikasiyasini susaytiradi. Makrofaglarning fagositar faolligini kuchaytirish, nishon-xujayralarga limfositlarning sitotoksikligini spesifik oshishi kabi interferon alfa-2b ning immunitetni rag‘batlantiruvchi xususiyatlari uning bilvosita antibakterial faolligini ta‘minlaydi.

Askorbin kislotasi va alfa-tokoferol asetati mavjudligida interferon alfa-2b ning viruslarga qarshi spesifik faolligi oshadi, uning immunitetni rag‘batlantiruvchi ta‘siri kuchayadi, bu patogen mikroorganizmga qarshi organizmning xususiy immun javobining samaradorligini oshirish imkonini beradi. Preparat qo‘llanilganda A sinf sekretor immunoglobulinlar darajasi oshadi, immunoglobulin Ye darajasi normallashadi, interferon alfa-2b endogen tizimining faoliyati tiklanadi. Askorbin kislotasi va alfa-tokoferol asetati yuqori faollikka ega antioksidant hisoblanib, yallig‘lanishga qarshi, membranani barqarorlashtiruvchi, shuningdek regenerasiyalovchi xususiyatlarga ega. VIFERON® preparatini qo‘llaganda interferon alfa-2b preparatlarini parenteral yuborilganda paydo bo‘luvchi nojo‘ya samaralar kuzatilmaydi, interferon alfa-2b ning viruslarga qarshi faolligini neytralizasiya qiluvchi antitelalar hosil bo‘lmasligi aniqlangan. Majmuaviy davolash tarkibida VIFERON® preparatini qo‘llash antibakterial va gormonal dori vositalarining terapevtik dozalarini kamaytirish, shuningdek ko‘rsatilgan davolashning toksik samaralarini kamaytirish imkonini beradi.

Kakao moyi fosfolipidlar saqlaydi bu esa preparatni ishlab chiqarish jarayonida sintetik toksik emulgatorlarni ishlatmaslik imkonini beradi, ko‘p to‘yinmagan yog‘lar mavjudligi esa preparatni yuborishni va erishini yengillashtiradi.

Qo‘llanilishi

  • kattalar va bolalarda majmuaviy davolash tarkibida o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, shu jumladan gripp, shu jumladan bakterial infeksiya bilan asoratlangan, pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali);
  • majmuaviy davolash tarkibida yangi tug‘ilgan bolalarda, shu jumladan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: meningit (bakterial, virusli), sepsis, bachadon ichi infeksiyalari (xlamidioz, gerpes, sitomegalovirus infeksiyasi, enterovirus infeksiyasi, kandidoz, shu jumladan visseral, mikoplazmoz);
  • bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida surunkali virusli V, S, D gepatitlari, shu jumladan jigar sirrozi bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va gemosorbsiyani qo‘llash bilan birga;
  • kattalarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (xlamidioz, sitomegalovirus infeksiyasi, ureaplazmoz, trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infeksiyasi, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi qin kandidozi, mikoplazmoz);
  • teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik infeksiyalari, chegaralangan shakli, yengil va o‘rtacha og‘irlikda kechishi, shu jumladan kattalardagi urogenital shaklida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat rektal qo‘llanadi. 1 suppozitoriy faol modda sifatida ko‘rsatilgan dozalarda (150000 XB, 500000 XB, 1000000 XB, 3000000 XB) odam rekombinant interferon alfa-2b saqlaydi.

Kattalar va bolalarda majmuaviy davolash tarkibida o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, shu jumladan gripp, shu jumladan bakterial infeksiya bilan asoratlangan, pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali).

Kattalar, shu jumladan homilador va 7 yoshdan oshgan bolalarga tavsiya etiladigan doza VIFERON® 500000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin.

7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shu jumladan yangi tug‘ilgan va gestasion yoshi 34 xaftadan oshgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga VIFERON® 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin. Davolash kurslari orasida tanaffus 5 sutkani tashkil etadi.

Gestasion yoshi 34 xaftadan kam bo‘lgan chala tug‘ilan chaqaloqlarga VIFERON® 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 3 marta har 8 soatda har kuni 5 sutka davomida qo‘llash tavsiya etiladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin. Davolash kurslari orasida tanaffus 5 sutkani tashkil etadi.

Majmuaviy davolash tarkibida yangi tug‘ilgan bolalarda, shu jumladan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: meningit (bakterial, virusli), sepsis, bachadon ichi infeksiyalari (xlamidioz, gerpes, sitomegalovirus infeksiyasi, enterovirus infeksiyasi, kandidoz, shu jumladan visseral, mikoplazmoz).

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, shu jumladan gestasion yoshi 34 xaftadan oshgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga VIFERON® 150000 XB preparati 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. Davolash kursi – 5 sutka.

Gestasion yoshi 34 xaftadan kam bo‘lgan chala tug‘ilan chaqaloqlarga VIFERON® 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 3 marta har 8 soatda buyuriladi. Davolash kursi – 5 sutka.

Turli infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida tavsiya etilgan davolash kurslar soni: sepsis – 2-3 kurs, meningit – 1-2 kurs, gerpetik infeksiya – 2 kurs, enterovirus infeksiya – 1-2 kurs, sitomegalovirus infeksiya – 2-3 kurs, mikoplazmoz, kandidoz, shu jumladan visseral – 2-3 kurs. Kurslar orasidagi tanaffus 5 sutkani tashkil etadi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin.

Bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida surunkali virusli V, S, D gepatitlari, shu jumladan jigar sirrozi bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va gemosorbsiyani qo‘llash bilan birga.

Kattalar uchun tavsiya etilgan doza – VIFERON® 3000000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, keyinchalik xaftada uch marta kunora 6-12 oy davomida buyuriladi. Davolash davomiyligi klinik samaradorlik va laborator ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi.

6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga sutkada 300000-500000 XB; 6 oylikdan 12 oylikkacha – sutkada 500000 XB tavsiya etiladi.

1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada tana yuzasining 1 m2 ga 3000000 XB tavsiya etiladi.

7 yoshdan oshgan bolalarga sutkada tana yuzasining 1 m2 ga 5000000 XB tavsiya etiladi.

Preparat sutkada 2 marta har 12 soatda 10 sutkada davomida har kuni, so‘ngra xaftada kunora 6-12 oy davomida qo‘llanadi. Davolash davomiyligi klinik samaradorlik va laborator ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi.

Har bir pasient uchun preparatning sutkalik dozasini hisoblash ushbu yoshda tavsiya etiladigan dozani Garford, Terri va Rurku bo‘yicha bo‘y va tana vazni bo‘yicha tana yuzasi maydonini hisoblash uchun nomogramma bo‘yicha hisoblangan tana yuzasi maydoniga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi. Bir martalik dozani aniqlash uchun hisoblab topilgan sutkalik dozani 2 marta yuborishga bo‘lish orqali amalga oshiriladi, olingan qiymatni suppozitoriyning dozasigacha yaxlitlanadi.

Yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatit va jigar sirrozida plazmaferez va/yoki gemosorbsiya o‘tkazishdan oldin 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga VIFERON® 150000 XB, 7 yoshdan oshgan bolalarga VIFERON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 14 sutka davomida buyuriladi.

Kattalarda, shu jumladan homiladorlarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari (xlamidioz, sitomegalovirus infeksiyasi, ureaplazmoz, trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infeksiyasi, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi qin kandidozi, mikoplazmoz).

Kattalar uchun tavsiya etilgan doza – VIFERON® 500000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5-10 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin.

Homilador ayollarga homiladorlikning II uch oyligidan boshlab (gestasiyaning 14 xaftasidan boshlab) VIFERON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, so‘ngra 9 kun davomida 3 marta 3 kun interval bilan (to‘rtinchi kuni) 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. So‘ngra har 4 xaftada tug‘ruqqacha VIFERON®150000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Zarurati bo‘lganida tug‘ruqdan oldin (gestasiyaning 38 xaftasidan boshlab) VIFERON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida qo‘llash ko‘rsatilgan.

Teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik infeksiyalari, chegaralangan shakli, yengil va o‘rtacha og‘irlikda kechishi, shu jumladan kattalardagi, shu jumladan homiladorlardagi urogenital shakli.

Kattalar uchun tavsiya etiladigan doza – VIFERON®1000000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida va qaytalanuvchi infeksiyada undan ko‘proq buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalarga qarab davolash davom ettirilishi mumkin. Teri va shilliq qavatlarni shikastlanishining birinchi belgilari (qichishish, achishish, qizarish) paydo bo‘lganda davolashni darhol boshlash tavsiya etiladi.

Qaytalanuvchi gerpesni davolaganda davolashni prodromal davrda yoki qaytalanish belgilarini paydo bo‘lishini boshida boshlash afzal.

Homiladorlarga homiladorlikning II uch oyligidan boshlab (gestasiyaning 14 xaftasidan boshlab) VIFERON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, so‘ngra 9 kun davomida 3 marta 3 kun interval bilan (to‘rtinchi kuni) 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. So‘ngra har 4 xaftada tug‘ruqqacha VIFERON® 150000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Zarurati bo‘lganida tug‘ruqdan oldin (gestasiyaning 38 xaftasidan boshlab) VIFERON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida qo‘llash ko‘rsatilgan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda allergik reaksiyalar (teri toshmalari, qichishish) kuzatilishi mumkin. Ushbu ko‘rinishlar qaytuvchandir va preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan 72 soatdan keyin yo‘q bo‘ladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida uni qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

VIFERON®, rektal suppozitoriylar yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan barcha dori preparatlari (antibiotiklar, ximiopreparatlar, glyukokortikosteroidlar) bilan mutanosib va birga yaxshi qo‘llanadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlikning 14 xaftasidan boshlab qo‘llash mumkin. Emizish davrida qo‘llash uchun cheklovlar yo‘q.

Transport vositalarini boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘siri

Aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

 

 

 

 

Chiqarilish shakli

Rektal suppozitoriylar 150000 XB, 500000 XB, 1000000 XB, 3000000 XB. 10 suppozitoriydan PVX/PVX kontur uyali o‘ramda. 10 suppozitoriyli 1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Saqlash sharoiti

2°S dan 8°S gacha haroratda saqlansin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VIFERON suppozitorii 150000me N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIFERON suppozitorii 150000me N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIFERON suppozitorii 150000me N10 dori vositasi Ферон, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VIFERON suppozitorii 150000me N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VIFERON suppozitorii 150000me N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LAFERON FARMBIOTEK suppozitorii 1000000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Укрфармэкспорт,ООО произведено Интерфармбиотек, научно-производственная компания,ООО
LAFERON FARMBIOTEK suppozitorii 500000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Укрфармэкспорт,ООО произведено Интерфармбиотек, научно-производственная компания,ООО
LAFERON FARMBIOTEK suppozitorii 250000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Укрфармэкспорт,ООО произведено Интерфармбиотек, научно-производственная компания,ООО
LAFEROBION liofilizat 3000000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БиоФарма OOO
LAFEROBION liofilizat 1000000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БиоФарма OOO
LAFEROBION liofilizat 1000000me N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БиоФарма OOO
LAFEROBION suppozitorii 3000000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БиоФарма OOO
LAFEROBION suppozitorii 150000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БиоФарма OOO
LAFEROBION suppozitorii 150000me N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БиоФарма OOO
LAFEROBION suppozitorii 1000000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БиоФарма OOO
LAFEROBION suppozitorii 500000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БиоФарма OOO
VIFERON suppozitorii 3000000me N10
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
VIFERON suppozitorii 1000000me N10
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
VIFERON suppozitorii 500000me N10
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
KOFERON poroshok 120mkg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dong Trade, ООО, Гонконг произведено: Hankook Korus Pharm. Co. Ltd.
INTERFERAL aerozol 10ml 100000me N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гос. НИИ ОЧБ ФМБА ФГУП, произведено Алтайвитамины, ЗАО
GENFERON LAYT sprey 5000me+1mg 100doz N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БИОКАД, ЗАО
VIFERON maz 12g 40000ME
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
OKOFERON V KOMPLEKTE S RASTVORITELEM NIPAGIN ko'z tomchilari 5ml 1000000ME N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БиоФарма OOO
NAZOFERON sprey 5ml 100000ME/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
NAZOFERON burun uchun tomchilar 5ml 100000ME/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 48 700 so'mdan Batafsil
ALTEVIR (INTERFERON) eritma 5ml N5
ALTEVIR (INTERFERON) eritma 3ml N5
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VIFERON maz 12g 40000ME
Narh: 44 000 so'mdan Batafsil
VIFERON suppozitorii 3000000me N10
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
VIFERON suppozitorii 1000000me N10
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
VIFERON suppozitorii 500000me N10
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
VIFERON maz 12g 40000ME
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9