ANTIFLUning aptekalardagi narxlari
ANTIFLU KIDS kukuni so vkusom malini N5
|
|
189 ta dorixonada bor
|
45 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
57 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
47 500 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
ANTIFLU ko'rsatmalar
Bolalarda yarim chiqarilish davri 9,6-13,1 soatni tashkil etadi. Metabolizm maxsulotlari va preparatning metabolizmga uchramagan qismi siydik bilan chiqarildi.
eruvchan kukun
Ilova–varaqa
(pasientlar uchun)
Savdo nomi
Antiflu
Dori shakli
Eruvchan kukun.
Ta‘rifi
Biroz tusli oq rangli, yengil limon hidli kristall zarrachalari bo‘lgan sochiluvchan kukun.
Tarkibi
Faol ingredientlari (1 paketda): 650 mg asetaminofen, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 4 mg xlorfeniramin maleati.
Faol bo‘lmagan ingredientlari: askorbin kislotasi, qand (qand upasi), qand (saxaroza), limon kislotasi, kremniy dioksidi, kolloid kremniy dioksidi, limon xushbo‘yi, uchasosli natriy sitrat, kraxmal (makkajo‘xori kraxmali), saxaroza, titan dioksidi, uch kalsiy fosfati, D&C sariq №10 (Ye104), FD&C sariq №6 (Ye110).
Farmakoterapevtik guruhi
Shamollash kasalliklarida qo‘llanuvchi preparat.
Farmakologik xususuiyatlari
Asetaminofen (parasetamol) og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Bosh og‘rig‘i, mushak-bo‘g‘im og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘ini kamaytiradi.
Fenilefrin gidroxloridi qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, burundan nafas olishni yengillashtirib, burun, burun halqum shilliq qavatining giperemiyasi va shishini kamaytiradi.
Xlorfeniramin maleati antigistamin ta‘sir ko‘rsatadi: burun, burun halqum, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlarini shishini bartaraf qiladi, ko‘zlarning qichishishini kamaytiradi.
Qo‘llanilishi
Yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir reseptor kasalliklarining (gipertermiya, bosh og‘rig‘i, mushak-bo‘g‘im og‘rig‘i, burunni bitishi, tumov, ko‘z yoshini oqishi) va gripp simptomlarini bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga: bir paketcha bir stakan issiq suvda eritiladi va issiq holida iste‘mol qilinadi. Zarurati bo‘lganida har 4 soatda takrorlanadi, lekin sutka davomida 4 martadan ko‘p emas, hoxishga qarab qand yoki asal qo‘shish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: epigastriy sohasida og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish. Preparat uzoq muddat alkogol bilan birga yuqori dozalarda qo‘llanganida gepatotoksik ta‘siri rivojlanishi mumkin.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, uyquni buzilishi, yuqori ko‘zg‘aluvchanlik (ayniqsa bolalarda).
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishishi, Kvinke shishi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, trombositopeniya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Jigar va/yoki buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza fermentining tanqisligi, qon kasalliklari, og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, arterial gipertenziya, tomirlarining spazmlarga moyillik, glaukomani yopiq burchaklik shakli, prostata bezining adenomasida siyishni qiyinlashishi, o‘pka emfizemasi yoki surunkali bronxit, qandli diabet 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Odatda parasetamolni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, uni 10-15 g dan ortiq qabul qilingandan keyin namoyon bo‘ladi: bo‘lishi mumkin: teri qoplamalarining oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohasida og‘riqlar, jigar transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi, gepatotoksik va nefrotoksik ta‘siri, og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi, ensefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi.
Davolash: me‘dani yuvish, birinchi 6 soatda faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat o‘tgach SH-guruhi donatorlarini va glutation-metionin sintezini o‘tmishdoshlarini, va 12 soat o‘tgach – N-asetilsisteinni qabul qilish.
Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari
Davolash davomiyligi – 3 kundan ko‘p emas. Yetarli davolash samarasi bo‘lmaganida, davolash fonida 3 kundan ortiq yuqori harorat saqlanganida, shuningdek yangi simptomlar paydo bo‘lganida, jiddiyroq kasallik bo‘lishi mumkinligini ko‘zda tutish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash davrida alkogol, uxlatuvchi va tinchlantiruvchi (trankvilizatorlar) dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak. Asetaminofen (parasetamol) saqlovchi boshqa dori vositalari bilan qabul qilish mumkin emas.
Preparatni homiladorlik va emizish davrda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolash davrida transport vositalarini boshqarishdan, mexanizmlar bilan ishlashdan va boshqa potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Barbituratlar va alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida asetaminofenning gepato- va nefrotoksikligi kuchayadi.
Uxlatuvchi va sedativ vositalar, neyroleptiklar, trankvilizatorlar, alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida, xlorfeniramin maleatining markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘siri ahamiyatli kuchayadi.
Asetaminofen antibiotiklarni organizmdan chiqarilishini sekinlashtiradi.
Tetrasiklinlar asetaminofen qo‘llanganida anemiya va metgemolabinemiya rivojlanishi xavfini oshiradi.
Fenilefrin gidroxloridi rezerpin va oktadinning gipotenziv ta‘sirini susaytiradi.
Monoaminoksidaza ingibitorlari va fenilefrin gidroxloridini birga qo‘llash gipertenziv xurujining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Saqlash sharoiti
+250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.
Yaroqlilik muddati
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
5 paket ilova-varaqasi bilan karton qutiga joylangan.
Berish tartibi
Resept bo‘yicha.
1 paketcha quyidagilami saqlaydi: faol moddalar: xlorfeniramin maleati 1 mg, atsetaminofen 160 mg, askorbin kislotasi 50 mg, yordamchi moddalar: qand, qand (saxaroza), malina aromatizatori, limon kislotasi, kremniy dioksidi (siloid), suvsiz kremniy dioksidi, natriy sitrati uch asosli, titaa dioksidi, uch hal'siy fosfati, qizil №40 bo'yovchisi, kraxmal (makkajo'xori).
Chiqarilish shakli
5 paketchadan tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Askorbin kislotasi (C vitamini) antioksidant xususiyatlarga ega, himoya nrexanizmlarini faollashtiradi, organizmning infektsiyaga qarshililigini oshiradi.
Oksidlanish-qavtarilish jarayohlarini faollashtiradi, regeneratsiya jarayonlarini, glyukokortikoidlar va katekolaminlanring sintezini rag'batlantiradi; kapillyar devorni mustahkamlaydi (hujayralararo moddaning hosil bo'lishini oshishi va gialuronidaza faolligini kamaytirishi orqali).
Yaroqlilik muddati
3 yil. O’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.
Atsetaminofenni kattalar uchun 10 g dozada va kattalar uchun undan ko'p va bolaning kg tana vazniga 150 mg bir marta qabul qilish sitoliz rivojlanishiga olib keladi, u jigaming qaytmas nekroziga, jigar yetishmovchiligiga, ensefalopatiyaga xatto o'lim bilan yakunlanuvchi komagacha olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilish xavfi quyidagi xavf omillari bo'lgan pasientlarda yuqori bo'lishi mumkin, bular:
- karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampisin, dalachoy yoki jigar fermentlarini indulisiyalaydigan boshqa preparatlar bilan uzoq vaqt davolanish;
- alkogolni suiste'mol qilish;
- glyutation tanqisligini extimoli (ovqatxazm qilishni buzilishi, mukovostsidoz, OITSinfeksiyasi, ochlik, kaxeksiyada kuzatilishi mumkin).
Atsetaminofen bilan dozani oshirib yuborislt simptomldri: birinchi sutkada - terini oqarishi, ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya va qorinda og'riq. Preparatni qabul qilgandan keyin jrgamrng shikatslanishi 12-48 soatdan keyin kuzatilishi mumkin. Glyukoza metabolizmini o'zgarishi va metabolik asidoz bo'lishi mumkin.
Og'ir zaxarlanishda jigar yetishmovchiligi ensefalopatiyagacha, qon ketishi, gipoglikenriya, rniyani shishi, o'limgacha rivojlanishi mumkin. Pasientlar belda og'riq paydo bo'lganiga shikoyat qilsa, gematuriya va proteinuriyani o'tkir tubulyar nekroz bilan kechuvchi o'tkir buyrak yetishmovchiligiga shubxaga qilish kerak, u jigaming shikastlanishi yo'qligida ham kuzatilishi mumkin.
Davolash. Dozani oshirib yuborilishida tez tibbiy yordamga murojaat etish lozim. Agar dozani oshirib yuborilish ilk simptomlari bo‘lmasa ham, pasientni darxol kasalxonaga yetkazish lozim. Simptomlar ko‘ngil aynishi va qusish bilan cheklanishi va dozani oshirib yuborilishini og‘irligi yoki a'zolarning shikastlanishi xavfini aks ettirmasligi mumkin. Agar dozani ortiqcha qabul qilgandan 1 soatdan ko‘p o‘tmagan bo‘lsa faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish maqsadga muvofiq.
Qon plazmasidagi atsetaminofenning konsentratsiyasini 4 soatdan keyin yoki qabul qilgandan so‘ng kechroq o‘lchash lozim (ertaroq muddatda o‘lchangan konsentratsiya ishonchsiz hisoblanadi). Doza oshirib yuborilgandan keyin 24 soat davomida N-atsetilsistein bilan davolash mumkin, samarsi 8 soat davomida kuzatiladi, so‘ngra samarasi keskin pasayadi.
Zarurati bo‘lganda pasientga N-atsetilsistein vena ichiga tavsiya etilgan dozada yuboriladi. Qusish bo‘lmaganda yordamning ambulatoriya bosqichida al'ternativ sifatida metioninni peroral qo‘llash mumkin. Xlorfeniraminning dozasini oshirib yuborilishi simptomlari: sedasiya, MNT paradoksal qo‘zg‘alishi, tirishishlar, xansirash, antixolenergik samaralar, distonik reaksiyalar va aritmiya.
Davolash. Simptomatik va samarani bir maromda tutib turuvchi davolash. Asosan yurakka, nafas olish tizimiga, buyrak va jigar funksiyasiga, suv-elektrolit muvozanatiga e'tibor qaratish zarur.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘lmaganda va yaqinda doza oshirib yuborilgan bo‘lsa, faollashtirilgan ko‘mirni peroral qo‘llash mumkin (agar preparatni ichga qabul qilgandan keyin ko’pi bilan 1 soat o‘tgan bo‘lsa eng samarali).
Gipertoniya va aritmiyani davolashni darxol boshlash zarur. Tirishishlar paydo bo‘lganda diazepam samaralidir. Og‘ir hollarda gemoperfuziya o‘tkazish mumkin.
Askorbin kislotasi: tavsiyalarga muvofiq qo‘llanganda, bu maxsulotning dozasini oshirib yuborilishiga olib kelishiga dalolat beruvchi ma'lumotlar yo‘q. Askorbin kislotasi yuqori dozalarda (3 g dan ortiq) vaqtinchalik osmotik diareyaga va me'da-ichak yo‘llari ishini buzilishini chaqirishi mumkin (ko‘ngil aynishi, me'da soxasida diskamfort).
Chiqarish shakllari