logo
SavatKirish

ZODAK tabletkalari 10mg N30

Retseptsiz
Mahsulot haqida tafsilotlar
Ishlab chiqarilgan joyi:Chexiya
Faol modda:Setirizin
Ishlab chiqaruvchi:Zentiva k.s.
Teglar:Allergiyadan, Qichimadan
Vakil:Sanofi
ATX kodi:R06AE07
Barcha Zodak dorilari
133 ta dorixonada bor
Narxi 60 000 so'm dan
Dorixonadan topish
To‘lov va yetkazib berish usullari Toshkentda
Olib ketish
Ertaga yoki keyinroq 133 ta dorixonadan
Dorixonada karta yoki naqd to‘lov
Yetkazib berish
2 soat ichida yoki ertaga, yetkazib berish narxi onlayn dorixonada ko‘rsatilgan tarif bo‘yicha. Onlayn yoki kuryerga to‘lov

ZODAK tabletkalari 10mg N30 qo'llanmasi

Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Farmakokinetikasi

So'rilishi. Ichga qabul qilingandan so'ng setirizin oshqozon-ichak traktidan tez va yaxshi so'riladi. Maksimal kontsentratsiya darajasi taxminan 30-60 daqiqadan so'ng aniqlanadi.
Ovqat qabul qilish so'rilish miqdoriga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi, ammo bu holda so'rilish tezligi biroz pasayadi.
Taqsimlanishi. Setirizin qon plazmasi oqsillari bilan taxminan 93% ga bog'lanadi. Taqsimlanish hajmi (Vd) past (0,5 l/kg), preparat hujayra ichiga kirmaydi.
Preparat gematoensefalik to'siq orqali o'tmaydi. Ko'krak sutiga o'tadi.
Metabolizmi. Setirizin jigarda nofaol metabolit hosil bo'lishi bilan kuchsiz metabolizmga uchraydi.
10 kun davomida 10 mg dozada qo'llanilganda preparatning to'planishi kuzatilmaydi.
Chiqarilishi. Taxminan 70% buyraklar orqali asosan o'zgarmagan holda sodir bo'ladi.
Tizimli klirens qiymati taxminan 54 ml/daq ni tashkil qiladi.
Bir martalik doza qabul qilingandan so'ng yarim chiqarilish davri taxminan 10 soatni tashkil qiladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda yarim chiqarilish davri 5 – 6 soatgacha kamayadi.
Gemodializ samarasiz.
Maxsus guruh bemorlarda farmakokinetikasi
Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlar
Buyrak funktsiyasi buzilganda (kreatinin klirensi 11-31 ml/daq dan past) va gemodializdagi bemorlarda (kreatinin klirensi 7 ml/daq dan kam) yarim chiqarilish davri 3 baravar ortadi, klirens 70% ga kamayadi.
Surunkali jigar kasalliklari bo'lgan bemorlar (gepatotsellyulyar, xolestatik yoki biliar jigar sirrozi)
Jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda yarim chiqarilish davrining 50% ga oshishi va
umumiy klirensning 40% ga pasayishi qayd etiladi (dozani to'g'irlash faqat kalavalar filtratsiyasi tezligining pasayishi hamroh bo'lganda talab qilinadi).
Keksa yoshdagi bemorlar va surunkali kasalliklari bo'lgan bemorlar
Surunkali kasalliklar fonida va keksa bemorlarda yarim chiqarilish davrining 50% ga oshishi va klirensning 40% ga pasayishi qayd etiladi.

Farmakologik ta'siri

Setirizin gistaminning raqobatli antagonistlari guruhiga kiradi, H1-gistamin retseptorlarini bloklaydi, deyarli antixolinergik va antiserotonin ta'sir ko'rsatmaydi. Yaqqol antiallergik ta'sirga ega, allergik reaktsiyalar rivojlanishini oldini oladi va kechishini yengillashtiradi. Qichishishga qarshi va antiekssudativ samara ko'rsatadi. Allergik reaktsiyalarning erta bosqichiga ta'sir qiladi, shuningdek yallig'lanish hujayralari migratsiyasini kamaytiradi; kech allergik reaktsiyada ishtirok etuvchi mediatorlar ajralishini susaytiradi. Kapillarlar o'tkazuvchanligini kamaytiradi, to'qimalar shishi rivojlanishini oldini oladi, silliq mushaklar spazmini yo'qotadi. Gistamin, o'ziga xos allergenlar yuborilishiga, shuningdek sovutishga (sovuq eshakemida) teri reaktsiyasini bartaraf etadi. Terapevtik dozalarda deyarli sedativ samara ko'rsatmaydi. Kursli qabul qilish fonida tolerantlik rivojlanmaydi.
Preparat ta'siri 20 daqiqadan so'ng (50% bemorlarda), 1 soatdan so'ng (95% bemorlarda) boshlanadi va 24 soat davomida saqlanib qoladi.

Nojo'ya samaralari

Preparat odatda yaxshi o'zlashtiriladi. Nojo'ya hodisalar kamdan-kam hollarda yuzaga keladi va o'tkinchi xarakterga ega.
Mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlar organizm tizimlari va yuzaga kelish chastotasi bo'yicha quyida keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kamdan-kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), chastotasi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo'yicha nojo'ya ta'sir uchrash chastotasini aniqlash imkoni yo'q).
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam hollarda: o'ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.
Juda kam hollarda: anafilaktik shok.
Asab tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: bosh og'rig'i, uyquchanlik, charchoqning kuchayishi, bosh aylanishi.
Tez-tez emas: paresteziyalar.
Kamdan-kam hollarda: tirishishlar, harakat faoliyatining buzilishi.
Juda kam hollarda: ta'm bilishning buzilishi, diskineziya, distoniya, hushdan ketish, tremor, tik.
Chastotasi noma'lum: xotira buzilishi, shu jumladan, amneziya.
Ruhiy buzilishlar
Tez-tez emas: qo'zg'alish.
Kamdan-kam hollarda: agressiya, ongning chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, uyqu buzilishi.
Chastotasi noma'lum: o'z joniga qasd qilish g'oyalari.
Ko'rish organi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: akkomodatsiya buzilishi, ko'rishning xiralashishi, nistagm.
Eshitish organi va labirint buzilishlari tomonidan
Chastotasi noma'lum: vertigo.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: og'iz qurishi, ko'ngil aynishi.
Tez-tez emas: diareya, qorinda og'riq.
Yurak tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam hollarda: taxikardiya.
Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar
Tez-tez: rinit, faringit.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam hollarda: tana vaznining oshishi.
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda: dizuriya, enurez.
Chastotasi noma'lum: siydik tutilishi.
Laborator va instrumental ma'lumotlar
Kamdan-kam hollarda: jigar funktsional sinamalarining o'zgarishi («jigar» transaminazalari, ishqoriy fosfataza, gamma-glutamiltransferaza faolligi va bilirubin kontsentratsiyasining oshishi).
Juda kam hollarda: trombotsitopeniya.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: toshma, qichishish.
Kamdan-kam hollarda: eshakemi.
Juda kam hollarda: angionevrotik shish, turg'un eritema.
Umumiy buzilishlar
Tez-tez emas: asteniya, lanjlik.
Kamdan-kam hollarda: periferik shishlar.
Chastotasi noma'lum: ishtahaning oshishi.

Maxsus saqlash sharoitlari

Buyrak, jigar funksiyasi buzilgan bemorlar va keksa yoshdagi bemorlar preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak («Farmakokinetika», «Qo'llash usuli va dozalari» bo'limlariga qarang).
Markaziy asab tizimini susaytiruvchi dori vositalarini, alkogolni bir vaqtda iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanish qobiliyatiga ta'siri.
Davolash davrida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish zarur.
Preparatni yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llamaslik kerak va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi (kreatinin klirensi < 10 ml/min).
Irsiy galaktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Homiladorlik, laktatsiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan.
O‘rta va og‘ir darajadagi surunkali buyrak yetishmovchiligi (dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi).
Keksa yosh (koptokchalar filtratsiyasining pasayishi ehtimoli).
Surunkali jigar kasalliklari (gepatotsellyulyar, xolestatik yoki biliar jigar sirrozi) (dozaga tuzatish kiritish faqat yo‘ldosh koptokchalar filtratsiyasi tezligining pasayishida talab etiladi).

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Setirizinning boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o'zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Teofillin (400 mg/sut) bilan birga qabul qilish setirizinning umumiy klirensi pasayishiga olib keladi (teofillin kinetikasi o'zgarmaydi).
Tavsiya etilgan dozalarda etanol ta'sirini kuchaytirmaydi (uning qondagi kontsentratsiyasi 0,8 g/l dan oshmaganda), shunga qaramay, preparat bilan davolash vaqtida etanol qabul qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Dozirovkasi

Zodak® preparati asoratlarni oldini olish uchun shifokor tayinlovi bo‘yicha qo‘llaniladi.

Ichga, ovqatlanishdan qat’iy nazar.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga

Zodak® preparati, qoida tariqasida, plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkadan (10 mg setirizin) sutkasiga bir marta tayinlanadi.

6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga

Zodak® preparati, qoida tariqasida, plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletkadan (10 mg setirizin) sutkasiga bir marta yoki qobiq bilan qoplangan 1/2 tabletkadan (5 mg setirizin) sutkasiga ikki marta, ertalab va kechqurun tayinlanadi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga doza kreatinin klirensiga (KK) qarab kamaytiriladi: KK 30-49 ml/daq bo‘lganda – kuniga bir marta 5 mg; 10-29 ml/daq bo‘lganda – kunora 5 mg.

Preparatni buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga va keksa yoshdagi bemorlarga tayinlaganda dozani KK kattaligiga qarab to‘g‘rilash kerak.

Erkaklar uchun kreatinin klirensini zardob kreatinini konsentratsiyasidan kelib chiqib quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:

KK (ml/daq) = [140 - yosh (yillar)] x tana vazni (kg)

72 x KK zardob (mg/dl)

Ayollar uchun KK olingan qiymatni 0,85 koeffitsiyentiga ko‘paytirish orqali hisoblash mumkin.


Buyrak yetishmovchiligi

KK (ml/daq)

Dozalash rejimi

Norma

≥ 80

10 mg/sut

Yengil

50-79

10 mg/sut

O‘rtacha

30-49

5 mg/sut

Og‘ir

10-29

Kunora 5 mg

Terminal bosqich - gemodializdagi bemorlar

< 10

Preparatni qabul qilish mumkin emas

Faqat jigar funksiyasi buzilgan bemorlarga dozalash rejimini to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Preparatni qabul qilish vaqti tasodifan o‘tkazib yuborilganda, navbatdagi dozani birinchi imkoniyat tug‘ilishi bilan qabul qilish kerak. Agar preparatning navbatdagi qabul qilish vaqti yaqinlashayotgan bo‘lsa, navbatdagi dozani umumiy dozani oshirmasdan grafik bo‘yicha qabul qilish kerak.

Zodak® preparatini ovqatlanish vaqtidan qat’iy nazar qabul qilish mumkin. Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni butunligicha, oz miqdorda suv bilan yutish kerak.

Xususiyatlar ZODAK tabletkalari 10mg N30

Zodak boshqa chiqarish shakllari

ZODAK tabletkalari 10mg N30 haqida savollar

ZODAK tabletkalari 10mg N30 haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Ishlab chiqaruvchining dorilari

LOZAP PLYUS tabletkalari N30
Retseptli
LOZAP PLYUS tabletkalari N30
Chexiya
Ishlab chiqaruvchi:
Zentiva k.s.
Narxi
58 700 so'm dan
ZODAK tabletkalari 10mg N30
Retseptsiz
ZODAK tabletkalari 10mg N30
Chexiya
Vakil:
Sanofi
Ishlab chiqaruvchi:
Zentiva k.s.
•133 ta dorixonada bor
Narxi
60 000 so'm dan

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil