Apteka.uz
SavatKirish

GRIPXOT

GRIPXOT chiqarilish shakllari

GRIPXOT granuli N12
Retseptsiz
GRIPXOT granuli N12
Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S.
•101 ta dorixonada bor
Narxi
36 000 so'm dan
- GRIPXOT qabul qilish bo'yicha ma'lumot
- GRIPXOTning tarkibi
- GRIPXOT ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar
- GRIPXOT narxi Toshkent dorixonalarida

GRIPXOT haqida qo'llanma

Umumiy ma'lumot

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GRIPXOTtm

GRIPHOTtm

Preparatning savdo nomi: Gripxottm

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, fenilefrin gidroxloridi, oksalamin sitrati, xlorfeniramin maleati;

Dori shakli: vishillovchi granulalar

Tarkibi:

Har bir paket quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: parasetamol – 500 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10 mg, oksalamin sitrati – 100 mg, xlorfeniramin maleati – 2 mg;

yordamchi moddalar: vino kislotasi, limon kislotasi, natriy bikarbonati, natriy karbonati, xinolin sarig‘i, limon aromatizatori, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.

Ta‘rifi: oq yoki sariq limon ta‘mli va hidli bir hil granulalar: oquvchan kukun.

Farmkoterapevtik guruhi: analgetik-antipiretik (ftorxinolonlar guruhi)

ATX kodi: N02BE51

 

Farmakologik xususiyatlari

Gripxot og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi, antigistamin va dekongestiv samaralarga ega. Shamollash, tumov, gripp va yuqori nafas yo‘llarining nospesifik infeksiyalarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Farmakodinamikasi

Parasetamol analgetik va antipiretik ta‘sirlarga ega. Prostaglandinlar sintezini ingibirlab, ogriqqa bo‘lgan periferik reseptorlarning sezuvchanligini kamaytiradi.

Xlorfeniramin maleati antigistamin va antimuskarin ta‘sirlarga ega. Gistamin N1-reseptorlarini raqobatli bloklab allergiya belgilarni kamaytiradi, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatini shishini kamaytiradi, o‘rtacha bronxolitik ta‘sir ko‘rsatadi, ko‘z yoshi oqishini, ko‘z va burunni qichishini bartaraf qiladi.

Fenilefrin NSl dekongestiv ta‘sirga ega. Fenilefrin – kuchli tomir toraytiruvchi preparat bo‘lib, bevosita va bilvosita simpatomimetik ta‘sir ko‘rsatadi. Post – adrenoreseptorlarning agonisti hisoblanadi. Fenilefrinni qo‘llanishi burun shilliq qavatining tomirlarini torayishga yordam beradi, bu burundan chiqadigan ajralmani kamayishiga olib keladi.

Oksalamin sitrati periferik ta‘sirga ega sintetik yo‘talga qarshi vosita. Nafas yo‘llarining afferent nerv oxirlarining sezuvchanligini kamaytirib, yo‘tal markaziga impulsni o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi.

Farmakokinetikasi

Parasetamol: Og‘riq qoldiruvchi ta‘siri 30 minutdan keyin boshlanadi. 1-2 soat davomida maksimal konsentrasiyaga erishadi.  Ta‘siri 3-4 soat davom etadi. Parasetamolning 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi. Axlat bilan chiqariladi.

Xlorfeniramin maleat og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati orqali yaxshi so‘riladi. Ta‘siri 15-60 minutdan keyin namoyon bo‘ladi. 3-6 soatdan keyin maksimal konsentrasiyaga erishadi. 24 soat davomida buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishda chiqariladi. Plazma oqsillari bilan 60% bog‘lanadi.

Fenilefrin gidroxloridi Peroral qabul qilinganidan 15-20 minutdan keyin ta‘siri namoyon bo‘ladi va taxminan 4 soat davom etadi. Fenilefrin me‘da-ichak yo‘llaridan so‘riladi va metabolizmga uchraydi. Ichakda qisman so‘rilishiga qaramay, fenilefrin og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati orqali to‘liq so‘riladi. Fenilefrin ichakda  metabolizmga uchrab, MAO ta‘sirida sulfatlangan kon‘yugatlarga aylanadi. Metabolizmga uchramagan fenilefrin va uning kon‘yugatlari siydik bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

  • tumov (o‘tkir virusli rinit);
  • gripp;
  • shamollash;
  • rinitlar (mavsumiy va yil bo‘yi kechadigan allergik rinit, noallergik eozinofil rinit, vazomotor rinit);
  • yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalarini simptomatik (faringit,sinusit, bronxit va laringit) davolash uchun.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Bir paket ichidagisi 2/3 stakan issiq suvda eritiladi, aralashtiriladi va issiq holda qo‘llanadi.

Grippxot 6 soat tanaffus bilan qo‘llanadi,kuniga maksimum 4 doza.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, me‘dada og‘riq, asabiylashish, og‘izni qurishi, teri toshmasi, havotirlanish, ishtaxani pasayishi, terlash, taxikardiya, quloqlarni shang‘illashi, fotosensibilizasiya, siydik chiqarishni qiyinlashishi kuzatiladi.

Bunday holatlar doza kamaytirilganida yoki preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni uning ingredientlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlikda, jigar, buyrak va yurak faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas. Xlorfeniramin 6 yoshdan kichik bolalarda MNTni paradoksal rag‘batlanishga olib kelishi mumkin. Preparatni prostataning giperplaziyasi, yopiq burchakli glaukoma, gipertireoidizm, gipertoniyaning og‘ir shakli, aritmiyalar, serebrovaskulyar buzilishlari bo‘lgan bemorlarda extiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Bolalarda oksalamin qabul qilinganida ko‘ngil aynashi, qusish va gallyusinasiyalar bo‘lishi mumkin. MAO ingibitorlarini birga qabul qilish mumkin emas yoki preparatni MAO ingibitorlarini qabul qilish to‘xtatilgandan kamida 3 xaftadan keyin buyurish lozim.

Pediatriyada ishlatilishi: 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Keksa yoshdagi shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki preparatning yo‘talga qarshi va vazopressor samarasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanilishi

Homiladorlik (S toifasi)

Homiladorlik vaqtida qo‘llanilgandagi xavfsizligi isbotlanmagan.

Laktasiya:

Emizikli ayollarda ishlatilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun emizish vaqtida qo‘llash ma‘qul emas.

Transport vositalarini va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Haydovchilar va ishlari yuqori diqqatni talab qilinadigan shaxslarga buyurilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish hollarini erta davrida qusishni chaqirish va me‘dani yuvish kerak. Bolalarda qusishni chaqirishda aspirasiya ehtimolini hisobga olish kerak. Magniy gidroksidini qo‘llash mumkin. Kechki davrida dozani oshirib yuborilish belgilarining og‘irligiga ko‘ra, simptomatik davolash (vena ichiga eritmalar, kislorod) o‘tkaziladi. Gipotoniyada vazopressorlarni buyurish mumkin, ammo adrenalinni emas, chunki u AB ni

yanada tushirishi mumkin. Analeptiklar ham qo‘llanmaydi, chunki ular konvulsiyalarga olib kelishi mumkin. Og‘iz orqali N-asetilsistein parasetamolning maxsus antidoti xisoblanadi.

 

Chiqarilish shakli:

GrippXot vishillovchi granulalari bir dozali paketda, №12 o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25°S dan past haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

 

Ulashish:
Diqqat: ushbu sahifadagi preparat tavsifi rasmiy yo‘riqnomaning soddalashtirilgan va to‘ldirilgan versiyasidir. Ma’lumot faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va o‘z-o‘zini davolash uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. GRIPXOT preparatini qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing

GRIPXOT narxlari

Dorixonalar
Manzil
Ish vaqti
Sotib olish
Target Farm №9
Mirzo Ulug'bek tumani, Sayram ko'ch., 2 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
84 000 so'm
Bron qilish
Target Farm №1
Mirzo Ulug'bek tumani, Yuzrabot ko'ch., 1A uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 09:00-22:00
96 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №21
Chilonzor tumani, 2 mavze, 1 uy, 2 xonadon
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
96 000 so'm
Bron qilish
Vaksina Med №29
Yashnobod tumani, Birlashgan ko'ch., 6 kirish, 9 uy
Du, Se, Ch, Pa, Ju, Sh, Ya | 08:30-23:30
96 000 so'm
Bron qilish

GRIPXOT haqida savollar

GRIPXOT haqida fikr-mulohazalar

Reyting 0, 0 ta sharh asosida

Alifbo bo'yicha dori vositalar ro'yxati

scroll-top

Biz portalimiz ishini takomillashtirish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Ishni davom ettirar ekansiz, ulardan foydalanishga rozilik bildirgan bo‘lasiz. Batafsil