GRIPXOT granuli N12

GRIPXOT granuli N12 o'xshash dorilari

GRIPXOT granuli N12 qo'llanmasi
Har bir paketcha quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: paratsetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxloridi - 10 mg, oksalamin sitrati - 100 mg, xlorfeniramin maleati - 2 mg;
yordamchi moddalar: vino kislotasi, limon kislotasi, natriy bikarbonati, natriy karbonati, xinolin sarig'i, limon aromatizatori, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.
Paratsetamol: og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilib, og'riqqa bo'lgan periferik retseptorlarning sezuvchanligini kamaytiradi.
Xlorfeniramin maleati: antigistamin va antimuskarin ta'sirlarga ega. Antimuskarin ta'siri hisobiga tumovni kamaytiradi, nafasni yengillashtiradi, yo'tal refleksini asosiy sabablarini bartaraf etadi. N1- gistamin retseptorlarini bloklab, yuqori nafas yo'llarining allergiyalarida simptomatik yaxshilanishni ta'minlaydi.
Fenilefrin gidroxloridi: dekongestiv ta'sirga ega. Kuchli tomir toraytiruvchi preparat bo'lib, bevosita va bilvosita simpatomimetik ta'sir ko'rsatadi. Postsinaptik – alьfa-adrenoretseptorlarning agonisti. Terapevtik dozalarda vazokonstriktor ta'sir ko'rsatadi. Fenilefrinni mahalliy yoki peroral qo'llanishi burun shilliq qavatining tomirlarini torayishiga yordam beradi. Shishga qarshi ta'siri hisobiga burundan chiqadigan ajralmani kamaytiradi.
Oksalamin sitrati: periferik ta'sirga ega yo'talga qarshi sintetik vosita.
Nafas yo'llarining afferent nerv oxirlarining sezuvchanligini kamaytirib, yo'tal markaziga impulьsni o'tkazilishiga to'sqinlik qiladi.
Peroral qo'llanganidan so'ng me'da-ichak yo'llaridan to'liq so'riladi.
Paratsetamol: og'riq qoldiruvchi ta'siri 30 minutdan keyin boshlanadi. 1-2 soat davomida maksimal kontsentratsiyaga erishadi; ta'sirining davomiyligi 3-4 soat davom etadi. Paratsetamolning 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan chiqariladi.
Xlorfeniramin maleati: og'iz bo'shlig'i shilliq qavatidan yaxshi so'riladi. Ta'siri 15-60 minutdan keyin namoyon bo'ladi. 3-6 soatdan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishadi va 24 soat davomida buyrak orqali chiqariladi. Plazma oqsillari bilan 60% bog'lanadi.
Fenilefrin gidroxloridi: peroral qabul qilinganidan 15-20 minutdan keyin ta'siri namoyon bo'ladi va 4 soat mobaynida davom etadi. Fenilefrin me'da-ichak yo'llaridan so'riladi va metabolizmga uchraydi. Ichakda to'liq so'rilishiga qaramay, fenilefrin og'iz bo'shlig'ining shilliq qavati orqali to'liq so'riladi. Fenilefrin ichak va jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Asosan ichakdagi metabolizmi tufayli fenilefrin sulьfatning kon'yugatiga aylanadi va monoaminooksidaza fermentining ta'siriga uchraydi. Metabolizmga uchramagan fenilefrin va uning metabolitlari organizmdan chiqariladi.
Oksalamin sitrati: o'zgarmagan ko'rinishda siydik bilan 10%, neytral moddalar ko'rinishida 0,6% chiqariladi.
Gripxot og'riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi, antigistamin va yallig'lanishga qarshi ta'sirlarga ega va shamollash, tumov, gripp va yuqori nafas yo'llarining nospetsifik infektsiyalarini simptomatik davolash uchun qo'llanadi.
Kam hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, qorinda og'riq, teri toshmasi, og'izni qurishi, siydik chiqarishni qiyinlashishi, ko'rishni buzilishi, fotosensibilizatsiya, asabiylashish, ko'p terlash, quloqlarni shang'illashi, ishtahani pasayishi kabi nojo'ya samaralar bo'lishi mumkin. Bunday ko'rinishlar doza kamaytirilganida yoki preparat bekor qilinganida o'tib ketadi.
Keksa yoshdagi shaxslarga preparatning yo'talga qarshi va vazopressor samarasiga o'ta yuqori sezuvchanlik ko'rinishlari tufayli ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Haydovchilarga va faoliyati yuqori diqqatni talab etadigan shaxslarga preparat buyurilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
Tumov (o'tkir virusli rinit)
Gripp
Shamollash
Rinitlar (mavsumiy va yil bo'yi kechadigan allergik rinit, noallergik
eozinofil rinit, vazomotor rinit)
Yuqori nafas yo'llarining infektsiyalarini: faringit,
sinusit, bronxit va laringit) simptomatik davolash uchun qo'llanadi.
Preparatning biror-bir komponentiga o'ta yuqori sezuvchanlikda; buyrak va yurak funktsiyasining og'ir buzilishlarida tavsiya etilmaydi.
Xlorfeniramin 6 yoshdan kichik bolalarda markaziy nerv tizimini paradoksal rag'batlanishini chaqirishi mumkin. Prostata bezining giperplaziyasi, og'ir glaukoma, o'tkir astma, giperterioidizm, og'ir gipertenziya, yurak aritmiya va serebrovaskulyar buzilishlari bo'lgan shaxslarga buyurish mumkin emas. Oksalamin sitrati bolalarda gallyutsinatsiya, ko'ngil aynashi va qusish chaqirishi mumkin.
Bolalarda qo'llanishi: 6 yoshdan kichik bolalarda qo'llash mumkin emas.
MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda yoki preparat bekor qilinganidan keyin 3 haftadan oldin buyurish tavsiya etilmaydi.
Bir paketcha ichidagisi 2/3 stakan issiq suvda eritiladi, aralashtiriladi va issiq holda qo'llanadi.
Gripxot 6 soat tanaffus bilan, kuniga maksimum 4 doza qo'llanadi.
Yuqori dozalarda qabul qilinganida qusishni chaqirish va me'dani yuvish kerak. Magniy gidroksidini qo'llash mumkin. Simptomlarning og'irligiga qarab simptomatik davolash (vena ichiga quyishlar va kislorod) buyuriladi. Gipotoniya holatida vazopressorlarni buyurish mumkin, ammo adrenalinni emas, chunki gipotoniya yanada kuchayishi mumkin. Analeptiklarni buyurish mumkin emas, chunki ular konvulьsiyalarga olib kelishi mumkin. Og'iz orqali N-atsetiltsistein paratsetamolning maxsus antidoti hisoblanadi.
Homiladorlik (S toifasi)
Homiladorlik davrida qo'llanishi xavfsizligi aniqlanmagan.
Laktatsiya
Laktatsiya davrida preparatni qo'llanishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Shuning uchun bu davrda preparatni qo'llash ma'qul emas.
GRIPXOT granuli N12 analoglari







