×
×
  • VOSULIN N suspenziya 10ml 100YeD N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VOSULIN N suspenziya 10ml 100YeD N1

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Wockhardt Limited
ATX kodi:
- A10AE
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

INSULATARD suspenziya 10ml 100ME/ml ООО «Ново Нордиск» Daniya
36 000 s`om dan
DIABETON MR tabletkalari 60mg N30 Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie Frantsiya
67 200 s`om dan
SITA MET tabletkalari 50mg/500mg N28 CCL Pharmaceuticals (Pvt) Ltd Pokiston
100 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VOSULIN N suspenziya 10ml 100YeD N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VOSULIN-30/70

WOSULIN-30/70

Insulin-izofan ikkifazali 100 XB/ml

 

Preparatning savdo nomi: Vosulin-30/70

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): insulin-izofan ikkifazali BP, DNK – rekombinant monokomponentli insulin

Tarkibi:

Har 1 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:

Odam insulini USP                       – 100 XB

(30% odam insulini regulyar neytral va 70% insulin-izofan);

yordamchi moddalar:

metakrezol USP                    – 1,60 mg (0,16% m/o konservant sifatida),

fenol USP                            – 0,65 mg (0,065% m/o konservant sifatida),

in‘eksiya uchun suv USP      – 1 ml gacha,

va boshqa – protamin sulfati, rux oksidi, gliserol, suvsiz natriy gidrofosfati, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi.

Ta‘rifi: oq suspenziya, u turganida tiniq rangsiz yoki deyarli rangsiz cho‘kma usti suyuqligi va oq rangli cho‘kmaga qatlamlanadi.

Cho‘kma silkitilganida oson qayta suspenziyaga aylanadi.

Farmakoterapevtik guruhi: gipoglikemik vosita – qisqa va o‘rtacha davomli ta‘sirga ega insulinlar majmuasi.

ATX kodi: A10AD01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Vosulin-30/70 o‘rtacha ta‘sir davomiyligiga ega bo‘lgan odam rekombinant insulin preparatidir. Preparatning tarkibiga eruvchan insulin (30%) va insulin-izofan (70%) kiradi. Xujayralarning tashqi sitoplazmatik membranasi spesifik reseptori bilan o‘zaro ta‘sirga kirishadi va insulin-reseptor kompleksini hosil qiladi, xujayra ichidagi jarayonlarni, shu jumladan qator asosiy fermentlar (geksokinaza, piruvatkinaza, glikogensintaza va boshq.) sintezini rag‘batlantiradi. Qonda glyukoza miqdorini pasayishi uni xujayra ichida transportini oshishi, so‘rilishi va to‘qimalar tomonidan o‘zlashtirilishini kuchayishi, lipogenez, glikogenogenezni rag‘batlanishi, jigar va boshqalar tomonidan glyukozani ishlab chiqarilish tezligini pasayishi bilan bog‘liq. Insulin preparatlarining ta‘sir davomiyligi asosan so‘rilish tezligiga bog‘liq bo‘lib, u bir nechta omillar (masalan, doza, yuborish usuli va joyi) ga bog‘liqdir, shu boisdan insulinning ta‘sir profili ham har xil odamlarda, ham bir odamning o‘zida ancha o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Teri ostiga yuborilgandan keyin ta‘siri 30 minutdan so‘ng boshlanadi, maksimal samaraga – 2-8 soatdan keyin erishiladi, ta‘sir davomiyligi 24 soatgacha davom etadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishining to‘liqligi va samarasini boshlanishi yuborish joyiga (qorin, son, dumba), dozaga (yuborilayotgan insulinning hajmiga), preparatdagi insulinning konsentrasiyasiga va boshqalarga bog‘liq. To‘qimalar bo‘ylab bir tekis taqsimlanmaydi; yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak sutiga o‘tmaydi. Jigar va buyrakda  asosan insulinaza ta‘sirida parchalanadi. Buyrak orqali (30-80%) chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • qandli diabet insulin bilan davolash o‘tkazish uchun ko‘rsatgichlari bo‘lganida;
  • birinchi marta aniqlangan qandli diabet;
  • qandli diabetning II tipidagi (insulinga qaram bo‘lmagan) homiladorlik davri.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat teri ostiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Preparatning dozasi va yuborish vaqti shifokor tomonidan har bir holatda shaxsiy, qondagi glyukoza konsentrasiyasiga muvofiq ravishda belgilanadi. Preparatning o‘rtacha sutkalik dozasi 0,5 dan 1 XB/kg tana vaznigacha o‘zgaradi (pasientni shaxsiy xosliklariga va qondagi glyukoza konsentrasiyasiga bog‘liq).

Yuboriladigan insulinni harorati xona haroratiga muvofiq bo‘lishi kerak. Preparat odatda son sohasiga teri ostiga yuboriladi. In‘eksiyani shuningdek qorin oldi devori, yon bosh yoki yelkaga deltasimon mushak sohasiga yuborish mumkin.

Lipodistrofiya rivojlanishini bartaraf qilish maqsadida in‘eksiya joylarini anatomik soxa chegarasida o‘zgartirib turishi mumkin.

Qandli diabetning II tipi bo‘lgan pasientlarga Vosulin 30/70 preparati bilan monoterapiya ham (sutkada 2 marta), gipoglikemik peroral vositalar bilan shuningdek majmuaviy terapiya ham o‘tkazish mumkin.

Kartridj faqat shpris-ruchka bilan qo‘llaniladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Uglevod almashinuvi ta‘siriga bog‘liq: gipoglikemik xolatlar (terini oqarib ketishi, ter ajralishini kuchayishi, yurak urishi, tremor, ochlik xissi, qo‘zg‘aluvchanlik, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining paresteziyalari, bosh og‘rig‘i). Yaqqol gipoglikemiya gipoglikemik komani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Allergik reaksiyalar: terida toshma, Kvinke shishi, juda kam hollarda – anafilaktik shok.

Mahalliy reaksiyalar: giperemiya, in‘eksiya joyida qichishish va shish, uzoq qo‘llanganida – in‘eksiya joyida gipodistrofiya.

Boshqalar: shish, refraksiya buzilishlarini kelishi (odatda terapiya boshida).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • gipoglikemiya;
  • insulinga yoki preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Farmasevtik boshqa dori vositalari eritmalari bilan nomutanosib.

Insulin talabiga ta‘sir etuvchi bir qator dori vositalari mavjud.

Insulinni gipoglikemik ta‘sirini noselektiv beta-adrenoblokatorlar, xinidin, xinin, xloroxinin, monoaminooksidaza ingibitorlari, angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari, karboangidraza ingibitorlari, oktreotid, bromokriptin, sulfanilamidlar, anabolik steroidlar, tetrasiklinlar, klofibrat, ketokonazol, mebendazol, piridoksin, teofillin, siklofosfamid, fenfluramin, litiy preparatlari, etanol saqlovchi preparatlar kuchaytiradi.

Insulinni gipoglikemik ta‘sirini glyukagon, somatropin, estrogenlar, peroral kontraseptivlar, glyukokortikosteroidlar, yod saqlovchi tireoid gormonlar, tiazid diuretiklar, tugunli diuretiklar, geparin, trisiklik antidepressantlar, simpatomimetiklar, danazol, klonidin, sulfinpirazon, epinefrin, N1-gistamin reseptorlari blokatorlari, «sekin» kalsiy kanallari blokatori, diazoksid, morfin, fenitoin, nikotin susaytiradi.

Rezerpin, salisilatlar insulinni gipoglikemik ta‘sirini ham kuchaytirishi va ham susaytirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Insulin bilan davolanish fonida qonda glyukoza konsentrasiyasini muntazam nazorat qilib turish kerak.

Insulinni dozasini oshirib yuborilishidan tashqari gipoglikemiyani sabablari: preparatni almashtirish, ovqatlanishni o‘tkazib yuborish, qusish, diareya, jismoniy faollikni oshirish, insulinga talabni kamaytiruvchi kasalliklar (buyrak va jigar faoliyati buzilishlari, buyrak usti bezlari, gipofiz yoki qalqonsimon bez gipofunksiyasi), in‘eksiya joyi o‘zgarishi, shuningdek boshqa dorilar bilan o‘zaro ta‘sirida bo‘lishi mumkin.

Noto‘g‘ri dozalash yoki insulinni yuborishdagi tanaffuslar, ayniqsa qandli diabetning I tipi bo‘lgan bemorlarda giperglikemiyaga olib kelishi mumkin. Odatda giperglikemiyani birinchi simptomlari asta-sekin, bir necha soat yoki kunlar davomida rivojlanadi. Ular chanqoqlik, tez-tez siyish, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, teri qizarish va qurishi, og‘iz qurishi, ishtahani yo‘qolishi, nafas chiqarishda aseton hidi kelishi kabi hollarni o‘z ichiga oladi.

Agar davolash o‘tkazilmasa, qandli diabetning I tipidagi giperglikemiya hayot uchun xavfli diabetik ketoasidozga olib kelishi mumkin. Insulin dozasiga qalqonsimon bez faoliyati buzilishlarida, Addison kasalligida, gipopituitarizm, jigar va buyrak faoliyatini buzilishlarida va 65 yoshdan katta qandli diabeti bo‘lgan shaxslarda tuzatish kiritish kerak.

Shuningdek agar bemor jismoniy faollikni tezlashtirsa yoki odatdagi parhezni o‘zgartirsa, insulin dozasiga tuzatish kiritish talab qilinadi.

Yondosh kasalliklar, ayniqsa infeksiyalar va isitma bilan kuzatiladigan holatlar,  insulinga talabni oshiradi.

Insulinni bir turidan ikkinchi turiga o‘tishda qonda glyukoza konsentrasiyasini nazorati ostida o‘tkazish kerak.

Preparat alkogolga tolerantlikni pasaytiradi. Ayrim kateterlarda presipitasiya mumkinligi bilan bog‘liq preparatni insulinli nasoslarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Agar suspenziya silkitilgandan keyin oq bo‘lmasa yoki bir xilda loyqalanmasa preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlardagi homiladorlikda glikemiyani yaxshi nazoratini qo‘llab turish ayniqsa muhim. Homiladorlikda insulinga bo‘lgan talab odatda homiladorlikning I uch oyligida pasayadi va II va III uch oyliklarida oshadi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga homilador bo‘lganlarida yoki homiladorlik rejalashtirilganida shifokorga xabar berish tavsiya qilinadi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda laktasiya (emizish) davrida insulin dozasiga, parhezga yoki unisiga ham, bunisiga ham tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. In vitro va in vivo seriyalarda genetik zaharliligi tekshirishlarida odam insulini mutagen ta‘sir ko‘rsatmagan.

Avtotransport haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Gipoglikemiya vaqtida bemorda diqqatni jamlash qobiliyati yomonlashishi va psixomotor reaksiyalar tezligi pasayishi mumkin. Bu qobiliyatlar, ayniqsa zarur bo‘lgan vaziyatlar (avtomobilni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish) da xavf tug‘dirishi mumkin. Avtomobilni haydash vaqtida gipoglikemiyadan saqlanish uchun bemorlarga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni tavsiya qilish kerak. Gipoglikemiyaning xabarchisi – simptomlari kuchsiz namoyon bo‘lgan yoki bo‘lmagan pasientlar uchun yoki gipoglikemiya tez-tez rivojlanganida bu juda muhim. Bunday hollarda shifokor pasientni avtomobilni haydash maqsadga muvofiqligini baholashi kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin.

Davolash: ichga qand yoki uglevodlarga boy ozuqa mahsulotlarini qabul qilib, yengil gipoglikemiyani pasient o‘zi bartaraf qilsa bo‘ladi. Shuning uchun qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga har doim o‘zi bilan qand, shirinliklar, pechene yoki shirin mevali sharbatlarni olib yurish tavsiya etiladi.

Og‘ir hollarda, pasient xushdan ketib qolganda, vena ichiga 40% dekstroza (glyukoza) eritmasi; mushak ichiga, teri ostiga, vena ichiga glyukagon yuboriladi. Pasient xushiga kelganidan keyin, gipoglikemiyani qayta rivojlanishini bartaraf qilish uchun uglevodlarga boy ovqat iste‘mol qilish tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli

Teri ostiga yuborish uchun 100 XB/ml suspenziya.

10 ml dan rangsiz neytral shisha flakonlarda, rezina tiqin bilan berkitilgan va himoyalovchi plastmassa qopqoq bilan alyumin qopqoqcha bilan siqib yopilgan. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 ml dan neytral shisha (I tip) kartridjlarda. Kartridjlarga etiketka yopishtiriladi.

1 yoki 5 kartridjdan PVX/alyumin folgali blisterga joylanadi. Har bir blister №1 yoki №5 kartridj bilan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 ml dan neytral shisha (I tip) kartridjlarda. Kartridjlarga etiketka yopishtiriladi.

Bir martalik DispoPen shpris-ruchkaga kartridj o‘rnatilgan. 1 yoki 5 DispoPen shpris-ruchkadan PVX plyonkali kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Preparatni sovutgichda +2oS dan +8oS gacha haroratda saqlash kerak, muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yorug‘lik va issiqlik ta‘siridan ehtiyot qiling.

Ishlatilishda bo‘lgan flakondagi (kartridjlardagi) preparatni xona haroratida (15oS dan 25oS gacha) 6 haftadan ko‘p saqlash mumkin emas.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Preparatni tayyorlash va yuborish tartibi

Flakonlardagi insulin qo‘llanganidagi in‘eksiya texnikasi

  1. Flakonni sinchiklab tekshiring va tayyorlang: Vosulin-30/70 flakonini ishlatilish oldidan kaftlar orasida 10 marta yumalatilishi va 10 marta 180o ga aylantirib chayqatilishi kerak, insulin suspenziyalanishi uchun, u bir xil xira suyuqlik yoki sut holiga kelgunicha. Kuchli chayqatish kerak emas, chunki bu ko‘pik paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, u dozani to‘g‘ri olishga halaqit berishi mumkin. Agar flakonda parchalar bo‘lsa va uning tubiga yoki devorlariga muzlagan naqsh samarasini hosil qilib, oq qattiq zarrachalar yopishgan bo‘lsa, preparatni ishlatish mumkin emas.
  2. Qo‘llaringizni yuving.
  3. Himoya plastmassa qopqoqchasini oling va flakon bo‘yniga spirt bilan xo‘llangan paxtada ishlov bering.
  4. Rezina tiqin orqali flakonga ignani kiriting va insulin shprisiga yuboriladigan insulinni to‘g‘ri keladigan konsentrasiyasini oling.
  5. Ignani flakondan chiqarmasdan havo pufakchalarini yo‘qoting va olingan dozani to‘g‘rilab oling.
  6. Terini burmaga yig‘ing va, shprisni ruchka kabi tutib turib, preparat dozasini yuboring.
  7. 6 sekund kutib turing va ignani teridan chiqarib oling. In‘eksiya joyni uqalash mumkin emas!
  8. Ignalarni qayta ishlatish mumkin emas.
  9. Flakonlar ular bo‘shagunicha ishlatiladi, keyin ularni tashlab yuborish kerak.

Kartridjlardagi insulinni qo‘llashdagi in‘eksiya texnikasi

Vosulin-30/70 preparatli kartridj  shpris ruchkalarda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Insulinni yuborish uchun shpris-ruchkani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasidagi ko‘rsatmalarga diqqat bilan rioya qilish kerak.

Ishlatish oldidan Vosulin-30/70 preparati bo‘lgan kartridjda hech qanday shikastlanishlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak (masalan, yoriqlar) agarda qanday bo‘lmasin ko‘rinadigan shikastlanishlar bo‘lsa kartridjni ishlatish mumkin emas. Kartridj shpris-ruchkaga o‘rnatilganidan keyin kartridjning ushlagichi tuynuki orqali rangli yoy ko‘rinishi kerak.

Shpris-ruchkani kartridjga joylashdan oldin shisha soqqa kartridjni u boshidan bu boshiga siljishi uchun kartridjni tepaga-pastga aylantirish kerak.. Bu muolajani suyuqlikni hammasi oq va bir tekis xira bo‘lgunicha kamida 10 marta takrorlash kerak. Shundan keyin darhol in‘eksiya qilish kerak.

Agar kartridj shpris-ruchka ichida bo‘lsa, uni kartridj bilan birga kamida 10 marta yuqoriga-pastga aylantirish kerak. Bu muolajani har bir in‘eksiya oldidan takrorlash kerak.

In‘eksiyadan keyin igna teri ostida minimum 6 sekund qolishi kerak. Tugmacha bosilgan holatda igna teri ostidan to‘liq chiqarib olgunicha tutib turilishi kerak, shunday qilib dozani to‘g‘ri yuborish ta‘minlanadi va qon yoki limfani igna yoki insulinli kartridjga kirish imkoniyati cheklanadi. Vosulin-30/70 preparatli kartridj faqat shaxsiy ishlatish uchun mo‘ljallangan va u qayta to‘ldirilmaydi.

 

In‘eksiya muolajasi

  • Ikki barmoq bilan terini burmaga yig‘ing, burma asosiga taxminan 45o burchak ostida ignani kiriting va teri ostiga insulinni yuboring.
  • In‘eksiyadan keyin insulin to‘liq yuborilganiga ishonch hosil qilish uchun igna teri ostida minimum 6 sekund qolishi kerak.
  • Agar igna chiqarib olinganidan keyin ukol o‘rnida qon paydo bo‘lsa ukol joyini dezinfeksiyalovchi eritma bilan (masalan, spirt bilan) xo‘llangan tampon bilan biroz bosing.
  • In‘eksiyalar joyini o‘zgartirib turish kerak.

Insulinni qo‘llash bo‘yicha Sizning kundalik kalendaringiz:

Sana Insulin dozasi Vaqt Brend   Sana Insulin dozasi Vaqt Brend

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VOSULIN N suspenziya 10ml 100YeD N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VOSULIN N suspenziya 10ml 100YeD N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VOSULIN N suspenziya 10ml 100YeD N1 dori vositasi Wockhardt Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VOSULIN N suspenziya 10ml 100YeD N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VOSULIN N suspenziya 10ml 100YeD N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SPAZGAN tabletkalari 0,1mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
SPAZGAN eritma 5 ml 500 mg+2,0 mg+0,02 mg/1 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
ZIDEFORM 80 tabletkalari 80mg+500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
ZIDEFORM 40 tabletkalari 40mg+500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
GLIMADIEN 2 tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
GLIMADIEN 1 tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
GLARITUS inyeksiya uchun eritma 3ml 100ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
GLARITUS inyeksiya uchun eritma 10ml 100ME/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN R inyeksiya uchun eritma 10ml 100YeD N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN R inyeksiya uchun eritma 10ml 100YeD N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN N suspenziya 10ml 100YeD N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN 30/70 suspenziya 10ml 100YeD N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN 30/70 suspenziya 10ml 100YeD N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
Другие формы препарата
VOSULIN R inyeksiya uchun eritma 10ml 100YeD N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
VOSULIN R inyeksiya uchun eritma 10ml 100YeD N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Wockhardt Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9