ANTIGRIPPIN tabletkalari N10

ANTIGRIPPIN tabletkalari N10 o'xshash dorilari


ANTIGRIPPIN tabletkalari N10 qo'llanmasi
Majmuaviy preparat.
Paratsetamol og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’sirga ega; bosh va boshqa turdagi og‘riqlarni bartaraf etadi, yuqori haroratni tushiradi.
Xlorfenamin - gistamin Н-retseptorlari blokatori, allergiyaga qarshi ta’sirga ega, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi, burun bitishi hissini, aksirish, ko‘z yoshlanishi, ko‘z qichishishi va qizarishini kamaytiradi.
Askorbin kislotasi (vitamin S) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi, organizmning chidamliligini oshiradi.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o'zlashtiriladi.
Asab tizimi tomonidan: yagona hollarda - bosh og'rig'i, charchoq hissi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yagona hollarda - ko'ngil aynishi, epigastral sohada og'riq.
Endokrin tizimi tomonidan: yagona hollarda - gipoglikemiya (koma rivojlanishigacha).
Qon yaratish tizimi tomonidan: yagona hollarda - anemiya, gemolitik anemiya (ayniqsa glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar uchun); juda kam hollarda - trombotsitopeniya.
Allergik reaksiyalar: yagona hollarda - teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktoid reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok), ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Jonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Boshqalar: gipervitaminoz, moddalar almashinuvining buzilishi, issiqlik hissi, og'iz qurishi, akkomodatsiya parezi, siydik tutilishi, uyquchanlik.
Preparatning barcha nojo'ya ta'sirlari haqida bemor shifokorga xabar berishi kerak.
Metoklopramid, domperidon yoki kolestiramin qabul qilinganda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Tavsiya etilgandan sezilarli darajada yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda jigar va buyrak funksiyasi buzilishi ehtimoli ortadi, periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur.
Paratsetamol va askorbin kislotasi laboratoriya tekshiruvlari ko'rsatkichlarini (qon plazmasidagi glyukoza va siydik kislotasi miqdorini miqdoriy aniqlash, bilirubin, jigar transaminazalari faolligi, LDG) buzib ko'rsatishi mumkin.
Jigarning toksik shikastlanishidan saqlanish uchun paratsetamolni spirtli ichimliklar qabul qilish bilan birga qo'llamaslik, shuningdek spirtli ichimliklarni surunkali iste'mol qilishga moyil shaxslar qabul qilmasliklari kerak. Jigar shikastlanishining rivojlanish xavfi alkogolli gepatozi bo'lgan bemorlarda ortadi.
Askorbin kislotasini tez proliferatsiyalanuvchi va jadal metastaz beruvchi o'smalari bo'lgan bemorlarga tayinlash jarayon kechishini og'irlashtirishi mumkin.
Organizmida temir miqdori yuqori bo'lgan bemorlarda askorbin kislotasini minimal dozalarda qo'llash kerak.
- me'da-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida);
- yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi;
- alkogolizm;
- yopiq burchakli glaukoma;
- fenilketonuriya;
- prostata bezi giperplaziyasi;
- 15 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlik (I va III trimestrlar);
- laktatsiya davri;
- paratsetamol, askorbin kislotasi, xlorfenamin yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, tug'ma giperbilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Jonson va Rotor sindromlari), virusli gepatit, alkogolli gepatit, keksa yosh.
Benzilpenitsillin va tetratsiklinlarning qondagi konsentratsiyasini oshiradi.
Ichakda temir preparatlari so'rilishini yaxshilaydi (uch valentli temirni ikki valentliga o'tkazadi); deferoksamin bilan bir vaqtda qo'llanilganda temir chiqarilishini oshirishi mumkin.
Salitsilatlar va qisqa ta'sir etuvchi sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriya rivojlanish xavfini oshiradi, buyraklar orqali kislotalar chiqarilishini sekinlashtiradi, ishqoriy reaksiyaga ega dori vositalarining (shu jumladan alkaloidlarning) chiqarilishini oshiradi, qonda peroral kontraseptivlar konsentratsiyasini pasaytiradi.
Etanolning umumiy klirensini oshiradi. Etanol antigistamin preparatlarning sedativ ta'sirini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar (fenotiazin hosilalari) nojo'ya samaralar (siydik tutilishi, og'iz qurishi, qabziyatlar) rivojlanish xavfini oshiradi.
Glyukokortikoidlar glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi.
Bir vaqtda qo'llanilganda preparat izoprenalinning xronotrop ta'sirini kamaytiradi.
Antikoagulyant preparatlar samarasini ham oshirishi, ham pasaytirishi mumkin.
Antipsixotik preparatlar (neyroleptiklar) - fenotiazin hosilalarining terapevtik ta'sirini, amfetamin va tritsiklik antidepressantlarning kanalchalar reabsorbsiyasini kamaytiradi.
Jigarda mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) gidroksillangan faol metabolitlar mahsulini oshiradi, bu doza biroz oshirib yuborilganda og'ir intoksikatsiyalar rivojlanishi imkoniyatini taqozo etadi.
Etanol o'tkir pankreatit rivojlanishiga yordam beradi.
Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta'sir xavfini kamaytiradi.
Preparat va diflunizal bir vaqtda qabul qilinganda qon plazmasida parasetamol konsentratsiyasini 50% ga oshiradi, gepatotoksiklik oshadi.
Barbituratlar bir vaqtda qabul qilinganda parasetamol samaradorligini pasaytiradi, askorbin kislotasining siydik bilan chiqarilishini oshiradi.
Parasetamol urikazurik preparatlar samaradorligini pasaytiradi, uxlatuvchi dori vositalari ta'sirini kuchaytiradi.
Preparat ichga qabul qilinadi. Tabletkani bir stakan (200 ml) iliq suvda (50-60°C) to'liq eritish kerak, olingan eritmani darhol ichish kerak. Preparatni ovqatlanishlar oralig'ida qabul qilish yaxshiroq.
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga kuniga 2-3 marta 1 tab. dan buyuriladi. Preparatni qabul qilish orasidagi interval kamida 4 soat bo'lishi kerak. Maksimal sutkalik doza - 3 tab.
Jigar yoki buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda va keksa yoshdagi bemorlarda preparatni qabul qilish orasidagi interval kamida 8 soatni tashkil qilishi kerak.
Shifokor maslahatisiz preparatni qo'llash davomiyligi - og'riq qoldiruvchi vosita sifatida tayinlanganda 5 kundan va isitma tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan oshmasligi kerak.
Xususiyatlar ANTIGRIPPIN tabletkalari N10
Antigrippin boshqa chiqarish shakllari






ANTIGRIPPIN tabletkalari N10 analoglari





















