Vraggripp burun tomchilari 10ml



LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.
Vraggripp burun tomchilari 10ml qo'llanmasi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 1 mg ksilometazolin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridining 50% li eritmasi, natriy xloridi, dinatriy edetati, dinatriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati, tozalangan suv.
Сhiqarilish shakli
10 ml dan HDPE flakon-tomchilagichda. Har bir flakon-tomchilagich qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Ksilometazolin noselektiv ta'sirga ega alfa-adrenomimetik hisoblanadi. Past kontsentrasiyalarda α2-adrenoreseptorlarga, yuqori kontsentrasiyalarda α1-adrenoreseptorlarga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Burun shilliq qavatiga bevosita ta'sirga ega va qon tomirlarni toraytirish, yallig'lanish jarayoni va ekssudasiyani susaytirish maqsadida LOR amaliyotida qo'llanadi. Burun shilliq qavatining giperemiyasi va shishini kamaytiradi yoki bartaraf etadi va rinitlarda burun orqali nafas olishni engillashtiradi.
Preparatning ta'siri qo'llagandan keyin bir necha minut davomida boshlanadi va 10 soatgacha davom etadi. Hatto shilliq qavati sezuvchan pasientlar tomonidan ham yaxshi o'zlashtiriladi va kipriksimon epiteliy faoliyatini izdan chiqarmaydi.
Preparat mahalliy qo'llanilganida deyarli so'rilmaydi, shuning uchun uning qon plazmasida kontsentrasiyasi juda kam va zamonaviy analitik usullar yordamida aniqlab bo'lmaydi.
LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.
0,1% li burun tomchilari
Nafas tizimi tomonidan: qisqa muddatli ta'sirlanish (burun shilliq qavatida achishish yoki qurishi). Kam hollarda shilliq qavat shishini oshishi, burundan ajralmalar ajralishini kuchayishi va reaktiv rinit hisobiga "burun bitishi" hissini paydo bo'lishi.
Vraggrippni yuqori dozalarda uzoq vaqt va tez-tez qo'llash achishish, qurish, shuningdek reaktiv rinit paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bu samara hatto davolash tugatilganidan 5-7 kundan keyin kuzatilishi va shilliq qavatni qaytmas shikastlanishi va quruq rinit paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda bosh og'rig'i, uyqusizlik, toliqish paydo bo'ladi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda: yurak urib ketishi, pulsni tezlashishi, arterial bosimni oshishi.
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda: allergik reaktsiyalar, hansirash, angionevrotik shish.
Vraggrippni qon tomirlarni toraytiruvchi boshqa preparatlar kabi arterial gipertenziya, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertireoz, qandli diabet yoki qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlarga uyqusizlik, bosh aylanishi va boshqalar ko'rinishida namoyon bo'luvchi yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak. Surunkali rinitda Vraggrippni medikamentoz rinit rivojlanishi xavfini hisobga olib, faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo'llash mumkin.
Homiladorlik va laktasiya
Ksilometazolinning qon tomirlarni toraytiruvchi xususiyatlarini hisobga olib, ehtiyotkorlik chorasi sifatida homiladorlik va laktasiya davrida Vraggripp dori vositasini qo'llashdan saqlanish kerak. Lekin agar ona uchun foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, preparatni homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida tavsiya etilgan dozadan oshirmasdan qo'llash mumkin.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Vraggripp tavsiya etilgan dozalardan yuqori bo'lmagan dozalarda transport vositalari va uskunalarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Lekin Vraggripp tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq vaqt qo'llagandan keyin yurak-qon tomir va Markaziy nerv tizimiga umumiy ta'sirini inkor etib bo'lmaydi. Bunday hollarda transport vositalarini yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyati buzilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
-har xil turdagi rinit;
- burun yondosh bo'shliqlari kasalliklari (drenajni engillashtirish uchun);
- o'rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun majmuaviy davolash tarkibida);
- rinoskopiyani o'tkazishni engillashtirish uchun qo'llanadi.
- ksilometazolin va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- glaukoma;
- quruq rinit;
- transsfenoidal gipofizektomiya yoki bosh miya pardalari butunligini buzilishi bilan kechuvchi boshqa jarroxlik aralashuvlari;
- 6 yoshgacha bolalarda qo'llash mumkin emas.
Vraggrippni tavsiya etilgan dozalarda qo'llanilganida tizimli samaralar deyarli kuzatilmaydi. Lekin trisiklik yoki tetrasiklik antidepressantlar, Mao ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llanilganida arterial bosim oshishi mumkin. Qon tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalarini birga buyurish nojo'ya samaralar rivojlanishi xavfini oshiradi.
tiniq, rangsiz eritma.
Vraggripp flakonda mavjud bo'lgan uchlik yordamida burunga tomizib, intranazal qo'llanadi.
1 ml/1 ml kontsentrasiyali eritma kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga har bir burun yo'liga 2-3 tomchidan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi odatda 5-7 kunni tashkil etadi.
Tomizish muolajasini bajarish: preparatni qo'llashdan oldin va uni qo'llagandan 5 minutdan keyin burun yo'llarini tozalash kerak. Qo'llashdan oldin flakon qalpoqchasi echiladi. O'tirgan holatda boshni orqaga tashlanadi yoki yotiladi, tubi bilan yuqoriga qaratilgan flakon uchligining uchi burun yo'llarining biriga ehtiyotkorlik bilan kiritiladi, har bir burun yo'liga preparat tomiziladi, boshni har bir tomonga bir necha marta ehtiyotkorlik bilan engashtiriladi. Ishlatilgandan keyin uchlik uchi tozalanadi, flakon qopqoq bilan bekitiladi. Flakon infektsiya yuqishi xavfi tufayli faqat bitta shaxs tomonidan ishlatilishi kerak.
Simptomlari: Kattalarda dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan. Kam holatlarda preparatni to'satdan yutib yuborilganda (ko'pincha bolalarda) klinik manzarada taxikardiya, aritmiya, arterial bosimni oshishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, nafasni susayishi yoki muntazam bo'lmagan nafas olish kabi simptomlar ustun bo'lgan.
Davolash: qo'llashni to'xtatish, adrenoblokatorlar, simptomatik davolash (vazopressor vositalarni qo'llash mumkin emas).
Xususiyatlar Vraggripp burun tomchilari 10ml
Vraggripp burun tomchilari 10ml boshqa chiqarish shakllari





