Ташкент
logo
SavatKirish

VRAGDIAREYa tabletkalari 400mg N100

Retseptli
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Hindiston
Kategoriya:Antibiotiklar
Ishlab chiqaruvchi:Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
ATX kodi:J01RA07
Barcha VRAGDIAREYA dorilari
Mavjud emas
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 0 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

VRAGDIAREYa tabletkalari 400mg N100 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

norfloksasin-400 mg;

tinidazol - 600 mg;

yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmal, povidon (PVP K-30), natriq kraxmal glikolyati, tozalangan talk, gliserol, magniy stearati.

plyonka qobig'i: universal instacoat Quinoline Yellow, izopropil spirti, tozalangan suv.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

10x10 tabletkalar blisterli o'ramda. 10 blister qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Farmakokinetikasi

Tinidazol

Ichga qabul qilingandan keyin miy dan tez va deyarli to'liq so'riladi. Tinidazol Cmax (maksimal kontsentrasiyasi) ga 2 soat davomida erishiladi.

Organizmning barcha to'qimalariga yaxshi taqsimlanadi, yo'ldosh to'sig'i va GET, orqali o'tadi, ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi – taxminan 12%. Tinidazol jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Taxminan 60-65% buyraklar orqali (shu jumladan 20-25% – o'zgarmagan holda), 12% – ichak orqali chiqariladi.

Norfloksasin

Ichga qabul qilinganida norfloksasin me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi, lekin to'liq emas. So'rilishi ovqat bilan birga qabul qilinganida sekinlashadi. Preparat 400 mg dozada qabul qilinganidan keyin 1-2 soat o'tgach qonda maksimal kontsentrasiyaga erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 14% ni tashkil qiladi.

Norfloksasin organizmga taqsimlanib, qon zardobida, periferik to'qimalarda va siydikda terapevtik kontsentrasiyalarga erishiladi. O't-safro, buyrak parenximasida va prostatada, qon plazmasidagiga nisbatan yuqori kontsentrasiyalarga erishadi. Norfloksasin jigarda biotransformasiyaga uchraydi va metabolitlarni hosil qiladi, ular kon'yugasiya bo'lmagan shaklda siydik bilan chiqariladi. T1/2 taxminan 4 soatni tashkil qiladi.

Farmakologik ta'siri

Vragdiareya norfloksasin va tinidazolning majmuasi bo'lib va aralash ichak infektsiyalari, diareya va dizenteriyada keng antimikrob ta'sir doirasiga ega va samarali hisoblanadi.

Tinidazol sodda hayvonlar va anaerob bakterial infektsiyalar nisbatan faoldir, ularga qarshi norfloksasin nofaoldir.

Norfloksasin – keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan antibakterial preparat, siydik-tanosil tizimi va me'da-ichak yo'llarining infektsiyalarini davolash uchun ishlatiladi. Uning antimikrob ta'sir doirasi aerob grammanfiy va aerob grammusbat bakteriyalarni o'z ichiga oladi.

Norfloksasin ftorxinolonlar guruhiga mansub bo'lgan, keng ta'sir doirasiga ega sintetik antibakterial agent hisoblanadi. U o'zining bakterisid samarasini DNK replikasiyasiga aloqador muhim ferment - DNK-girazaning α-subbirligini ingibitsiya qilishi hisobiga namoyon qiladi. Tinidazol mikroaerob sodda hayvonlar Giardia lamblia, Entamoeba histolytica va Nrichomonas vaginalis va obligat anaerob bakteriyalarga qarshi mikroblarga qarshi ta'sir ko'rsatuvchi nitroimidazol hisoblanadi. Uning ta'siri DNK zanjirini shikastlanishi yoki ularning sintezini ingibitsiyasi bilan bog'liq.

Nojo'ya samaralari

Norfloksasin: Ayrim hollarda ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, charchoqlik, toshmalar, qorinda og'riq, dispepsiya, uyquchanlik, depressiya, uyqusizlik, qabziyat, meteorizm va jig'ildon qaynashi kuzatilishi mumkin. Kamroq uchraydigan reaktsiyalar og'izni qurishi, diareya, isitma, qusish va eritemani o'z ichiga oladi.

Tinidazol: Og'izda metall ta'mi, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, eshakemi, yuqori sezuvchanlik va erta leykopeniya bo'lishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

Preparatni Markaziy nerv tizimini shikastlanishlari bo'lgan pasientlarda, anamnezida tirishishlar va buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishlari bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. 3 oydan kichik bolalarda preparatni qo'llashdan saqlanish kerak. Davolash vaqtida pasientlar to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlarining ta'siridan saqlanishlari kerak. Bu misni qaytarish usuli yordamida siydikda glyukozani aniqlashda soxta-musbat reaktsiyasiga olib kelishi mumkin. Preparatni qonning patologik o'zgarishlari bo'lgan pasientlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Preparatni homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oyligida va laktasiya davrida qo'llashdan saqlanish kerak. Davolash vaqtida pasientlar suyuqlikni adekvat is'temol qilishlari kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng ishlatilmasin.

Qo'llanilishi

Amyobali, bakterial va aralash dizenteriya va diareyani davolash uchun qo'llanadi. 

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Ftorxinolonlar yoki nitroimidazollarga yuqori sezuvchanlik, qonning patologik o'zgarishlari, MNT ning faol kasalliklari, jiddiy nevrologik kasalliklar, tirishish xurujlari, alkogolizm, og'ir darajadagi jigar etishmovchiligi, laktasiya, bolalar, tirishishlarda qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Alkogol: Metronidazol, xabar berilganidek, ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'ini chaqirib, alkogol bilan disulfiramsimon o'zaro ta'sirga ega. Demak, tinidazol qabul qilayotgan pasientlar alkogol iste'mol qilishdan saqlanishlari kerak.

Probenesid: Norfloksasin bilan birga qo'llanganida probenesid norfloksasinni buyraklar orqali ekskresiyasini kamaytiradi.

Nitrofurantoin: Nitrofurantoin norfloksasinning antibakterial samarasini kamaytiradi.

Teofillin: norfloksasin bilan birga qo'llanganida plazmada teofillinning miqdori oshadi.

Peroral antikoagulyantlar: Norfloksasin, boshqa xinolonlar kabi, peroral antikoagulyantlarning samarasini kuchaytirishi mumkin.

Multivitaminlar: Polivitaminlar, temir va rux saqlovchi mahsulotlar, antasidlar yoki sukralfatni norfloksasin bilan bir vaqtda yoki norfloksasinni qabul qilishdan oldin 2 soat davomida yoki keyin buyurish mumkin emas.

Ta'rifi

sariq rangli, kapsula shakliga ega, bir tomonidan o'yiqchasi bo'lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Dozirovkasi

Kattalar: 1 tabletkadan kuniga ikki marta 5 kun davomida qabul qiladilar.

Buyrak faoliyatini buzilishlarida: agar kreatinin klirensi minutiga 10-30 ml ni tashkil qilsa, dozalash kuniga 1 tabletkagacha kamaytirilishi kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi o'tkir oshirib yuborilganida qusishni chaqirish yoki me'dani yuvish yo'li orqali me'dani to'liq tozalash va pasient kuzatuv ostida bo'lishi va pasientning holatiga qarab simptomatik va tutib turuvchi davolashni o'tkazish kerak.

VRAGDIAREYa tabletkalari 400mg N100 boshqa chiqarish shakllari

VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
VRAGDIAREYa suspenziya 60ml N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd
Narxi
26 406 so'm dan

VRAGDIAREYa tabletkalari 400mg N100 savollari

VRAGDIAREYa tabletkalari 400mg N100 fikr-mulohazalari

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilar

BOLNOL RELAKS gel 30g N1
BOLNOL RELAKS gel 30g N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
22 400 so'm dan
VRAGDIAREYa tabletkalari 400mg N100
Retseptli
VRAGDIAREYa tabletkalari 400mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
BOLNOL AS tabletkalari N100
Retseptli
BOLNOL AS tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
100 000 so'm dan
VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1
Retseptli
VRAGGLIST PLYUS tabletkalari 400mg N1
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
BOLNOL tabletkalari N100
Retseptli
BOLNOL tabletkalari N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
10 000 so'm dan
DIARKAL tabletkalari N30
Retseptsiz
DIARKAL tabletkalari N30
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
ISHAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Retseptli
ISHAGRA 100 tabletkalari 100mg N4
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
15 000 so'm dan
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Retseptli
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•9 ta dorixonada bor
Narxi
21 300 so'm dan
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
Retseptli
SERISHAAN tabletkalari 10mg N100
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•23 ta dorixonada bor
Narxi
140 000 so'm dan
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Retseptli
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
•11 ta dorixonada bor
Narxi
17 000 so'm dan
BOLNOL tabletkalari N10
Retseptli
BOLNOL tabletkalari N10
Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Indiya proizvedeno: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
Narxi
10 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil