Antigrippin
Antigrippin chiqarilish shakllari






Antigrippin haqida qo'llanma
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ANTIGRIPPIN-MAKSIMUM
ANTIGRIPPIN-MAXIMUM
Preparatning savdo nomi: Antigrippin-Maksimum
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun (limonli, asal-limonli, malinali, qora qorag‘atli).
Tarkibi:
1 paketcha quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: parasetamol – 360 mg, askorbin kislotasi – 300 mg, kalsiy glyukonati monogidrati – 100 mg, rimantadin gidroxloridi – 50 mg, rutozid – 20 mg, loratadin –
3 mg;
yordamchi moddalar: aspartam, gipromelloza, kolloid kremniy dioksidi, laktoza, ozuqa hushbo‘yi limon yoki asal va limon, yoki malina, yoki qora qorag‘at.
Ta‘rifi:
Paketcha ichidagisi – deyarli oq rangli granulalarning sarg‘imtir-yashilroq rangli o‘ziga xos hidli (limon, asal bilan limon, malina, qora qaraqat) kukun bilan aralashmasi.
Kukun eritilganidan keyingi eritma – rangsiz yoki sarg‘ish, biroz loyqa, o‘ziga xos hidli (limon, asal bilan limon, malina, qora qoraqat) eritma. Sariq rangli erimagan zarrachalar bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK va «shamollash» belgilarini bartaraf qilish uchun vosita.
ATX kodi: R05X
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat, viruslarga qarshi va interferonogen, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, gistaminga qarshi, angioprotektor ta‘sirlarga ega.
Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sirlarga ega.
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevodlar almashinuvini, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, qon ivishini, to‘qimalar regenerasiyasini boshqarilishida ishtirok etadi, immun reaksiyalarni faollashtiradi.
Kalsiy glyukonati monogidrati grippda va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarda (O‘RVI) gemorragik jarayonlar bilan bog‘liq tomirlarning yuqori o‘tkazuvchanligini va sinuvchanligining rivojlanishini oldini oladi, shuningdek kapillyar qon aylanishini tiklaydi, allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.
Rimantadin gidroxloridi grippning A turi virusiga (ayniqsa A2) nisbatan viruslarga qarshi faollikka ega, grippning boshqa turlari va O‘RVI chaqirgan toksik belgilarni kamaytiradi. Interferonlarning umumiy miqdorini va ayniqsa qonda interferon-gammani oshirib, yaqqol interferonogen xususiyatlariga ega, nafas yo‘llarining shikastlovchi virus infeksiyalarda preparatning himoya xususiyatlarini kuchaytiradi.
Rutozid angioprotektordir hisoblanadi. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, shishini va yallig‘lanishni kamaytiradi, tomirlarning devorini mustahkamlaydi. Eritrositlar agregasiyasini tormozlaydi va deformasiya darajasini oshiradi.
Loratadin yaqqol gistaminga qarshi ta‘sirga ega, gistaminni ajralib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qimalarning shishini rivojlanishini oldini oladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalardagi gripp, O‘RVI, nafas yo‘llarining virusli shikastlanishlari oqibatidagi isitmali holatlarini etiopatogenetik va simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi.
Bir paketcha ichidagisini 1 stakan qaynagan issiq suvda eritiladi. Issiq holda iste‘mol qilinadi. Iste‘mol qilishdan oldin eritma aralashtiriladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: bir paketchadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin 3-5 kun davomida (5 kundan oshmasligi kerak) kasallikning belgilari yo‘qolgunicha qo‘llanadi.
Agar preparatni qabul qilish boshlaganidan keyin 3 kun davomida holatning yaxshilanishi kuzatilmasa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Tarkibiga kiruvchi komponentlariga xos.
MNT tomonidan. Kam hollarda – yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, tremor, giperkineziya.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan. 7 kundan uzoqroq qabul qilinganida me‘da va o‘n ikki barmoq ichakni shikastlanishi: dispepsiya, og‘izni qurishi, anoreksiya, meteorizm, diareya bo‘lishi mumkin.
Qon tizimi tomonidan. Xususan, 7 kundan uzoqroq qabul qilinganida, agranulositoz, leykopeniya, trombositopeniya, neytropeniya, anemiya.
Allergik reaksiyalar. Kam hollarda – teri toshmasi, qichishish, eshakemi bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirining belgilari paydo bo‘lgan holda, ushbu preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; zo‘rayish bosqichidagi me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari; me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar; gemofiliya; gemorragik diatez; gipoprotrombinemiya; portal gipertenziya; K avitaminozi; buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktasiya davri; tiretoksikoz, buyrak, jigarning o‘tkir kasalliklari (o‘tkir glomerulonefrit, o‘tkir pielonefrit, o‘tkir gepatit yoki ushbu a‘zolarning surunkali kasalliklarini zo‘rayishi); surunkali alkogolizm. Tutqanoqda, serebral aterosklerozda qo‘llanish cheklanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilishning zarurati bo‘lganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Antikoagulyantlar, glyukokortikoid preparatlar, gepatotoksik vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampisin, alkogol bilan buyurish tavsiya qilinmaydi.
Metoklopromid bilan bir vaqtda buyurilganida so‘rilishni oshishi mumkin.
Kumarin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida unchalik katta bo‘lmagan gipoprotrombinemiyaning rivojlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llash davomiyligi – 5 kundan oshmasligi kerak. Uzoq muddat qo‘llanganida (7 kundan ko‘p) yondosh surunkali kasalliklarning zo‘rayishi, arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa pasientlarda gemorragik insultning rivojlanishining xavfi oshadi (preparat tarkibiga kiruvchi rimantadin gidroxloridi hisobiga).
Metastaz berayotgan o‘smalar bo‘lganida qo‘llanmasin.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmasin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: birinchi 24 soatda teri rangini oqarib ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq, tremor, uyquchanlik, taxikardiya, qonda bilirubinning oshishi, moddalar almashinuvini buzilishi, yondosh surunkali kasalliklarning zo‘rayishi mumkin.
Davolash: qusish refleksini chaqirish, me‘dani yuvish, adsorbentlarni qabul qilish, simptomatik davolash.
Shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 5 g dan (limonli yoki asal va limonli, yoki malinali, yoki qora qorag‘atli) issiqlik bilan kavsharlangan paketchalarda.
3, 6, 8, 12 yoki 24 paketcha qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Qo‘llash ko‘rsatmalari
- — kattalarda A turi grippini etiotrop davolash;
- — kattalarda harorat ko'tarilishi, mushaklarda og'riq, bosh og'rig'i, qaltirash bilan kechuvchi shamollash kasalliklari, gripp va O'RVIni simptomatik davolash.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
- — zo‘rayish fazasidagi OIT eroziv-yarali shikastlanishlari;
- — oshqozon-ichakdan qon ketishlar;
- — gemofiliya;
- — gemorragik diatez;
- — gipoprotrombinemiya;
- — K vitamini tanqisligi;
- - qalqonsimon bez kasalliklari;
- — buyraklarning o‘tkir va surunkali kasalliklarining zo‘rayishi (shu jumladan o‘tkir glomerulonefrit, o‘tkir pielonefrit);
- — buyrak yetishmovchiligi;
- — nefrourolitiaz;
- — jigarning o‘tkir va surunkali kasalliklarining zo‘rayishi (shu jumladan o‘tkir gepatit);
- — portal gipertenziya;
- — surunkali alkogolizm;
- — giperkalsemiya;
- — yaqqol giperkalsiuriya;
- — sarkoidoz;
- — yurak glikozidlarini bir vaqtda qabul qilish (aritmiya yuzaga kelish xavfi);
- — laktozani o‘zlashtira olmaslik, laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi;
- — homiladorlik;
- — laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan boqish);
- — 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (kapsulalar uchun);
- — preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Tarkibi
- paratsetamol 360 mg
- rimantadin gidroxloridi 50 mg
- askorbin kislotasi 300 mg
- loratadin 3 mg
- rutozid 20 mg
- kaltsiy glyukonati monogidrati 100 mg
- Yordamchi moddalar: aspartam 30 mg, gipromelloza 10 mg, kolloid kremniy dioksidi 20 mg, laktoza 4086 mg, oziq-ovqat aromatizatori /limon/ 21mg
Farmakokinetikasi
Farmakologik ta'siri
Majmuaviy preparat, isitma tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, angioprotektor, antikongestiv ta’sirga ega. Preparatning farmakologik faolligi uning tarkibiga kiruvchi ta’sir etuvchi moddalarning xususiyatlari bilan bog‘liq.
Atsetilsalitsil kislotasi yallig‘lanishga qarshi omillarni, TsOG ni bostirish hisobiga yallig‘lanishning ekssudativ va proliferativ fazalarini bostiradi, yallig‘lanish mediatorlari sintezini tormozlaydi yoki faolsizlantiradi. Og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, trombotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi.
Askorbin kislotasi organizmdagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining ko‘p turlarida ishtirok etadi, lipidlar, oqsillar va hujayraning boshqa komponentlari peroksidli oksidlanish jarayonlarini tormozlaydi, bu bilan uni shikastlanishdan himoya qiladi. Askorbin kislotasi qonda interferon kontsentratsiyasini oshiradi, uning membranani barqarorlashtiruvchi samarasi va immunomodulyatsiya qiluvchi ta’siri shuning bilan bog‘liq. Askorbin kislotasi leykotsitlarda to‘planish qobiliyatiga ega, ularning fagotsitar faolligini kuchaytiradi, bu mikroblarga qarshi va viruslarga qarshi himoyani oshiradi. Buyrak usti bezi po‘stlog‘ida kortikoid gormonlar biosintezini faollashtiradi va shu bilan stressda organizmning moslashuv jarayonlarini rag‘batlantiradi.
Rutozid - angioprotektor vosita. Hujayrada biologik muhim birikmalarni, xususan ubixinonni qurish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan bioflavonoidlar guruhiga mansub. Virusli infeksiya vaqtida o‘tkazuvchanligi oshadigan qon tomirlari devorlarini mustahkamlash hisobiga kapillyar qon ketishini kamaytirishga qodir. Rutozid immun tizimining normal darajasini saqlab turishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Metamizol natriy - narkotik bo‘lmagan analgetik vosita, pirazolon hosilasi, TsOG ni neselektiv bloklaydi va araxidon kislotasidan prostaglandinlar hosil bo‘lishini kamaytiradi. Og‘riq impulslari o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi, og‘riq sezuvchanligining talamik markazlari qo‘zg‘aluvchanligi ostonasini oshiradi, issiqlik chiqarilishini oshiradi. Og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va biroz spazmolitik (siydik chiqarish va o‘t yo‘llari silliq mushaklariga nisbatan) ta’sir ko‘rsatadi.
Difengidramin - gistamin H-retseptorlarining raqobatli blokatori. Yaqqol antigistamin faollikka ega (endogen va ekzogen gistaminga organizm reaksiyasini susaytiradi). Bundan tashqari, mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bevosita spazmolitik ta’sir natijasida silliq mushaklarni bo‘shashtiradi, vegetativ nerv tugunlarining xolinoretseptorlarini o‘rtacha darajada bloklaydi. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, to‘qimalar shishi va gipotenziyaning oldini oladi, shu bilan tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, burun shilliq qavati shishi va giperemiyasini, tomoqdagi qirilishni, yuqori nafas yo‘llari tomonidan allergik reaksiyalarni bartaraf etadi. Difengidraminning muhim xususiyati uning sedativ ta’siri hisoblanadi.
Kalsiy glyukonati kalsiy ionlari manbai hisoblanadi, ular nerv impulslarini uzatish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, yurak mushagi faoliyati, suyak to‘qimasini shakllantirish, qon ivishi uchun zarurdir. Kalsiy ionlari hujayralar va tomir devori o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig‘lanish reaksiyalari rivojlanishining oldini oladi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi.
Nojo'ya ta'sirlar
- MNT tomonidan: kamdan-kam hollarda - yuqori qo'zg'aluvchanlik, uyquchanlik, tremor, giperkineziya, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, yuzga qon oqib kelishi.
- Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: bo'lishi mumkin (qo'llash davomiyligi 7 kundan ortiq bo'lganda) - oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining shikastlanishi, dispepsiya, og'iz qurishi, anoreksiya, meteorizm, diareya.
- Qon yaratish tizimi tomonidan: bo'lishi mumkin (qo'llash davomiyligi 7 kundan ortiq bo'lganda) - agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, anemiya.
- Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o'rtacha pollakiuriya bo'lishi mumkin.
- Allergik reaktsiyalar: kamdan-kam hollarda - teri toshmasi, qichishish, eshakemi.
- Boshqalar: oshqozon osti bezi insulyar apparati funktsiyasining susayishi (giperglikemiya, glyukozuriya).
- Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lgan taqdirda, bemor preparat qabul qilishni darhol to'xtatishi va shifokorga murojaat qilishi kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shaklining ta'rifi
- Ichish uchun eritma tayyorlash uchun kukun [limonli] deyarli oq rangli granulalar va yashil-sarg'ish rangli kukun aralashmasi ko'rinishida, o'ziga xos hidli; tayyorlangan eritma rangsiz yoki sarg'ish tusli, biroz loyqa, xarakterli
Maxsus ko‘rsatmalari
Atsetilsalitsil kislotasi antiagregant ta'sir ko'rsatishi sababli, agar bemorda jarrohlik aralashuvi rejalashtirilgan bo'lsa, u oldindan shifokorni preparat qabul qilinayotgani haqida ogohlantirishi kerak.
Atsetilsalitsil kislotasi past dozalarda siydik kislotasi chiqarilishini kamaytiradi, bu ba'zi hollarda podagra xurujini qo'zg'atishi mumkin.
Preparat qo'llanilishi fonida bemorlar oshqozon-ichakdan qon ketishi rivojlanish xavfi yuqoriligi sababli alkogol saqlovchi ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanishlari kerak.
Askorbin kislotasining kortikosteroid gormonlar sinteziga rag'batlantiruvchi ta'siri munosabati bilan buyrak funksiyasi va AB ni nazorat qilish zarur.
Tez proliferatsiyalanuvchi va intensiv metastazlanuvchi o'smalari bo'lgan bemorlarga askorbin kislotasini tayinlash jarayon kechishini og'irlashtirishi mumkin.
Askorbin kislotasi qaytaruvchi sifatida turli laborator testlar (qon plazmasida glyukoza, bilirubin miqdori, jigar transaminazalari, LDG faolligini aniqlash) natijalarini buzishi mumkin.
Bronxial astma va pollinozlari bo'lgan bemorlarda preparat qabul qilinganda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanishi mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo'llash davrida transportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Qo‘llash usuli va dozirovkasi
Preparat ichga, ovqatdan keyin, suv bilan, kasallik belgilari yo'qolguncha 3-5 kun davomida kuniga 2-3 marta qabul qilinadi.
Kattalarga har qabulda 2 kapsuladan buyuriladi: 1 ta yashil kapsula (A blisterdan) va 1 ta oq kapsula (B blisterdan).
Bemor ogohlantirilishi kerakki, agar 5 kunlik davolanishdan keyin ahvoli yaxshilanmasa, preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
- 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reestri (O‘zbekiston Respublikasi)
- 2. Ishlab chiqaruvchining rasmiy yo‘riqnomasi
- 3. Anatomik-terapevtik-kimyoviy tasnif (ATX)























