Ташкент
logo
SavatKirish

Interferal

Interferal chiqarish shakllari

INTERFERAL aerozol 10ml 100000me N1
INTERFERAL aerozol 10ml 100000me N1
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Gos. NII OCHB FMBA FGUP, proizvedeno Altayvitamini, ZAO
- Interferal qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- Interferalning tarkibi
- Interferal ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- Interferal narxi Toshkent dorixonalarida

Interferal qo'llanmasi

Ishlab chiqarilish joyi
Rossiya Federatsiyasi
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

INTERFERAL®

INTERFERAL®

 

Preparatning savdo nomi: Interferal®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): interferon alfa-2b

Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun aerozol

Tarkibi:

Preparatning bir balloni (10 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100000 XB odam rekombinant interferon alfa-2b,

yordamchi moddalar: natriy gidrofosfat dodekagidrati – 0,018 g, natriy digidrofosfat digidrati – 0,013 g, natriy xloridi – 0,08 g, dinatriy edetati – 0,0067 g, dekstran (o‘rtacha molekulyar massasi 50000-70000) – 0,00017 g, polisorbat-80 – 0,0005 g, alfa-tokoferol asetati – 0,00005 g, benzalkoniy xloridi – 0,0001 g, benzoy kislotasi –
0,005 g, 95% li etanol  – 0,05 ml, tozalangan suv – 9,81 ml, propellent azot – 0,1 dan 0,2 g gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: immunomodulyasiya qiluvchi vosita

ATX kodi: L03AB05

Farmakologik xususiyatlari

Interferal® preparatining faol moddasi genetik apparatiga odam leykositar interferon alfa-2b geni kiritilgan Escherichia coli BL 21 (DE3) [pAYC-ET-(hIFN-α2b)-1fcI] shtammlaridan sintezlangan odam rekombinant interferon alfa-2b dan iborat. Barcha interferonlar kabi Interferal® viruslarga qarshi, o‘smalarga qarshi, immunomodulyasiya qiluvchi faollikka ega. Respirator yo‘llarining shilliq qavatlari orqali tizimli qon aylanishiga kiradi, organizmda parchalanadi, qisman o‘zgarmagan ko‘rinishda, asosan buyraklar orqali chiqariladi. Virusli infeksiyalarni davolash uchun mahalliy qo‘llash yalig‘lanish o‘chog‘ida interferonning yuqori konsentrasiyasini ta‘minlaydi.

Farmakokinetikasi

Ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llanilishi

Interferal® kattalarda gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli kasalliklarni (O‘RVK) oldini olish va davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ballonni qo‘llashdan oldin himoya qalpoqchasi yechiladi, purkovchi uchlik taqiladi, erkin uchini umumiy burun yo‘llariga navbatma-navbat kiritiladi va purkovchi uchlik qisqa
(1 sekunddan kamroq) bosiladi, bunda preparatning bir martalik dozasi taxminan 2000-3000 XB ni tashkil etadi.

Gripp va O‘RVK ni davolash uchun Interferal® mahalliy qo‘llash uchun aerozol
100000 XB preparati kasallikning birinchi ikki kuni kuniga 7 marta, har 2 soatda (sutkalik doza – 20000 XB gacha), so‘ngra kuniga 3 marta (sutkalik dozasi – 10000 XB gacha) besh kun davomida yuboriladi. Kasallik simptomlari 5 kundan ortiq saqlanib qolgan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak. Interferonoterapiya an‘anaviy simptomatik davolash fonida olib boriladi.

O‘RVK va grippni oldini olish maqsadidi: bemor bilan kontaktda bo‘lganda va sovuq qotganda preparat bir martalik dozada kuniga 2 marta 5-7 kun davomida qo‘llanadi. Zarurati bo‘lganida profilaktik kurslar takrorlanadi: kasallikni mavsumiy ko‘payishida preparat har 1-2 kunda ertalab yuboriladi.

Har bir yuborilgandan keyin preparatni burun bo‘shlig‘ida teng taqsimlanishi uchun bir necha minut davomida burun qanotlarini barmoq bilan uqalash tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy allergik reaksiyalar – yengil achishish, burunda qichishish, aksirish bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, allergik kasalliklarning og‘ir shakllari, autoimmun kasalliklar, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Intranazal qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (burun shilliq qavatini qo‘shimcha qurishiga olib keladi).

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Interferal® ni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi xolatlari qayd etilmagan.

Chiqarilish shakli

Mahalliy qo‘llash uchun aerozol, 100000 XB (10 ml) uzluksiz ta‘sirli klapanli himoya polimer qoplamli, purkagichli va himoya qalpoqchali alyumin yoki shisha aerozol ballonda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Preparat 2 dan 8oS gacha haroratda saqlanadi va tashiladi.

Ballon ochilmasin, ichidagisi bosim ostida joylashgan.

Tushib ketish, zarb va bevosita quyosh nurlaridan saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Interferal barcha rasmlari

Barcha rasmlar

Interferal savollari

Interferal fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil