Ташкент
logo
SavatKirish
Bosh sahifa  / Dori vositalari  / Qon va qon aylanishi  / VOLYUSTIM PLYUS infuziya uchun eritma 250ml

VOLYUSTIM PLYUS infuziya uchun eritma 250ml

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:

Zardob o‘rnini bosuvchi vosita.

Ishlab chiqaruvchi:Jurabek Laboratories OT MChJ
ATX kodi:B05CB01
Barcha Volyustim dorilari
1 ta dorixonada bor
Narxi 111 400 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 1 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

VOLYUSTIM PLYUS infuziya uchun eritma 250ml o'xshash dorilari

TRANEKSAM tabletkalari 250mg N10
Retseptli
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N10
Rossiya Federatsiyasi
Ishlab chiqaruvchi:
Nijfarm-Stada CIS
NEFROTEKT infuziya uchun eritma 250ml
Retseptli
NEFROTEKT infuziya uchun eritma 250ml
Avstriya
Ishlab chiqaruvchi:
Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Germaniya Fresenius Kabi Austria GmbH, Avstriya
•1 ta dorixonada bor
Narxi
157 500 so'm dan
EVAMOKS eritma 250ml N1
Retseptli
EVAMOKS eritma 250ml N1
Xitoy
Vakil:
NUTRIMED
Ishlab chiqaruvchi:
Guangdong Litai Pharmaceutical Co Ltd
Narxi
82 800 so'm dan

VOLYUSTIM PLYUS infuziya uchun eritma 250ml qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Sotish shartlari

Retsept bo‘yicha.

Tarkibi

faol moddalar: O‘rtacha molekular massasi 130000, o‘rin bosish darajasi 0,42 bo‘lgan gidroksietilkraxmal - 60,0 g; Natriy atsetat trigidrat - 4,63 g; Natriy xloridi - 6,02 g; Kaliy xloridi - 0,30 g; Magniy xlorid geksagidrat - 0,30 g; yordamchi moddalar: 1 M vodorod xlorid kislotasi - pH 5,8 gacha; in’eksiya uchun suv - 1000 ml.gacha.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Tarkibi: faol moddalar:

O‘rtacha molekular massasi 130000, o‘rin bosish darajasi 0,42 bo‘lgan
gidroksietilkraxmal                                                   - 60,0 g;

Natriy atsetat trigidrat                                              - 4,63 g;

Natriy xloridi                                                              - 6,02 g;

Kaliy xloridi                                                                - 0,30 g;

Magniy xlorid geksagidrat                                           - 0,30 g;

yordamchi moddalar:

1 M vodorod xlorid kislotasi                                          - pH 5,8 gacha;

in’eksiya uchun suv                                                      - 1000 ml.gacha.

Ishlab chiqarilish shakli

Flakonlarda 100, 250, 500 ml.dan infuziya uchun eritma.

Farmakodinamikasi

Volyustim Plyus – sirkulyatsiyadagi qon hajmini (SQH) to‘ldirish uchun qo‘llanuvchi sun’iy kolloiddir. Volyustim Plyus zardob o‘rnini bosuvchi gidroksietilkraxmalning (GEK) izoonkotik eritmasi bo‘lib, bu vosita yuborilganida tomir ichidagi suyuqlik hajmi yuborilgan preparat hajmiga proporsional ravishda ortadi. Volyustim Plyus - qon aylanish tizimida uzoq vakt davomida aylanadi (kolloid osmotiklik), SQHni oshiradi, gemodinamik ko‘rsatkichlarning normallashishi va yaxshilanishiga yordam beradi. Uzoq vaqt qon hajmini saklanib turishiga yordam beradi hamda konning reologik xususiyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Volyustim Plyus - makro- va mikrotsirkulyatsiyaga samarali ta’sir ko‘rsatadi, to‘qimalar oksigenatsiyasini yaxshilaydi, qondagi glyukoza mikdoriga ta’sir ko‘rsatmaydi - kandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda qo‘llanilishi mumkin, to‘qima va retikulo-endotelial tizimda to‘planmaydi. GEK tuzilishi jihatidan glikogenga yaqin bo‘lganligi sababli tolerantligi yukori va anafilaktik reaksiyalar keltirib chiqarish xavfi past. Volyustim Plyus eritmasi yukori barkarorligi va harorat o‘zgarishlarida flokulyatsiya namoyon kilmasligi bilan ajralib turadi. Volyustim Plyus preparati izotonik eritmasining tarkibiga quyidagi elektrolitlar kiradi: natriy (Na+), kaliy (K+), magniy (Mg2+), xlor (SG) va atsetat-ioni (SNzSOO"). Kationlar tarkibi qon zardobidagi elektrolitlarning fiziologik konsentratsiyasi bilan deyarli bir xil. Atsetat-ioni turli a’zolarda oksidlanadi va ishqoriy ta’sir kursatadi, bu atsidoz xavfini minimallashtirishga yordam beradi. Xlor ionlari kam mikdorda mavjud bo‘lganligi sababli giperxloremik metabolik atsidoz rivojlanishining oldi olinadi. Bu, ayniqsa preparatni yuqori dozalarda yuborish zaruriyati paydo bo‘lganida va metabolik atsidoz xavfi yuqori bo‘lganida juda muhim.

Farmakokinetikasi

Volyustim Plyus preparatining turg‘un volemik samarasi, preparat kon aylanish tizimiga yuborilishidan boshlab 4 soat davomida 100% ni tashkil kiladi. Terapevtik ta’siri 6 soatgacha davom etadi. Taqsimlanishi Volyustim Plyus preparatining qon zardobida in vivo sharoitdagi o‘rtacha molekular massasi infuziyadan keyingi birinchi daqiqalarda 70000-80000 Da ni tashkil kiladi va butun davolash davri davomida buyrak filtratsiyasi bo‘sag‘asidan yuqori bo‘lib qoladi. 130/0,42 6% li GEK preparatining eritmasini 500 ml dan 10 kun davomida, ko‘p marta yuborilganida GEK ning qon zardobida axamiyatli to‘planishi aniqlanmagan. Chiqarshshshi 60000-70000 Da (buyrak filtratsiyasining bo‘sag‘a ko‘rsatkichi) dan kam bo‘lgan GEK molekulalari v/i yuborilganidan so‘ng siydik orkali tez chikariladi, yirikrok molekulalari esa kon zardobidagi a-amilaza yordamida parchalanganidan so‘ng ular ham buyraklar orqali chiqariladi. GEK ning o‘rin bosish darajasi qanchalik kam bo‘lsa, preparat shunchalik tezroq a-amilaza tomonidan gidrolizlanib, buyraklar orqali chiqariladi shuningdek to‘qimalar (shu jumladan immun tizimi hujayralarida) va qon zardobida to‘planishi ham kamrok namoyon bo‘ladi. 500 ml Volyustim Plyus preparati yuborilganidan so‘ng kon zardobidagi klirensi 31,4 ml/daqiqani tashkil etadi. 500 ml preparat bir marta yuborilgandan so‘ng uning qon zardobidan yarim chiqarilish davri (T1/2), chiqarilishning birinchi fazasida 1,4 soatni, ikkinchisida - 12,1 soatni tashkil qiladi va boshlang‘ich qiymatiga 24 soatdan so‘ng kaytadi. Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi Buyrak funksiyasining turg‘un buzilishi (yengildan og‘ir darajagacha) kuzatilgan va KK (kreatinin klirensi) {0}50 мл/дақиқа бўлган беморларга бир хил миқдорда (500 мл) юборилганида бир оз юкорирок бўлган. Буйрак функциясининг бузилиши ГЭК чикарилишининг сўнгги фазасидаги Т1/2 ва қон зардобидаги ГЭКнинг Cmax га таъсир кўрсатмаган. КК>30 ml/daqiqa bo‘lganida yuborilgan preparatning 59%, KK 15-30 ml/daqiqa bo‘lganida esa - 51% siydik bilan chikarilgan.

Farmakoterapevtik guruh

Zardob o‘rnini bosuvchi vosita.

Dori shakli

Infuziya uchun eritma.

Nojo'ya samaralari

Allergik reaksiyalar: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (teri toshmasi, qichishish, isitma), kam hollarda - anafilaktik reaksiyalar (o‘ta yuqori sezuvchanlik, yengil grippsimon belgilar, bradikardiya, taxikardiya, bronxospazm, o‘pkaning nokardiogen shishi), eshakemi. Bunday holatlarda preparat yuborilishini darhol to‘xtatish va zaruriy shoshilinch chora-tadbirlarni qo‘llash lozim. Dermatologik reaksiyalar: tez-tez (dozaga bog‘liq holda) - GEK ning yuqori dozalarda uzok vaqt davomida qo‘llanilishi teri kichishishiga olib kelishi mumkin va bu holat preparat oxirgi marta yuborilganidan so‘ng bir necha hafta o‘tib ham paydo bo‘lishi hamda bir necha oy saqlanishi mumkin. Qon ivish tizimi tomonidan: kam hollarda (yukori dozalarda) - dozaga bog‘lik bo‘lgan qon ivishining buzilishi kuzatilishi mumkin. GEK ning nisbatan yukori dozalari gemodilyutsiya oqibatida qon ivish omillarining suyulishi va shu tariqa gemokoagulyatsiyaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Preparat yuqori dozada yuborilganida qon ketish vakti va QFTV (ACHTV) (qisman faollashgan tromboplastin vaqti) ko‘rsatkichlarining oshishi, Villebrand omilining faolligi esa kamayishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Ortiqcha suyuqlik yuborilishidan saqlanish lozim. Birinchi navbatda yurak yetishmovchiligi va og‘ir buyrak yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan bemorlarda gipergidratatsiya xavfini hisobga olish lozim. Bunday holatlarda Volyustim Plyus preparatining dozasini kamaytirish kerak. Preparatni juda tez yuborish ham, ko‘p mikdorda yuborish singari gemodinamikaning buzilishiga olib kelishi mumkin. Volyustim Plyus preparati buyurilganda suyuqlikni yetarli miqdorda kirishini ta’minlash va buyrak funksiyasini hamda suyuqlik muvozanatini muntazam kuzatish lozim. Elektrolitlarning zardobdagi konsentratsiyalarini va buyrak funksiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish zarur. Og‘ir degidratatsiya holatida davolash infuziya shaklidagi kristalloid eritmani yuborish bilan boshlanadi. Metabolik alkaloz rivojlanganda, shuningdek alkaloz holatini oldini olish uchun Volyustim Plyus eritmasini emas, balki unga o‘xshash bo‘lgan 0,9% li natriy xlorid eritmasidagi 130/0,42 (6%) GEK (Volyustim) preparatini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Giperxloremik atsidozdan saqlanish uchun Volyustim Plyus (elektrolitlarning muvozanatlashtirilgan eritmasidagi 130/0,42 6% GEK) preparati boshqa eritmalardan afzalroq hisoblanadi. Ortiqcha suyuqlik hajmiga olib keluvchi dozani oshirib yuborishdan har doim saqlanish lozim, bu holat ayniqsa yondosh yurak kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan bemorlar, shuningdek keksa bemorlar uchun xavfli xisoblanadi. Yukori dozalarda Volyustim Plyus gemodilyutsiya samarasini chaqiradi. Qon zardobidagi umumiy oqsil, albumin, gematokrit, gemoglobin, koagulyatsiya omillari miqdorining kamayish ehtimolini xisobga olish lozim. GEK ning yuborilishi zardobdagi amilaza faolligining oshishiga olib kelishi mumkin. Bu samara gidroksietilkraxmallarning metabolizmi bilan bog‘lik bo‘lganligi sababli, me’da osti bezi funksiyasining buzilishi sifatida baholanmasligi kerak. Volyustim Plyus a-amilaza gidrolizidan keyin qon zardobidagi glyukoza konsentratsiyasining oshishiga ta’sir ko‘rsatmaydi va qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda qo‘llanilishi mumkin. Preparatni katta hajmda yuborilishi agglyutinatsiya reaksiyasiga ta’sir qilishi va qon guruhini aniqlashda soxta-musbat natijalarni yuzaga keltirishi mumkin, shuni hisobga olgan holda bemorning qon guruhini aniqlash uchun qon prbasi Volyustim Plyus yuborilishidan oldin olinishi lozim. Faqat shikastlanmagan flakonlardagi preparat qo‘llanilishi kerak. Flakon faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Faqat tiniq, mexanik qo‘shimchalari mavjud bo‘lmagan eritma qo‘llanilsin. Rangi o‘zgargan yoki kristall holatidagi pretsipitat hosil bo‘lgan eritmani yuborish mumkin emas. Eritma o‘rami ochilgan zahoti qo‘llanilishi lozim. Foydalanilmagan eritmani bartaraf kilish zarur. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi Volyustim Plyus preparatini homiladorlar va emizikli onalarda qo‘llash bo‘yicha klinik ma’lumotlar yo‘q. Homiladorlik davrida preparatning ona uchun taxmin qilinadigan foydasi, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan xollardagina qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda GEK va elektrolitlarning ko‘krak suti orqali ajralishi haqida ma’lumotlar mavjud emas, shuning uchun Volyustim Plyus preparati buyurilganida emizishni to‘xtatib turish lozim.

Qo'llanilishi

• turli genezli gipovolemiya va shokni davolash hamda oldini olish (jarohatlar, shu jumladan orqa miya shikastlanishi bilan kechuvchi umurtqa pogonasining jarohati, qon ketishi, poliorgan yetishmovchilik, operatsiyadan keyingi davrda, o‘tkir buyrak usta bezi yetishmovchiligida, anafilaksiya va kollaps rivojlanishi bilan kechuvchi boshqa holatlarda); • o‘tkir normovolemik va terapevtik gemodilyutsiya; • sentrifugalash yo‘li orqali leykotsitar massa to‘plashni oshirish (leykoferezda qo‘shimcha vosita sifatida); • qon o‘rnini to‘ldirishda yuboriladigan o‘on preparatlari hajmini kamaytirish uchun; • ekstrakorporal o‘on aylanish apparatini to‘ldirish uchun.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

• preparatga nisbatan individual yuqori sezuvchanlik (shu jumladan gidroksietilkraxmalga) • gipervolemiya; • surunkali yurak yetishmovchiligi, o‘pkaning kardiogen shishi; • qon ivish tizimining buzilishlari; • bosh miya ichki qon ketishi; korreksiyasini talab kiluvchi degidratatsiya holati; • oliguriya yoki anuriya bilan kechuvchi og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi; • gemodializdagi bemorlar; • yaqqol jigar yetishmovchiligi; • sepsis; • kuyishlar. Ehtiyotkorlik bilan • giperkaliyemiya, gipernatriyemiya, gipermagniyemiya va giperxloremiya kabi og‘ir elektrolit buzilishlari mavjud bo‘lgan bemorlar; • og‘ir jigar kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar; • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

• Volyustim Plyusni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi. • Organizmda kaliy yoki natriyni ushlab qolinishini chaqiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya kilish zarur. • Gidroksietilkraxmal aminoglikozid guruhi antibiotiklari bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning nefrotoksikligini kuchaytirishi mumkin. • Gidroksietilkraxmalning geparin yoki peroral antikoagulyantlar bilan bir vaktda buyurilishi qon ketish vaqtini uzaytirishi mumkin. • Boshqa dori vositalari, ayniqsa beta-blokator va vazodilyatatorlarni qabul qilayotgan bemorlarga alohida e’tibor berish lozim, chunki ularda hajm o‘rnini bosuvchi davolashga qaramay tizimli arterial qon bosimi va yurak qisqarishlar sonining o‘zgarishi aniqlanmasligi mumkin.

Ta'rifi

Rangsiz yoki sarg‘ish rangli, bir oz tovlanuvchi eritma.

Dozirovkasi

Vena ichiga (v/i) tomchilab yuboriladi. Doza kasallikning ogirlik darajasi, organizm holati, bemorning yoshi, vazni va buyrak funksiyasiga karab belgilanadi. Anafilaktik reaksiyalar ehtimolligi mavjud bo‘lganligi sababli Volyustim Plyus preparatining dastlabki 10-20 ml sekinlik bilan, bemor holatini sinchiklab nazorat qilgan holda yuborish lozim. Sutkalik doza, yuborish tezligi va davolash davomiyligi gipovolemiyaning og‘irlik darajasi, davolashning gemodinamik samaradorligi hamda qonning suyulish darajasiga (gemodilyutsiya) bog‘liq. Kattalar uchun maksimal doza kuniga 50 ml/kg ni tashkil qiladi, bu esa bir kg tana vazniga 3 g GEK, 6,85 mmol natriy va 0,2 mmol kaliyga mos keladi. Ko‘rsatilgan miqdor 70 kg li bemor uchun 3500 ml Volyustim Plyus eritmasiga to‘g‘ri keladi. Maksimal yuborish tezligi klinik holatga bog‘liq. Shokning o‘tkir fazasidagi bemorlar uchun soatiga 20 ml/kg gacha (daqiqasiga 0,33 ml/kg yoki soatiga 1,2 g/kg ga mos keladi) yuborish mumkin. Hayot uchun xavf soluvchi holatlarda 500 ml eritmani tez (bosim ostida) yuborish mumkin. Volyustim Plyus bolalarda ko‘llaganilganida preparat miqdori gemodinamik status va yondosh kasalliklarni hisobga olgan holda individual ravishda tanlanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq va bolalar uchun maksimal sutkalik doza: 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 25 ml/kg ni; yangi tug‘ilgan chaqaloq va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 25 ml/kg; 10 yoshdan 18 yoshgacha - 33 ml/kg ni tashkil qiladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Yurak qon-tomir tizimining ortiqcha zo‘riqishi yoki gipervolemiya (masalan o‘pka shishining rivojlanishi) rivojlanishi mumkin. Davolash: preparatni darhol to‘xtatish va zarur bo‘lgan hollarda xalqali diuretiklarni buyurish lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Volyustim Plyus preparatini homiladorlar va emizikli onalarda qo‘llash bo‘yicha klinik ma’lumotlar yo‘q.

Homiladorlik davrida preparatning ona uchun taxmin qilinadigan foydasi, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan xollardagina qo‘llaniladi.

Hozirgi vaqtda GEK va elektrolitlarning ko‘krak suti orqali ajralishi haqida ma’lumotlar mavjud emas, shuning uchun Volyustim Plyus preparati buyurilganida emizishni to‘xtatib turish lozim.

VOLYUSTIM PLYUS infuziya uchun eritma 250ml boshqa chiqarish shakllari

VOLYUSTIM PLYUS infuziya uchun eritma 250ml savollari

VOLYUSTIM PLYUS infuziya uchun eritma 250ml fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil