ANTIGRIPPIN tabletkalari N10

ANTIGRIPPIN tabletkalari N10 o'xshash dorilari
ANTIGRIPPIN tabletkalari N10 qo'llanmasi
Majmuaviy preparat.
Paratsetamol analgetik va isitmani tushiruvchi ta'sirga ega; bosh og'rig'i va boshqa og'riq turlarini bartaraf etadi, yuqori haroratni pasaytiradi.
Xlorfenamin - gistamin H-retseptorlari blokatori, allergiyaga qarshi ta'sirga ega, burun orqali nafas olishni engillashtiradi, burun bitishi hissini, aksirish, ko'z yoshlanishi, ko'z qichishishi va qizarishini kamaytiradi.
Askorbin kislotasi (vitamin C) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini tartibga solishda ishtirok etadi, organizmning qarshiligini oshiradi.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o'zlashtiriladi.
Asab tizimi tomonidan: ayrim hollarda - bosh og'rig'i, charchoq hissi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ayrim hollarda - ko'ngil aynishi, epigastral sohada og'riq.
Endokrin tizim tomonidan: ayrim hollarda - gipoglikemiya (koma rivojlanishigacha).
Qon yaratish tizimi tomonidan: ayrim hollarda - anemiya, gemolitik anemiya (ayniqsa glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo'lgan bemorlarda); juda kam hollarda - trombotsitopeniya.
Allergik reaksiyalar: ayrim hollarda - teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, anafilaktoid reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok), ko'p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Boshqalar: gipervitaminoz, moddalar almashinuvining buzilishi, issiqlik hissi, og'iz qurishi, akkomodatsiya parezi, siydik tutilishi, uyquchanlik.
Barcha nojo'ya ta'sirlar haqida bemor shifokorga xabar berishi kerak.
Metoklopramid, domperidon yoki kolestiramin qabul qilinganda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Tavsiya etilgandan ancha yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llanilganda jigar va buyrak funksiyasi buzilishi ehtimoli ortadi, qon periferik manzarasini nazorat qilish zarur.
Paratsetamol va askorbin kislotasi laboratoriya tekshiruvlari ko'rsatkichlarini (qon plazmasida glyukoza va siydik kislotasi miqdorini, bilirubin, jigar transaminazalari faolligini, LDGni miqdoriy aniqlash) buzishi mumkin.
Jigarning toksik shikastlanishini oldini olish uchun paratsetamolni alkogolli ichimliklar qabul qilish bilan birga qo'llash, shuningdek surunkali alkogol iste'mol qilishga moyil shaxslarga qabul qilish mumkin emas. Alkogolli gepatozi bo'lgan bemorlarda jigar shikastlanishi rivojlanishi xavfi ortadi.
Tez proliferatsiyalanuvchi va jadal metastazlanuvchi o'smalari bo'lgan bemorlarga askorbin kislotasi tayinlash jarayon kechishini og'irlashtirishi mumkin.
Organizmda temir miqdori yuqori bo'lgan bemorlarda askorbin kislotasini minimal dozalarda qo'llash kerak.
- me'da-ichak traktining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo'rayish bosqichida);
- yaqqol buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi;
- alkogolizm;
- yopiq burchakli glaukoma;
- fenilketonuriya;
- prostata bezi giperplaziyasi;
- 15 yoshgacha bo'lgan bolalar;
- homiladorlik (I va III trimestrlar);
- laktatsiya davri;
- paratsetamol, askorbin kislotasi, xlorfenamin yoki preparatning boshqa har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, tug'ma giperbilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Jonson va Rotor sindromlari), virusli gepatit, alkogolli gepatit, keksa yosh.
Qonda benzilpenitsillin va tetratsiklinlar konsentratsiyasini oshiradi.
Ichakda temir preparatlarining so'rilishini yaxshilaydi (uch valentli temirni ikki valentli temirga o'tkazadi); deferoksamin bilan bir vaqtda qo'llanilganda temirning chiqarilishini oshirishi mumkin.
Salitsilatlar va qisqa ta'sir etuvchi sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriya rivojlanish xavfini oshiradi, buyraklar orqali kislotalarning chiqarilishini sekinlashtiradi, ishqoriy reaksiyaga ega dori vositalarining (shu jumladan alkaloidlarning) chiqarilishini oshiradi, peroral kontratseptivlarning qondagi konsentratsiyasini kamaytiradi.
Etanolning umumiy klirensini oshiradi. Etanol antigistamin preparatlarning sedativ ta'sirini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar (fenotiazin hosilalari) nojo'ya samaralar (siydik tutilishi, og'iz qurishi, qabziyat) rivojlanish xavfini oshiradi.
Glukokortikoidlar glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi.
Bir vaqtda qo'llanilganda preparat izoprenalinning xronotrop ta'sirini kamaytiradi.
Antikoagulyant preparatlarning samarasini ham oshirishi, ham kamaytirishi mumkin.
Antipsixotik preparatlar (neyroleptiklar) - fenotiazin hosilalarining terapevtik ta'sirini, amfetamin va tritsiklik antidepressantlarning naychalar reabsorbtsiyasini kamaytiradi.
Jigarda mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) gidroksillangan faol metabolitlar hosil bo'lishini oshiradi, bu esa kichik dozani oshirib yuborishlarda og'ir intoksikatsiyalar rivojlanishi ehtimolini keltirib chiqaradi.
Etanol o'tkir pankreatit rivojlanishiga yordam beradi.
Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta'sir xavfini kamaytiradi.
Preparat va diflunizalning bir vaqtda qabul qilinishi qon plazmasida paratsetamol konsentratsiyasini 50% ga oshiradi, gepatotoksiklik oshadi.
Barbituratlar bir vaqtda qabul qilinganda paratsetamolning samaradorligini kamaytiradi, askorbin kislotasining siydik bilan chiqarilishini oshiradi.
Paratsetamol urikozurik preparatlarning samaradorligini kamaytiradi, uxlatuvchi dori vositalarining ta'sirini kuchaytiradi.
Preparat ichga qabul qilinadi. Tabletkani bir stakan (200 ml) iliq suvda (50-60°S) to'liq eritish kerak, olingan eritmani darhol ichish kerak. Preparatni ovqatlanishlar orasida qabul qilgan ma'qul.
Kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga 1 tab. dan kuniga 2-3 marta tayinlanadi. Preparatni qabul qilish oralig'i kamida 4 soat bo'lishi kerak. Maksimal sutkalik doza - 3 tab.
Jigar yoki buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda va keksa yoshdagi bemorlarda preparatni qabul qilish oralig'i kamida 8 soatni tashkil qilishi kerak.
Shifokor maslahatisiz preparatni qo'llash davomiyligi - og'riq qoldiruvchi vosita sifatida tayinlanganda 5 kundan va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan oshmasligi kerak.
Xususiyatlar ANTIGRIPPIN tabletkalari N10
Antigrippin boshqa chiqarish shakllari






ANTIGRIPPIN tabletkalari N10 analoglari






















