Apteka.uz
SavatKirish

Nazoferon

Nazoferon chiqarilish shakllari

NAZOFERON sprey 5ml 100000ME/ml
Retseptsiz
NAZOFERON sprey 5ml 100000ME/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•117 ta dorixonada bor
Narxi
56 000 so'm dan
NAZOFERON burun uchun tomchilar 5ml 100000ME/ml
Retseptsiz
NAZOFERON burun uchun tomchilar 5ml 100000ME/ml
Ukraina
Ishlab chiqaruvchi:
Farmak, PAO
•118 ta dorixonada bor
Narxi
49 700 so'm dan
- Nazoferon qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Nazoferonning tarkibi
- Nazoferon ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Nazoferon narxi Toshkent dorixonalarida

Nazoferon haqida qo'llanma

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Interferon alfa-2b va preparat tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik, anamnezda og‘ir allergik kasalliklar. Homiladorlik va emizish davri.

Farmakokinetikasi

O'rganilmagan.

Farmakologik ta'siri

NAZOFERON ®- viruslarga qarshi, mikroblarga qarshi, yallig'lanishga qarshi va immunomodulyatsion vosita. Interferonning biologik ta'siri quyidagi samaralar bilan tavsiflanadi: - transkripsiya va translatsiya jarayonlariga ingibirlovchi ta'siri hisobiga viruslar (adenoviruslar, gripp viruslari) replikatsiyasini bostiradi; antiproliferativ - hujayralar (ko'pchilik DNK va RNK-saqlovchi viruslar) ko'payishini susaytiradi. Interferon o'ziga xos ferment - proteinkinaza sintezini ishga tushiradi, u ushbu jarayonning ishga tushiruvchi omillaridan birini fosforillash orqali translatsiyaga to'sqinlik qiladi; virusning matritsa RNK sini shikastlovchi o'ziga xos ribonukleazani faollashtiradi. Interferon samaralariga shuningdek quyidagilar kiradi: boshqa sitokinlar ishlab chiqarilishini rag'batlantirish, o'ziga xos fermentlar induksiyasi, hujayralar proliferatsiyasini susaytirish, immunomodulyatsiya (makrofaglarning fagotsitar faolligini va nishon-hujayralarga nisbatan limfotsitlarning o'ziga xos sitotoksikligini kuchaytirish). Interferon immunitet mediatori hisoblanadi, yaqqol to'qima o'ziga xosligini ko'rsatadi, organizmni infektsion kasalliklar qo'zg'atuvchilaridan himoya qiladi.

Maxsus ko‘rsatmalari

Preparatni har bir burun yo'liga yuborish kerak.
Preparatni qo'llashdan oldin chalqancha yotish yoki o'tirish holatini qabul qilish, boshni biroz orqaga egish va qaysi burun yo'liga tomchilar tomiziladigan bo'lsa, o'sha tomonga burish va flakon tomizgichini burunning ichki devorlariga tekkizmasdan preparatni tomizish kerak. Tomizgandan so'ng darhol preparat burun shilliq qavati bo'ylab bir tekis taqsimlanishi uchun bir necha daqiqa davomida burun qanotlarini tashqaridan barmoqlar bilan uqalash tavsiya etiladi.
Bolalarga tomchilarni qo'llash kattalar nazorati ostida o'tkazilishi kerak.
Preparat metilparagidroksibenzoat saqlaydi, u allergik reaksiyalarni, shu jumladan kechiktirilgan, alohida hollarda bronxospazmni chaqirishi mumkin.
O'ramning butunligi va markirovkasi buzilganda, fizik xususiyatlari (suyuqlik rangi yoki tiniqligi) o'zgarganda va yaroqlilik muddati o'tgandan keyin preparatni qo'llamaslik kerak.
Infeksiya tarqalishining oldini olish uchun individual foydalanish tavsiya etiladi.
Preparatni ko'z shilliq qavatiga tushishidan saqlanish kerak.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilmaydi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Intranazal tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki ular burun shilliq qavatining qurishiga yordam beradi.

Qo‘llash usuli va dozirovkasi

O‘RKning ilk belgilarida (5 kun davomida)
1 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - har bir burun yo‘liga 1 tomchidan sutkasiga 5 marta (bir martalik doza - 8000 XB, sutkalik doza - 40 000 XB)
1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - har bir burun yo‘liga 2 tomchidan sutkasiga 3-4 marta (bir martalik doza - 16000 XB, sutkalik doza - 48000-64000 XB)
3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - har bir burun yo‘liga 2 tomchidan sutkasiga 4-5 marta (bir martalik doza - 16000 XB, sutkalik doza - 64000-80000 XB)
14 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - har bir burun yo‘liga 2 tomchidan sutkasiga 5-6 marta (bir martalik doza - 16000 XB, sutkalik doza - 80000-96000 XB)
Kattalarga - har bir burun yo‘liga 3 tomchidan sutkasiga 5-6 marta (bir martalik doza - 24000 XB, sutkalik doza - 120000-144000 XB).
Respirator virusli infeksiyalar profilaktikasi uchun:
Bemor bilan aloqada bo‘lganda va sovuq qotganda - yoshga doir dozaga muvofiq kuniga 2 marta 5-7 kun davomida. Zarurat bo‘lganda profilaktik kurslarni takrorlash kerak. Bir martalik aloqada bir marta qo‘llash kifoya.
Mavsumiy kasallanish oshganda - yoshga doir dozaga muvofiq bir marta ertalab 1-2 sutka oraliq bilan.
Tomizgich bilan yopilgan flakondagi nazal tomchilarni ishlatish sxemasi:
1. Flakondan himoya qopqog‘ini yechish.
2. Flakonni uchini pastga qaratib burish va tomchilarni birinchi marta ishlatishdan oldin nasos-dozatorga bir necha sinov bosishlarini qilish.
3. Uchlik oxirini navbatma-navbat har bir burun yo‘liga joylashtirish va nasos-dozatorga dozaga muvofiq kerakli marta bosish.
4. Ishlatgandan keyin flakonni qopqoq bilan yopish.

Nojo'ya samaralari

Yakka hollarda - teri toshmasi.
Nojo'ya reaksiyalar paydo bo'lganda shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Nazoferon preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing
Manbalar ro‘yxati:

Nazoferon narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Vaksina Med №10
Mirzo Ulug'bek tumani, Feruza ko'ch., 15 uy, 12-xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:00-23:30
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №1
Shayxontoxur tumani, Farobiy ko'ch., 29 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №8
Chilonzor tumani, Cho'ponota ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-18:00
52 800 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №26
Chilonzor tumani, Muqumiy ko'ch., 4 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
52 800 so'm
Bron qilish

Nazoferon haqida savollar

Nazoferon haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil